"menejment va iqtisodiyot"



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/370
Sana11.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#171397
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   370
Bog'liq
menejment va iqtisodiyot

6.1.  Mehnat motivatsiyasi. 
Motivatsiya  –  bu  o`zini  va  boshqalarni  shaxsiy  yoki  tashkilot  maqsadlariga 
erishish  uchun  faoliyat  yuritishga  yo`naltirish  jarayoni.  Ruscha-o`zbekcha  lug’atda 
motivatsiya  tushunchasi  biror  ish  yoki  harakatning  yuzaga  kelishiga  sababchi 
bo`lgan  motivlar,  dalillar,  isbotlar,  bahonalar,  vajlar  yoki  sabablar  majmui 
ma`nosida  talqin  etiladi.
1
  Bu  tushuncha  bevosita  inson  omili  bilan  chambarchas 
bog’liqdir.  Shu  nuqtai-nazardan:  Motivlashtirish  –  bu  ruhiy  omil  bo`lib,  shaxs 
faolligining  manbai,  sababi,  dalili  va  har  xil  turli  ehtimollaridir.  U  xodimlarni  jonli 
mehnat  faoliyatiga  rag’batlantiruvchi  kuchli  vositadir.    Boshqacha  qilib  aytganda 
motivlashtirish  –  bu  kishilar  faoliyatini  ruhiy  yo`llar  bilan  maqsadga  muvofiq 
yo`naltirishdir.  U  muayyan  ehtiyojni  qondirish  bilan bog’liq. ehtiyoj esa sabablarda 
namoyon bo`ladi.  
                                                 
1
  Ruscha-o`zbekcha lug’at. T., "O`zFA nashriyoti",  1953,  111-bet.   


106 
 
 Inson  tirik  jon  sifatida  ovqat  yeyish,  uxlash,  dam  olib  o`z  kuchini  tiklash, 
o`zini  issiq-sovuqdan  asrash  ehtiyojlariga  ega.  Mazkur  ehtiyojlar  moddiy,  ya`ni 
kiyim-kechak,  oziq-ovqat,  turarjoy  va  boshqalar  shaklida  ifoda  etiladi.  Insonning 
moddiy  ehtiyojlari  bilan  birga  ijtimoiy  ehtiyojlari  ham  borki,  bularga  bilim  olish, 
madaniy  saviyasini  oshirish,  malaka,  mahoratga  ega  bo`lish  va  sog’lom  hayot 
kechirib,  uzoq  umr  ko`rish  kiradi.  Aytilgan  ehtiyojlar  moddiy  shaklga  ega 
bo`lmagan  har  xil  xizmatlar  ko`rsatish  orqali  qondiriladi.  Umuman:  ehtiyoj 
odamlarni  harakatga  intiltiruvchi,  qo`zg’atuvchi motivdir.       
Ehtiyoj  tushunchasi  mohiyatini  ochish  uchun  mayl  tushunchasini  keltirish 
zarur.  Inson  juda  ko`p  narsalarga  ega  bo`lishga  moyil  bo`ladi.  Boshqacha  qilib, 
maylni  xoxish,  istak  kabi  ifodalash  mumkin.  Shunday  qilib,  ehtiyojlar,  bu  – 
insonga  ayni  damda  fiziologik  va  psixologik  jihatdan  nimaningdir  yetmasligidir. 
Mazmunli  motivatsiya  nazariyasi  umuminsoniy  ehtiyojlarni  turkumlashga  harakat 
qildi,  ammo  shuni  aytish  kerakki,  barcha  ehtiyojlarni  aniq  turkumlash  mumkin 
emas.  Hozirgi  kunda  ko`pgina  psixologlar  ikki  xil  ehtiyojlar  turkumi  mavjudligini 
tan  olishgan.  Bular  birlamchi  va  ikkilamchi  ehtiyojlar.  Birlamchi  ehtiyojlar  o`z 
tabiatiga  ko`ra  fiziologik  va  tug’ma  bo`ladi,  ikkilamchi  ehtiyojlar  tabiatiga  ko`ra 
psixologik  bo`ladi.  Birlamchi  ehtiyojlar  genetik  o`tuvchan  bo`ladi,  ikkilamchi 
ehtiyojlar  yillar  davomida  vujudga  keladi.  ehtiyojni  kuzatish  va  o`lchashning 
imkoniyati  yo`q.  Uning  mavjudligini  faqatgina  inson  hatti-harakatidan  aniqlash 
mumkin.  Psixologlar,  insonni  kuzatib  shuni  aniqladilarki,  ehtiyojlar  hatti-harakatga 
motiv  bo`lib  xizmat  qiladi.  Inson  biron  bir  narsaga  ehtiyoj  sezsa,  u  ehtiyojni 
qondirishga  intiladi.  Intilish  –  biror  bir  narsa  kamchilik  sezganda  yo`nalishni 
aniqlash.  Bu  ehtiyoj  sezganda  hatti-harakatdir  va  maqsadga  erishishga  yo`naltiradi. 
Bu  erda  maqsad  deganda,  shu  ehtiyojni  qondirishda  asosiy  dastak  hisoblanadi. 
Inson  bu  maqsadga  erishsa,  ehtiyoj  qondiriladi,  qisman  qondiriladi  yoki  aksincha 
qondirilmasligi  ham mumkin.   
Ehtiyojni  qondirish  darajasi  inson  kelajagidagi  hatti-harakatini  belgilaydi. 
Qaysi  hatti-harakat  inson  ehtiyojini  qondirsa,  u  hatti-harakatni  takrorlaydi,  agar 
qaysi  hatti-harakat  inson  ehtiyojini  qondirmasa,  u  bu  hatti-harakatni  takrorlamaydi. 
Menejerlar  shunday  sharoitni  yaratishlari  kerakki,  bunda  xodim  tashkilot 
maqsadlari  sari intilish  natijasida  o`z ehtiyojini  ham qondira olsin.  
Hozirgi  kunda  odamzodning  turli  xil  aniq  ehtiyojlari  mavjud.  Rahbar  doimo 
ehtimollik  elementini  hisobga  olishi  kerak,  chunki  motivatsiyada  aniq  bir  yaxshi 
usul  yo`q.  Biror  bir  kishiga  bir  motivatsiya  usuli  ta`sir  qilsa,  boshqasiga  umuman 
ta`sir qilmasligi  mumkin. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish