Menejment nazariyasi


Rasm iy va norasm iy g uruhlar



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

Rasm iy va norasm iy g uruhlar. 
Shouning fikriga ko'ra, 
har qanday tashkilot bir necha guruhlardan tashkil topadi. Rahbariyat 
ishchi kuchini garizontal (bo'limlar) va vertikal (menejment dara­
jasi) bo'yicha ajratganda o'zining xohishiga ko'ra guruhlar tashkil 
etadi. Harbiy dengiz floti yoki «Ekosan» kompaniyasi kabi yirik 
tashkilotlarning ko'p sonli bo'limlarining har birida o'nlab menej­
ment saviyalari bo'lishi mumkin. Korxonadagi ishlab chiqarish- 
ning yana ham kichik bo'limchalari (yig'ish, bo'yash, yasash) bo'lishi 
mumkin. Bularni, o'z navbatida, yana bo'Iish mumkin. Masalan,


mexanik ishlov berish bilan shug'ullanuvchi ishlab chiqarish jamoasini 
uch turli o‘n, o ‘n olti kishilik jamoalarga bo‘lish mumkin. Shu 
yo'sinda yirik tashkilot yuzlab, hattoki, minglab kichik guruhlardan 
tashkil topishi mumkin.
Bu guruhlar rahbariyat xohishi asosida tashkil etilgan ishlab 
chiqarish rasmiy guruhlari deyiladi. Ular qanchalik kichik bo'lmasin 
bu rasmiy tashkilotlarning asosiy tashkilot oldidagi birinchi vazifa- 
si aniq vazifa bajarish yoki muayyan tushuncha va maqsadga 
yetishishdir. Tashkilotda asosan uch turdagi rasmiy guruhlar 
mavjud: rahbarlar guruhi, ishlab chiqarish guruhi va qo‘mitalar.
Rahbarlar guruhi rahbar va uning bevosita bo'ysunuvchilari 
(o‘rinbosarlardan)dan tashkil topadi. Kompaniyaning prezidenti va 
katta vitse prezidentlar oddiy buyruq beruvchi guruhni tashkil eta­
di. Chakana savdo do‘koni rahbari va uning turli bo‘lim mudirlari 
yoki allaqanday bo'lim mudiri va uning sotuvchilari xuddi shunday 
guruhni tashkil etadi. Lekin sotuvchilar buyruq beruvchi guruhga 
kirmaydi, chunki ular unga bevosita bo‘ysunmaydi. Yana misol 
qilib avialaynerdagi buyruq beruvchi guruh deb qo'mondonni, ik- 
kinchi uchuvchi va bosh muhandisni aytib o'tish mumkin.
Rasmiy guruhlarning ikkinchi turi bu - ishchi (maqsadli) gu­
ruhi. U asosan yakkayu yagona masala ustida birga ishlovchi shaxs- 
lardan tashkil topadi. Ularning umumiy rahbari bo'lsa-da, buyruq 
beruvchi guruhdan farqi shunda-ki, ular rejalashtirish va mehnat 
qilishda ancha mustaqildir. «Hyulett-Pakkard», «Shekli korporeyshn», 
«Motorola», «Teksas Instruments» va «Jeneral Motors» ishchi 
(maqsadli) guruhlari tarkibiga egadir. «Teksas Instruments» kom- 
paniyasi ishchilarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i (90 ming 
kishidan ziyodroq) maqsadli guruh a’zolari hisoblanadi. Kompa­
niyaning umumiy samaradorligini oshirish maqsadida ular o‘zining 
byudjetiga 15 % li qo'shimcha haq olishi mumkin. Shu kompaniya­
ning rahbariyati maqsadli guruh rahbarlar va ishchilar o'rtasidagi 
to'siqlarni buzadi deb hisoblaydi. Bundan tashqari ishchilarga ishlab 
chiqarish muammolari haqida o’ylash va ularni yechish imkoniyat- 
lari berilishi ishchilarning ehtiyojlarini yana ham yuqori saviyada 
qondirishi mumkin. Uchinchi tur rasmiy guruh - qo'mita quyida 
ko'rib o'tiladi.


Barcha buyruq beruvchi va ishchi guruhlari qo'mitalari yakka 
butun jamoa kabi samarali ishlashi kerak. Keyinchalik biz jamoadagi 
alohida shaxs faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarini ko'rib o'tamiz. 
Afsuski, bu guruhlarning rahbarlari ba’zan umumiy maqsadga 
erishish uchun o 'zin ing shaxsiy hissasini qo'shishni o 'zin in g
majburiyati deb qaramaydi. Qish mavsumida ishchi guruhlari va 
um um iy vazifalar yomon boshqarilishi halokatga (yoki halokat 
chegarasiga) olib kelishi masalasi muhokamasida quyidagilar aytib 
o'tilgan:

avialaynerning uchuvchi bo'linmasida o'tirganlar faoliyati yana 
ham samarali maqsadli ahamiyat kasb etadi. Shaxsiy tarkib bir 
maromda ishlashi shart. Boshqacha qilib aytganda, u har bir a’zo 
faoliyatidan ko'ra yaxshiroq faoliyat yurgizishi kerak. Ayniqsa, yirik 
aviayo'llarda yaxshi hamkorlikka erishish qiyin. Chunki, uchuvchi- 
lar va ikkinchi darajali uchuvchilarning ko'pligi sabali unvonlaridan 
kelib chiqib uchishni boshqarishga harakat qilinadi. Shuning uchun 
ular ko'pincha bir-birlari bilan hech qachon ko'rishmagan hamkasblari 
bilan uchrashadi. X uddi shunday vaziyat o'zaro o'ynam agan 
futbolchilardan terma jamoa shakillantirishda vujudga kelishi mumkin. 
O ’yinchilarni futbol o'yinida yuqori maxoratga ega bo'lishiga qara- 
masdan, ular bir-birlarining im koniyatlarini bilm asligi uchun 
qiyinchiliklarni his etishadi.
Endi tashkilotdagi har bir rasmiy guruhni samarali boshqarish 
qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini isbotlashga hojat qolma- 
di. Bu o'zaro aloqador guruhlar tashkilotni tizim sifatida yanada 
mukammalroq tashkil qiladi. Tashkilot tarkibiy bo'limlariga bir- 
birining faoliyatini ta’minlab turish tarzida vazifa yuklatilganda- 
gina o'zining global masalasini samarali bajarishi mumkin.
Bundan tashqari guruh alohida shaxslarning xulq-atvoriga ta’sir 
ko'rsatadi. Shu yo'sinda guruh va uning samaradorligiga boshliq- 
ning tushunishi darajasi guruhni samarali boshqarish san’atini belgi- 
lab beradi va u shu bilan tashkilotning ishlab chiqarish hajmini 
oshiradi.
Rasmiy bo'lmagan tashkilotlar rahbariyat xohishi asosida tashkil 
etilmagan bo'lsa-da, ular kuchli kuch bo'lib, tashkilotdagi asosiy 
bo'lim va rahbariyat xatti-harakatlarini yo'qqa chiqarishi mumkin.


Bundan tashqari norasmiy ruguhlar bir-biriga o'tish xususiyatiga 
ega. Ba’zi bir rahbarlar o'zlari bir yoki bir necha shunday noras­
miy tashkilotlarga aloqadorligini ko‘pincha anglamaydi. Norasmiy 
guruhlarni o'rganishni boshlagan Elton Meyo o'tkazilgan tajribalar 
to'plamiga asos soldi. Bu tajribalar kamchiliklarga ega bo‘lsa-da, 
rahbarlarning Ford ta’siridagi tashkilotning ishlab chiqarish jarayon- 
lari o'zgarishi omillarini tushunishiga ta’sir ko‘rsatadi. Biz oldin 
ko'rib o'tgan bo‘lsak-da, norasmiy tashkilotlar tabiatni chuqurroq 
o'rgaanishdan aw al bularga yana to'xtalib o'tamiz.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish