Menejment kafedrasi



Download 0,61 Mb.
bet125/187
Sana15.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555612
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   187
Bog'liq
Menejment kafedrasi

Yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlariga O'zbekiston Respublikasida hamda undan tashqarida ularning faoliyat manbalaridan olingan daromadlar (foyda) bo'yicha soliq solinadi.
O'zbekistonda taxsis etilgan yoki ro'yxatga olingan, shuningdek O'zbekiston Respublikasidan tashqarida ro'yxatga olingan, bosh korxonasi O'zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O'zbekiston Respublikasining rezidenti xisoblanadi.
Jami daromad tarkibiga yuklab jo'natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi lozim bo'lgan (olgan) yoki tekinga olgan pud yoxud boshqa mablag'lar kiradi.
Bunday daromadlarga quyidagilar kiritiladi:
a) maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum.
Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum deganda:

  • yuklab jo'natilgan maxsulot uchun taqdim etilgan xisob-kitob hujjatlarida ko'rsatilgan summalar;

  • buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan bajarilgan ishlar dalolatnomalarida ko'rsatilgan summalar;

  • xizmatlar ko'rsatilishi faktini tasdiqlaydigan hujjatlarda ko'rsatilgan summalar tushuniladi.

Vositachilik faoliyatidan daromad oladigan (komission xaqlar, foizlar sifatida) korxonalar uchun tushum deganda soliq solinadigan davrda amalga oshirilgan barcha bitimlar bo'yicha olingan komission xaqlar (foizlar) summasi tushuniladi.
b) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog'ozlar, intellektual mulk obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan keladigan daromad.
Korxonaning asosiy fondlari va boshqa mol-mulkini sotishdan keladigan daromadni belgilash chog'ida soliq solish maqsadi uchun ushbu fondlar va mol-mulkning sotilish va qoldiq qiymatlari o'rtasidagi farq (oshib ketish) xisobga olinadi. Bunda mol-mulkning qoldiq qiymati asosiy fondlar, moddiy aktivlar, arzon va tez eskiruvchan buyumlarga nisbatan qo'llaniladi.
Yuridik shaxslarning daromadlari va ular bo'yicha tegishli chegirmalar soliqlarni xisoblab chiqarish uchun ular taalluqli bo'lgan xisobot davrida, to'lash vaqti va pulning kelib tushish sanasidan qatxi nazar, buxgalteriya xisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi.
Agar qilingan xarajat xarajatlarning bir necha toifasiga kiritilgan bo'lsa, u jami daromaddan faqat bir marotaba chegirilishi mumkin.
Yuridik shaxsning bayon etilgan qoidalarga muvofiq xisoblab chiqarilgan daromadi (foydasi)ga 7.5 foiz26 stavkasi bo'yicha soliq solinadi. Yuridik shaxslarning auksionlardan va gastrolg'-kontsert faoliyati bilan shug'ullanishga lisenziyasi bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo'li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan olgan daromadi (foydasi)ga 30 foiz stavkasi bo'yicha soliq solinadi. Bolalar assortimentidan tovarlar, ayollar gigienasi buyumlari va badiiy xunarmandchilik maxsulotlari va bolalar o'yinchoqlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar byudjetga 10 foiz stavkasi bo'yicha foyda solig’ini to'laydilar.
Ixtisoslashgan korxonalarga:

  • ishlab chiqariladigan tovarlarning umumiy xajmida bolalar uchun tovarlar natura ifodasida kamida 60 foizni (aniqlashtirilmagan) tashkil etadigan bolalar uchun tovarlar ishlab chiqaradigan korxonalar;

  • ishlab chiqariladigan tovarlarning umumiy xajmida ayollar gigienasi buyumlari va badiiy xunarmandchilik maxsulotlari kamida 60 foizni tashkil etadigan ayollar gigienasi buyumlari va badiiy xunarmandchilik maxsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar kiritiladi. O'zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilish ulushi:

  • sotishning umumiy xajmida 30 foizgaortig’ini tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun belgilangan stavka 30 foizga pasaytiriladi;

  • sotishning umumiy xajmida 50 va undan ortiq foizni tashkil etsa belgilangan stavka ular uchun 50 foizga kamaytiriladi.

Mazkur imtiyozlar savdo-vositachilik tashkilotlariga va xom ashyo tovarlarini eksport qiladigan ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq etilmaydi.
Yuridik shaxslarga to'lanadigan dividend va foizlarga to'lash manbaida 10 foiz stavkasi bo'yicha soliq solinadi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish