Менга берилган материални ўзбек тилига таржимон қилганимда рус сўзларининг айримларини қуйидаги таржима қилиб ишлатганман


Mobil televideniye standarti DVB-SHning umumiy xarakteristikasi



Download 27 Mb.
bet113/140
Sana23.04.2022
Hajmi27 Mb.
#576081
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   140
Bog'liq
УЧЕБНИК ЦИФРОВОЕ ТВ Узб Лотин последнее

7.4. Mobil televideniye standarti DVB-SHning umumiy xarakteristikasi

DVB-SH standarti aynan mobil TV tarmoqlarini yaratish uchun ishlab chiqilgan, biroq, DVB-T bilan mosligi DVB-SHni har qanday raqamli televideniyening DVB-T tizimi bilan yoki uning o‘rniga alohida tashkillashtirish imkonini beradi.


DVB-x standartlar oilasining birinchi avlodi (kabel, yer usti va yo‘ldosh raqamli eshittirishlariga moslangan DVB-C, DVB-T va DVB-S standartlari) bir necha o‘n yilliklar oldin aniqlangan. Ushbu davr mobaynida ikkinchi avlod standartlarini yaratishga eng kamida ikkita muhim shart-sharoitlar yuzaga keldi. Birinchidan, abonentlar nisbatan ko‘p televizion kanallarni (shu qatorda yuqori aniqlikdagi HDTVni ham) qabul qilish talablari yuzaga keldi, ikkinchidan, operatorlar raqamli eshittirish tarmoqlarini shakllantirishda investitsiyalarni qisqartirish zaruriyati tug‘ildi. 2007 yilda dunyoga kelgan DVB-SH standarti DVB-C2, DVB-T2 va DVB-S2lar kabi DVB-x oilasining ikkinchi avlodiga taalluqli bo‘lib, u ham raqamli eshittirishni sifatini oshirish va investitsiyalarni tejash uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega.
Gibrid standartni ishlab chiqishda quyidagi sharoitlar hisobga olingan. Yo‘ldosh transponderdan sifatli qabul qilish uchun uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinadigan zonada joylashishi muhim, shuning uchun binolar ichida qabul qiyinlashishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda, ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun aholi zich joylashgan xududlarda qabul yer usti retranslyatsion stansiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Shu sabab yer usti yoki yo‘ldosh tarmoq orqali uzatilayotgan DVB-SH bitlari shunday sinxronizatsiyalanishi kerakki, bunda abonent terminali signali qaerdan - retranslyatordanmi yoki sun’iy yo‘ldoshdanmi qabul qilinayotganligi bilinmay qolsin. Yer usti va yo‘ldosh tarmoqlarni OFDM-modulyatsiya rejimida sinxronizatsiya qilinganda signal ham bino ichida, ham ko‘chada joylashgan ham mobil, ham siljimaydigan terminallarga sifatli eshittirishni ta’minlanadi. Ya’ni shahar binolari zich joylashgan xududlarda abonentlar DVB-SH yordamida birdaniga ikkita tarmoqdan - yo‘ldosh va yer usti tizimlaridan signal qabul qilishi mumkin. Bu “soyali” ekranlanish effektidan qutilish imkonini beradi, effekt faqat yo‘ldosh tarmoqdan foydalanganda yuzaga keladi, chunki yo‘ldosh abonentga nisbatan vertikal bo‘lmagan holda “nur sochadi” va barcha imoratlar uning signalini o‘tishiga qaysidir darajada to'sqinlik qiladilar. Shu qatorda, shahardan tashqarida, ya’ni “soyali” ekranlanish muammosi bo‘lmagan joylarda faqat yo‘ldosh aloqadan foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda DVB-SH-eshittirish uchun ikkita sun’iy yo‘ldosh ishlatilmoqda: ulardan biri Amerika kompaniyasi ICO Global Communicationsga, ikkinchisi esa Yevropa operatori Solaris Mobile (Eutelsat va SES Astra qo'shma korxonasi). Yevropada DVB-SH gibrid standarti bilan Alcatel-Lucent tizim integratori ishtirokida Parij shahri qoplangan, yo‘ldosh tarmoqdan signalni butun Fransiya bo‘yicha qabul qilish mumkin.
DVB-SH - gibrid tarmog‘ining ikkinchi asosiy xususiyati shundaki, u operatorga bitta chastotada, bitta MPEG-2 transport oqimida turli parametrlarga ega televizion kontentning ikkita ko‘rinishiga: mobil va siljimaydigan abonent mo‘ljallangan eshittirishda MPEG-4ning ikkita oqimini uzatish imkonini beradi. Bunda siljimaydigan abonent uchun kontent ham standart formatdagi, ham HDTV formatdagi kanallarni o‘z ichiga olishi mumkin. DVB-SH uzatgichi tomonidan 16QAM 2/3 modulyatsiya rejimida hosil bo‘ladigan bitta multipleksning transport kanali sig‘imi taxminan 14 Mbit/s ni tashkil qiladi va unga siljimaydigan abonent ham mobil telekanallarning turli kombinatsiyalari joylashishi mumkin. Misol uchun, yuqori aniqlikdagi televideniyening har biri 4,5 Mbit/s tezlikdagi ikkita kanali, standart aniqlikdagi televideniyening 1,5 Mbit/s dagi ikkita kanali va mobil televideniyening (LDTV) 384 Kbit/s tezlikdagi 5 ta kanali bo‘lishlari mumkin. Shunday qilib, DVB-SH tarmog‘i yordamida operator,chastota resurs cheklangan sharoitlarda, bitta uzatgich asosida birdaniga foydalanuvchilarning ikkita segmentini uzatishni ta’minlash mumkin. Bunda mobil va siljimas terminallar faqat kontentning o‘zlariga tegishli qisminigina ko‘radilar. Dastlab amaliyotda DVB-SH vositasida gibrid raqamli televideniyening tatbiqi CSTB 2010 ko‘rgazmasida Alcatel-Lucent kompaniyasi tomonidan namoyish qilingan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, DVB-SH tarmoqlarini qurish, topologiyasi va qo‘llaniladigan chastota resurslari bo‘yicha, ular mobil aloqa tarmoqlari kabi amalga oshiriladi. Shuning uchun ularning yoyishda mavjud mobil aloqa tarmoqlari infrastrukturasini qo‘llash mumkin. DVB-T yoki DVB-H asosida yer usti teleeshittirish tarmog‘ida DVB-SHni rivojlanishiga kelsak, u mavjud uzatgichlarga DVB-SH modulyatorlarni qo'shish yo‘li bilan amalga oshiriladi. DVB-SH- tarmoqqa ulanish uchun abonentlar o‘rnatilgan, DVB-SHni qo‘llaydigan, maxsus terminallardan foydalanishlari mumkin: mobil telefonlar, multimedia gadjetlari, televizion qo'shimcha moslamalari, USB-qabul qilgichlari. Undan tashqari, DVB-SH-signalni qabul qilish uchun turli televizorlardan foydalanish mumkin, hattoki analog televizorlardan ham, qo'shimcha DVB-SH-resiverni o‘rnatish sharti bilan.
Amaliyotda DVB-SH DVB-T/T2 bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin. Shaharlarda yuqori aniqlikdagi televizion signalni (HDTV) qabul qilish uchun siljimas antennalar va abonent o‘zi bilan olib yurmaydigan statsionar televizorlardan foydalanidilar. Shuning uchun shahar sharoitida HDTV-eshittirishlar uchun yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ta’minlovchi DVB-T/T2 asosidagi tarmoqlar ancha samaralidir. DVB-SH binolarda va mobil terminallarda standart aniqlikdagi televizion signallarni xalaqitbardosh qabulini ta’minlashda qo'shimcha sifatida qo‘llanilishi mumkin. Shahardan tashqarida, ya’ni signalni qabul qilish sezilarli yaxshi sharoitlarda, DVB-SH eshittirishning har qanday ko‘rinishi qo‘llanilishi mumkin, bunda DVB-T/T2ga nisbatan ancha katta hududni qamrashda tarmoqni yoyish minimal xarajatlar bilan amalga oshirilishi mumkin. DVB-SHning iqtisodiy samaradorligi ham ana shundadir. Shunday qilib, DVB-SHni nafaqat gibrid va mobil eshittirish tarmoqlari qurish poydevori sifatida, balki televideniyeni raqamlashtirish doirasida DVB-T yoki DVB-T2 standartlari asosidagi tarmoqlarni yoyishda samarali qo'shimcha sifatida qarash mumkin.



Download 27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish