judga keltiradi va bu bilan insonning bu ehtiyojlarni qondirish vosi-
talarini yaratishga qaratilgan mehnat va m a'naviy faolligini
rag'batlantiradi. Inson xulqini belgilovchi omillar tizimini quyidagicha
tasavvur qilish mumkin:
- ijtimoiy va tabiiy muhit (ishlab chiqarish, ijtimoiy munosa-
batlar, tarbiya tizimi,
madaniyat, tabiiy sharoit va h.k.);
- ehtiyojlar (moddiy va m a’naviy);
- ehtiyojlarni manfaat, istak, intilish, maqsad va h.k. shaklida
anglash;
- harakatga rag‘batlantirish;
- yo‘l-yo‘riq (ichki mobilizatsiya, amaliy harakat qilishga tayyor-
garlik);
- maqsadga erishish va ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan
harakat.
Omillarning bu tizimida ham ehtiyojlar shakllanishining asosiy
manbasi, ham ularni qondirish sharti bo'lgan
ijtimoiy muhit muhim
o'rin egallaydi. Bu tizimning barcha bo'g'inlari o'zaro bog'liq va
bir-biriga ta’sir qiladi. M uhitga qaratilgan harakat uni o'zgartiradi,
lekin bu bilan birga shaxsning o'zi, uning ehtiyoj va manfaatlari
ham o'zgaradi. Inson xulqining bu barcha omillarini hisobga olish
jamoa ijtimoiy rivojlanishini samarali boshqarish garovidir. Belgi
langan maqsadga erishish yo'lida kishilarni jipslashtirish uchun
ular manfaat va ehtiyojlarini ustalik bilan muvofiqlashtirish, ongli-
likni shalkllantirish, ular faoliyatini moddiy va manaviy rag'bat-
lantirish zarur. Kishilarda sog'lam va ongli ehtiyojlarni, avvalo,
mehnatga bo'lgan,
tadbirkorlikka, boshqa kishilar bilan munosa-
batda bo'lish, ishlab chiqarishda intizom va tartibni mustahkam-
lashga ehtiyojni tarbiyalash zarur.
Jam o an i boshqarish jarayonida har bir xodim ehtiyojini
qondirish m e’yorini uning mehnat faolligi, sarf qilgan mehnati
sifati va miqdori, ijtim oiy boylikka qo'shayotgan xissasi bilan
muvofiqlashtirish lozim. Ishchi yoki xizmatchining mehnat xis
sasi me’yori va mos holda ular ehtiyojlarini qondirish m e’yori
butun korxona jam oasi m ehnat xissasiga bog'liqdir. Demak,
shaxsiy moddiy manfaatdorlik jamoa moddiy manfaatdorligi bi
lan uzviy bog'liqdir.
Moddiy rag'bat - mehnat faoliyatini rag'batlantiruvchi muhim
omil bo'lishi bilan birga u yagona kuch bo'lib ham qolmaydi. Ishlovchi-
lar uchun faqat moddiy emas, ma’naviy rag'batlantirish ham muhim.
Davlat boshqaruvi tashkilotlari korxona bilan munosabatlarni
shakllantirishda iqtisodiy vositalar - jamg'arma va ssudalar bo'yicha
fondlar, qimmatli qog'ozlar bo'yicha daromadlar, narxlar va soliqlar,
soliq imtiyozlari va iqtisodiy sanksiyalar, maqsadli dotatsiya va
sanksiyalar,
valyuta kursi, amortizatsiya ajratmalari me’yorlari ijti
moiy va ekologik me’yorlar kabilardan foydalanadi.
«Korxonalar to‘g ‘risida»gi qonunda korxona shartnoma maj-
buriyatlariga rioya qilmaslik, kredit-hisob, soliq intizomini buzgan-
lik, mahsulot sifatiga, talabga va boshqa korxona xo'jalik faoliyati
ni amalga oshirish qoidalariga rioya qilmaslik hamda javobgar
bo'lishi ta’kidlangan. Bundan tashqari u qonunga muvofiq mulkiy
javobgarlikka ham ega. Bitim shartlariga
rioya qilinmaganligi sabab-
li jarima to'langan hollarda korxona iste’molchining roziligisiz mah
sulot yetkazib berish, xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlardan
ozod qilinmaydi.
Korxona yer va boshqa tabiiy resurslardan noto‘g ‘ri foydalan-
ganlik natijasida keltirilgan zarar, atrof muhitni ifloslashtirish, ish
lab chiqarishda xavfsizlik qoidalarining, sanitariya-gigiena me’yorlari
va talablari buzilishi natijasida xodimiar sog'lig'iga keltirilgan zarur
uchun qonunda ko'rsatilgan miqdorda jarima to'laydi.
Tabiatdan
foydalanish qoidalarini buzuvchi korxona faoliyati qonuniy yo‘l bi
lan shu buzilish hollari bartaraf qilingunga qadar to‘xtatib qo‘yilishi
mumkin. Xo'jalik ichki faoliyat tartibini belgilash uchun korxonada
boshqarishning m a ’muriy-farmoyish usullari ishlab chiqilib,
qo'llanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: