282
с
1.3
Kompaniyalar narx belgilashda qay tariqa xarajatlar, talab va
raqobatga yo’naltirilgan usullardan foydalanadi?
Echim:
Narx bilan bog’liq qarorlarga qator tashqi omillar, xususan, xaridorlar
kutayotgan narx, ularning narx va sifat o’rtasidagi aloqa haqidagi tasavvuri,
raqobatchilarning narxga reaktsiyasi, savdoning reaktsiyasi, shuningdek, iqtisodiy
sharoitlar ta’sir ko’satadi.
Narx belgilash uchun kompaniya xaridolrlar muqobil narxlarga qanday javob
qaytariini bilishi lozim. Eng ideal holatda firma turli narx darajalarida qancha
miqdorda tovar sotilishini ko’rsatadigan talab egri chizig’i tuzishga harakat qiladi.
Bu kompaniyaga ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda umumiy
tushum miqdorini hisoblab chiqish, turli narx darajasida olish mumkin bo’lgan
foydani aniqlash va eng ma’qul keladigan narx belgilashga imkon beradi. Talab
egri chizig’i narx sezuvchanligini ham tavsiflaydi. Kompaniyalar tushumni
oshirish uchun xaridorlar narx sezuvchanligi past bo’lganda qimmatroq narx
belgilashi, narx sezuvchanligi kuchli bo’lganda esa – arzonroq narx belgilashi
mumkin. Eng yuqori ko’rsatkich tahlili yordamida oxirgi sotilgan tovar birligidan
eng yuqori tushum miqdori uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’lgan nuqtada
foydani maksimal qiladigan narx belgilanadi.
Mavjud tovarlar uchun narx shakllanish strategiyalari to’g’ri keladigan narx
darajasi belgilash va avvalgi narx o’zgarishiga nisbatan qaror qabul qilish yoki
barqaror narxlarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladi. YAngi tovarlar uchun
odatda «qaymog’ini olish» va «bozorga kirib borish» nomi ostidagi narx
shakllanish strategiyalari qo’llanadi. Bunda «qaymog’ini olish» strategiyasi dastlab
qimmat narx belgilangan hollarda foydalaniladi va talab elastik bo’lmagan yoki
kompaniya patent himoyasi bilan ta’minlangan hollarda maqsadga muvofiq.
«Bozorga kirib borish» strategiyasi dastlab arzon narx belgilashni ko’zda tutadi va
talab elastik bo’lgan hollarda maqsadga muvofiq sanaladi. Narx shakllanish
strategiyalari assortiment guruhlari uchun ham ishlab chiqiladi. Assortiment
guruhidagi turli tovarlar o’rtacha narx yoki nufuzli tovarlarni afzal ko’adigan
tejamkor xaridorlani qiziqtirish maqsadida turli narx segmentlariga qarataladi.
283
с
Xulosa:
Shunday qilib, kompaniya avvalo, quyidagilarni amalga oshirishi
lozim:
narx shakllantirish maqsadlarini aniqlash;
narxni belgilab beradigan omillarni (xarajatlar, talab va h.k.) ajratib
ko’rsatish;
shu axborotni hisobga olgan holda o’z narxlarini shu doirada belgilaydigan
narx doirasini belilab beradigan narx shakllantirish strategiyasini ifodalash;
yoki talabga, yoki xarajatlarga yo’naltirilgan usul asosida narx darajasini
belgilash;
iste’molchilarga taklif etiladigan yakuniy narx va savdo chegirmalarni
belgilash;
narx belgilangandan so’ng iste’molchi va raqobatchilar reaktsiyasini
aniqlash;
yakuniy bosqichda kompaniya qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun
narxlarni nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: