mexanizmi va menejment uslublari, menejment texnika va texnologi-
yasining nazariy va uslubiy asoslarini o'rganish tashkil etadi. M e
nejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamo-
yillari, menejment tizimiga ta ’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv
apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o'zini tutish hollari-
ni umumlashtiradi, iqtisodiyotni boshqarishning
nazariy va amaliy
tomonlarini o'rganadi. Menejment nazariyasi boshqaruv faoliyati
ning qirralarini butun bir majmua ko’rinishida, nazariy tahlil va
mantiqiy uslub asosida, boshqaruvning asosiy qonuniyatlari va
usullarini ajratib o'rganadi.
Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal
etishga: iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o'tishiga, foyda olish-
ga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himo-
yasini
kuchaytirishga, kishilar m a’naviy darajalarini o‘stirish va
boshqalarga qaratilgandir.
Uning nazariy tomonlarining asosiy vazifalari quyidagilar:
- menejmentning nazariy asoslarini o'rganish;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning asosiy usullari
ni o'rganish va amaliyotga tatbiq etish;
- menejment faoliyati sohasida kasbiy mahorat bilimlarini egal-
lash;
- menejment tamoyillari, funksiyalari haqida tushuncha berish;
- menejment jarayonida kommunikatsiyalar va ulardan foy-
dal?nish ko'nikmalarini hosil qilish;
- rahbarlik faoliyati bo'yicha kasbiy mahorat uslubi va madaniyati
haqida
bilim berish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida menejment tizimini
o'rganish va tahlil qilish;
- xorijiy tajribalarni o'rganish, ulami taqqoslash asosida o'qitish,
o'rgatish va b.
Menejment nazariyasi fani o'zining maqsad, vazifa, funksiyalari-
dan kelib chiqib, boshqa umumiqtisodiy, gumanitar, tabiiy, matema-
tik fanlar bilan uzviy bog'liqlikda rivojlanadi.
Fanning uslubiy asosini
iqtisodiy nazariya, menejment, bozor nazariyasi fanlari belgilaydi.
Bundan tashqari, sotsiologiya, psixologiya, personalni boshqarish,
ekonometrika, tarmoq iqtisodiyoti kabi fanlar bilan aloqadordir.
C h u nk i m enejm ent asosan kishilarni,
ja m iy a tn i boshqarish
bo'lganligi uchun, mehnatni tashkil etish, ishchi o'rinlarini, shart-
sharoitlarini yaratish, belgilangan vazifalar bajarilishi yuzasidan
nazorat qilish, faoliyat n atijalarin i baholashda sam aradorlik
ko'rsatkichlarini qo'llash, qolaversa, menejmentda rahbarning psixo-
logiyasi, madaniyati o'ziga xos uslubga ega bo'lishini
taqozo etish
va ularni o'rganish m enejm ent nazariyasi fanining yuqorida
ta ’kidlangan fanlar bilan bog'liqlikda, birgalikda rivojlanishiga asos
bo'ladi.
Xulosa
Menejment insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqti-
rish, ishga mas’uliyatliligini nazorat qilish, ularning bilim va
ko'nikm alarini faoliyatga ijobiy ta’sir ko'rsatishini ta’minlash,
rag'batlantirishni tashkil etishdir. Fanning predmeti xo'jalik yuritish-
ning barcha bo'g'inlarida boshqaruvni
tashkil etish shakllari va
uslublarini ifodalovchi nazariy hamda amaliy tamoyillar majmuidan
iborat. Menejment usullarini puxta egallagan, qo'llay biladigan rah-
bar nafaqat ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarishga, qola
versa, butun iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ta’sir ko'rsatadi.
«Bugungi kunning eng muhim vazifasi, - deb ta’kidlaydi Preziden-
timiz Islom Karimov, - hayotimizning
barcha sohalarida, ayniqsa,
boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, tuman, qishloq va
mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo'g'inlarini idora etishda yan-
gicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola-
digan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir,
iymoni pok, bilim-
don, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan
iborat».
Do'stlaringiz bilan baham: