Menejment nazariyasi


-bob. MENEJMENTNING TASHKILIY TUZILISHI



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

6-bob. MENEJMENTNING TASHKILIY TUZILISHI
6.1. Menejmentning tashkiliy tuzilishi haqida tushuncha
6.2. Tashkiliy tuzilm alar turlari
6.1. Menejmentning tashkiliy tuzilishi haqida tushuncha
M enejm entning tarkibiy tuzilishi deganda m enejm ent bo‘g ‘inlari 
va bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. M enejm ent tashkiliy 
tuzilishining oddiy va tushunarli b o iis h i uning ish qobiliyati yu- 
qori bo'lishini kafolatlaydi, ya’ni m enejm ent tashkiliy tuzilrnasida 
bosqich va b o'g'inlar qancha kam bo'lsa, boshqaruv shunchalik 
samarali bo'ladi.
Menejment bo‘g‘inlari 
- bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni 
bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlar, tuzilm a elementlari, ularning 
bo'linm alari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir.
Menejment bosqichlari 
- bu boshqaruvning biror darajasida- 
gi m a ’lum bo‘g ‘inlar yig'indisi. Shu belgisiga ko'ra m enejm entning 
tashkiliy tuzilm alari 
- ko'p bosqichli (ko'p bo'g'inli), uch, ikki 
bosqichli (b o 'g 'in li) bo'ladi. Bosqichlar va b o'g 'in lar o'rtasidagi 
aloqa vertikal va gorizontal bo'lishi m um kin. Vertikal bo'g'inlar 
rahbarlar va ularga bo'ysunuvchilar o'rtasidagi m unosabatlarni, 
gorizontal aloqalar m enejm entning teng huquqli bo‘g ‘in va unsur- 
lari o'rtasidagi m unosabatlarni bildiradi.
Iqtisodiyot boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng huquqli 
tashkilotlarga bo'linadi. Yuqori tashkilotlar respublika va tarmoq 
boshqaruv tashkilotlariga ajratiladi.
U m u m d a v la t boshqaruv tashkilotlari ishlab ch iq a rish n in g tur- 
li tarm o q larin i birlashtiradi. U m u m d a v la t boshqaruv tashkilot- 
lari R espublika K onstitusiyasiga asoslangan holda faoliyat yuri- 
tadi.
M illiy xo'jalikni boshqarishning um um davlat tashkilotlari qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tashkilotlariga bo'linadi. 
Qonun 
chiqaruuchi oliy tashkilot -
O'zbekiston Respublikasi O liy Majli- 
sidir. U xo'jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun, qonuniy aktlar- 
ni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va budjetining bajarilishi haqida hisobot-


ni muhokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya 
tashkilotlarini shakllantiradi.
M illiy xo'jalikni boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umu- 
miy, tarmoq va maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. U m um iy 
vakolatga ega ijroiya tashkilotlariga 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazir- 
lar M ahkam asi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vaziriar Kengashi 
va hokimliklar kiradi. M axsus vakolatli tashkilotlar tarmoqlararo 
xususiyatga ega vazifalarni bajaradilar. Ular qatoriga vazirliklar va 
Davlat qo‘mitalarini kiritish m um kin.
U m um davlat boshqaruv tashkilotlarining asosiy vazifalari: fan- 
texnika taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini belgilash, tabiiy muhit- 
ni muhofaza qilish, pul va kredit tizim iga rahbarlik qilish, soliq va 
daromadlarni belgilash, hisob va statistikani tashkil etish, narx, 
ta’riflar belgilash, milliy xo'jalik tarmoqlariga rahbarlik qilish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vaziriar M ahkam asining doimiy ish 
yurituvchi tashkilotlari faoliyati tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy ish- 
larga rahbarlik qilish, fan-texnika sohasida tanlov, ko‘ngilli asosda 
ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi.
Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan 
hamkorlikda m intaqada moddiy-texnikaviy ta’m in otn in g barqaror 
va samarali tizim ini tashkil etish, iste’molli va ishlab chiqaruvchi- 
lar o'rtasida barqaror m intaqaviy aloqalarni o'rnatish, m ahsulot 
y etkazib berishni nazorat qilish, korxonalarga ularni moddiy- 
texnikaviy t a ’m in lash d a k o 'm ak berishdan ib oratdir. Moddiy- 
texnikaviy ta ’m in o t tashkilotlari x o 'jalik hisobi asosida ishlab 
chiqarish vositalarini sotishning ko‘p tarmoqli savdosini ta ’minlash 
va moddiy resurslardan maqbul foydalanishga rahbarlik qiladi.
Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va kor­
xonalar m anfaatlarini himoya etishga asoslangan butunlay yangi 
moliyaviy siyosatni amalga oshiradi, xo'jalik yuritish samarador- 
ligini so'm bilan nazorat etishni ta’minlaydi, shirkat va individual 
mehnat faoliyatini moliya-kredit vositasida tartibga solish bo'yicha 
choralarni belgilaydi, aholi daromadlaridan soliq olish, bozor iqti- 
sodiyotiga mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, budjet tashkilotlari 
faoliyatini moliyalashtirish tizimini o'zgartiradi, uni iqtisodiy m e’yor 
va normativlar asosida tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy


rag'batlantirish va ajratilgan mablag'lardan maqbul ravishda foydalanish- 
ni iqtisodiy rag'batlantirish usullarini keng qo'llashni ta’minlaydi.
Respublika M arkaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va 
hisob kitob m unosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi 
bosh bankdir.
Tijorat banklari tizim i faoliyati to'liq xo'jalik hisobi va o‘z- 
o'zini moliya bilan ta’minlash asosiga o'tkaziladi.
M e h n a t va ijtim o iy m asalalar bilan sh u g 'u lla n u v ch i davlat 
tashkilotlari va ularning joylardagi bo'linm alari to'liq bandlikni, 
band b o'lm agan m ehnat resurslarini qayta tayyorlash va kasb 
o'rgatish, kadrlarga bo'lgan talabni qondirishni ta ’minlaydilar.
R e s p u b lik a v a z irlik la ri re sp ub lika h u d u d id a g i konse rn lar, 
tarm oqlarni boshqarishni am alga oshiradi. T arm oqni boshqarish 
tizim iga yakka rahbarlik asosida ish yurituvchi vazir boshchilik 
qiladi. U qo'l ostidagi vazirlik va unga qarashli korxonalar faoliyatiga 
shaxsan javobgardir.
H ar bir vazirlikda tarm oqni boshqarishning m u h im masala- 
larini kollegial ravishda ko'rib chiqish va amalga oshirishga imkon 
beruvchi maslahat tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslahat beruv- 
chi tashkilot - kollegiya bo'lib, unin g tarkibiga vazir o'rinbosarlari, 
boshqarma boshliqlari, korxonalar rahbarlari kiradi.
M illiy xo'jalik tarmog'i tarkibida ham davlat, ham xususiy korxo­
na, firma, aksiyadorlik jam iyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, fir- 
ma, aksiyadorlik jam iyatlari fan-texnika salohiyatidan samarali foy­
dalanish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va uyg'unlashtirish 
asosida m ahsulot ishlab chiqarish maqsadida tashkil etiladi. Ular 
xo'jalik hisobi asosida sanoat, qurilish, transport, savdo va boshqa 
sohalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qism lardan tashkil topadi. 
Tarkibiy qism bankda alohida balans va hisob raqamiga ega bo'lishi 
va ijara pudrati bo'yicha, xususiy sohada ish yuritishi m um kin.
Korxona, firma, aksiyadorlik jam iyati tarkibiy birlikka qarashli 
asosiy fond va m ablag'larni biriktiradi, ichki xo'jalik m unosabat­
larini am alga oshirish, tarkibiy birliklar o'rtasidagi m unozaralarni 
hal etish, shuningdek, ularning o'z m ajburiyatlari bo'yicha javob- 
garlik ta rtib in i belgilaydi. T arkibiy birlik q o nund a b e lg ila n g an
huquq doirasida unga biriktirilgan m ulkni tasarruf etadi, firma,


aksiyadorlik jam iyatlari nom idan boshqa tashkilotlar bilan shart- 
nomalar tuzadi. Korxona, firma, aksiyadorlarlik jam iyatlari tarkibiy 
birlikka o ‘z nom idan shartnoma tuzish va bu shartnoma bo'yicha 
javobgar bo'lish huquqini beradi.
Korxonani boshqarish korxona t o ‘g‘risidagi qonunga asosan 
am alga oshiriladi. Bu qonunda ko'zda tutilgan tam oyillardan biri 
butun jam oaning hamda uning tashkilotlari m uhim qarorlarni qabul 
qilish va uni bajarishni nazorat qilishda ishtirok etish yo'li bilan 
amalga oshiriladigan o‘z-o‘zini boshqarish tamoyilidir.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish