Menejment asoslari


- Mavzu. Tashkiliy boshqaruv faoliyatini axborot bilan ta’minlash



Download 1,88 Mb.
bet8/15
Sana26.06.2017
Hajmi1,88 Mb.
#16213
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15

6 - Mavzu. Tashkiliy boshqaruv faoliyatini axborot bilan ta’minlash.

6.1. Menejmentda axborotlar tizimi ahamiyati.

6.2. Kommunikasiyalar.

6.3. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar.

6.4. Zamonaviy firmada kommunikativ aloqalar tizimini yaratish yo’llari.

Qo’llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Interaktiv”, “Insert” usullari.

6.1. Menejmentda axborotlar tizimi ahamiyati.

Menejmentda axborotning o’rni va ahamiyatining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:

* zamonaviy sharoitlarda tashkiliy tuzilmaning va boshqaruv tizimining unumli faoliyat yuritishi ko’p jihatdan axborot bilan ta’minlanish darajasiga bog’liq bo’lib qolmoqda;

* firmaning iqtisodiy ahvoli va faoliyati haqidagi aniq ma’lumotlarni tashkilotning yuqori lavozimli rahbarlariga yetkazish, tashkiliy tuzilmaning turli bo’linmalari o’rtasida axborot almashuvini yo’lga qo’yish jarayonini zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi;

* uzatiladigan axborotning konkret mazmuni boshqaruv tuzilmalarining ehtiyojlariga va tayyorlanayotgan boshqaruv qarorining mohiyatiga qarab belgilanadi.



Menejment sohasidagi axborotga nisbatan qo’yiladigan talablar:

* yuborilayotgan ma’lumotlar qisqa, aniq bo’lishi va o’z vaqtida manzilga yetkazilishi lozim;

* tashkiliy tuzilmaning biron bir bo’g’inidagi ish boshqaruvchining ma’lum bir aniq ehtiyojlarini qondirishi kerak;

* ma’lumotlar aniq va haqqoniy bo’lishi, vaziyatga oid dastlabki ma’lumotlar to’g’ri tanlanishi lozim; to’planayotgan ma’lumotlarni optimal tarzda tizimlashtirish, ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash jarayoni muntazam davom etishi kerak.



Tashkiliy tuzilma miqyosida amal qiluvchi axborot tizimlarining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:

* zamonaviy firmalarda axborot to’plash, uni qayta ishlash va uzatish uchun yuksak darajada takomillashgan texnik vositalar qo’llaniladi. Odatda, butun tashkilot miqyosidagi axborot tizimlari yagona tarmoqqa birlashtirilgan;

* tashkiliy boshqaruvchilik tuzilmasiga xizmat ko’rsatuvchi axborot tizimi olinayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash, axborot uzatishning ichki va tashqi kanallarini tarkib toptirish va umuman informatsiya kabi alohida komponentlardan iborat;

* axborot tizimlari o’z faoliyati davomida axborot tuzish, to’plash va uzatish, tashkiliy faoliyatni uyushtirish kabi o’zaro bog’liq ish jarayonlarini uzviy ketma-ketlik tarzida ro’yobga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirishda ularga axborot oqimi harakatini ta’minlovchi turli xil texnik vositalar, axborotni qayta ishlash uslublari yaqindan yordam beradi;

* axborot bilan ishlash jarayoni, umumiy jihatdan olganda, ilmiy-texnik, rejalashtirish, nazorat o’rnatish, hisobchilikka oid va tahliliy axborotlarni to’plash jarayonlaridan iborat.

Amal qiluvchi axborot tizimlarining funksiyalari:

* tashkiliy boshqaruv jarayoni samarali kechishi uchun har bir aniq menejerga qanday mazmundagi va qancha miqdordagi axborot lozimligini aniqlash;

* tashkilotning faoliyati unumli bo’lishi uchun umumiy va xususiy jihatdan olganda, qanday va qancha texnik vositalar kerakligini aniqlash;

* tashkiliy tuzilma faoliyatining uzluksiz davomiyligini ta’minlash uchun zarur bo’ladigan jamiki texnik vositalarga sarflanadigan xarajatlarni markazlashtirilgan tartibda rejalashtirish;

* tashkilot miqyosida tegishli axborotlarni to’plash, saqlash va taqdim etish jarayonlarining yuksak ijrochilik darajasini ta’minlash;

* amaliy jihatdan qo’llanishi mumkin bo’lgan turli faoliyat dasturlarini yaratish.



Kommunikatsiyalar.__Kommunikatsiya_axborot_almashuvidir.'>6.2. Kommunikatsiyalar.
Kommunikatsiya axborot almashuvidir. Bu axborot asosida rahbar kerakli qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlar oladi, so’ngra ularni xodimlarga yetkazadi.

Rahbar faoliyati samarali axborot almashuvini talab etadi. Agar odamlar axborot almasha olmasa, ular birga ishlay olmaydi, maqsadlarini shakllantira olmaydi.

Rahbar o’z vaqtining 50%dan 90%gachasini kommunikatsiyaga sarflaydi, chunki axborot almashuvi boshqaruv faoliyatining barcha asosiy turlariga singib ketgan. Axborot almashuvining sifati boshqaruv qarorlarini bajarish darajasiga bevosita ta’sir qiladi.

Kengash, xizmat qog’ozlari, telefon muloqotlari, rasmiy hisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suhbatlar kabi kommunikatsiya vositalarini qo’llash, oxir-oqibat ko’pgina masalalarni hal qilish imkonini beradi. Korporatsiyalar tashqi muhit bilan muloqot qilish uchun turli-tuman vositalardan foydalanadi. Ular mavjud iste’molchilar bilan reklama, shuningdek, tovarni bozorda sotishning boshqa dasturlari yordamida muomala qiladi.

Axborot korporatsiya ichida vertikal kommunikatsiyalar doirasida bosqichdan-bosqichga o’tadi. U pastlovchi chiziq bo’ylab berilishi (uzatilishi) mumkin, ya’ni oliy bosqichdan quyi tomon ( masalan, korxonaning ishlab chiqarish bo’limi sex boshlig’iga biror mahsulotni ishlab chiqarish muddatini aytadi, u esa uchastga boshlig’i yoki ustaga topshiriq beradi) yoki yuqorilovchi chiziq bo’ylab beriladi (masalan, uchastka boshlig’i sex boshlig’ini mahsulotning tayyorlanishi haqida xabardor qiladi, u o’z navbatida, bu haqida ishlab chiqarish boshlig’ini xabardor qiladi, u esa korxona direktoriga xabar beradi). Axborotni quyi bosqichdan yuqoriga berish mehnat unumdorligiga ta’sir qilishi mumkin.

Vertikal kommunikatsiyalardan tashqari korxonada gorizontal kommunikatsiyalar ham mavjuddir. Korporatsiya funksional bo’limlar, sexlar va boshqa bo’linmalardan iborat bo’ladi, ular o’rtasida axborot almashinuvi uning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun zarur. Masalan, bazaviy texnologiya asosida korporatsiya turli mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, shu sababli marketing bo’limi orqali bozorda nima xaridorgir ekanligi haqida axborot olib turish juda muhim. Bu korxonaga iste’molchi bilan hamkorlikni mustahkamlab, ular talablarini vaqtida bajarish imkonini beradi.



Kommunikatsion jarayon – ikki va undan ortiq kishilar o’rtasida informatsiya (axborot) almashuvidir.

Asosiy maqsadi – o’zaro muloqot jarayonida uzatilayotgan axborotning mazmun va mohiyati to’g’ri talqin qilinishiga erishish.

Elementlari:

* axborot uzatuvchi (jo’natuvchi, yuboruvchi) – g’oyalarni jamlovchi yoki tegishli axborotlarni to’plab kommunikativ tarmoqlar bo’yicha ularni uzatuvchi shaxs;

* ma’lumot – ramziy ifodalar vositasida kodlashtirilgan ma’lumot(xabar);

* aloqa kanali – axborotni uzatish vositasi;

* axborotni qabul qiluvchi – uzatilayotgan axborotga bevosita daxldor shaxs. Ushbu axborotda mazkur kimsaga tegishli ia’lumot ifodalangan bo’lib, u odam axborotni qabul qilgach, uni ma’lum tarzda sharhlaydi va faoliyati uchun zarur ma’lumotlarga ega bo’ladi

Kommunikatsion jarayon bosqichlari:

* axborot uzatish uchun zarur aloqa kanalini tanlash va kodlashtirish. Axborot uzatuvchi kimsa so’zlar, ohanglar va imo-ishora vositasida faoliyat uchun muhim ma’lumotlarni ramziy shaklda kodlashtirishi lozim. Shu zaylda kodlashtirilgan turli xil g’oyalar axborotga aylanadi. Axborotlarni og’zaki va yozma tarzda ifodalash mumkin, zamonaviy axborot uzatish vositalari (kompyuter, elektron pochta, videotasma, videokonferensiya va h.k.) yordamida ma’lumot yetkazish keng tarqalgan aloqa kanallari hisoblanadi. Ko’pincha, axborot uzatishning samarali yakunlanishini istalsa, bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ortiq aloqa kanalidan foydalaniladi;

* ma’lumotlarni uzatish;

* kodlashtirilgan axborotni sharhlash – ramziy tarzda ifodalanib, uzatilayotgan ma’lumotlarni ularni qabul qiluvchi shaxs tomonidan o’zlashtirilishi (talqin etilishi).



Kommunikatsion jarayonlarning kechishi bilan bog’liq o’ziga xos holatlar.

Muloqot jarayonida muqobil aloqaning o’rnatilishi:

* ushbu xolat ro’y bersa, axborot uzatuvchi va uni qabul qiluvchi shaxslar navbati bilan o’rin almashadilar. Bunda kommunikatsion jarayonning ilk bosqichida axborotni qabul qiluvchi shaxs o’z rolini o’zgartirib, yuborilgan ma’lumotni qanday o’zlashtirgani haqidagi tegishli axborotni muqobil aloqa kanali orqali yuboradi;

* muqobil aloqaning mavjudligi tashkiliy boshqaruvchilikka oid axborotning samarali almashinuviga jiddiy yordam beradi;

* o’zaro axborot almashish jarayoni bir oz sustroq kechsada, aloqa kanali bo’ylab uzatilayotgan ma’lumotlarni tomonlar to’g’ri talqin etishiga qulay sharoit yaratiladi;

* qayta aloqa o’rnatilishi oqibatida axborot almashinuvi ancha samarali kechib, oradagi to’siqlar bartaraf etiladi.


6.3. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar.

(mohiyati, tarkibiy elementlari va rivojlanish bosqichlari)

“Informatsiya” (axborot) atamasi lotincha so’z bo’lib, “xabardorlik, biror voqea yoki shaxs faoliyati to’g’risidagi xabar” ma’nolarini anglatadi. Boshqaruv tizimini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida uni tezda ta’sir qiluvchi zarur ma’lumotlar majmui axborot deyiladi. Yetarli va haqqoniy axborotsiz boshqaruv faoliyatini amalga oshirib bo’lmaydi.

Ishlab chiqarish axboroti – boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasidagi aloqa shakli. Boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimdan ishlab chiqarish sur’ati va tizimning xo’jalik faoliyati to’g’risida axborot oladi. Olingan axborot asosida boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimning faoliyatini baholaydi va boshqaruvni yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar, ko’rsatmalar ishlab chiqadi, keyin esa ularni boshqariluvchi tizimga ijro etish uchun yuboradi.

Axborot boshqaruv tizimining muhim bo’g’ini sanalib, uning o’ziga xos xususiyati shundaki, u boshqaruvning barcha pog’onalarida mavjud bo’ladi. Axborot ham ibtido nuqtasi, ham boshqaruv apparatining ish natijasi, ham zarur shart, qolaversa, amalga oshirilayotgan harakatlarni qayd etish uslubidir. Axborot hajmi ortishi barobarida boshqaruv axborotining sifat xususiyatlariga talab ham ortadi.

Boshqaruv jarayoni barcha olingan (to’plangan) axborotlarni yig’ish, yetkazish va qayta ishlashdan iborat bo’lib, bu axborotlar orqali ushbu jarayonda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, boshqaruv buyruqlari shaklida axborotlar berish va ularni tegishli ijrochilarga yetkazishni amalga oshiradi. Axborotning turli shakllari mavjud: statistik, tezkor, iqtisodiy, buxgalteriya, moliyaviy, kadrlarga oid, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtimoiy va boshqalar.

Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot muhim vazifani bajaradi, chunki u moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayrboshlash va iste’mol qilish jarayonida odamlar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Shuningdek, ilmiy – texnikaviy axborotni ahamiyati ham katta, negaki u ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarishning rivojlanishini aks ettiradi.

Axborot o’z manbalariga ko’ra, ichki va tashqi axborotga bo’linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olingan axborotlardan iborat bo’ladi. Ularga ko’rsatmalar, rejali topshiriqlar, mahsulotning sotilishi to’g’risidagi xabarlar, ma’lumotlar va boshqalar kiradi. Ichki axborot korxonaning o’zida yoki uning boshqaruv bo’g’inida ishlab chiqiladi va korxona ichida amalda bo’ladi. Korxona uchun sex tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy texnika ta’minoti, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi to’g’risidagi ma’lumotlar bo’lishi mumkin.

Yo’nalishiga qarab axborot boshlang’ich (umumiy) va boshqaruv (komandaviy) axborotiga bo’linadi. Komandaviy axborot boshlang’ich axborotni qayta ishlash asosida qarorlar qabul qilish natijasidir. Boshlang’ich axborot quyi bosqich boshqaruv tizimidan yuqori boshqaruv tizimi tomon harakatlanadi, komandaviy axborot esa aksincha.

Axborot vaqt o’tishi natijasida ahamiyatini turlicha saqlaydi. Doimiylik darajasiga qarab, axborotni doimiy, shartli-doimiy va o’zgaruvchan axborotga ajratish mumkin. Doimiy axborot uzoq vaqt davomida ham o’z ahamiyatini o’zgartirmaydi (korxona va bo’linmalarning nomlanishi, mahsulot turlari). Shartli-doimiy axborot muayyan vaqt davomida o’z ahamiyatini saqlab turadi. Bunday axborotlarga korxonaning turli me’yor va me’yoriy hujjatlari (moddiy va mehnat xarajatlari, narxlar, tariflar va boshqalar) kiradi. Shartli-doimiy axborotlar ba’zi korxonalarda axborotlar umumiy hajmining 85%ini tashkil etadi. O’zgaruvchan axborot boshqaruv obyekti va boshqariluvchi jarayonlarning dinamik holatini aks ettiradi, bu esa o’z navbatida, qarorlar qabul qilish uchun axborotni tez qayta ishlashni talab etadi, aks holda axborot olishning ma’nosi qolmaydi.

Boshqaruv amaliyotida ishlab chiqariluvchi (ikkilamchi) axborot ham keng qo’llaniladi. U birlamchi axborotni qayta ishlash mahsuli hisoblanadi.

Axborotni qayd etish va to’plash uchun turli vositalardan foydalaniladi: inson xotirasi, hujjatlar, perforasiya kartalari va lentalari, magnit lentalar, barabanlar yoki disklar, elektr impul’slari kombinatsiyasi va boshqalar.

Axborotlar majmui boshqaruv axborot tizimini tashkil etadi, bu tizim boshqaruv jarayonining axborot ta’minoti shaklida namoyon bo’ladi. Axborot ta’minoti ishonchli, o’z vaqtida, xolis mazmunli qarorlar qabul qilish uchun ochiq bo’lishi kerak. Axborot hajmi minimal bo’lishi va ayni paytda, uning ma’no- mazmuni maksimum bo’lishi, shuningdek axborot matni qisqa va aniq bo’lishi lozim. Korporasiyaning axborot ta’minoti axborotning turli oqimlari bo’ylab to’g’ri aloqalar shaklida amalga oshiradi. Bunday aloqalar ishlab chiqarishning muayyan vazifalarini hal etishni ta’minlaydi.

Zamonaviy yirik korporatsiyada axborot hajmi bir million hujjatgacha yetadi, shu bilan birga, barcha axborotlar o’z vaqtida qayta ishlanishi lozim. Masalan, Toshkent Aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot ko’rsatkichi bir milliondan oshadi. Korxonaning tashqi axboroti ham tez sur’atda ortib bormoqda. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tizimlashtirish va tashkil etish bo’yicha muammolarni hal etish zarur:

- ratsional axborot tizimini ishlab chiqish;

- axborot oqimlarini shakllantirish uslublarini ishlab chiqish;

- axborotni qabul qilish va uzatishning ratsional uslublarini tanlash;

- axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;

- axborotni qayta ishlash jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.

Bu yo’nalishdagi ishlarning butun majmui axborotni to’plash va qayta ishlashning umumdavlat yagona tizimi yaratilishini ta’minlashi kerak. Axborotlar yig’indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi – murakkab axborot tuzilmasi bo’lib, hujjatlar, axborot oqimlari, aloqa kanallari va boshqaruv obyektining texnik vositalarini o’z ichiga oladi.

Axborot tizimlari murakkab va oddiy bo’lishi mumkin.

Oddiy axborot tizimi chuqur qayta ishlanishni talab etmaydi, uning paydo bo’lish joyidan foydalanish, joyiga yetkazilishi o’zgarishsiz amalga oshiriladi. Bunday axborot telefon yoki turli vositalar orqali bir martalik xabar sifatida keladi.

Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexanizatsiyalanishi va avtomatlashishi darajasiga ko’ra tavsiflanadi. Birinchi guruhga shunday axborot tizimlari kiritiladiki, ularda axborotni qayta ishlash qo’lda yoki oddiy mexanizatsiyalashgan qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchi guruhga axborotni qabul qilish va qayta ishlashni mexanizatsiyalash vositalarini keng qo’llash asosida amalga oshirish mumkin. Uchinchi guruhga aralash tizimlar mansubdir. Ularda ma’lumotlarni qayta ishlashning kompleks mexanizatsiyasi axborotni to’plash va qayta ishlash unsurlari bilan bir qatorda qo’llaniladi.

Axborotni qayta ishlashda EHM dan foydalanadigan boshqaruv tizimlari avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) deb nomlanadi.

ABT quyidagi vazifalarni bajaradi:

- axborot olish;

- axborotni qayta ishlash;

- axborotni yig’ish, saqlash;

- axborotni boshqaruv organiga berish;

- boshqaruv buyruqlarini tayyorlash;

- buyruqlarni ijrochilarga yetkazish.

Eng taraqqiy topgan axborot tizimini loyihalash quyidagilarga asoslanishi lozim:

- korxonada qo’llanilayotgan axborot tizimini tahlil qilish, asosiy axborot oqimlarini o’rganish;

- axborot tizimini iqtisodiy modelini ishlab chiqish, axborotning zarur hajmi va mazmunini belgilash;

- axborotni to’plash va qayta ishlash uchun texnik vositalarini aniqlash;

- axborotni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish;

-axborotning yuzaga kelishi va ishlatilishi davriyligini aniqlash;

- korxonada qo’llanilayotgan axborot uchun shifrlar tizimini ishlab chiqish;

- standart xabarlarga axborot uzatish va qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun qulay shakl berish maqsadida ularni loyihalash;

- loyihalash davomida olingan barcha materiallarni rasmiylashtirish va tizimlashtirish.





6.4. Zamonaviy firmada kommunikativ aloqalar tizimini yaratish yo’llari.

1. Tashkiliy faoliyatni tartiblashtirish (alohida xususiyatlari):

* tashkiliy tuzilmaning qaysi bir pog’onasida turishidan qat’i nazar, har bir menejer maqsadli faoliyatni amalga oshirish davomida o’z rahbari, o’zi, hamkasblari va qo’l ostidagi xodimlari uchun qanday va qancha axborot zarurligini aniq bilishi lozim;

* menejer shaxsiy faoliyati uchun zarur bo’lgan axborotning miqdoriy o’lchamlari va sifatiy ahamiyatini baholay bilishi, xuddi shu kabi tashkiliy tuzilmaning har bir pog’onasida turgan boshqa xodimlarning ish unumdorligini ta’minlash uchun qanday va qancha axborot zarurligini (axborot almashuvidagi me’yor) belgilay olishi shart;

* menejer o’z faoliyati davomida bitta yoki bir necha ishchi (xodim) bilan alohida suhbatlashishi, butun jamoa bilan tez-tez uchrashib turishi kerak;

* tashkilot miqyosida axborot almashuvini yo’lga qo’yish va takomillashtirish uchun tashkiliy faoliyatni rejalashtirish, rejalarni amalga oshirish va butun jarayonni nazorat qilish tamoyillaridan to’g’ri va unumli foydalana bilishi lozim;

* yangi ish rejalarini, tashkiliy faoliyat maqsadini hamda strategiyasini muhokama qilish va belgilab olish, ish jarayonini nazorat qilish, nazorat yakunlari bo’yicha hisobot talab etish menejerning vakolati doirasidagi imkoniyatlaridir;



Muqobil aloqa o’rnatish tizimi tashkiliy tuzilmadagi umumiy ish jarayonini boshqarish va nazorat qilish tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Mazkur tizim faoliyatini yo’lga qo’yish va takomillashtirishning mumkin bo’lgan ayrim variantlari:

* muayyan tashkiliy masalalarni muhokama qilish maqsadida xodimlarni tashkilotning bir bo’g’inidan boshqasiga o’tkazish;

* xodimlarga so’rovnoma bilan murojaat etish.

Bunda ushbu xildagi ma’lumotlarni to’plash imkoniyatlari paydo bo’ladi:

* xodimlar o’z ish vazifalarini to’liq va to’g’ri anglab yetdilarmi?

* ish jarayonida xodimlar qanday ehtimoliy yoki hayotiy muammolar bilan to’qnash kelishi mumkin?

* xodimlar o’z ish vazifalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan axborotni o’z vaqtida va to’liq olyaptilarmi?

* ish boshqaruvchi rahbarlar quyidan kelayotgan takliflar, fikr-mulohazalarni tinglash va qabul qilishga tayyormi; xodimlar istiqboldagi faoliyatiga va mavqeiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashkiliy o’zgarishlar haqida xabardor etilganmi;

2. Talab va takliflarni umumlashtirib to’plash tizimini tashkil etish.

Bunday tizim faoliyatini yo’lga qo’yishdan ko’zlangan maqsad tashkiliy tuzilmaning quyi pog’onasidan keladigan axborotlarni yuqoridagi rahbarlarga yetkazishni yengillashtirishdan va tashkiliy bo’g’inlar bo’ylab uzatiladigan axborotni saralanishi saqlashni ta’minlashdan iborat. Mazkur tizim asosida tashkilotning barcha bo’g’inlaridagi xodimlar birdek tashkiliy faoliyatni takomillashtirish yo’llarini izlash jarayoniga jalb etilishi mumkin.



3. Informatsion ma’lumotlar.

Yirik tashkilotlar, odatda barcha xodimlar uchun mo’ljallangan oylik axborotnomalarni chop etadi. Bu xil nashrlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish usullarini izlashga, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa xil dolzarb masalalarga alohida e’tibor beriladi.



4. Zamonaviy axborot texnologiyalari.

Ularning joriy etilishi tashkilotdagi axborot oqimlarining harakatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, elektron pochta orqali har qanday xodimga kerakli ma’lumotni o’z vaqtida yuborish mumkin, videokonferensiyalar vositasida tashkiliy tuzilmaning har xil pog’onasida turgan xodimlar bir vaqtning o’zida muhim masalaning muhokamasida qatnasha oladi.



O’z-o’zini tekshirish uchun savollar

1. Menejmentda axborotning o’rni va ahamiyatining alohida xususiyatlari nimalardan tashkil topgan?

2. Menejment sohasidagi axborotga nisbatan qo’yiladigan talablar.

3. Tashkiliy tuzilma miqyosida amal qiluvchi axborot tizimlarining alohida xususiyatlari nimalardan iborat?

4. Kommunikatsiya, kommunikatsion jarayonning asosiy maqsadlari va elementlari nimalardan iborat?

5. Kommunikatsion jarayon bosqichlari to’g’risida nimalarni bilasiz?

6. Kommunikatsion jarayonlarning kechishi bilan bog’liq o’ziga xos holatlari haqida nimalarni bilasiz?

7. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar mohiyati, tarkibiy elementlari va rivojlanish bosqichlari haqida aytib bering.

8.”Informatsiya” atamasiga ta’rif bering.

9. Zamonaviy firmada kommunikativ aloqalar tizimini yaratish yo’llarini ko’rsatib bering.



7 - Mavzu. Rahbar mehnatini tashkil etish.

7.1. Boshqaruv mehnati mazmuni va xususiyatlari.

7.2. Boshqaruv mehnatini oqilona tashkil etishning asosiy yo’nalishlari.

7.3. Menejer mehnati va uning xususiyatlari.

7.4. Bozorning menejerlarga bo’lgan talabi.

7.5. Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi.

Qo’llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Interaktiv”, “Insert” usullari.

7.1. Boshqaruv mehnati mazmuni va xususiyatlari.

“Boshqaruv mehnati” tushunchasi ma’lum darajada obyekt yoki uning ilovasi sifatida “boshqarma” tushunchasi bilan bog’liq. Agar har qanday mehnatni jismoniy va aqliy shakldan iborat deb olsak, boshqaruv ishi aqliy mehnat turidir.

Boshqaruv ishi ijtimoiy mehnatning alohida turiga kiradi. U ishning turiga ko’ra darajaga bo’linadi hamda har qanday hamkorlikdagi mehnatga mansub bo’lgan kasbiy faoliyat turi sifatida “boshqaruv” tushunchasiga asoslanadi. Agar ish jarayonida bir guruh shaxslar ishtirok etayotgan bo’lsa, albatta, ularning ishini muvofiqlashtirish zaruriyati tug’iladi.

Boshqaruv ishi jamoatchilik mehnatining bir turi bo’lib, asosiy vazifasi hamkorlikdagi mehnatning ayrim ishtirokchilari va ayni paytda, butun mehnat jamoasining maqsadli, muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlashdan iborat. Mohiyatan bu ma’muriy boshqaruv xodimlarining rejali faoliyatidir. U tashkilot xodimlari ishini tashkil etish, boshqarish, dalillash va nazorat qilishga qaratilgan. Boshqaruv ishining mazmuni uning obyektiga bog’liq va ishlab chiqarish jarayonlari tuzilmasi, ish usullari, texnik ta’minoti, shuningdek, boshqaruv vazifalarini bajarish jarayonida yuz beradigan o’zaro munosabatlar bilan belgilanadi.

Boshqaruv mehnati o’ziga xos xususiyatlarga ega:

1. U moddiy boyliklar yaratishda to’g’ridan- to’g’ri emas, balki boshqa shaxslar mehnati orqali ishtirok etadi.

2. Boshqaruv mehnatining predmeti sifatida rahbarga kerakli axborot, boshqaruvda ishtirok etuvchi odamlar va boshqaruv jarayoni ishtirok etadi.

3. Rahbar tomonidan boshqaruv qarorining qabul qilinishi uning natijasi hisoblanadi.

4. Tashkiliy tizim va hisoblash texnikasi mehnat vositasi bo’lib xizmat qiladi.

5. Boshqaruv aqliy mehnat, shu bois uning unumdorligini faqat texnik ijrochilar va ayrim mutaxassislarga nisbatangina baholash mumkin.

Bozor munosabatlari rivojlanishi, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash jarayonining chuqurlashuvi boshqaruv ishini mustaqil sohaga nisbatan ajratib qo’yadi va tashkilotning avtonom boshqaruv tizimi majmuida yuzaga keluvchi ma’lum tashkiliy shakllar bilan mustahkamlanadi. Tashkilotning nafaqat tashqi, balki ichki strategik zaxiralaridan foydalanish ham boshqaruv mehnati darajasiga bog’liqdir.

Mehnat faoliyatining ushbu turiga xos asosiy xususiyati shundaki, rahbar tashkilotni rivojlantirish va takomillashtirish vazifasini ushbu vazifani bevosita hal qilishi kerak bo’lgan xodimlarga ta’sir ko’rsatgan holda tashkiliy aspektda hal qiladi.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish