Menejment nazariyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

Nazorat savollari
1. Menejment tushunchasi, uning mohiyati va maqsadi nima- 
lardan iborat?
2. Menejment nazariyasi fanining predmeti, qanday izlanish 
uslublari mavjud?
3. Menejment subyekti va obyekti nima?
4. Menejment nazariy tomonlarining asosiy vazifalari nimadan 
iborat?
5. «Menejment nazariyasi» kursining vazifalari va boshqa iqti­
sodiy fanlar bilan birgalikda rivojlanishini asoslang.


2-bob. MENEJMENT NAZARIYASINING 
RIVOJLAN ISH I. MENEJMENTGA 
ASOSIY MUNOSABATLAR
2.1. Qaditngi amaliyot — yangi fan
2.2. M enejm entning fan sohasi sifatidagi evolyutsiyasi
2.3. Turli m aktablarni ajratish asosidagi yondashuvlar
2.4. Axloq fanlarining rivojlanish maktabi
2.5. Operatsiyalar tadqiqoti va modellar
2.6. Menejment nazariyasi asoschilari
2.1. Qadim gi amaliyot — yangi fan
Bu bob menejment tafakkuri evolyutsiyasining ta’rifini o‘z ichi- 
ga olgan: menejment tizimlangan ilm-fan va kasb-hunar sifatida shakl- 
lanishidan awal u qanday rivojlanganligini ko'rsatadigan. Oldimiz- 
da turgan eng muhim masalalardan biri - bu menejmentni samarali 
qilish uchun hech qanday universal usullar yoki qat’iy tamoyillar 
yo'qligini bilishdan iborat. Ammo, shunday yondashuvlar mavjud- 
ki, ular rahbarlarga tashkilot maqsadlarini samarali ravishda amalga 
oshirish ehtimolini orttirishga yordam beryapti. Keyinchalik bayon 
qilingan yondashuvlarning har biri bizning boshqaruv va tashkilotni 
tushunib yetishimizga sezilarli darajada hissa qo'shgan. Shunday 
qilib, bu bobni keyinchalik qator masalalarni ancha jiddiy va batafsil 
ravishda ko'rib chiqishning kirish qismi, shuningdek, boshqaruvga 
bo'lgan qarashlarning qisqacha tushunchasi deb hisoblash mumkin.
Agar tashkilot muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsa, menejment 
funksiyalari bajarilishi shart. Menejment amaliyoti tashkilotlarga 
o‘xshash eski, bu uning haqiqatan ham qadimiyligini anglatadi. 
Sanasi eramizdan avvalgi uch minginchi yillarni ko'rsatuvchi loy- 
dan qilingan taxtachalarda qadimgi Shumerning savdo-sotiqqa oid 
bitimlari va qonunlari to‘g‘risida ma'lumotlar yozilgan, bu u yerda 
m enejm ent am aliyoti mavjud b o 'lg a n lig in in g aniq isbotidir. 
Arxeologik qazilmalarga qarab bundan ham qadimiyroq tashkilot- 
lar mavjud bo'lganligini, hatto qadimda insonlar tashkillangan gu- 
ruhlar bo'lib yashaganligini bilsa bo'ladi.


Ammo, qadimda menejmenti mavjud bo'lgan tashkilotlar maz- 
kur kitobda yoritilganlardan katta farq qiladi. Menejment faoliyat- 
ning mustaqil sohasi sifatida faqatgina yigirmanchi asrda tan olin- 
gan. Keyinroq, biz qisman bo'lsa-da, buning sabablarini yoritishga 
harakat qilamiz. Hozir esa, tashkilotlarning rivojlanishi va ularni 
boshqarish tarixi haqida, ular qadimda qanday bo‘lganliklarini 
ko'rsatish uchun qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Qadimda yirik tashkilotlarning vujudga kelishi ular menejment 
darajalarini ajrata olish m um kin bo‘lgan rasmiy tuzilm aga ega 
bo'lganliklarini aniq ko'rsatadi. Bobil osma bog'lari, M achu Pik- 
chu ink shahri va Misr piramidalari faqat muvofiqlashtirilgan, tash- 
killangan boshqarish natijasida paydo bo'lgan.
Iso tug'ilishidan ancha oldin yirik siyosiy tashkilotlar ham 
mavjud bo'lgan. Buyuk Iskandar davrida ular Makedoniya, Fors, 
keyinroq Rimdan Osiyo va Yevropagacha yoyilgan. Bu tashkilot­
lar rahbarlari - qirollar va generallar edi. Albatta, mavjud bo'lgan 
tashkilotlar faoliyatini ta ’minlashga yordam bergan leytenantlar, 
g'alla omborlari asrovchilari, podachilar va ish nazoratchilari, hudud- 
lar gubernatorlari va g'aznachilar ham bo'lgan.
Yillar o'tdi, ba’zi bir tashkilotlarni boshqarish ancha aniqlasha 
boshladi va murakkablashdi, tashkilotlarning o'zi esa, borgan sari 
kuchli va borgan sari barqaror bo'la boshladi. Bunga yuzlab yillar 
mavjud bo'lgan Rim imperiyasi yaxshi misol bo'ladi. General va 
ofitserlardan iborat aniq boshqaruv tuzilmasiga, armiyalarining di- 
viziyalarga bo'linishiga, rejalashtirishga va intizomga ega bo'lgan 
Rim legionlari, yomon tashkillangan Yevropa mamlakatlari, 0 ‘rta 
Sharq davlatlari ustidan g'alabali yurish bilan o'tdi. Bosib olingan 
hududlar Rimga bo'ysingan generallar boshqaruviga berilgan, Rim 
bilan aloqani tezlashtirish uchun yo'llar qurilgan. Aloqa (biz buni 
keyinroq batafsil ko'rib chiqamiz) bu tashkilot muvaffaqiyatining 
eng muhim tarkibiy qismidir. Hozir ham ayrim joylarda ishlatila- 
yotgan mashhur yo'llar imperator foydasiga soliq va to'lovlar 
yig'ishga yordam bergan. Undan ham muhimi, agar mahalliy aholi 
yoki mahalliy m a’muriyat rim boshqaruviga qarshi bosh ko'tarsa, 
yaxshi yo'llar mamlakat ichida joylashgan legionlarga chetda joy- 
lashgan provinsiyalar bilan tezda bog'lanishga imkon bergan.


Zamonaviy menejment ko'rinishlarining deyarli hamma turlari, 
shakllarini ular bilan shug'ullangan qadimgi yirik tashkilotlarda 
ko'rishimiz mumkin, ammo, umuman olganda, u vaqtdagi menej­
mentning xarakteri va tuzilmasi bugungidan farqlanadi. Masalan, 
rahbarlar va norahbarlar orasidagi mutanosiblik, o‘rta bo‘g‘indagi 
rahbarlar kamroq bo'lgan. Oldingi tashkilotlar muhim qarorlaming 
deyarli barchasini o'zlari qabul qiladigan yuqori bo‘g ‘indagi rah- 
barlarning kam sonli guruhlariga ega bo'lishiga intilganlar. Rah- 
barlik, ko'pincha, bir odam tomonidan amalga oshirilar edi, bu bir 
aktyor teatriga o'xshar edi. Agar menejmentning yuqori darajasi- 
dagi shaxs (bu, deyarli hamma vaqtda, erkak kishi bo'lgan) Yuliy 
Sezar yoki Adrian kabi yaxshi lider va hukmdor bo'lsa, unda ham­
ma narsa birmuncha silliq o‘tar edi. Hokimiyatga Neronga o‘xshash 
noshud rahbar kelganda, hayot zim-ziyoga aylanishi mumkin edi.
Eski va zamonaviy tashkilotlarni taqqoslash
Eski tashkilot
Zamonaviy tashkilot
Yirik tashkilotlarning kam soni, 
gigant tashkilotlarning yo‘qligi
Favqulodda tijorat va notijorat 
qudratli tashkilotlarning ko'p sonliligi
R a h b a rla rn in g n is b a ta n k o ‘ p 
bo'lmagan soni, o'rta bo'g'in rah- 
barlarining amalda yo'qligi
Rahbarlarning, o'rta bo'g'in rah- 
barlarining ko'p sonliligi
B oshqaruv ishi no m enejm ent 
faoliyatidan ko'pincha ajralmagan va 
bo'linmagan
Menejment guruhlari aniq tavsif- 
langan. Menejment ishi nomenejment 
ishidan aniq idrok qilinadi va ajra- 
tiladi
Tashkilotda rahbar lavozimini egal- 
lash ko'pincha tug'ilish huquqi bo'yicha 
yoki kuch ishlatish yo'li bilan amal­
ga oshirilgan
Tashkilot uchun muhim qarorlarni 
qabul qilish qobiliyatiga ega bo'lgan 
ko'p sonli kishilar
Buyruq va intuitsiyaga e’tibor 
berish
Jamoa ishiga va oqilonalikka e’tibor 
berish
Tarixda bizning vaqtimizda boshqarilayotgan tashkilotlar kabi 
boshqarilgan tashkilotlar mavjud bo'lgan. Bunga Rim katolik cherkovi 
yorqin misol bo‘ladi. Oddiy tuzilma: Papa, kardinal, arxiyepiskop, 
yepiskop va prixodskoy svyashennik. Bu xristianlik asoschilari


tomonidan belgilab berilgan tuzilma hozirgi paytda ham muvaffa- 
qiyatli ravishda ishlab turibdi va bugun paydo bo'lgan ko‘p tashki- 
lotlar tuzilmasiga qaraganda ancha «zamonaviydir». Balki bu - 
ayrim amaliy tashkilotlar ham, butun xalqlar ham paydo bo'lib 
yo‘q bo'layotgan bir paytda Rim katolik cherkovining ko‘p asrlar 
davomida gullaganining muhim sababi bo'lsa kerak. Zamonaviy 
harbiy tashkilotlar ham ko'p tomonlama qadimgi Rim tashkilotlari- 
ga juda o'xshaydi. Ammo, qadimdagi boshqaruv va tashkilotlar 
zamonaviylaridan sezilarli darajada farq qiladi.
Garchi tashkilotlar, dunyo qancha mavjud bo'lsa, deyarli shun- 
cha mavjud bo‘lsa-da, xali hech kim X X asrgacha tashkilotlarni 
qanday qilib tartibli ravishda boshqarish ustida o'ylab ko'rmaganga 
o'xshaydi. Insonlarni tashkilotlarni boshqarish emas, balki ulardan 
foydalanib, ko'proq mablag' orttirish, kuchli siyosiy hukmronlikka 
ega bo'Iish qiziqtirgan. Hatto tashkilotni samarali boshqarishdan 
kelib chiqadigan pragmatik ko'rinishdagi manfaat ham menejment 
usullariga va vositalariga astoydil qiziqish uyg'ota olmagan.
X X asr boshlarida Robert Ouen ko'p vaqtini boshqa insonlar 
yordamida tashkilot maqsadlariga erishish muammolariga bag'ishladi. 
U ishchilarga durust uy-joy berdi, ishchilarni ochiq-oydin va adolatli 
baholash tizimini ishlab chiqdi va yaxshi ishi uchun qo'shimcha 
ish haqi bilan moddiy rag'batlantirishni rivojlantirdi. 0 ‘z vaqti uchun 
nihoyatda zo'r bo'lgan ushbu novatorlik islohotlari rahbarlik roli 
va voqelikning inson idrokiga noyob ravishda shiddat bilan kirib 
kelishi bo'ldi. Insonlar «bu ajoyib ijtimoiy tajriba»ni o'z ko'zlari 
bilan ko'rish uchun uning Shotlandiyaning Nyu Lanark shahridagi 
fabrikasiga kelishar edi. Ammo, fabrika g'oyat katta daromad kelti- 
rishiga qaramay, boshqa ishbilarmonlar Ouenning islohotlarida aqli 
rasolik ko'rishmagan. Bilishimizcha, ularning hech biri undan o'rnak 
olmagan.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish