Resurslar
|
Boshqaruv funktsiyalari Samara
|
(ijobiy)
|
|
Materiallar
|
Sifatli tovar va xizmatlar
|
Mehnat
|
Foyda va xarajatlar
|
Kapital
|
Bandlik
|
Energiya
|
Sotsial naflar
|
Axborot
|
Samara (salbiy)
Yaroqsiz tovar va xizmatlar Moliyaviy zararlar Ishsizlik
Sotsial noxushliklar
|
14.1-sxema. Boshqaruv resurslari va samaralari.
Shunday qilib, boshqaruv samaradorligi-bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda boshqarishning rolini oshirishdan iboratdir.
Mezon (kriteriya)-bu taqqoslash yoki baholash uchun o‘lchov, andoza. Masalan, mehnat-kishi qadr-qiymatining mezonidir. Yoki aniqroq misollar:
Mezonlar
Samarador
|
S
|
S-samara
|
lik mezoni
|
—>1
v
|
X-mazkur samara uchun sarflangan xarajat
|
Inteensiv-lik
|
x
Jmu
|
Jmu-mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati
|
mezoni
|
>1
L-
|
Jfq-fond bilan qurollanishning o‘sish sur’ati
|
Iqtisodiy
|
Jfq
Jmu
|
Jmu-mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati
|
barqarorlik
|
>1
|
Jihf-ish haqi fondining o‘sish sur’ati
|
mezoni
|
Jihf
|
|
Davlat
|
Bd
|
Bd-byudjetning daromad qismi
|
byudjetidagi
|
—=0,97yoki
|
Bx-byudjetning xarajat qismi
|
taqchillik
|
Bx
|
Bu taqchillik 3-3,5 foizdan oshmasligi kerak.
|
mezoni
|
0,965
|
|
Ehtiyojni
|
IF
|
IFn-oziq-ovqat, kiyim-kechak, oyoq kiyimi va
|
qondirish
|
>1
|
hakozalarning jon boshiga iste’mol qilish
|
Bu erda,
mezoni
|
IFn A
|
normasi
|
|
|
A-standartlashgan aholi soni
|
Boshqaruv mehnati samaradorligining mezoni qo‘yidagicha ko‘rinishga ega:
S
S-samara
Bx-boshqaruv xarajatlari
Boshqaruv xarajatlari:
axborot olish va uni qayta ishlash;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar;
ilmiy ishlanmalar, loyihalash, tajriba va seriyali ishlab chiqarishni o‘z ichiga oluvchi bosqichlar xarajati;
mahsulotlardan foydalanish xarajatidan iboratdir.
Boshqacha qilib aytganda, bunga boshqaruvning barcha funktsiyalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar kiradi.
Ko‘rsatkich - bu biror narsaning rivoji, o‘zgarishini bildiruvchi belgi yoki narsa. Ko‘rsatkichlar mutloq va nisbiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Mutloq ko‘rsatkichlar aniq sharoitda sodir bo‘lgan voqea va hodisaning miqdorini, hajmini, qiymatini ifodalaydi. Nisbiy ko‘rsatkichchlar esa u yoki bu mezonning intensivlik darajasini tavsiflaydi.
Boshqarish ob’ekti faoliyatini tavsiflash uchun quyidagi samaradorlik mezonlari qo‘llaniladi:
Umumlashtiruvchi mezonlar:
Resurslar samaradorligi max
Xarajatlar samaradorligi max—
mahsulot ishlab chiqarishga eng kam jonli mehnat sarflash;
eng kam moddiy resurslar sarflash;
eng kam moliyaviy resurslarni sarflash.
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish;
shartnomalarni muddatida bajarish;
xodimlarning barqarorligi;
raqobatbardosh texnologiyaga erishish va h.k.
Binobarin, boshqarish jarayoni samaradorligini oshirish berilgan mezonlar yoki mezonlar tizimiga muvofiq ravishda boshqaruvchi organ tomonidan muayyan natijaga erishish maqsadida aniq ob’ektni eng qulay, eng samarali boshqarish usullarini topishdan iboratdir.
Boshqaruv sub’ekti faoliyatini tavsiflash uchun qo‘yidagi samaradorlik mezonlari qo‘llaniladi:
Boshqarish tizimidagi moliyaviy xarajatlarni tejash.
79
boshqarish apparati xarajatlarining kamayishi boshqariluvchi tizim samaradorligining iqtisodiy mezoni bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda boshqaruv apparati shtatlarini oqilona qisqartirish, xizmat safarlarini kamaytirish kabilar tejamkorlikning muhim omillari ekanligini ta’kidlash zarur.
Boshqarish tizimida jonli va buyumlashgan mehnatni tejash.
Bu mezon kuchlarni eng ko‘p darajada tejash va mehnatdan eng unumli foydalanishni ko‘zda tutadi. U sermehnat ishlar va operatsiyalarni qisqartirishda, moddiy va mehnat vositalarini tejashda ifodalanadi.
Mehnatni tejashga boshqaruv tarkibi va texnologiyasi jarayonlarini ratsionalizatsiyalash, boshqaruv apparatidagi mehnatni kompyuterlashtirish yo‘li bilan erishiladi.
Ayrim operatsiyalarni bajarishga va butun boshqaruv jarayoniga sarf bo‘ladigan vaqt.
Bu mezonda bosh omil vaqtdir. Axborot to‘plash va uni qayta ishlashga, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirishga sarf bo‘ladigan vaqtni har tomonlama qisqartirish; biznes rejani tuzishga ketadtigan vaqtni qisqartirish, tezkor topshiriqlarni etkazish muddatini tezlashtirish, faoliyat natijalarini tezkorlik bilan baholash bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
jayd qilingan mezonlarning har biri mazkur davr uchun iqtisodiy-siyosatda belgilangan maqsadlardan, korxona yoki tarmoqning aniq ish sharoitilari e’tiborga olingani holda boshqaruv faoliyatiga baho berish uchun tanlab olinishi kerak. Boshqaruv tizimining turli vazifalarini maqsadga muvofiqlashtirish uchun ham mezon tanlanadi.
Innovatsion tashkiliy tizimni qayta qurish.
Mahsulotni hozirgi davr texnologiyalarida ishlab chiqarish e’tiborga sazovordir. Yangi texnologiyani tadbiq etishda mahsulotning «hayotiy tsikli» rol o‘ynaydi. Hayotiy tsikl - loyihani yangi texnikaga tadbiq etilishi va iste’molchini talabini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha bosqichlardan iborat.
Boshlang‘ich hayotiy bosqichda yagona texnik topshiriq bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ular quyidagilardan iborat: yagona texnik topshiriqni ishlab chiqish, izlanish yo‘nalishini tanlash, nazariy va amaliy izlanishlar, ilmiy izlanishlar natijasini umumlashtirish va bah
olash.
Ikkinchi hayotiy bosqichda amaliy konstruktorlik ishlari amalga oshiriladi. Bunda konstruktorlik hujjatlari ishlab chiqiladi, texnik takliflar, eskiz loyiha, texnik loyiha, konstruktorlik hujjatlashlar. Amaliy konstruktorlik ishlaridan yangi texnologiyalarni yaratishda foydalaniladi.
Hayotiy tsiklning keyingi bosqichlarida mahsulot, ya’ni yangi texnologiyani ishlab chiqarishga qo‘yiladi.
Yangi texnikani quyidagi topshiriqlar bajarilgandan so‘ng, ishlab chiqarishga tadbiq etiladi: yangi texnologiya ishlatish uchun, yangi texnikadan mahsulot chiqarib topshirish uchun, kamchiliklarni to‘g‘rilash.
Bu bochqichlarni o‘tgan texnika yangiliklari bozorga olib chiqilishi mumkin.
Hayotiy tsiklning yakuniy bosqichida yaratilgan texnologiya iste’molchi tomonidan foydalaniladi.
Menejer vaqtdan yutish uchun yuqorida aytib o‘tilgan barcha bosqichlarning bajarilish vaqtini bilishi zarur. Yangilikni yaratishda bilim darajasi katta rol o‘ynaydi. Chunki ilmiy izlanish bosqichida yangilik yaratishga asos yaratiladi. Bu erda avtomatlashtirilgan sistemada ilmiy izlanish olib borish alohida o‘rin tutadi. Bu quyidagi imkoniyatlarni ochib beradi:
Mashinaning “xotira”sidagi barcha qonunlar va axborotlar ishlatiladi.
Vaqt tejaladi.
Axborotlarning ba’zi qismi tekshiruv o‘tkazilayotgan joyga o‘zgarishsiz uzatiladi.
Mahsulotning konstruktsiyasini kompyuterda ishlab chiqish.
Mahsulotning sifatini va ishlatish uchun osonligini tekshirish.
Hayotiy tsiklning barcha bosqichlarida mashinani rivojlantirishning yana bir metodi funktsional qiymat tahlilidir.
Bu metod birinchi bo‘lib, AQSh da 1947 yilda «Djeneral elektrik» kompaniyasida ishlab chiqildi. Injener Lourens D. Mayls shunday degan: ishlab chiqarishda to‘xtalishlarni oldini olish uchun avvalambor, mahsulotning iste’molbopligi va texnik funktsional qismlarini tahlil qilish zarur. Bundan maqsad qancha tovar ishlab chiqarilganda tovar talab va ehtiyojni qondirishini aniqlashdir. Kerakli natijani olish uchun ham foyda va xarajatlar o‘rtasidagi proportsiya muhimdir.
Nazorat savollari
Ishlab chiqarishni boshqarish mazmuni va mohiyatini tushuntiring.
Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari.
Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish qanday amalga oshiriladi?
Sifat menejmenti nima?
Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Mavzu. MEHNAT JAMOALARINI REJALASHTIRISH
VA BOSHQARISH Reja:
Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi
Xodimlarni boshqarish tizimi
Xodimlarni boshqarish tamoyillari
Xodimlarni rejalashtirish
Xodimlarni boshqarish samaradorligi
Tayanch so’zlar: mehnat, mehnat jaryoni, xodimlarni rejalashtirish, inson resurslarini boshqarish, ish jarayoni, kadrlar bilan ishlash jarayonlari, mehnat jamoalarini boshqarish, funsional boshqarish, tashkiliy boshqarish, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, mehnat intizomi, guruhga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, ishchi guruhining mehnat unumdorligi va qoniqishi, ishni joriy baholash, mehnat ergonomikasi.
Mehnat jamoalarini boshqarish tushunchasi
"Xodim" iborasi o’zbek tilining izohli lug’atida "biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi" ma'nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, medetsina xodimi, ilmiy xodim va hk.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud:
inson resurslarini boshqarish;
xodimlarni boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |