Mexanizmlarni ko‘chirish. Meliorativ ishlarni xarakteridan kelib chiqib meliorativ texnikalar ham ko‘chirib turiladi. SHu sababdan mexanizmlarni, texnikalarni ko‘chirish tashish ishlarida ham ayrim kutilmagan xavflar sodir bo‘lishi mumkin. Ularni oldini olish uchun tashqi ishlarida ham texnika xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor berish zarur.
Ko‘plab og‘ir texnikalar zanjirli yurish qismiga ega, ayrimlari esa og‘ir vaznga ega, 5t va undan ko‘p. Ko‘chirish masofasi ham har xil bo‘ladi. Meliorativ texnikalarni tashishda og‘ir yuk tashuvchi tirkamalar, yuk mashinalari, temir yo‘l transporti kabillardan foydalaniladi. Texnikalarning ayrim turlarini buksiri (shatakka) olib ham tashiladi. Qisqa masofalarga esa o‘z yurishi bilan ham tashiladi.
Texnikalarni yuklash va tashish maxsus javobgar shaxs kuzatuvida amalga oshiriladi. Uni ma’muriyat tomonidan tayinlanadi. Texnikalarni yuklagandan so‘ng yaxshilab mahkamlanadi. Ekskavatorni tashishda yurish qismiga tormqlovchi-to‘suvchi moslamalardan foydalanib mahkamlanadi. Strelasi ekskavator tomi sathidan past bo‘lmagan balandlikka tushiriladi. O‘lchamlari haddan tashqari katta bo‘lgan texnikalarni tashishda davlat yo‘l va avtomobil inspeksiyasi bilan kelishiladi. Bunga naryad-ruxsatnoma berilishi lozim. Bu ishda marshrurtni hay-dovchilarga tushintiriladi, ular aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Tashilayotgan (yuklab) texnika kabinasida va ustida odamlar bo‘lmasligi kerak. Texnikalarni temir yo‘l transporti bilan tashilganda temir yo‘l ma’muriyati ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilinadi.
Drachlayn turidagi ekskavatorlarni tashilganda strelasi yurish o‘qi bo‘yicha pasaytiriladi, kovshi esa yerdan 0.5-0.7m balandlikda ko‘tarilgan bo‘lishi kerak.
Shatakka olinadigan g‘ildirakli texnikalar, vagonlar vazni buksirga oluvchi mexanizm vaznidan kamida 2 marta kam bo‘lishi kerak. Aks holda ruxsat etilmaydi. Buksirga olayotgan mashina yoki traktorning quvvati buksirga olinayotgan texnika quvvatidin kam bo‘lmasligi kerak. Shatak moslamasi keraklicha mustahkamlikka 3 ga bo‘lishi lozim. Uni ishlatganda kafolat moslamalari ham yaxshi mahkamlanishi kerak. (kafolat moslamasi shatak moslamasini ilgakdan chiqib ketishini, porkovkani ochib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlatiladigan vositalar hisoblanadi).
Ikkita va undan texnikani buksirga olish umuman ruxsat etilmaydi, qat’iyan taqiqlanadi.
Texnikani yarmini shatakka oluvchi texnika ustiga yuklab tashishda texnika kabinasida (shatakka olinuvchi odam bo‘lmasligi kerak).
Buksirga olishda qattiq yoki egiluvchan (tross) vositalaridan foydalanganda texnikalar orasidagi masofa 4-6 m bo‘lishi lozim. Egiluvchan moslamalarning har bir metriga ko‘rinuvchi belgilar (bayroqcha - latta) osib qo‘yilishi kerak.
Elektr o‘tkazgichlar ostidan texnikalarni o‘tkazishda alohida e’tibor zarur. Iloji boricha tayanchlar (stolbalar) ga yaqin joyda o‘tkazish maqsadga muvofiq. Simlarni osilgan joylaridan o‘tkazishda elektr xavfi vujudga keladi.
Meliorativ texnikalarni katta qiyalikka ega bo‘lgan joylarda tashish ilojsiz holatlardagina ruxsat etiladi. Inshootlardan o‘tkazishda ularning mustahkamligi to‘liq tekshirilishi lozim. Mustahkamligi qanoatlantirmaydigan joylarda qo‘sh-imcha moslama va qurilmalardan foydalanish kerak.
Meliorativ texnikalarni temir yo‘ldan o‘tkazishda yo‘l xizmati xodimining ishtiroki zarur bo‘ladi. Temir yo‘lga shikast etkazmaslik uchun zanjirli mexanizmlarni o‘tkazishda yog‘och va boshqa materiallardan foydalaniladi.
Yer ishlarini bajaruvchi mexanizmlarni daryo, soylar va boshqa suv yo‘llaridan kechuv orqali o‘tkazishda kechuvning chuqurligi texnika g‘ildiragi yoki zanjirining ustki sathidan suvning chuqurligi ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Texnikalarni muz ustidan o‘tkazish tajribasi ham fanda ma’lum. Zaruriy holatlarda bu usuldan ham foydalaniladi.
Yer ishlarini bajaruvchi mexanizmlarni daryo, soylar va boshqa suv yo‘llaridan kechuv orqali o‘tkazishda kechuvning chuqurligi texnika g‘ildiragi yoki zanjirining ustki sathidan suvning chuqurligi ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Texnikalarni muz ustidan o‘tkazish tajribasi ham fandan ma’lum. Zaruriy holatlarda bu usuldan ham foydalaniladi.