Menejment kafedrasi


Quyidagi yuridik shaxslar foyda solig’ini to'lashdan ozod qilinadi



Download 0,61 Mb.
bet126/187
Sana15.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555612
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187
Bog'liq
Menejment kafedrasi

Quyidagi yuridik shaxslar foyda solig’ini to'lashdan ozod qilinadi:
- protez-ortopediya buyumlari, inventari ishlab chiqarishga, shuningdek nogironlarga xizmat ko'rsatishga ixtisoslashganlari - asosiy faoliyat turi bo'yicha;
- ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mexnat fronti faxriylari tashkil etgan, nogironlar jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg'armasi va O'zbekiston chernobilchilari uyushmasi mulki bo'lganlari, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar mustasno.
- davolash muassasalari qoshidagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;
- jazoni ijro etish muassasalari;
- notijorat tashkilotlari.
Bunda tadbirkorlik faoliyatidan foyda olgan notijorat tashkilotlari ushbu faoliyatdan soliqni umumbelgilangan tartibda to'laydi.
- shaxar yo'lovchilar transporti (taksidan, shu jumladan jo'nalishli taksidan tashqari) yo'lovchilarni tashish bilan bog'liq xizmatlari bo'yicha;
- tarix va madaniyat yodgorliklarini taxmirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar) bo'yicha;
- davlat obligasiyalari va boshqa davlat qimmatli qog'ozlari bo'yicha dividendlar va foizlar bo'yicha;
- boshqa yangi tashkil etilgan korxonalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanuvchilaridan tashqari) ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan extiboran birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida va ikkinchi yil 50 foizi miqdorida soliq to'laydilar. Keyingi yillarda foyda solig’i belgilangan stavka bo'yicha to'liq miqdorda to'lanadi.
Mazkur kichik bandda nazarda tutilgan yuridik shaxslar tugatilgan xollarda, belgilangan imtiyozli davrdan keyin yil tugashiga qadar soliq summasi ular faoliyatining butun davri uchun to'liq miqdorda undiriladi.
- ichki ishlar organlari xuzuridagi soqchilik bo'linmalari;
- gastrol-konsert faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi lisenziyasi bo'lgan yuridik shaxslar;
- yuridik shaxslar tomonidan dividendlar ko'rinishida olingan va ular olingan yuridik shaxsning ustav sarmoyasi (fondi)ga yo'naltiriladigan daromadlar.
Soliq solinadigan foyda quyidagi summaga kamaytiriladi:
a) ekologiya, salomatlik va xayriya jamg'armalari, madaniyat, xalq taxlimi, sog'lio'ni saqlash, mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga badallar summasiga, biroq soliq solinadigan foyda ning bir foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda;
b) investisiyalarga (asosiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va rekonstrukssiya qilishga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga ko'ra kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha muassasalar qurilishiga), shuningdek investitsiyalar uchun olingan kreditlarni uzishga yo'naltiriladigan xarajatlar summasiga, xisoblangan eskirishdan to'liq foydalanish sharti bilan, biroq soliq solinadigan foyda ning o'ttiz foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda;
v) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va xarakatlardan tashqari), xayriya jamg'armalarining mulkida bo'lgan korxonalar daromadi (foydasi)dan shu birlashmalar va jamg'armalarning ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun yo'naltiriladigan ajratmalari summasiga;
Ko'rsatilgan imtiyoz faqat o'z ishlab chiqarishining ekologiyaga ta’sirini yaxshilash uchun tabiatni muxofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradigan korxonalarigagina taalluqlidir.
Tabiatni muxofaza qilish tadbirlarini o'tkazishga doir buyurtmalarni bajarishdan foyda oladigan korxonalarga yuqorida aytilgan imtiyoz tatbiq etilmaydi.
e) "Iste’dod" jamg'armasiga taxsis badallari va xomiylik yordami sifatida o'tkaziladigan mablag'lar summasiga. Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko'prog'ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun foyda solig’i summasi quyidagi tarzda: belgilangan me’yordan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning xar bir foiziga foyda solig’i 1 foiz kamaytiriladi.
Soliq to'lovchilarga Soliq kodeksi amalga kiritishiga qadar qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan taqdim etilgan soliq imtiyozlari ular taqdim etilgan muddat tugashiga qadar saqlanadi.
Soliq xisob-kitoblarini tuzish va taqdim etish tartibi hamda to'lash muddatlari
Byudjetga to'lanadigan soliq summasi soliq to'lovchilar tomonidan ko'rsatilgan qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda, buxgalteriya xisobi va moliyaviy xisobot ma’lumotlari asosida belgilanadi.
Chorak davomida barcha to'lovchilar byudjetga soliqning joriy to'lovlarini amalga oshiradilar. Joriy to'lovlarni xisoblab yozish va to'lash uchun soliq to'lovchilar tegishli chorak uchun ta’min qilingan foyda va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqadilar hamda joriy chorak birinchi oyining 5 kuniga qadar davlat soliq xizmati organlariga joriy to'lovlar unga muvofiq xisoblab yoziladigan shakl bo'yicha ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Joriy to'lovlar xar bir oyning 15-kunidan kechiktirmay teng ulushlar bilan, foyda solig’i choraklik summasining uchdan biri miqdorida amalga oshiriladi. Byudjetga joriy to'lovlarning summalari pasaytirilgan taqdirda ular davlat soliq xizmati organlari tomonidan mazkur korxonalar bilan birgalikda, oldingi chorak uun soliqning xaqiqiy summalaridan kelib chiqib qo'shimcha ravishda aniqlashtiriladi.
Xisobot choragida maxsulotni sotishdan eng kam ish xaqining 200 baravarigacha miqdorda foyda olgan korxonalar, shuningdek yagona yer solig'ini to'lashga o'tmagan qishloq xo'jaligi korxonalari ular ishlab chiqarishining mavsumiy xususiyatini xisobga olib, soliq to'lovlarini xar chorakda yil boshidan o'sib boruvchi yakun bilan, oldingi choraklar uchun xisoblab chiqarilgan soliq summalarini xisobga olib, joriy to'lovlarni to'lamasdan, xaqiqatda olingan foyda dan kelib chiqib amalga oshiradilar.
Foyda solig’ini to'lovchilar, chet el investisiyalari qatnashgan korxonalardan tashqari o'zlari xisobda turgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shaklda chorak va yillik moliyaviy xisobotlarni taqdim qilish muddatlarida o'sib boruvchi yakun bilan foyda solig’i bo'yicha xisob-kitoblarni taqdim qiladilar. Chet el investitsiyalari qatnashgan korxonalar soliq ro'yxatiga olingan joydagi davlat soliq xizmati organlariga o'sib boruvchi yakun foyda ga solinadigan soliq bo'yicha xisob-kitoblarni, xar chorakda xisobot oyidan keyin keluvchi oyning 25 sanasidan kechikmagan xolda, yil bo'yicha esa - chorak va yillik moliyaviy xisobotlarni taqdim qilish muddatlarida topshiradilar.) Xaqiqatda olingan foyda dan kelib chiqib xisoblangan foyda solig’i summasini to'lovchilar choraklik va yillik moliyaviy xisobot taqdim etish uchun belgilangan besh kun davomida byudjet daromadiga o'tkazadilar.
Yuridik shaxslarning foyda solig’ini to'lovchilar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish