Tadbirkorlar bilan bank o’rtasidagi kredit berish bo’yicha bo’ladigan operatsiyalar ikki tomon o’rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi
Tadbirkorlar bilan bank o’rtasidagi kredit berish bo’yicha bo’ladigan operatsiyalar ikki tomon o’rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffakiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor «Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi» Respublika qonunlarini chukur o’rganib, unga rioya qilishi lozim.
Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarini hayoti va iqtisodiy faoliyati valyuta operatsiyalari bilan bog’likligi ma’lum. Tadbirkorlik korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy valyuta hamda xorij valyutasida operatsiyalarni bajarishga to’g’ri kelmoqda. Ayniqsa tashqi savdo bevosita valyuta operatsiyalari bilan bog’lik hisoblanadi.
Valyuta operatsiyalari valyuta kursi bo’yicha ikki tomon valyutasi nisbati solishtirilib amalga oshiriladi. AQSH dollari valyuta kotirovkasida baza sifatida xalqaro maydonda qabul qilingan. Boshqa mamlakatlar valyutasi kurs bo’yicha AQSH dollariga solishtirilib boriladi. Dollar kursi abadiy bo’lmay, bu ham o’zgarib turadi. Valyuta kursini o’zgarib turishi har kuni ham bo’lishi mumkin. SHuning uchun banklar kursni bank faoliyat boshlash vaktidagi yoki yopilishi vaktidagi kurslar bo’yicha hisob-kitob ishlarini olib boradi. Valyuta kursini o’zgarib borishi hakida har haftada matbuotda jadval berib boriladi. Bu axborot tadbirkorlarni iqtisodiy faoliyatida muhim hisoblanadi. Valyuta operatsiyalarida asosiy o’rinni kredit, qimmatli qogozlar, valyutani foyda olish maqsadida sotib olish va sotish kabilar egallaydi. Xo’jalik yuritish jarayonida hozirgi kichik va xususiy mulk egalari valyuta hisob-kitob raqamiga ega bo’lish xuquqini olib, erkin tarzda valyutani sotib olishlari ham mumkin. Tadbirkorlar xorij firmalari va tadbirkorlari bilan savdo qilishlari natijasida valyutani erkin sotib olish xuquqiga ham egadirlar.
Umuman bozor iqtisodiyoti jahondagi yirik rivojlangan mamlakatlarni muomaladagi valyutalarini mamlakat ichki bozorida harakat etishi uchun xuquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Tadbirkorlar valyuta bilan bog’liq bo’lgan faoliyatlaridan samarali foydalanib, xorij valyutasiga yangi texnika va zamonaviy texnologiya xarid qilib, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida xizmatni sifatini oshirishga, ishlab chiqarish soxasida sifatli tovarlar ishlab chikarib, uning realizatsiyasidan katta foyda olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.