15
yuqorida taʼkidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni
jarayon sifatida uning
funksiyalarida namoyon boʻladi.
Farb
menejmentining
bugungi
zamonaviy
nazariyasi
boshqarish
funksiyalarini tasniflashda, eng avvalo, uning quyidagi asosiy (umumiy)
funksiyalariga ustuvorlik beradi:
–
rejalashtirish;
–
tashkil qilish;
–
tartibga solish va muvofiqlashtirish;
–
nazorat;
–
ragʻbatlantirish (motivlashtirish).
Bu funksiyalar boshqaruvning barcha boʻgʻinlarida va hamma bosqichlarida
quyidagi izchillikda amalga oshiriladi (5-rasm).
5-rasm. Menejerning boshqarish funksiyalarini amalga oshirishdagi
ketma-ketlik
18
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib,
faoliyatni tashkil qilish, uni
ragʻbatlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda
muvofiqlashtirish barcha funksiyalar jarayonida oʻz aksini topadi.
Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos boʻlgan umumiy
xususiyatlarga ega boʻlib, boshqaruv apparatining
barcha rahbarlari va
mytaxassislari faoliyatida mavjud boʻladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning
18
M.Sharifxo‗jaev, Yo.Abdullaev ―Menejment‖. Darslik, Toshkent . O‗qituvchi 2001,455-bet.
16
hamma tomonlarini qampagan funksiyalar deyish ham mumkin,
chunki ular
boshqaruv tizimini ham boʻyiga (vertikal), ham eniga (gorizontal) qampab oladi.
Boshqarish funksiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini
aniq ijrochilar boʻyicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq
funksiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy Farb firmalarida ishlab
chiqarishga oid 20-25 tadan kam boʻlmagan funksiyalar ajratiladi. Bular
quyidagilardir:
–
asosiy ishlab chuqarushnu boshqarush;
–
qoʻshimcha ishlab chuqarushni boshqarish;
–
ishlab chiqarushga xuzmat qiluvchu ishlab chuqarishnu boshqarish;
–
marketingni boshqarish;
–
moliyaviy boshqarish;
–
sifatni boshqarish;
–
mehnatni boshqarish;
–
xodimlarni boshqarish;
–
innovatsiyani boshqarish va hokazo.
Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining
ayrim turlari va
sohalari alohida ajralib turadi.
Menejerlar tomonidan odamlarni boshqarish bir qator tamoyillarga
asoslanadi:
1. Boʻysunuvchilarda oʻzini hurmat qilish hissini qoʻllab-quvvatlash. Bunda,
avvalo, boʻysunuvchilarni maqtash va soʻngra ishni yaxshilash boʻyicha
koʻrsatmalar berish.
2. Shaxsga emas, muammolarga eʼtibor qaratish.
3. Koʻngildagi rejalarni qayd etish va mustahkamlash usullaridan faol
foydalanish yoki zid harakatlarni bartaraf etish. Odamlar xulqidagi oʻzgarishlarga
darhol eʼtibor qaratilmasa, ortiqcha tushunmovchiliklar kelib chiqadi.
4. Aniq talablarni olgʻa surish, odamlar bilan doimo aloqada boʻlish, qayta
aloqalarga eʼtiborni kuchaytirish.
Yuqoridagi
tamoyillarga asoslangan holda, mos ravishda menejer
17
ijrochilardan kerakli natijalarni talab qilishi kerak:
–
maslahat olishga doimo ehtiyoj sezuvchilarda fikr uygʻotish;
–
tashqi harakat taʼsirisiz biror qarorga kelolmaydiganlarga maslahatlar
berish;
–
toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatmalarni tushunmasdan ish yuritish mumkin
emasligini eslatib turish;
–
berilgan topshiriq va buyruqlarni soʻzsiz qatʼiy talab etish;
–
boʻysunishni istamagan xodimlarni boshqa
chora topilmaganda ishdan
boʻshatish va aksincha, rahbariyatning barcha topshiriqlarini sidqidildan bajaruvchi
xodimlarni ragʻbatlantirish.
Kim bilan va qanday ishlash – koʻproq maʼnoda odamlarning oʻziga xos
xarakteriga bogʻliq. Bu rahbarlarga ham, ijrochilarga ham taalluqlidir. Ushbu
holatni menejerlar doimo hisobga olishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: