Menejmentga kirish


Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi



Download 6,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/297
Sana01.06.2022
Hajmi6,28 Mb.
#628248
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   297
Bog'liq
Менеж янги УУМ -2021

Mehnat resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi
ishchilar va 
xodimlarning qobiliyatlarini, yanada jadal va unumli mehnat qilishga 
qoʻzgʻatishdir. Inson omiliga e'tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas'uliyat bilan 
yondoshish mehnat resurslarini boshqarishning bosh gʻoyasidir. 


222 
3-chizma. Mehnat resurslarini boshqarish chizmasi 
“Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy 
inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin boʻlgan oqibatlariga doir materiallarni 
oʻrganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda. 
Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni 
qamrab olayotgani, regsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy 
faollik koʻlamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, 
shuningdek, jahonning koʻplab mamlakatlariga ta’sir koʻrsatadigan jiddiy ijtimoiy 
talafotlar sodir boʻlishi mumkinligi oʻz tasdigʻini topmoqda. 
Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank 
tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini 
koʻrsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan oʻz korporativ manfaatlarini koʻzlab ish 
yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qogʻozlar bozorlarida turli spekulyativ 
amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan etarli darajada nazorat yoʻqligini 
ham tasdiqladi. 
Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, 
koʻlami va oqibatlari qanday boʻlishi koʻp jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. 
Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechogʻliq mustahkam 
ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (toʻlov 
imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, 
shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va 
Xodimlarni rеjalashtirish 
Ixtiloflar, nizolarni hal qilish 
Tanlov, ishga qabul va ishdan bo’shatish 
Kadrlarni lavozim va profеssional, ma'muriy 
o’sishini rеjalashtirish 
Ma'qul ish sharoiti va ijtimoiy-ruhiy muhitni 
yaratish 
Xodimlarni boshqarishdagi harajatlar va ularning 
samaradorligini baholash 
Motivatsiya 
Mas'uliyat va vakolat 


223 
pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va 
raqobatga bardoshlik darajasiga bogʻliq.
Toʻrtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning 
oqibatlarini engillashtirish koʻp jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo 
hamjamiyati 
miqyosida 
qabul 
qilinayotgan 
chora-tadbirlarning 
qanchalik 
samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uygʻunligiga bogʻliq”
Moddiy
ne’matlar ishlab 
chiqarish va xizmatlar koʻrsatish ikkita zarur tarkibiy qismdan: bir tomondan, moddiy 
resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va hokazo)dan va ikkinchi tomondan, inson 
resurslaridan, ya’ni kasb malakalari va bilimlariga ega boʻlgan xodimlardan iborat. 
Boshqacharoq qilib aytganda, mamlakat aholisining bir qismi boʻlgan inson resurslari 
moddiy resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon 
boʻladi. Biroq bu omillar oʻz xususiyatlariga qarab bir-birlaridan muhim belgilari bilan 
farqlanadi. 
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy oʻzgarishlar davrida hamma narsalarni 
inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir. 
Mehnat resurslari mamalakat aholisining oʻz psixofiziologik va aqliy sifatlari bilan 
moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar koʻrsatishga qodir boʻlgan 
qismidan iboratdir. 
Mehnat resurslari deb, oʻzining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab 
chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar toʻplamiga aytiladi. 
Bu ta’rifdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari oʻziga iqtisodiyotda 
mehnat bilan band boʻlgan kishilarni ham, mehnat bilan band boʻlmasa ham mehnat 
qilishlari mumkin boʻlgan kishilarni xam qamrab oladi. Boshqacha aytganda, mehnat 
resurslari haqiqiy (real) va potentsial xodimlardir. 
Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda umumta’lim va kasbiy bilimlar hamda 
koʻnikmalar, shaxsiy hususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar insonning tanlagan 
faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi. 
Insonning har ikkala sifati boʻlgan jismoniy va ma’naviy rivoji tasvirlarining 
ahamiyati iqtisodiyotning rivojlanib borishiga qarab doimiy holda oʻzgarib boradi. Bu 
hol, oʻz navbatda mehnat sohasidagi mavjud jahon tamoyilini toʻliq aks ettiradi, 
iqtisodiyotda va umuman, jamiyatda tez va chuqur oʻzgarishlar boʻlib turgan davrlarda 
kishilarning jismoniy va ma’naviy fazilatlari roli ayniqsa ortadi. 
Kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, real hayotda koʻpgina "imtiyozli pensionerlar" 
avvalgi kasblarida yoki boshqa ishlarda oʻz ishlarini davom ettirmoqdalar, shuning 
uchun ham ular mehnat resurslari tarkibida qoladilar. Ishlamayotgan pensionerlar esa 
mehnat resurslarining tarkibidan chiqariladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon "iqtisodiy jihatdan faol aholi" tushunchasi 
qaror topgan. Halqaro standartlarga muvofiq ularga mehnat bilan band aholi va ish 
qidirayotgan ishsizlar kiradi. Shuningdek, "fuqorolik jihatidan iqtisodiy faol aholi" 
tushunchasi ham tarqalgan boʻlib, ynga harbiy xizmatchilar kiritilmaydi. 
Shunday qilib, "mehnat resurslari" oʻzining mazmuniga koʻra, "iqtisodiy faol 
aholi" tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari mehnat resurslari 
yana mehnatga layoqatli yoshdagi oʻquvchilarni ham, shuningdek, ana shu yoshdagi uy 
bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya’ni ishsiz boʻlmasa ham, 


224 
qandaydir sabablarga koʻra, mamlakat xoʻjaligida ish bilan band boʻlmagan aholini 
ham oʻz ichiga oladi. 
Mavjud adabiyotlarda "ish kuchi" tushunchasi koʻp ishlatilsada, uning chegarasi 
aniq belgilanmagan. Ba’zan ish kuchi deganda ham haqiqiy xodimlar, ham potentsial 
xodimlar, ya’ni amalda oʻsha "mehnat resurslari"ning oʻzi tushuniladi. Koʻpincha bu 
tushuncha tor ma’noda ~ xodimlarning umumiy sonini anglatadi. 
Bunga sabab shu boʻlganki, koʻpgina mualliflar mehnat bozoridagi vaziyatga baho 
berar ekanlar, "ish kuchiga boʻlgan talab”, “ish kuchini taklifi" degan tushunchalardan 
ham foydalanadilar. 

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish