Birinchidan, kichik biznesni rivojlantirishga tadbirkorlarning bilim va tajribalari yetishmasligi, shuningdek, ularni axborot va maslaxat bilan taominlash tizimlari faoliyatining takomillashmaganligi to’siq, bo’lmoqda. Ko’pincha, joylarda qishloq tadbirkorlariga zarur bo’lgan tashkiliy-uslubiy yordamlar ko’rsatilmayapti. Maslaxat markazlarining vazifalarini takomillashtirish, tadbirkorlarga amaliy yordam ko’rsatish, yaoni taosis xujjatlarini ishlab chiqish, biznes rejalar tuzish, kredit olishga arizalar berish, buxgalteriya xisobi va xisobotlarini tashkil etish, auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va boshqa maslaxat xizmatlari ko’rsatishda ko’maklashishdir.
Ikkinchidan, kichik biznes subektlarining moddiy-texnika resurslaridan, xom ashyo va materiallardan lizing, mayda ulgurji savdo va servis xizmati tarmoьidan foydalana olish imkoniyatlarini kengaytirish
Uchinchidan, tashqi bozorga chiqishida, yaoni eksport shartnomalarini tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ro’yxatdan o’tkazish va bojxona organlarida hisobga olish, tovarlar va xizmatlarni chet elga sotishda yordam ko’rsatish borasida bir qancha muammolar mavjud.
To’rtinchidan, kichik biznes korxonalarining xom ashyo va materiallardan foydalanish, tayyor mahsulotlarni sotish imkoniyatlarini kengaytirish, tashkil qilish uchun mayda ulgurji bozorlar, yarmarkalar tizimini kengaytirish, ulgurji bozorlar qoshida moddiy-texnika taominoti, ijara, saqlash, transport xizmati ko’rsatish bo’limlarini tashkil etish yullari orqali savdo mexanizmlarini takomillashtirish zarurdir. Bu ishlarni amalga oshirish natijasida respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga sezilarli darajada taosir etish mumkin.
Qisqa xulosalar
Iinfratuzilma kichik biznesni rivojlantirishda muhim turtki bo’lib xizmat qiladi. Qaysi mintaqada infratuzilma yaxshi tashkil etilgan bo’lsa, shu mintaqada yangi kichik biznes subektlari ko’proq, paydo bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish joylarini yaratish va shu orqali ish bilan bandlik muammosi bir qadar hal etilishiga erishishni, aholining real daromadlarini ko’paytirish imkoniyatlari paydo bo’lishini, soliqlar tushumining ko’payishini, mahalliy byudjet daromadlarining o’sishini, iqtisodiyotda soьlom raqobat muhitining yaratilishi hamda turli sektorlar orasidagi o’zaro aloqalarning mustaxkamligini taominlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |