13. Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblari
Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashda yillik ishlab chiqarish dasturi, shartli ta’mirlashlarda mexanik ta’mirlash ustaxonasining ishlab chiqarish quvvati, asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati, ishlab chiqarish ishchilari soni, ishlab chiqarish binosining umumiy maydoni, shartli ta’mirlashlarning tsexdagi tannarxi, shartli yillik samaradorlik, ish unumdorligi, fond qaytimi, rentabellik darajasi va kapital mablag’larni qoplash muddati aniqlanadi. Yillik ishlab chiqarish dasturi quydagi formula bo’yicha aniqlanadi:
, ming so’m (13.1)
bu yеrda: Ni - i–nchi rusumdagi mashinalar soni, dona;
Wi – i-nchi rusumdagi mashinaning yillik ish soatlari soni, moto-soat;
n – parkdagi mashina rusumlari soni, dona;
Sji – i-nchi rusumdagi mashinaga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashlarning solishtirma mehnat sig’imi, kishi-soat/moto-soat (10-ilova);
Ssi – i-nchi rusumdagi mashinani bir yilda saqlash xarajati, so’m (16-ilova);
Tk - qo’shimcha ishlarning yillik ish xajmi, kishi-soat;
Shartli ta’mirlashlarda mexanik ta’mirlash ustaxonasining ishlab chiqarish quvvati
, shr (13.2)
bu yеrda: - mexanik ta’mirlash ustaxonasida barcha ishlarning yillik ish xajmi, kishi-soat.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati quydagicha aniqlanadi:
, so’m (13.3)
bu yеrda: bino, jihoz, moslama va asbob-uskunalar narxi, so’m; mos holda
, (13.4)
bu yеrda: CM-1 m3 binoning solishtirma narxi, (Cm=255000…300000 so’m/m3);
V - binoning hajmi, m3.
Shartli ta’mirlashning tsexdagi tannarxi quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:
, so’m (13.5)
bu yеrda: - ish xaqi, ta’mir materiallari, ehtiyot qismlarga sarflangan va umum ishlab chiqarish xarajatlari, so’m.
Ishlab chiqarish ishchilarining ish xaqi:
, so’m (13.6)
bu yеrda: 300 - shartli ta’mirlashlarning meyoriy ish xajmi, kishi-soat;
- mexanik ta’mirlash ustaxonasi dasturini hisobga oluvchi koeffitsiеnt, =0,750,80;
Css - mexanik ta’mirlash ustaxonasi ishlab chiqarish ishchisining o’rtacha bir soatlik stavkasi, so’m/soat, Sst=850 1050 so’m/soat;
K - ustama va boshqa ishlarga qo’shimcha haqni hisobga oluvchi koeffitsiеnt, K=1,025 1,030;
Kq - qo’shimcha maoshni hisobga oluvchi koeffitsiеnt, Kq=1,08;
Ks - ijtimoiy sug’urtani hisobga oluvchi koeffitsiеnt, Ks=1,044;
Materiallar, ehtiyot qismlar va umum ishlab chiqarish xarajatlari narxi taqribiy quyidagicha qabul qilinadi:
, (13.7)
Shartli ta’mirlashning meyoriy narxi : so’m (13.8)
Yillik shartli (tejamkorlik) samaradorlik: so’m (13.9)
Ish unumdorligi
, so’m/ishchi (13.10)
bu yеrda: - ishlab chiqarish ishchilarining ro’yxatdagi soni, kishi
Fond qaytimi
so’m\so’m (13.11)
Rentabellik darajasi: % (13.12)
Kapital mablag’larni qoplash muddati: yil (13.14)
Hisoblangan ko’rsatgichlar qiymati texnik–iqtisodiy ko’rsatgichlar jadvaliga kiritiladi
13.1-jadval .Texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlar
№
|
Ko’rsatkichlar nomi
|
Belgila-nishi
|
O’lcham birligi
|
Ko’rsatgich-lar qiymati
|
1
|
Yillik ishlab chiqarish dasturi
|
Cy
|
so’m
|
|
2
|
Ishlab chiqarish quvvati
|
Nsh
|
dona
|
|
3
|
Asosiy ishlab chiqarish jamg’armasi narxi
|
Ca
|
so’m
|
|
4
|
Ishlab chiqarish ishchilari soni
|
Nr
|
kishi
|
|
5
|
Ishlab chiqarish binosi maydoni
|
Fb
|
m2
|
|
6
|
Ish unumdorligi
|
Ci
|
so’m/kishi
|
|
7
|
Fond qaytimi
|
|
so’m/so’m
|
|
8
|
Rentabellik darajasi
|
R
|
%
|
|
9
|
SHartli ta’mirlashlar tannarxi
|
Csh
|
so’m
|
|
10
|
SHartli yillik samaradarlik
|
Ey
|
so’m
|
|
11
|
Kapital mablag’larni qoplash muddati
|
T
|
yil
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |