Men sevgan adib” tanlovi uchun



Download 58 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2022
Hajmi58 Kb.
#410215
  1   2
Bog'liq
Men sevgan adib tanlovi uchun


,,Men sevgan adib” tanlovi uchun

Mundarija:

#biografiya __________________________________________________________ 1-3-betlar

#taqriz______________________________________________________________3-4-betlar

#biografiya

Deniel Kiz - orzulari ortidan hayotga qaytgan adib

Deniel Kiz amerikalik yzouvchi-fantast, filolog, psixolog. 20-asrning eng yorqin yozuvchilaridan biri, 6ta roman va bir qancha hikoyalar muallifi. Adibning tarjimai holi juda qiziqarli. Bir xil nomdagi ikkita asari uchun ikkita mukofot olgani haqida eshitganmisiz? Shifokorlikni tashlab yozuvchi bo’lishga qaror qilganinichi? Bular va adibning boshqa sirli hayot qissalari haqida batafsilroq ma’lumot berish uchun e’tiboringizga Deniel Kiz hayoti va ijodi haqidagi faktlarni taqdim etaman.



Bolalik yillari

1. Deniel Kiz 1927 yil 9-avgust Bruklin (Nyu York, AQSh) da tug’ilgan. Uning ota-onasi Uilyam Kiz va Betti Alitski Rossiya imperiyasidan kelgan yahudiy emigrantlar edi. Onasining oilasi 19-asr oxirida Ukrainadan Monrealga ko'chib o'tgan edi. Uning otasi ikkinchi qo'l mahsulotlari sotiladigan do'konni boshqargan, onasi esa kosmetolog bo'lib ishlagan. Shunday qilib, Deniel kambag’al oilada voyaga yetgan.

2. Deniel bolaligidan ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan va doimiy ko‘rlik qo‘rquvi uni tom ma’noda qo’liga tushgan har qanday kitoblarni ,,yutib yuborish’’ga majbur qilgan.

3. Har kuni kechki payt maktabdan berilgan uy vazifalarini tayyorlab bo’lgan Deniel hammaga o’xshab radioseriallar eshitishning o’rniga kitoblar o’qir edi.



Ta’lim jarayoni

3. Ota-onasi Denielning shifokor bo‘lishini orzu qilishgan, biroq u bir necha oylik o‘qishdan so‘ng tibbiyot fakultetini tashlab, AQSh dengiz flotiga neft tankerida ishga joylashadi.

4. 1950 yilda Keys Bruklin kollejini psixologiya bo'yicha bitirib, bakalavr darajasini oldi.

Ish va ijod

5. Bir oy o‘tgach, u Magazine Management nashriyot kompaniyasiga ishga joylashdi va vaqt o’tib Marvel Science Storiesruen jurnalida muharrir lavozimini egalladi. Dastlab u komikslar uchun ssenariy yozish bilan shug'ullangan. O’rgimchak odam va Temir odam kabi mashhur komikslar muallifi, ,,superqahramonlar otasi” Sten Li qo’lida faoliyat olib borgan.

6. Birinchi nashri – “Pretsedent” hikoyasi Marvel Science Stories jurnalining 1952 yil may oyidagi sonida chiqdi.

7. Shuningdek, Deniel Kiz grafik rassom va ingliz tili o’qituvchisi bo’lib ham ishlagan. Aynan o’qituvchilik faoliyati uning eng mashhur romani yaratilishiga sabab bo’lgan.

8. Yozuvchi Kris Daniel, A. D. Locke, Dominik Georg taxalluslari ostida ham ijod qilgan.

Mukofotlar

8. 1966- yilda Kiz Ogayo universitetida badiiy adabiyot professori, 2000 yilda esa faxriy professor unvoniga sazovor bo‘ldi.

9. Deniel Kiz bir xil nomdagi ikkita asari uchun ingliz tilidagi ilmiy-fantastik yo‘nalishdagi eng nufuzli ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi. 1960- yilda Gyugo mukofoti "Eljernonga atalga gullar" hikoyasi Hyugo mukofotiga loyiq deb topilgan. 1966 yilda esa shu nomdagi romani Nebyula mukofoti bilan taqdirlangan.

Shaxsiy hayot

10. Deniel Kiz 1950-yillarda Ori Vaskes ismli qiz bilan turmush quradi. Ular 60 yildan ortiq birga hayot kechirishdi v abri marta ham ajrashishni xayoliga keltirishmadi. Deniel va Ori ikki farzand ko’rishdi: Lesli va Hilari ismli qizlari bor edi. Yozuvchi xotinidan bor-yo'g'i bir yil ortiq umr ko’rdi va 2014 yilda 87 yoshida pnevmoniyadan vafot etdi.




Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish