Menejment nazariyasi


M enejm entni tashkil etish unum dorligi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

14.3. M enejm entni tashkil etish unum dorligi
Unumdorlikni oshirishda menejmentni to‘g ‘ri tashkil etish 
muhim ahamiyatga ega. Tashkil etish jarayoni rahbariyat mehnat 
resurslari, materiallar, texnologiya, axborot va kishilarni qo'yilgan 
maqsadga erishish uchun birlashtiruvchi vositadir. Menejmentni 
samarali tashkil etish natijasida (ya’ni, tashkiliy jarayonlar sozlan- 
ganligi) resurslardan maqbul foydalanish, ijrochilar majburiyatini 
taqsimlashda tushunm ovchilik natijasida mehnat unum dorligi 
pasayishini kamaytirish, bo'linmalarning o'zaro ta’siri buzilishiga 
chek qo'yishni ta’minlaydi. To'g'ri yo'lga qo'yilgan tashkiliy jarayon­
lar mehnat unumdorligi ortishiga imkon beradi.


Unumdorlik boshqaruvning menejment texnologiyasi, menej­
ment ishini loyihalashtirish va menejment tashkiliy tizimi kabi unsur- 
lari bilan uzviy bog'liqdir. Menejmentning samarali texnologiyasi 
mehnat unumdorligiga eng ko'p ta’sir ko'rsatuvchi omildir. Hozir- 
gi paytda avtomatlashgan zavodlar, robot texnikasi, loyihalashti- 
rishning avtomatlashgan tizimini qo'llovchi amerikalik va yaponiyalik 
ishlab chiqaruvchilar bozorning katta qismini egallab olmoqdalar, chun­
ki ular yuqori sifatli mahsulotni raqobatdoshlariga nisbatan arzon 
narxda sotadilar.
Idora ishiga kompyuter texnologiyasini joriy qilish mehnat 
unumdorligi ortishida boshqa omillarga nisbatan ko'proq aha- 
miyatga ega. Lekin, ilg'or texnologiya har doim ham mehnat 
unumdorligi ortishiga olib kelmaydi. Bunday texnologiyaning afzal- 
liklari ishlovchilarning unga nisbatan salbiy munosabati tufayli 
namoyon bo'lmasligi m um kin. Texnologiya, darhaqiqat, un u m ­
dorlik ortishiga olib kelishi uchun rahbariyat texnologiya talab- 
lari uni qo'llovchi kishilar manfaatlariga to'g'ri kelishini ta’minlashi 
kerak.
Menejmentning tashkiliy tarkibi rahbariyat va barcha darajada 
unga bo'ysunuvchi hamda korxonaning asosiy tarkibiy bo'linmalari 
o'rtasidagi o'zaro munosabatni belgilaydi. Tarkib unumdorlikka 
m a’muriy-boshqaruv soniga bo'lgan nisbat orqali bevosita ta’sir 
etadi. Agar korxona o‘z faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmay bosh- 
qaruvchilar sonini qisqartirsa, unumdorlik yuqori bo'ladi. Tashkilot 
tarkibi uncha yaqqol namoyon bo'lmaydigan yo'l bilan ham unum­
dorlikka ta’sir qiladi. Masalan, mutaxassis va olimlar yuqoridan 
qat’iy berilgan buyruqqa salbiy munosabatda bo'ladilar. Bunda ular 
o'z mehnati natijasidan qoniqmaydilar va ular mehnati uncha unumli 
bo'lmaydi. Ijodiy yondashuvni talab etuvchi tarkibga ega tashkilot­
lar raqobat kurashida kengroq imkoniyatlarga ega bo'ladilar. Jahon 
bozoriga o'z vaqtida moslashish, masalan, zamonaviy kompyuter 
bilan ish olib borish bu daromadlarni keskin ko'paytirish va unum- 
dorlikni oshirish demakdir. Kichik korxona ba’zan yirik korxonaga 
nisbatan samaraliroq bo'ladi. Korxona samarali ishlashi uchun bi- 
ror vazifani bajarish aniq kishi yoki bo'linmaga topshirilishi va 
unga mos vakolatlar berilishi lozimligi tajribadan m a’lum. Unum-


dorlikka javob beruvchi biror shaxs yoki guruhga berilgan vakolat 
doirasiga mablag'larni sarf qilish huquqi ham kirishi kerak.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish