8. RAQAMLI TELEESHITTIRISH QABUL QILUVCHI QURILMALARI
2008 yilning oxirlariga kelib, O‘zbekistonda DVB-T standartidan foydalanib, 41 va 42 televizion kanallarga mo‘ljallangan yer usti eshittirishlarining raqamli televideniyesi ishga tushirildi. Raqamli televideniye eshittirishlari MPEG-4 (H.264) siqish formatida amalga oshirilmoqda. Tijorat tatbiq bilan maxsus tashkil etilgan tashkilot "Uz Digital TV" shug‘ullanmoqda va kontent himoyasi uchun IRDETO 2 shartli kirish tizimi tanlangan. Bu vaziyatda raqamli teleeshittirish signallarini qabul qila olmaydigan analog televizorlarning katta sonining mavjudligi muammo bo‘lgan.
Bu muammo asta sekin ikkita usul bilan hal etilgan:
· Televizorga maxsus qo'shimcha moslamani ulash bilan, u raqamli televideniye signallarini qabul qilib, ularni analog teleeshittirish standartiga aylantirib, oddiy televizorlarda namoyish etilishini ta’minlash;
· Uchinchi avlod televizorlariga maxsus raqamli qo'shimcha platani ulash va kanal selektorlarini mos ravishda almashtirish.
Maxsus platadan foydalanish Rossiyaning analog-raqam (gibrid) TV/DVB-T konsepsiyasi asosida yotadi, televizorlar ham analog, ham raqamli televideniye dasturlarini qabul qila oladilar. Bu ayniqsa yangi televizorlarni ishlab chiqishda qulay, chunki "digital TV Ready" televizorlari oddiy televizorlar asosida ishlab chiqiladi. Ularning analog qurilmalarida DVB-Tning qabul qiluvchi platalarini ulash uchun maxsus tirqish (apparatli interfeys) ko‘zda tutilgan. Analog kanallar selektori esa amplituda -faza xarakteristikasi talablariga mos maxsus raqamli (digital tuner) tyunerlarga almashtiriladi. Undan tashqari televizorning, "digital TV Ready" boshqaruv protsessoriga maxsus dasturiy vosita “qo'shiladi” va dastur DVB-T platasini ish rejimlarini boshqarishda qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bu holda "DVB-T Ready" ko‘rinishidagi gibrid televizorlar narxi oddiy televizordan deyarli farq qilmaydilar. Raqamli plata gibrid televizorning ko‘plab imkoniyatlarini ta’minlaydi va zamonaviy televizorlar ko‘pgina turlariga mo‘ljallangan, biroq ularni 1990 yildan avval chiqqan televizorlarga o‘rnatib bo‘lmaydi, bu esa undan foydalanishni cheklaydi.
Maxsus qo'shimcha qurilmaning qo‘llanishi, har qanday televizorda hech qanday o‘zgartirishsiz raqamli televideniye signallarini qabul qilish imkonini beradi, bu sozlangan qo'shimcha raqamli platalar qo‘llanishidan ko‘ra umumiyroq qiladi. Shuning sabab O‘zbekistonda abonentlar uchun DVB-T/T2 -qo'shimcha qurilmalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo'yildi.
Hozirgi kunda, O‘zbekistonda "TELECOM INNOVATIONS” korxonasi tomonidan qo'shimcha qurilma chiqarilmoqda va tyuner modeli TE6010IR quyida 8.1 -rasmda keltirilgan.Kelajakda IV-2010IR tyuner modeli ishlab chiqishi rejalashtirilgan.
Ushbu qo'shimcha TE6010IR qurilmaning asosiy texnik ko‘rsatkichlari 8.1-jadvalda keltirilgan.
8.1- rasm. DVB -T 1000 MP4 tyunerining tashqi ko‘rinishi
8.2- Rasm TE-D-1001 tyunerining tashqi ko‘rinishi
8.1. jadval
Tyunerlarning asosiy xarakteristikalari
Model
|
1000 MP4
|
TE-D-1001
|
DVB-T signalining ishlash chastota diapazoni, MGs
|
146-862
|
174 - 862
|
Kirish signalining sathi, dB mVt
|
-87…-20
|
-87…-20
|
DVB-T standartini to‘liq amalga oshirish
|
bor
|
bor
|
Videooqimni siqish standartlari
|
MPEG-2 H.264 HP
|
MPEG-2 H.264/AVC
|
Polosa kengligi, MGs
|
7, 8
|
7, 8
|
Formatlarni amalga oshirish
|
4:3 va 16:9
|
4:3 va 16:9
|
8.2-jadval.
TE6010IR tyunerning asosiy texnik xarakteristikalari
Qurilma
|
Ko‘rsatgichlar
|
Tyuner
|
Signalni qabul qilish standarti
|
DVB -T, DVB -T2
|
Kirish signali chastotasi
|
VHF 174-230 MGs UHF470-862 MGs
|
Kirish signali qiymati
|
-77…-20 dBmV
|
Kirish simi(raz'em)
|
IEC 169-2 Female
|
Kirish qarshiligi
|
75 Om
|
Polosa kengligi
|
7;8 MGs
|
Demodul-yator
|
Modulyatsiya
|
COFDM
|
Tashuvchilar modulyatsiyasi
|
QPSK, QFM16, QAM64,QAM256
|
Himoya intervali
|
1/4,19/256,1/8,19/128,1/16,1/32,1/128
|
Video-dekoder
|
Transport oqimi
|
MPEG-4 Part10(H.264), MPEG-2 ISO/IEC 13818
|
Ekran formati
|
4:3,16:9
|
Video formati
|
PAL, NTSC
|
Video mumkinligi
|
720x576i, 720x480i, 720x576r,720x480r, 1280x720r, 1920x1080i,1920x1080r
|
Audio-dekoder
|
Standart
|
ISO/IEC 13818-3
|
Ovoz dekodlanishi
|
MPEG-1 va MPEG-2 Layer I&II, Dolbe digital Audio (AC-3)
|
Diskretlash chastotasi
|
32KGs, 44,1KGs, 48KGs
|
8.3- rasm. TE-6010IR abonent qabul qilgichi (oldi, orqa, tepa va ichki ko‘rinishlari)
Qo'shimcha boshqa xarakteristikalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ko‘p tilli foydalanish interfeysi: o‘zbekcha(lotin harfli);
ruscha (kirill harfli).
Ota-ona “qulfi” funksiyasi- Yosh bo‘yicha chegaralash
“Dastur uzatish” funksiyasi-EPG
Logik rejim “Logic Channel Number -LCN
Kanalni izlash rejimi -NIT
Operator qo'shimcha ilovalari va servis xizmatlarni ta’minlashlar
Do'stlaringiz bilan baham: |