Tayanch iboralar
Boshqaruv ta’limotlari. "Ilmiy menejment" maktabi. Teylorizm, Emerson boshqaruv tamoyillari. "Insoniy munosabatlar" maktabi. Texnokratik boshqaruv. e.Meyo nazariyasi. X va Y nazariyasi. "Tizimli" menejment.
Boshqarish ta’limotidagi yo‘nalishlar
Menejment tizimlangan ilm-fan va kasb-hunarga shakllanishidan avval, u kanday rivojlanganligi ko`rsatilgan. Menejmentni samarali qilish uchun, hech qanday universal usullar yoki qatiy tamoyillar yo‘qligini bilish, hali oldimizda turibdi. Ammo, shunday yondashuvlar mavjudki, ular raxbarlarga tashkilot maqsadlarini samarali ravishda amalga oshirish ehtimolini orttirishga yordam berayapti. Keyinchalik bayon kilingan yondashuvlarning har biri bizning boshqaruv va tashkilotni tushunibetishimizga sezilarli darajada uz hissasini qushgan. SHunday qilib, bu bobni keyinchalik kator masalalarni ancha jiddiy va batafsil ravishda kurib chiqishning kirish qismi va shuningdek, boshqaruvga bulgan karashlarning qisqacha tushunchasi deb xisoblash mumkin.
Agar tashkilot muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsa, Menejment funksiyalari bajarilishi shart. Menejment amaliyoti tashkilotlarga o‘xshash eski, bu esa, uning xaqiqatan ham qadimligini anglatadi. Sanasi eramizdan avvalgi uch minginchi yillarni ko‘rsatuvchi loydan qilingan taxtachalarda, qadimgi SHumeriyaning savdo-sotikka oid bitimlari va konunlari to‘g‘risida malumotlar yozilgan, bu esa, uyerda Menejment amaliyoti mavjud bo‘lganligining aniq isbotidir. Arxeologik qazilmalarga karab, bundan xam qadimrok tashkilotlar borligini ko‘rsa bo‘ladi: hatto tarixdan ilgarigi insonlar tashkillangan guruxlar bo‘lib yashaganlar.
Ammo, qadimgi Menejment kabi qadimgi tashkilotlar ham, bizning kitobimizda yoritilganlardan juda ham farqlanadi. Menejment faoliyatning mustakil sohasi deb, faqatgina yigirmanchi asrda tan olingan. Keyinroq, biz qisman bo‘lsada, buning sabablarini yoritishga harakat kilamiz. Hozir esa, tashkilotlarning rivojlanishi va ularni menejment tarixida, ular qadimda qanday bo‘lganliklarini ko‘rsatish uchun, qiskacha to‘xtalib o‘tamiz.
Qadimda yirik tashkilotlarning ro‘yobga kelishi ular Menejment darajalarini ajrata olish mumkin bo‘lgan rasmiy tuzilmaga ega bo‘lganliklarini aniq ko‘rsatadi. Vavilon osma bog‘lari, Machu Pikchu ink shahri va Misr piramidalari faqat muvofiqlashtirilgan, tashkillangan tirishishlar natijasidagina olamda paydo bo‘lgan. Iso tug‘ilishidan ancha oldin yirik siyosiy tashkilotlar ham mavjud bulgan. Aleksandr Velikiy davridagi Makedoniya, Forsiya va keyinroq Rim Osiyodan yevropagacha yoyilgan. Bu tashkilotlar rahbarlari - qirollar va generallar edi. Albatta, mavjud bo‘lgan tashkilotlar faoliyatini taminlashga yordam bergan leytenantlar, g‘alla omborlari asrovchilari, podachilar va ish nazoratchilari, xududlar gubernatorlari va g‘aznachilar ham bo‘lgan.
Yillar o‘tdi, bazi bir tashkilotlarni menejment ancha aniq bo‘la boshladi va murakkablashdi, tashkilotlarning o‘zi esa, borgan sari kuchli va borgan sari barqaror bo‘la boshladi. Bunga yuzlab yillar mavjud bo‘lgan Rim imperiyasi yaxshi misol bo‘ladi. General va ofiserlardan iborat aniq Menejment tuzilmasiga, armiyalarining diviziyalarga bo‘linishiga, rejalashtirishga va intizomga ega bo‘lgan Rim legionlari, yomon tashkillangan yevropa mamlakatlari, O‘rta SHarq davlatlari ustidan g‘alaba marshi bilan o‘tishdi. Bosib olingan hududlar, Rimga bo‘ysingan generallar Menejmentiga berilgan, Rim bilan a’loqani tezlashtirish uchun yo‘llar qurilgan. A’loqa, biz buni xali ko‘ramiz, - bu tashkilot muvaffaqiyatining eng muhim tarkibiy qismidir. Hozir xam, ayrim joylarda ishlatilayotgan mashhur yo‘llar imperator foydasiga soliq va to‘lovlar yig‘ishga yordam bergan. Va undan ham muhimi, agar maxalliy aholi yoki maxalliy mamuriyat rim Menejmentiga qarshi bosh ko‘tarsa, yaxshi yo‘llar mamlakat ichida joylashgan legionlarga, chetda joylashgan provinsiyalar bilan tezda bog‘lanishga imkon bergan.
Zamonaviy Menejment ko‘rinishlarining deyarli hamma turlari shaklllarini shug‘ullagan yirik qadimgi tashkilotlarda ko‘rishimiz mumkin, ammo, umuman olganda, u vaqtdagi Menejment xarakteri va tuzilmasi bugungidan farqlanadi. Masalan, raxbarlar va norahbarlar orasidagi mutanosiblik ancha kamroq bo‘lgan, o‘rta bo‘g‘indagi raxbarlar kamroq bo‘lgan. Oldingi tashkilotlar muhim qarorlarning deyarli barchasini o‘zlari qabul qiladigan yuqori bo‘g‘indagi rahbarlarning kam sonli guruxlariga ega bo`lishga intilganlar. Raxbarlik ko‘pincha bir odam tomonidan amalga oshirilar edi, bu esa bir aktyor teatriga o‘xshar edi. Agar Menejmentning yuqori darajasidagi shaxs (bu esa deyarli har vaqt erkak kishi bo‘lgan) YUliy Sezar yoki Adrian kabi yaxshi lider va xukmdor bo‘lsa, unda hamma narsa birmuncha silliq o‘tar edi. Hokimiyatga Neronga o‘xshash noshud rahbar kelganda, hayot zim-ziyoga aylanishi mumkin edi.
Tarixda bizning vaqtimizda boshqarilayotgan tashkilotlar kabi boshqarilgan tashkilotlarga misollar bo‘lgan. Bunga Rim katolik cherkovi yorqin misol bo‘ladi. Oddiy tuzilma: papa, kardinal, arxiyepiskop,episkop va prixodskoy svyahennik. Bu xristianlik asoschilari tomonidan belgilab berilgan tuzilma xozirgi paytda ham muvaffakiyatli ravishda ishlab turibdi va bugun paydo bulgan ko‘p tashkilotlar tuzilmasiga Karaganda ancha «zamonaviydir». Balkim bu - ayrim amaliy tashkilotlar xam, butun xalqlar ham paydo bo‘lib yo‘q bo‘layotgan bir paytda Rim katolik cherkovining ko‘p asrlar davomida gullaganining muhim sababi bo‘lsa kerak. Zamonaviy xarbiy tashkilotlar ham ko‘p tomonlama juda ham qadimgi Rim tashkilotlariga o‘xshaydi. Ammo, umuman, kadimdagi Menejment va tashkilotlar sezilarli darajada zamonaviylardan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |