"menejment va iqtisodiyot"


  Korxona xodimlari-jamoalari orasidagi nizolarni boshqarish



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

6.3.  Korxona xodimlari-jamoalari orasidagi nizolarni boshqarish  
va bartaraf etish yo`llari. 
«Nizo  -  bu  o`zaro  kelishmovchilik  yoki  qarama-qarshilik,  dushmanlik, adovat 
orqasida  tug’ilgan  holat,  munosabat,  ixtilof,  nifoq».  Adovat,  ixtilof,  nifoq  tufayli 
o`zaro  janjallar  sodir  bo`ladi.  Odamlar  janjal  haqida  o`ylaganlarida  dushmanlik, 
qo`rqitish, bosqinchilik,  tortishuv kabi noxushliklarni  nazarda tutishadi.   
Boshqarish jarayonida nizo – bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o`rtasida 
muayyan  masalalarni  hal  qilishda  tomonlarning  o`zaro  bir  echimga  kela  olmaganli 
tufayli  vujudga  keladigan  vaziyatdir. 


114 
 
Ishlab  chiqarishdagi  nizolar  kishilar  kayfiyatiga  salbiy  ta`sir  qiladi  va  ularning 
ish  qobiliyatini  pasaytiradi,  jamoadagi  «ruhiy  iqlim»ni  yomonlashtiradi,  kadrlar 
qo`nimsizligini  ko`paytiradi.  Shuning  uchun  bu  masalalarga  doimo  e`tibor  berib, 
mehnat  jamoalarini  boshqarish,  kadrlar  turg’unligini  ta`minlovchi  shartlardan 
biridir.  Ishlab  chiqarishda  nizoli  vaziyatlarning  oldini  olish  uchun  barcha 
imkoniyatlardan  foydalanish  lozim.   
Nizo  qanday  xarakterga  ega  va  qay  darajada  katta  bo`lmasin,  barcha hollarda 
nizoning  sabablari  hamda  uni  vujudga  keltirgan  holatlar  diqqat  bilan  tahlil  qilinishi 
zarur.  Rahbar  har  bir  aniq  vaziyatning  tagiga  adolat  va  ob`ektivlik  bilan  etishi, 
tegishli  xulosalar  chiqarishi  kerak.  Sotsiologik  tadqiqotlarining  ko`rsatishicha, 
«ruhiy  iqlim»  yaxshi  hamda  intizom  ancha  yuqori  bo`lgan  joyda  faqat  iqtisodiy 
ko`rsatkichlar  yuksak  emas,  balki  nizolar  ham  anchagina  kam,  xodimlarning  o`z 
mehnatidan  katta  qoniqish  olayotgani  ko`zga  tashlanib  turadi.  Xodimlar  noroziligi 
yuksak  talabchanlik  va  ishlab  chiqarishning  ba`zi  jihatlarini  yaxshilash,  bu  bilan 
mehnat  unumdorligini  oshirish  istagining  natijasi  sifatida  ijobiy  sabablarga  ham 
ega bo`lishi mumkin.   
Ishlab  chiqarishda  nizoli    vaziyatlar  turli  sabablarga  ko`ra    vujudga  kelishi 
mumkin.  Ulardan:  mehnatni  tashkil  qilishdagi  kamchiliklar;  haq  to`lashning 
takomillashtirilmaganligi; 
yomon 
mehnat 
sharoitlari; 
mehnat 
haqidagi 
qonunlarning  buzilishi;  rahbarlikning  qoniqarsiz  saviyasi;  o`zaro  munosabatlar 
madaniyatining  past saviyasini  ko`rsatish mumkin. 
Nizolarning  asosan to`rt xili  ko`p uchrab turadi (6.2.3-chizma). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ichki  shaxsiy  nizo  bir  kishining  o`ziga  bir-biriga  zid  topshiriqlar  berilib, 
rahbarning  pirovard  talabi  bir-biriga  mos  kelmay,  bajaruvchi  bunday  holda  nima 
qilishini  bilmay  xunob bo`lgan hollarda vujudga  keladi.   
Tadqiqotlar  va  kuzatishlar  bunday  vaziyatlar:  ishchining  o`z  ishidan 
qoniqmaganligi,  o`ziga  va  korxonaga  ishonchsizlik,  shuningdek,  xodimda 
asabbuzar  holatlarning  tez-tez  sodir  bo`lib  turishi  natijasida  vujudga  kelishini 
ko`rsatadi. 
Shaxslararo  nizolar  hayotda  keng  tarqalgan  nizolardir.  Bunday  nizolar, 
masalan:   

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish