3. Bozor infira tuzilmasini barpo qilish muammolari va ularni hal etish choralari
Respublikada kichik biznesni rivojlantirish uchun bozor infratuzilmasi barpo etilmoqda. SHu o’rinda taokidlab o’tish joizki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tarraqqiyot yo’lida maolum to’siqlar va kamchiliklarni kuzatish mumkin. Ayrim kichik korxonalarlar va yakka tadbirkorlarni aksariyati o’z faoliyatida xom-ashyo va materiallarning ko’plab turlari, ayniqsa yuqori likvidlik materialalarga muxtojliklari sezilarli, joylarda tadbirkorlar birja va auktsion savdolarda qatnashishga, xom-ashyo va materiallarni yuqori likvidlik turlarini sotib olishga, sotilayotgan tovarlar ro’yxati ularni qoniqtirmayotganligi muammolari ham ko’plab uchraydi.
Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 5 fevraldagi “Maqsulotlar, xom-ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to’ьrisida”gi 57-sonli qarori qabul qilinganidan so’ng birja va auktsion savdolarida sotilayotgan tovarlar ro’yxati ancha kengaydi. Ushbu resurslar qatorida neft mahsulotlari, qora va rangli metallar prokati, mineral o’git, paxta linti, o’simlik moyi va boshqalar sotilmoqda.
SHu bilan birga, Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 mayda qabul qilingan “Mol-xom ashyo birjalari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’ьrisida”gi 251-sonli qarorida respublikaning mol-xom ashyo birjalari faoliyatida kichik va xususiy tadbirkorlik sube’ktlari ishtirokini raьbatlantirishga qaratilgan qator imtiyozlar ko’zda tutilgan, lekin ulardan juda kam foydalanishadi. Bugungi kunda, kichik va xususiy biznes vakillarining tovar-xom ashyo birjalari orqali savdolardagi ishtirokining o’sishi ko’zatilmoqda. Kichik va xususiy biznes, tadbirkorlikning umumiy tovar aylanmasidagi ulushi mahsulotlarning birja hamda auktsion savdolari orsali ega bo’lishi imkoni taominlangani hisobiga 1,5 foiz oshdi, hamda 55,5 foizni tashkil etdi.
Lekin mazkur sohadagi uammolar mavjud. Muxim muammolardan yana biri kichik va xususiy biznes subektlarini moddiy-texnika resurslari bilan taminlashdir
Birja savdolarini rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi quyidagi kamchilik va muammolar mavjud:
• Reklama xarajatlari meoyori 5 foiz miqdorida belgilanganligi reklama faoliyatini jonlantirishga to’sqinlik qilmoqda;
• O’zqurilish materiallari, O’zmashsanoat, "O’zqishloqxo’jalikkimyo" uyushmalari tizimlarida mayda ulgurji savdo do’konlarini tashkil etish ishlari sust amalga oshirilmoqda. Mazkur infratuzilmalar hali ham kichik biznes subektlarining o’sib borayotgan talab va extiyojlarini qondira olmayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |