Yukoridagi jarayonlarning barchasini amalga oshirish ancha mushkul masala hisoblanadi. Muammoli kreditlarni bartaraf etish bo’yicha g’arb tajribasiga nazar tashlasak .Ularda mijozlarning kreditga layokatliligini aniklashda “5-S”(fifth C) koidasi kullaniladi.
Tayanch iboralar: Bank, bank turlari, bank operatsiyalari, valyuta, valyuta operatsiyasi, valyuta kursi,
Nazorat va muhokama uchun savollar
Bank passiv va aktiv operatsiyalarining tushunchasi va mohiyati nimalardan iborat?
Bankdan kredit berish tartibi qanday tashkil etilgan?
Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasida bajariladigan operatsiyalarda o’zaro munosabatlar qanday tashkil etilgan?
Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasidagi valyuta operatsiyalari qanday bajariladi?
Tadbirkorlik faoliyatida soliq solish tartibi, mohiyati va ahamiyatini izohlab bering.
12 - Mavzu: KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINI SOLIQQA TORTISH
REJA: Soliqlarning iqtisodiy mazmuni, tarixiy shakllanishi, zaruriyati va ahamiyati.
Soliq guruxlari va tasnifi va soliq funksiyalari.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i.
Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari.
Soddalashtirilgan soliq solish tizimi.
Maxalliy soliqlarni va yig’imlar.
Soliqlarning iqtisodiy mazmuni, tarixiy shakllanishi, zaruriyati va ahamiyati.
O'zbekistonning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bozor iqtisodiyoti bilan ifodalar ekan uning soliq tizimi xam bozor munosabatlari bilan aniqlanadi.
Xozirgi davrda O'zbekistonning soliq solish tizimi davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalarni mablag' bilan ta’minlash bilan ifodalanadi.
Amaliyotda soliq deganda ayrim iqtisodchilar byudjetga tushadigan pul yoki majburiy to'lov deb ta’rif beriladi. Bu soliqlarning to'la mohiyatini ochib bermaydi. Ya’ni ayrim iqtisodchilarning fikrlaricha, soliqlar bu byudjetga tushadigan pul (iqtisodiy) va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to'lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxs) bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. Soliq to'g'risidagi qonunlar Oliy majlis tomonidan tasdiqlangan demokratik munosabatlardir. Soliqlar milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir. Soliq davlatning markazlashgan pul fondi (davlat byudjeti) ni tashkil etishning asosiy vositasi xisoblanadi.
Shunday qilib, soliqlar bu - davlat sarf xarajatlarini asosiy manbai bo'lib, u iqtisodiyotni tartibga solishni asosiy instrumentidir.
Soliqlarning o’ziga xos belgilari bo’lib, majburiyligi, xazinaga tushishi, qat’iyligi va doimiyligi, aniq soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizlik belgisidir.
1. Soliq va yig’imlar majburiy bo’lib, bunda davlat soliq to’lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo’yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalgam oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlangan.
2. Soliqlar xazinaga ya’ni davlat byudjetiga tushadi. Agar to’lov biror boshqa jamg’armalarga tushsa, unda soliq munosabati bo’lmaydi.
3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi. Tarixda 50 va 100 yillab o’zgarmasdan harakatda bo’lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo’lsa, shuncha qat’iy vauzoq yillar o’zgarmasdan harakat qiladi.
4. Davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining o’ziga to’liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to’lovidir. Masalan, soliq to’lovchi joriy yili davlatning sog’liqni saqlash va maorif xizmatlaridan foydalanmagan bo’lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq to’lovchilarning to’lagan soliq va yig’imlari davlatning ularga ko’rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizom o’rnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) orqali qaytadi. Demak, soliq to’lovchilar nuqtai nazaridan olganda, bozor iqtisodyoti sharoitida hamma soliqlar davlatning ko’rsatgan ijtimoiy xizmatlari uchun to’lanadigan haqdir.
Soliqlar eng avvalo davlatning ijtimoiy zaruriy vazifalarni moliyaviy mablag'lar bilan taminlashning zarurligidan keltirib chiqariladi. Davlat oldida turgan umumiy vazifalarni bajarishga xizmat etadi, bu vazifalar quyidagilardan iboratdir:
aholining kam ta’minlangan tabaqalarni (talabalar, nafaqaxo’rlar, nogironlar va boshqalar)ni ijtimoiy ximoya qilish;
mamlakat mudofaasini ta’minlash;
mamlakat fuqarolarining tinch mexnat qilish va erkin yashash muxofazasini ta’minlash;
mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy, madaniy tadbirlarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat, ijtimioy ta’minot va boshqalar) amalga oshirish;
xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalarni o'rnatish;
bozor infrastrukturasini yaratish, boshqa tadbirlar va ishlarni amalga oshirish uchun.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun nixoyatda ko'p moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu resurslar soliqlar va yig'imlardan tashkil topadi.
Soliqlar obyektiv taqsimlash munosabatlari orqali ijtimioy ishlab chiqarishning xamma jabxalarida qatnashadi va ishlab chiqarish munosabatlariga aylanadi. Shunday ekan, ular iqtisodiy bazasini ifodalaydi. Shuning uchun soliqlar orqali ishlab chiqarishni qiziqtirish, tovar ishlab chiqarish va iste’mol ni ko'paytirish yoki bahzi xolatlarda kerak bo'lsa, cheklash maqsadida foydalanish mumkin.
Davlat byudjeti bu davlat pul mablag’larining markazlashgan jamg’armasi bo’lib, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlaridan iborat. Davlat byudjeti: respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi.
Respublika byudjeti bu davlat byudjetining umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, daromad manbalari va ularning tushumlari miqdori, shuningdek, moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdorini o’zida mujassamlashtiradi.
Mahalliy byudjet bu davlat byudjetining tegishli viloyat, shaxar va tuman pul mablaglari jamg’armasini tashkil etuvchi, uni shakllantiruvchi bir qismi.
Davlat byudjetiga soliqli va soliqsiz daromadlarni o’z vaqtida to’liq tushirish, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, soliq to’lovchilardan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirish soliq organlari tomonidan ta’minlanadi.
Soliqlar davlat va mahalliy byudjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etib, byudjetning xarajat qismi orqali iqtisodiyotga moliyaviy ta’sir ko’rsatish imkonini beradi.
Soliqlar moxiyatini chuqurrok ochishda ularni iqtisodiy moxiyatiga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lishlik maqsadga muvofiqdir.
Soliqlarning moxiyatini amaliyotdagi xarakati ularning bajaradigan funksiyalarida ochib beriladi.
O’rganish oson bo'lishi uchun soliqlarga qisqacha ta’rif beramiz. Soliqlar faqat byudjetga tushadigan majburiy to'lov bo'lib, davlat bilan soliq to'lovchilar o'rtasidagi iqtisodiy, ijtimioy, demokratik taqsimlash munosabatlaridir. Soliqlarning zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo'ladi. Shu davrda davlat o'z funksiyalarini to'liq bajarish uchun albatta moliyaviy manbalarga byudjetga jalb qilishning asosiy, balki kelajakda yagona davlatning ananaviy funksiyalaridan tashqari Ya’ni ta’lim tarbiya, xalq xo'jaligini boshqarish, mexnatkashlar xavfsizligini ta’minlashdan tashqari ularni ijtimoiy ximoya qilish xam zarurdir. Buning ustiga mustaqil O'zbekiston o'zining mudofaa kuchlariga xam mablag' bermog'i kerak. Ana shu funksiyalarni moliyaviy mablag' bilan ta’minlash uchun soliqlar zarurdir.
Ikkinchi tomondan soliqlarning zarurligini bozor iqtisodiyotining iqtisodiy qonunlari talabidan keltirib chiqarmok zarur