Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


Raqamli teleeshittirish qabul qiluvchi qurilmalarining asosiy uzellari va bloklari



Download 27 Mb.
bet115/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

8.1. Raqamli teleeshittirish qabul qiluvchi qurilmalarining asosiy uzellari va bloklari

8.2-rasmda DVB-T qabul qilgichining umumlashtirilgan tashkiliy chizmasi ko‘rsatilgan. DVB-T standarti signallari o‘tkazish polosasi 8 MGs va tizim takt chastotasi ft, taxminan, 9,14 MGs ga teng bo‘lgan metr yoki detsimetr kannallarida uzatiladi. Metrli to‘lqin yoki detsimetrli to‘lqin diapazonlarida chastota polosasi 7 MGsga teng bo‘lgan mamlakatlarda, signalga xuddi shunday ishlov berilishi mumkin, faqat tizim takt chastotasi 8 MGsgacha pasaytiriladi. Agar interferensiya jarayonida akslanayotgan signallar hisobiga bir nechta tashuvchi signallar qiymatlari kamaysalar, bu qabul qilinayotgan tasvirning sifatini deyarli buzmaydi. Ba’zida retranslyatsiya o‘rniga bitta dasturni bitta kanal bo‘ylab bir necha uzatgichlar orqali uzatish mumkin.


8.3-rasmda DVB-T ning ancha avvalroq chiqqan qabul qilgichlarining tashkiliy chizmasi keltirilgan. Antennadan kelayotgan signal detsimetrli to‘lqinlarning kanallar selektoriga (KS) kelib tushadi. U tuzilishi bo‘yicha oddiy televizor selektoriga juda o‘xshaydi, biroq nisbatan yaxshi ko‘rsatgichlarga ega (masalan: TD1344 PHILIPS firmasi selektori). Zamonaviy televizorlarda uni boshqarish uchun chastota sintezi uslubi qo‘llaniladi. Selektor ikkita simli raqamli I2C shinasi orqali televizorni boshqarish protsessori (TBP) bilan bog‘langan. Selektor chiqishida signal spektri o‘rtacha chastotaga 36,125 MGsga aylantiriladi (birinchi o‘rta chastota).
Zaruriy tanlovni ta’minlash uchun ikkita ketma-ket ulangan maxsus akustik to‘lqin o‘zgartiruvchi (ATO') filtrlaridan foydalaniladi. Masalan: INFINEON firmasining X7250d filtrlari). Filtrlar orasiga ularning so‘nishining o‘rnini to‘ldiruvchi kuchaytirgich o‘rnatilgan.



8.4- rasm. DVB-T signalini dekodlash tashkiliy chizmasi.

Filtratsiyadan so‘ng signal oraliq kuchaytirgich (OrK) va ikkinchi aralashtirgichning mikrosxemasiga o‘tadi. PHILIPS firmasi buning uchun TDA9829T mikrosxemasini ishlab chiqargan. SIEMENS firmasi esa xuddi shunday funksiyalarni bajaruvchi TDA6190 mikrosxemasini ishlab chiqargan. Mikrosxemalarda demodulyator, tashqi konturga ega kuchlanish bilan boshqariladigan generator (KBG) qo‘llangan bo‘lib, u oddiy OrK dagi kabi oraliq chastotaning ikkilangan qiymatiga sozlanmagan, balki aralashtirgich rejimida ishlayotgan demodulyator chiqishi kanalining ikkinchi oraliq chastotasi funksiyasini bajaruvchi ayirma 7,225 MGs chastotaga sozlangan. Bunday oraliq chastota signalida ham yuqori, ham quyi yon polosalari, ya’ni raqamli signalning to‘liq spektri saqlanib qoladi. Oraliq chastotani kuchaytirish mikrosxemasi KBG chastotasi sozlash uchun kirishga ega, bu demodulyator mikrosxemasi chiqishlaridan biridagi maxsus boshqaruvchi kuchlanish tomonidan ta’minlanadi.



8.5-rasm. DVB-T standartidagi bir variant qabul qiluvchi qurilmaning tashkiliy chizmasi

OrK chiqishidan signal, akslangan kanalni pasaytiruvchi,polosa filtri PF1 orqali o‘tib, samarali sakkiz razryadli ARO‘ga kelib tushadi. ARO‘ mustaqil element yoki OFDM demodulyator mikrosxemasi tarkibida bo‘lishi mumkin. ARO‘ chiqishida kuchaytirishni avtomatik boshqarish (KAB) kaskadi qo'shilgan va u ARO‘ xarakteristikasi butun tarkibini bir xil ishlatilishini ta’minlaydi. Qo'shimcha kaskadga boshqaruvchi signal amplituda o‘lchagichi (IA) orqali keyingi raqamli uzellardan kelib tushadi. ARO‘ chiqishida ikkinchi raqamli oraliq filtri (PF2) o‘rnatilgan va u nominal o‘tkazish polosadan tashqarida yotgan signal tashkil etuvchilarini yo‘qotadi(filtrlaydi).


PF2 filtr chiqishida I va Q kompleks signallarni shakllantirgich o‘rnatilgan. Buning uchun namunaviy signallar kvadraturaviy tashkil etuvchilaridan foydalaniladi va ular ishlov berilayotgan raqamli signalga ko‘paytiriladilar.
Namunaviy signalni sinxronizatsiyasi uchun, TPS detektori tomonidan ajratiladigan, uzatish parametrlari signalidagi (UzPS) ma’lumotlar ishlatiladi.
I va Q signallari UzPS tomonidan boshqariladigan va 2k va 8k rejimlarda signal tashkil etuvchilariga ajratadigan filtrlar orqali o‘tadi. Tezkor Furye o‘zgartirish (TFO') zvenosida Furyening tez o‘zgartirishi ta’minlanadi va vaqt bo‘yicha o‘zgarishdan chastota bo‘yicha o‘zgarish ta’minlanadi. O‘zgartirgich kirishiga sakkiz razryadli I va Q signallar kelib tushadi, chiqishlarda esa ikkita 12 razryadli signal ajraladi. Keyingi uzellarda simvollarni teskari oralatish (STO) va bitlarni teskari oralatish (BTO) yuz beradi va undan so‘ng Viterbi dekoderida(VD) ichki yig‘uvchi dekodlash amalga oshiriladi.
Bunda barcha beshta kodga ishlov berilish ta’minlanadi, ular uzatuvchi tomonidan (1/2, 2/3, 3/4, 5/6 va 7/8) qo‘llanilishlari mumkin. Natijada bitlardagi xatoliklar shunday to‘g‘rilanadiki, ularning qiymati chegara miqdoridan ham kamayadi. So‘ng BTO uzelida baytlarning tashqari teskari oralatilishi bajariladi, bunda koderdagi kabi, uzatish zanjiriga ketma-ket va davriy tarzda 12 ta siljish registrlari qo'shiladi hamda ular signalni 0dan to 204 bitgacha ushlanib qolinishini ta’minlaydi. Dekoderda bu koder ishiga teskari tartibda bajariladi. Natijada baytlar ketma-ketligining navbati tiklanadi, xato baytlar esa vaqt bo‘yicha 100 takt interval bilan tarqalishi ta’minlanadi. Shu ko‘rinishda signal Rid-Solomon dekoderiga (RSD) kelib tushadi. U buzilgan baytlarni, 16 tekshiruvchi baytlariga asosan, tezda to‘g‘rilaydi. STO, BTO, VD, va RSD uzellari FEC (forward error correction - xatolarni oldindan to‘g‘rilash) bloki deb nomlanadi.
FEC blokidan o‘tgan signal ikkilik psevdotasodifiy ketma-ketlik bilan derandomizatsiyaga (DR) uchraydi, buni olish uchun koderdagi kabi generator qo‘llaniladi. Derandomizatsiyadan keyin barcha sinxrobaytlarning bir xil qutbliligi tiklanadilar va MPEG-2 transport oqimi ko‘rinishidagi axborotlar paketinining ketma-ketligini olinadi. Transport oqimini demodulyatsiyalash kifoya.
Transport oqimini demodulyatorlari DVB raqamli tizimining uchchalasi uchun (DVB-T- yer usti, DVB-C - kabel va DVB-S - yo‘ldosh) bir xil bo‘ladi. Shuning uchun dekoderning bu qismidagi sxemotexnika sifatli va mukammal ishlab chiqilgan.
8.5-rasmda keltirilgan DVB-T qo'shimcha qurilmaning tashkiliy chizmasidan ko‘rinib turaganidek, u o‘rta integratsiyali chiplarning ko‘p miqdoridan tashkil topgan. Hozirgi kunda maxsus mikroprotsessorli katta integral mikrosxemalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular DVB qabul qilgichni bor yo‘g‘i bir necha mikrosxemada qurish imkonini beradi.

Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish