Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман



Download 27 Mb.
bet12/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

-B,G,H - G‘arbiy Yevropa
-D, K, K1 - Sharqiy Yevropa
-I - Angliya
-L - Fransiya
-M va N - Amerika Qo'shma Shtatlari.

Jadval 1.1


Televideniye eshittirish standartining asosiy parametrlari

Asosiy xarakteristikasi

Angliya BBC

Amerika FCC

G‘arbiy Yevropa

Sharqiy Yevropa

Fransiya E OIRT

Kadrdagi satrlar soni

405

525

625

625

819

Sekunddagi maydon soni

50

60

50

50

50

Sekunddagi satrlar soni

10125

15750

15625

15625

20475

Sekunddagi kadrlar soni

25

30

25

25

25

Format koeffitsienti

4/3

4/3

4/3

4/3

4/3

Radiokanalning kengligi, MGs

5

6

7

8

14

Tasvir va ovoz chastotalaridagi oraliq farq MGs

3,5

4,5

5,5

6,5

11,15

Tasvirning oraliq chastotasi, MGs

34,65

45,75

38,9

38

28,05

Ovozning oraliq chastotasi, MGs

38,15

41,25

33,4

31,5

39,2

Tasvirning modulyatsiyasi

AM+

AM-

AM-

AM-

AM+

Ovozning modulyatsiyasi

AM

CHM

CHM

CHM

AM

Detsimetrli to‘lqinlar diapazoni o‘zlashtirilgan sari nominal polosa chastota spektrida qator farqlar shakllangan:


· Diapazon kengligining nominal polosa chastotalari bo‘yicha;
· Har bir diapazonda radiokanallarning joylashish soni bo‘yicha;
· Radiokannalning chegara chastotalari qiymati bo‘yicha;
· yoni tomon bostirilgan polosa kengligi bo‘yicha va h.k.
Bu detsimetr (DMB) diapazondagi chastota spektrlarining farqi 1.2- jadvalda ko‘rsatilgan. AM OBP – bir polosali amplitude modulyatsiyasi.
1.4.2. Rangli televideniye standartlari

Hozirgi paytda dunyoda 3 asosiy analogli rangli televideniye tizimlari - NTSC, PAL, SECAM va ularning takomillashgan turlari qo‘llaniladi. Bu tizimlarda 3ta signaldan tashkil topgan guruh: yorug‘lik va 2 ta rangfarq signallari qo‘llaniladi va shu signallar orqali ranglar haqidagi ma’lumot uzatiladi. Uchchala tizimda ham rangfarq signallarni yorug‘lik signali ichiga zichlantirish (joylashtirish), ya’ni yorug‘lik signali chastota spektrining yuqori qismiga rangfarq signallarining spektrini boshqa tashuvchi (поднесуший) chastotada joylashtirish qo‘llanadi. Bu 3ta televizion standart 80 % ga bir - biriga mos keladi va faqat rang signallarining kodlanishi bilan farqlanadilar. Shu sababli zamonaviy televizorlarda universal, ranglarni avtomatik dekoderlovchi qurilmalar ishlatiladi. Farqi ularda ranglar haqidagi ma’lumotni yorug‘lik signali spektrining kengligi orlig‘ida xilma xil usulda uzatishdadir. Quyida standartlarning alohida xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.


NTSC (National Television System Committee) Amerika Qo'shma Shtatlarida ishlab chiqilgan va 1953 yilda teleeshittirishga qabul qilingan. Eshittirishlar ushbu tizimda Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Amerika qit'asidagi boshqa davlatlarda tarqatilgan.
Standartda I va Q rang signallarini qo'shimcha tashuvchi (podnesushiy) chastotada birdaniga amplituda va faza bo‘yicha modulyatsiya qilinib (kvadratura modulyatsiyasi) uzatiladi. Standartning eng ko‘p tarqalgan variantida rangning qo'shimcha tashuvchi chastotasi 3,579545 MGs ga teng. Shu sababli NTSC 3.58 belgisi qo‘llanadi. Televizion signal qabul qilgichda, rang signalni to‘g‘ri tiklash uchun,videosignal tarkibidagi satr o‘chiruvchi impulsida, rangning qo'shimcha tashuvchi polosasi tebranishlar jamlanmasi ko‘rinishdagi, rangni sinxronizatsiyalash signali uzatiladi.
Bu tizimning asosiy kamchilikgi - rangni uzatishda buzilish hosil bo‘lishining mumkinligidir. Ekranda rangning o‘zgarishi, yorug‘lik signaliga bog‘liq holda, tasvirning ayrim qismlarida kuzatilishi mumkin.
Misol uchun, insonning yuzi ekranda soya joylarida qizarib ko‘rinishi va yaxshi yoritilgan joylarida yashilroq bo‘lishi mumkin. Ushbu nosozlikni kamaytirish uchun NTSC tizimidagi televizorlar rang ton sozlagichlari TINT Sontrol bilan jihozlanadi. Ushbu sozlagich yordamida detallar tasviri tabiiy ranglar holatiga yaqinlashadi, ammo juda yorug‘ va qorong‘i polosalarda tasvir rangi o‘zgarishi kuchli seziladi.
PAL tizimida NTSC tizimidagi yozilgan rang tasvirlarni ko‘rish uchun NTSC 4.43 standarti ishlatiladi.
1966 yilda AQSH da raqamli televideniye uchun yangi standart qabul qilingan, lekin aholida NTSC tizimidagi televizorlar ko‘pligi tufayli masala yechimiga hozirgacha talab bor.
PAL tizimi (Phase Alternation Line) 1962 - 1966 yillarda Germaniyaning Telefunken firmasi tomonidan yaratilgan. Bu tizimdagi teleeshittirishlar ko‘pchilik G‘arbiy Yevropa, Avstraliya, Osiyo va Afrika davlatlarida olib borilmoqda.
PAL standarti NTSC ning mukammallashtirilgan variantidir. PAL tizimida NTSCdagi rangfarq signallari (EB-Y va ER-Y) o‘rniga ularga proporsional rang signallari U va V qo‘llaniladi. Rang tashuvchi chastota 4,43361875 MGs (PAL 4.43 MGs) deb qabul qilingan. NTSC tizimining faza o‘zgarishiga sezgir bo‘lganligini kamaytirish uchun, PAL standartida V modulyatsiyalangan signalning fazasi satrdan satrga o‘tganda 1800 ga almashtirib turiladi. Shu sabab tasvirga faza o‘zgarishining ta’siri kamaytirilgan va ayni vaqtda televizion qabul qilgichdagi ikki satrdagi rang signallarining o‘rtachasini olinishi rangning vertikal bo‘yicha aniqligini kamaytiradi.
PAL - 60 standarti NTSC tizimidagidek kadrning maydon o‘zgarish chastotasi 60 Gs ga teng.
Bundan tashqari mukammallashtirilgan PAL plus varianti ham mavjud, u rangli tasvirlarni sifatini oshirib 16:9 formatdagi televizorlarda aks ettirishga mo‘ljallangan. PAL plus standartni ishlab chiqishda ko‘plab G‘arbiy Yevropa davlatlari qatnashgan va shu davlatlarda PAL standarti o‘rniga ishlatilmoqda.
PAL plus tizimining ishlab chiqarilishining asosiy sababi televizorlarda vertikal aniqlikdagi yo‘qotishlarni bartaraf etish, ayniqsa keng ekranli filmlar namoyish etilganda, shuningdek, oddiy PAL televizorlari bilan moslashuvini ta’minlashdir. Keng ekranli filmlarni 4:3 formatli televizion kineskoplarda tiklash paytida ekraning tepa va past qismlari qora bo‘lib qoladi. Shu sababli kadrga to‘g‘ri keladigan satrlar soni kamayib, vertikal aniqlik kichiklashadi.
PAL plus tizimi 576 satrli vertikal aniqlikni beradi.
PAL plus tizimidagi televizion dasturlarni tomosha qilish uchun 16:9 formatli televizorlarda alohida PAL plus dekoderi ham bo‘lishi shart. Oddiy 4:3 formatdagi televizorlarda bu dasturlar oddiy ko‘rinishda bo‘ladi.
SECAM tizimi (Sequentiel Couleur Aves Memoire), rus tilida SEKAM atamasida qo‘llanadi. Tizimni yaratishni fransuz injeneri Anri de Frans 1953 yilda boshlagan. So‘ngra bu tizimni takomillashtirish ustida fransuz va sovet olimlari ishlaganlar. Qo'shimcha tadqiqotlar o‘tkazilib, kamchiliklar yo‘qotilib 1967 yildan boshlab ushbu tizim Fransiya va sobiq Sovet Ittifoqida televizion eshittirishlarda qo‘llanila boshlangan. SECAM standarti qator Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlarida ham qabul qilingan.
Uning asosiy xususiyati shundaki, bu tizimda navbatma navbat bir satr o‘tkazish yo‘li bilan rang signallari DR va DB rangfarq ER-Y va EB-Y signallariga proporsional uzatiladi hamda televizion qabul qilgichlarda kechiktirish liniyasi orqali yetishmayotgan signal tiklanib, ekranga beriladi. Rang signali 2 ta qo'shimcha tashuvchi chastotalarda ya’ni 4,25 va 4,40625 MGslar uzatiladi.
Rangning buzilishi SECAMda NTSC standartidadan boshqacha. Yorug‘lik doimiy bo‘lgan kadr rang maydonlarida SECAM tizimida buzilishlar bo‘lmaydi. Tasvirdagi bir rangdan boshqa rangga o‘tishda, ya’ni rang almashishda qo'shimcha fon yoki soyalar paydo bo‘ladi. Tasvirning yorug‘ qismidan keyin ko‘kimtir rang (fon), qora qismidan so‘ng sariq rang (fon) paydo bo‘ladi.
SECAM tizimida (PAL tizimi kabi) tasvirning vertikal aniqligi NTSC tizimiga nisbatan 2 marta past.
Qabul qilingan standartlarga qarab, turli davlatlarda yuqorida qayd etilgan 3 tizimninig xilma xil takomillashtirilgan variantlari qo‘llaniladi.
Bu standartlar asosan kadrdagi satrlar soni, tasvir signalining polosa kengligi, ovoz va tasvir signallari orasidagi chastota farqi va boshqa ko‘rsatgichlari bilan farq qiladi.
U yoki bu televizion standart bir - biridan katta lotin harfini qo'shilishi bilan farq qiladi. Misol uchun televizion standart SECAM B/G- O‘rta Sharqda: Gretsiya, Misr, Iroq, Eron va boshqa davlatlarda qo‘llanadi. Shuning uchun standart MESECAM (Middle East SECAM - Yaqin Sharq SECAM) deb ham yuritiladi.
Shunday qilib, ayni paytda 10 ta oq - qora va 3 ta rangli (PAL, SECAM va NTSC) televideniye standartlari mavjud va rangli standartlarning bari oq - qora tele standarti asosida yaratilgan. Umuman, dunyoda 30 ta xilma xil standartlar mavjud va ularning ba’zi ko‘rsatgichlari 1.2-jadvalda keltirilgan.

1.2-jadval



Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish