11
bir organning yoki rahbarning boʻysunuvchilarga aniq va nisbatan barqaror taʼsir
koʻrsatish usuli va yoʻllari majmui. Masalan: mamlakat boshqaruv organlarining
ish uslubi; vazirlik, qoʻmita,
hokimlarning ish uslubi; sud, prokuraturaning ish
uslubi; korxona, sexlarning ish uslubi; ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokazolar.
Boshqaruvning turli pogʻona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va
rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi gʻoyat koʻp
qirrali tushunchadir.
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal
qilishda uning oʻziga xos yondoshishi.
Rahbar qaror qabul qilganda, uning
bajarilishini tashkil etganda va qoʻl ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u oʻz
vazifalariga muvofiq ish koʻradi.
Biroq har bir rahbar bunda oʻziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida oʻzi
uchun mos boʻlgan, oʻz rahbarlik uslubini belgilaydigan
usullar bilan harakat
qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi boʻlmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil
uslub yoʻq. Rahbarlik uslubi rahbarlarning oʻz qoʻl ostidagilari bilan aloqasida,
ularning oʻzaro munosabatlarida tarkib topadi.
Boshqarish jarayonida menejer mehnati insonning
aniq faoliyati orqali
namoyon bo‗ladi. Boshqaruv sikli maqsad va masalalarni belgilab olishdan
boshlanib, ularni yechish va qo‗yilgan maqsadga erishish bilan yakunlanadi.
Belgilangan masala qo‗yilib, maqsadga erishilgach,
boshqaruv sikli yangi
maqsad va vazifalarni o‗z oldiga qo‗yadi va shu asnoda davom etadi.
13
Menejer mehnati aniq korxonada bir necha ko‗rinishdagi masalani yechishga
yo‗naltiriladi. Bular quyidagilar
14
:
-ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish, ishlab chiqarishni takomillashtirish,
ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishga bog‗liq
texnik-texnologik
jarayonlarni loyihalashtirishga oid texnologik;
-iqtisodiy munosabatlarni takomillashritishda va muvofiqlashtirishga bog‗liq
iqtisodiy;
13
Менеджмент: учебное пособие / кол. авторов; под ред. М.Л.Разу.- М.:КНОРУС, 2008. 320 с.
14
F.X.Tursunxodjayeva ―Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv tizimini rivojlantirish‖ T.: TMI, 2015-yil 67-
bet
12
-boshqaruv tizimlarni takomillashtirish, reklama va axborot ta‗minoti, ularni
tayyorlash, kadrlar masalasini oshirishga bog‗liq tashkiliy;
-ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish va muvofiqlashtirishga bog‗liq
ijtimoiy;
Menejer mehnati odamlarni boshqarishga qaratilgan va korxonaning xo‗jalik
faoliyatiga sezilarli ta‗sir ko‗rsatadi. Har qanday pog‗onadagi boshqaruvchi o‗z
hohishi bilan emas, balki xalq manfaati yo‗zasidan boshqariuvni amalga oshiradi.
Menejerning xodimlarni, yaʼni inson omilini boshqarish quyidagi jihatlarni
boshqarishni oʻz ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: