Menejment asoslari



Download 1,88 Mb.
bet1/15
Sana26.06.2017
Hajmi1,88 Mb.
#16213
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Ismailova T.S., Haydarov B.O`.

MENEJMENT ASOSLARI

KASB – HUNAR KOLLEJLAR
UCHUN




Toshkent - 2013

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOShKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

ISMAILOVA TAJINAZIRA SAIDAMINOVNA

HAYDAROV BEKZOD O’KTAMOVICh

MENEJMENT

Kasb – hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma

Toshkent 2013

UDK: 338.24(07)

BBK: 65.050.9(2)(2)
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi yonalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan kasb – hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma sifatida tasdiqlangan va nashr etish uchun tavsiya etilgan.

Tuzuvchilar:

Ismailova T.S. – “Korporativ boshqaruv va raqobatni rivojlanti” kafedrasi katta o’qituvchisi.

Haydarov B.O’. – TDIU “Biznes” fakulteti talabasi.

Taqrizchilar:

Zaynutdinov Sh.N. – G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali “Mehnat iqtisodiyoti va boshqaruv” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori.

Jo’raeva G.Sh. -. TDIU “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi.

© “Menejment” fanidan o’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2013.

Kirish

2012 yil barchamiz ona yurtimiz, O’zbekistonimizning yangi tarixidagi eng buyuk va qutlug’ sanalardan biri – Vatanimiz mustaqilligining 21 yillik shonli bayramini keng nishonladik.

2011 yil ham mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo’ldi. Prezidentimiz I.A.Karimov 2012 yilning 19 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilning asosiy sarhisoblari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida o’tgan yil natijalariga atroflicha to’xtalib, joriy yil vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi.

Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng ko’lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq-ravshan belgilab olishni talab etadi.O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratdi. O’tgan 2011 yil ham mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida to’xtalib “Bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma obyektlarini rivojlantrishga, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir”1 deb ta’kidlab o’tdilar.

Shuningdek, I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzasida O’zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalar to’g’risida to’xtalib, “Bugungi keskin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo’lishi va mustahkam o’rin egallashi uchun bu boradagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko’rib chiqish lozim. Bunda tashqi bozorda xaridorbop, yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni rag’batlantirishni yanada kuchaytirish, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar tayyorlash zarur”2 deb ta’kidladilar.

Joriy yilning “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2012 yil uchun belgilangan maqsadlarga erishish bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, jamiyatning ma’naviy asoslarini yanada mustahkamlashda oilaning o’rni va ta’sirini oshirish, har bir oilaning moddiy farovonligini oshirish orqali xalq farovonligini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi3.

Bu o’zgarishlar jarayonida milliy iqtisodiyotning asosi bo’lgan menejmentning ahamiyati yanada oshib bormaqda.

O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi, uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallagan boshqaruv mutaxassislarini tayyorlashni zaruratga aylantirmoqda. Bugungi kunda malakali menejerlar – sifat jihatidan yangi boshqaruv namoyondalari bu sohada ko’p masalalarni hal etmoqda. Yangilikka intilish menejerlik kasbining mazmun mohiyatini tashkil qiladi. Shu bois “Menejment” fanini chuqur va har tomonlama o’rganish, bu sohada xorij tajribasini tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish bozor munosabatlariga o’tish davrida muhim o’rin tutadi.

O’quv qo’llanma kasb-hunar kollejlarining talabalariga, biznes maktablarining tinglovchilariga, litsey va gimnaziyalarning o’quvchilariga mo’ljallangan. Undan oliy o’quv yurtlarining bakalavriat bosqichidagi talabalar, shuningdek, o’zining boshqaruv sohasidagi bilimlarini kengaytirishga qiziqqan rahbarlar, mataxassislar va tadbirkorlar ham foydalanishlari mumkin.



1-Mavzu. Menejment – mustaqil fan.

1.1. Menejment fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi.

1.2. Menejmentning shakllanish tarixi.

1.3. Tarixiy maktablar va ularning menejmentga ko’rsatadigan ta’siri.

1.4. Menejmentning mumtoz yo’nalishlari.

1.1. Menejment fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi.

O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi, uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallagan boshqaruv mutaxassislarini tayyorlashni zaruratga aylantirmoqda. Bugungi kunda malakali menejerlar – sifat jihatidan yangi boshqaruv namoyondalari bu sohada ko’p masalalarni hal etmoqda.



Yangilikka intilish menejerlik kasbining mazmun – mohiyatini tashkil qiladi.

Shu bois menejmentni boshqarish fani sifatida chuqur va har tomonlama o’rganish, bu sohada xorij tajribasini tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish bozor munosabatlariga o’tish davrida muhim o’rin tutadi. Bu fan bo’lg’usi mutaxassisga oqilona ishlab chiqarishning boshqaruv strategiyasini topish, boshqarishdagi ziddiyatlarni chetlab o’tish, sheriklar bilan hamkorlikka erishish masalalarida ham nazariy, ham amaliy bilim beradi.

Ma’lumki, mustaqil O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishi bu sohada ham kadrlar tayyorlash vazifasini yangicha tarzda dolzarb qilib qo’ydi. Mutaxassislarning O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro maydonda muvaffaqiyatli himoya etishi ularning nazariy va amaliy tayyorgarligiga bog’liq. Menejment fani boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishga ixtisoslashgani bilan diqqatga sazovordir.

Menejment — bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u:

* boshqaruv hokimiyati va san’ati;

* resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi.

Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.

Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:

* yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov

* mustaqil fan

* faoliyat turi, funksiya

* jarayon

* tashkilotlarni boshqaruvchi xodimlar

* boshqaruv apparati yoki organi.

Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to’g’ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini va uning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon bo’lishi, pirovardida esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin.

Shunday qilib, sodda qilib aytganda: boshqaruv — bu tanlov, qaror qabul qilish va uning baja­rilishini nazorat qilish jarayonidir. 4

Menejment fani bu — boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqilona qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir.

Menejment fanining maqsadi - iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiyalash sharoitida menejment nazariy asoslarini keng o’rganish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlashdir shuningdek, menejment asosiy elementlari va iqtisodiy negizlarini asoslash hamda boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishdan hamda bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.









Menejment fanning vazifalari - bozor iqtisodiyoti sharoitida menejment fanining tutgan o’rni va uni o’rganish, menejmentning qonun va tamoyillarini o’rganish, ulardan amaliyotda foydalanish, menejer kadrlarni o’qitish va ulardan iqtisodiyotni boshqarishda samarali foydalanish, menejment samaradorligi ko’rsatkichlari va uni baholash usullarini o’rganishdir.


Menejment fanining asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.

Shundan kelib chiqib, menej­ment predmeti quyidagilarni o’rganadi:

* boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

* boshqarish obyekti va subyekti;

* boshqarish tamoyillari va usullari;

* boshqarish madaniyati;

* menejer va uning fazilatlari;

* menejer reytingi;

* boshqarishda qaror qabul qilish;

* boshqarish funksiyalari;

* xodimlarni boshqarish;

* ishlab chiqarishni boshqarish,

* samaradorlikni boshqarish;

* o’z-o’zini boshqarish;

* hududiy boshqarish va hokazolar.



1 – jadval

Menejment fanining tahlil usullari5




Tahlil usullari

Mazmuni

1.

Sistemali yondashuv

* Boshqariluvchi obyekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondashuv turlicha bo’lishi mumkin:

* sistemali – kompleks yondashuv

* sistemali – funksional yondashuv

* sistemali – tarkibiy yondashuv

* sistemali – kommunikatsion yondashuv


2.

Kompleks yondashuv

* Boshqariluvchi obyekt boshqa obyektlar bilan o’zaro bog’lanishda va aloqadorlikda qaraladi

3.

Tarkibiy yondashuv

* Boshqariluvchi obyekt tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganiladi

4.

Vaziyat (situatsiya) li yondashuv

* Boshqariluvchi obyektning konkret sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatga qarab boshqarishning ma’qul uslubi qo’llaniladi

5.

Integratsion yondashuv

* Boshqariluvchi obyekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondashuvlar)ni birgalikda qo’llash yordamida boshqariladi

6.

Modellashtirish usuli

* Boshqariluvchi obyektni boshqarish bo’yicha turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi

7.

Iqtisodiy – matematik yondashuv

* Optimal qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo’llash

8.

Kuzatish usuli

* Boshqariluvchi obyekt to’g’risidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to’plash usuli

9.

Eksperiment (tajriba)

usuli


* Boshqarish jarayonida boshqariluvchi obyektga nisbatan namunaviy tajribadan o’tgan usullarni qo’llash

10.

Ijtimoiy (sotsiologik) kuzatuv usuli

* Boshqarish maqsadida turli anketali so’rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o’tkazish

Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog’likliqda foydalanishni taqozo etadi.



Menejment fani boshqarish to’g’risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, sotsial, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog’liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo’llab, har bir xodimga va jamoaga ta’sir ko’rsatishga asoslanadi. Menej­ment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog’likdir.

Menejment bilan yuridik fan quyidagi hollarda namoyon bo’ladi. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, huquqiy normalarni qanday qo’llash hamda xo’jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, rahbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy hujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.

Sotsiologiya, psixologiya va mehnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o’ynaydi.

Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o’rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog’langandir. Kibernetika yutuqlari:



* boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;

* boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;

* avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga keng yo’l ochib beradi.

Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o’rganish boshqarishning sir asrorlarini chuqur anglash va ularni samarali qo’llashga imkon beradi.



Menejment obyekti haqida so’z yuritganda, eng avvalo, obyekt so’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo’ladi. Shu ma’noda obyekt — bu bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot, kishilar faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs, xo’jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va sh.k.

Menejmentning o’rganish obyektini boshqaruv faoliyatiga doir iqtisodiy hodisa va jarayonlar, firma ishini samarali tashkil etish xususiyatlari, boshqaruvning amaldagi zamonaviy shakl va usullari, uning kelajak istiqbollari tashkil etadi. Bunda menejment nazariyasining rivojlanish tendensiyasi, uni tashkil etish tamoyillari va usullari, motivatsiya va boshqaruv samaradorligi masalalari obyekt sifatida o’rganiladi.




Har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi. Shu nuqtai nazardan obyekt va subyektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin ( 2 – jadval).


2– jadval

Menejment obyekti va subyekti6

Menejment



Obyekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik)

Subyekti( boshqaruv organi, rahbarlik)

1

2

3

1. Makrodarajada

1.

Mamlakat

(respublika)



* Qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)

* Ijro etuvchi hokimiyat(O’zR Vazirlar Mahkamasi)

* Sud hokimiyati


2.

3.



Viloyat

Tuman ( shahar)





* QQR Jo’qorgi kengashi va viloyat deputatlari

* QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari

* QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari

* Tuman (shahar) xalq deputatlari

* Tuman (shahar ) lar hokimliklari

* Tuman (shahar) sudlari




2. Megodarajada

4.
5.

Konsern ( ko’p tarmoqli korporatsiya)

Sektor ( tarmoq)



* Qo’mitalar va ularning raislari
* Vazirliklar va vazirlar


3. Mikrodarajada

6.
7.

8.


Korxona (firma), korporatsiya

Ishlab chiqarish

O’z – o’zini boshqarish


* Jamoa kengashi va raislar, prezident
* Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari

* Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol) lar


Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi.



1.2. Menejmentning shakllanish tarixi.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar menejmentning rahbar kadrlarni, boshqaruv mutaxassislarini tarbiyalashdagi o’rnini tadqiq qilishni taqozo etmoqda. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, erkin fuqorolik jamiyat qurishga qaratilgan tub islohotlarning natijalari esa, ana shu sohadagi faoliyatni qanday tashkil etilganiga ko’p jihatdan bog’liq. Bu, o’z navbatida, mazkur yo’nalishda ham turli tarzda namoyon bo’layotgan maqsad, manfaat va intilishlarni ro’yobga chiqarish uchun jamiyatni demokratlashtirish, yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etish, uning iqtisodiy, siyosiy mustaqilligini mustahkamlash tamoyillariga tayanish lozimligini ko’rsatadi. Bu haqida O’zbekiston Prezidenti: “...mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi”7, deya bejiz ta’kidlamagan.

Mamlakatimizda shakllanayotgan menejment nazariyasi tushuncha va tamoyillari Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan.





Bunday vohalar aholisi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug’orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarini hal etish muhim va hayotiy zaruriyat hisoblangan. Bu vazifalarni hal etish maqsadida jamoa a’zolari u yoki bu ko’rinishdagi ishlar (keng ko’lamdagi qurilish va sug’orish ishlari, yerni sug’orish va suvni taqsimlash ustidan nazorat, jamoadagi diniy urf – odatlarning bajarilishi, bahsli masalalarni hal qilish va boshqalar)ni tashkil etish uchun o’z ichlaridan yo’lboshchilarni tanladilar. Shu tariqa, ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda alohida hurmat – e’tiborga loyiq bo’lgan kishilarning ajralib chiqishiga olib keldi. Ular ishlab chiqarish jarayonida doimiy band bo’lmasdan, faqatgina ijtimoiy va xo’jalik hayoti ustidan nazorat va rahbarlikni amalga oshiradilar.

Ilk davlatlar bundan 5 ming yil avval qadimgi Misr va Ikki daryo (Dajla va Frot) oralig’ida paydo bo’lgan. So’ng davlatchilik tizimi birin-ketin 4 -3,5 ming yil avval Yunoniston, Kichik Osiyo, Eron, Kavkazorti, Hindiston, Xitoy va O’rta Osiyo hududlarida shakllanadi.8







Boshqaruv asoslarining shakllanishi

Jamiyatning ijtimoiy – amaliy vazifalar jihatdan bo’linishi

Iqtisodiy, harbiy va diniy omillarga asoslangan diniy

boshqaruvning ajralib chiqishi

Boshqaruvning dastlabki ijtimoiy foydali faoliyatdan

kasbiy boshqaruvchilikka aylanishi

Boshqaruvchi lavozimini bajaruvchi shaxslarni moddiy

rag’batlantirish

Hokimiyatni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish Davlatning

turli vazifalarini huquqiy tartibga solish


1-chizma Boshqaruv asoslarining shakillanishi

Qadimgi boshqaruv tizimi funksiyalari

Yuqorida ko’rsatilgan omillar bilan bog’liq tarzda boshqarishning hududiy funksiyalari ham vujudga kelgan. Ushbu funksiyalar tuman, viloyat hududlarida joylashgan qishloq jamoalari, tuman aholisi (bir necha qishloq jamoalari), viloyat (bir necha tuman) aholisining munosabatlarini nazorat qilish, boshqarib turish zaruratidan kelib chiqqan.

O’zbekiston tarixida boshqaruv asoslari va tamoyillarining shakllanishi chuqur ildizga ega.Uning dastlabki bosqichlari qadimgi davr va o’rta asrlarga oiddir. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida va totalitar ma’muriy – buyruqbozlik tizimi yillarida menejmentning o’ziga xos xususiyatlari rivoj topgan.





O’rta asrlarda boshqaruvning asosiy funksiyalari davlatlarning iqtisodiy – siyosiy va ijtimoiy hayotini tashkil etish va nazorat qilishdan kelib chiqqan. Hokimiyat markaziy (umumdavlat) va mahalliy idoralar faoliyatiga tayangan. Mahalliy - hududiy idoralar markaziy boshqaruv idoralari tomonidan nazorat qilingan.



Somoniylar davlatida sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan bo’lib, ular qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayoni qozikalon, muftiy, raislar tarafidan amalga oshirilgan. Viloyat qozilari qozikalonga bo’ysingan.



Ma’muriy idoralar ikkiga bo’lingan: dargoh va devonga. Xoqon saroyida turli amaldorlar bo’lgan. Xoqonlik hududlari el va viloyatlarga bo’lingan.





Mahalliy boshqaruv tizimida qozilar va hokimlar qonunlar chiqarganlar, shariatning aholi ustidan nazoratini amalga oshirganlar. Xorazmshohlarning joylardagi noiblari – amaldorlar va sipohiylar bo’lgan. Qishloqlarda boshqaruv ishlarini oqsoqollar amalga oshirganlar.



Amir Temur va temuriylar davrida boshqaruv ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo’lgan. Dargohni Oliy hukmdor boshqargan, Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar, mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog’lanib turish kabi ishlarni Oliy devon bajargan.

Amir Temur davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib – qoidalari, huquqiy asoslarini takomillashtirdi.

Menejment shakllanish tarixini olima, iqtisod fanlari doktori D.Raximova tomonidan ishlab chiqilgan “Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot” o’quv qo’llanmalarida batafsil ifodalab berganlar va ushbu mavzuni yoritib berishda o’quv qo’llanma ma’lumotlaridan foydalanganmiz.



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish