Menejment kafedrasi


Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari



Download 0,61 Mb.
bet127/187
Sana15.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555612
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   187
Bog'liq
Menejment kafedrasi

4. Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari.
Qo'shilgan qiymat solig'i tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, sotish jarayonida qo'shilgan qiymat bir qismining byudjetga ajratilishidir.
O'zbekiston Respublikasi xududiga import qilinadigan tovarlarga ishlarga, xizmatlarga qo'shilgan qiymat solig'ini xisoblab chiqarish va to'lash tartibi aloxida yo'riqnomalar bilan belgilanadi.
Soliq to'lovchilar O'zbekiston Respublikasi xududida tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yuridik shaxslar soliq to'lovchilar bo'lib xisoblanadilar, amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortishning aloxida tartibi ko'zda tutilgan yuridik shaxslar (yagona soliqni to'lashga o'tgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari va yagona yer solig'ini to'lashga o'tgan qishloq xo'jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari) bundan mustasno. Asosiy faoliyati bilan bir qatorda qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanadigan qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilari - yagona yer solig'i to'lovchilar, belgilangan tartibda shu faoliyatdan qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari xisoblanadilar. Soliq solish obyektiQo'shilgan qiymat solig'i solish obyekti bo'lib tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo'yicha aylanmalar xisoblanadi, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan, o'z ishlab chiqarish extiyojlari (ishlab chiqarishning ichki aylanmasi) uchun foydalaniladiganlar bundan mustasno. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishiga doir aylanmalar deganda yuklab jo'natilgan maxsulot, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar (keyingi o'rinlarda "tovarlar (ishlar, xizmatlar)" deyiladi) tushuniladi.
15) 197-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi27  quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«notijorat tashkilotlar. Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotini hamda ushbu Kodeks 199-moddasi birinchi qismining 5 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan oborotlarni amalga oshirganda notijorat tashkilotlar ushbu oborotlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi. Bunda ushbu Kodeksning 132-moddasida ko‘rsatilgan boshqa daromadlarni olish tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi»;
Tovarlarning sotilishida o'zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olingan barcha tovarlarning sotilishiga doir aylanmalar soliq solish obyekti xisoblanadi.Soliq solish maqsadida iste’mol chilik maqsadi va qiymatiga ega bo'lgan xamma narsa (tovar, maxsulot, ko'chmas mulk, shu jumladan, binolar va inshootlar, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasi, gaz, suv va shu kabilar) tovar xisoblanadi.
Ishlarning sotilishida bajarilgan qurilish-montaj, taxmirlash, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik, loyixa-qidiruv, restavratsiya qilish va boshqa ishlar qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi.
Xizmatlarning sotilishida quyidagilar qiymati soliq solish obyekti xisoblanadi:

  • yo'lovchilar va yuk transporti, shu jumladan, gaz, neft, neft maxsulotlari, elektr va issiqlik energiyasini tashish (uzatish)ga doir xizmatlar, tovarlarni yuklab jo'natish, yukdan tushirish, qayta yuklash, saqlashga doir xizmatlar;

  • mol-mulk va ko'chmas mulk obyektlarini ijaraga berish xizmatlari;

  • vositachilik xizmatlari;

  • aloqa, maishiy, uy-joy-kommunal xizmatlar;

  • reklama xizmatlari;

  • ma’lumotlarni ishlash va axborot ta’minotiga doir xizmatlar;

  • boshqa xizmatlar.

Shuningdek, quyidagilar xam soliq solinadigan aylanmalarga kiradi:
a) tovarlar, ishlar va xizmatlarning, shu jumladan, o'zi ishlab chiqargan tovarlarning sotilishi bo'yicha, korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan, shu jumladan, o'z xodimlariga o'z iste’mol i uchun korxona ichidagi aylanmalar.
b) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslarga, shu jumladan, korxona xodimlariga bepul berilishi yoki xaqini qisman to'lab berilishiga doir aylanmalar;
v) garovdagi buyumlarning sotilishi, shu jumladan, ularning garovni tutib turuvchiga u garov majburiyatlarini ta’minlamaganidagi berilishiga doir aylanmalar.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish