Melioratsiya sohasidagi tadbirlarning loyihalarini, shuning



Download 0,72 Mb.
bet2/23
Sana20.03.2022
Hajmi0,72 Mb.
#502752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2 5325838435783545110

2. Qurilish va MELIORATSIYA MASHINALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash vazifalarning tobora kengayib borayotgan ko’lamlarini, shuningdek, ayrim mintaqalardagi qishloq xo’jaligi yerlarining minerallashuvi va sho’rlanganlik holatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib hamda mamlakat iqtisodiyotining ushbu eng muhim sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi “Toshkent irrigastiya va melioratsiya institutining Buxoro filiali tashkil etish to’g’risida”gi 182 – sonli qaror qabul qilindi.
Suv xo’jaligi sohasi mutaxassislarining bugungi mehnatlari zamirida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Agrar soha hodimlarining bugungi mehnatlari zamirida qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirishni ko’paytirish orqali yurtimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishdek yuksak vazifalar mujassam. tadbirlari orqali yurtimiz qishloq xo’jaligi va iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, turmush farovonligini oshirishdek yuksak vazifalar mujassam.
Yuqorida keltirilganlardan xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, yerlarni meliorativ holatini yaxshilashda biz zamonaviy terxnikalardan keng ko’lamda foydalanamiz. Shu sababli davlatimiz melioratsiya va boshqa ishlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarni tashkil etib tegishli sharoitlar yaratib berilmoqda . Men o’ylaymanki bundan keyin bu soha yanada rivojlanib qishloq xo’jaligi rivojlanishiga o’z hissasini qo’shib boradi.
«Melioratsiya mashinalari» fani zamonamizning eng kenja, lekin yetakchilaridan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ulardan yuqori hosil olishning imkoniyatini yaratadi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilashdagi yana bir muhim ish ularni mexanizatsiyalashtirish bo‘lib, ular melioratsiya mashinalari bilan amalga oshiriladi.
«Melioratsiya mashinalari» maxsus fan bo‘lib, malakali kadrlar tayyorlashda melioratsiya mashinalarining vazifalari, tuzilishi, ishlash jarayonlari va boshqalarni o‘rgatuvchi fan bo‘lib hisoblanadi.
Melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirishda asosan umumiy qurilish mashinalaridan foydalaniladi. Ammo bu mashinalar qishloq va suv xo‘jaligi qurilishida bajariladigan barcha ishlarda ishlatish imkoniyati chegaralangan, ayniqsa, maxsus agromeliorativ talab­larga javob beruvchi sharoitlarda bu mashinalarni ishlatish yaxshi natija bermaydi.
Melioratsiya ishlari jarayoniga quyidagilar kiradi: kanallar qurilishi, uni cho‘kindi va o‘t-o‘lanlardan tozalash, kanal sirtlarini tekislash, shibbalash, kanallarga beton yotqizish va ularni qirqish, drenaj qurish va ularni tozalash hamda himoya qilish, yer tekislash, yerlarni sug‘orishga tayyorlash va boshqalar.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus melioratsiya mashi­na­larini qo‘llash taqozo etiladi.
Melioratsiya mashinalari deb, ish jihozlari agromeliorativ talablarga javob beruvchi, bir ish bir nechta texnologik jarayonlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan mashinalarga aytiladi.
Melioratsiya mashinalarini aniqlovchi asosiy belgilar quyidagi­lardan iborat: bir yoki bir nechta ishlarni bajaruvchi maxsus ish jihoziga ega bo‘lish: ish jihozining shakli va joylashuvning bajaradigan ish bilan mustahkam bog‘lanish; ish jihozi shaklini o‘zgartirish imkoniyatining borligi; mashinalarni imkoni bo‘yicha melioratsiya ishlarida ishlatish, bir o‘tishda yakunlangan qurilishni bajarish; uzluksiz ishlashi.
Melioratsiya ishlarida qo‘llaniladigan umumiy qurilish mashi­nalarining asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ish jihozlarining har xil ishlarni bajarishga mo‘ljallanganligi; barcha turdagi me­liorativ va qurilish ishlarini bajarishda qo‘llanish imkoniyatining mavjudligi, ish jihozi shakli bilan bajariladigan ishning shakli orasi­dagi farqning yo‘qligi; mashinalarni davriy va uzluksiz ishlash imko­niyatining borligi: bir o‘tishda ko‘rsatilgan shakldagi qurilish ishlarini bajarish imkoniyatining borligi.
Qurilish va melioratsiya mashinalari asosan ish jihoz­larining konstruksiyasi, turi va ishlatilishi bilan farq qiladi, qolgan ko‘rsat­kichlar boshqa tur mashinalardan farq qilmaydi.
Melioratsiya ishlarini yoppasiga mexanizatsiyalashtirish, asosan qurilish va melioratsiya mashinalaridan oqilona foydalanish, yuqori ish unumdorligiga ega bo‘lgan kam xarajat va sifatli ish bajaruvchi mashinalar bilan ta’minlashdadir.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish