Baholash mezonlari : Javobi to‘g‘ri topilgan 5 ta test uchun – «besh» baho, 4 ta test uchun -- «to‘rt» baho , 3 ta test uchun -- «uch» bahoqo‘yiladi.
Birorta ham javob topa olmagan, 1 ta yoki 2 ta test javoblarini to‘g‘ri topgan o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi. Ular bilan keyingi darslarda va darsdan keyin ishlab, ularni han bu kabi testlardan ijobiy baho olishlariga erishish lozim bo‘ladi.
’’Wenn diagrammasi ’’ metodi ham ’’Atoqli va turdosh otlar’’ mavzusini o’qitishda atoqli va turdosh otning o’xshash yoki farqli tomonlarini o’quvchilarga tushuntirishda yaxshi samara beradi.
Ikkita bir-biri bilan kesishgan doiralar ko’rinishidagi sxema, faktlar, hodisalar,g’oyalar taqqoslash uchun qo’llaniladi. Aylanma diagramma chiziladi. Har bir doiradagi bo’sh joylar tafovutlarni yozish uchun ishlatiladi; doiralar kesishganda hosil bo’lgan umumiy maydon ikki solishtirilayotgan hodislarning umumiy jihatlarini qayd qilish uchun foydalalniladi.
Bu metoddan, ayniqsa, darsning mustahkamlash qismida foydalanish yaxshi natija beradi. “Atoqli va turdosh ot” mavzusini 6-sinflarga o’tishda mashq va topshiriqlarni tekshirib bo’lgandan so’ng o’quvchilarga “Venn digrammasi”ni doskaga yoki qog’ozga chizdirib mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash mumkin. Bu orqali o’quvchilarning mantiqiy fikrlash ko’nikmalari va ilmiy tushunchalarga izoh bera olish qobiliyati yanada rivojlanadi.
“Chiqish xaritasi” texnologiyasi ham bo’lib unda quyidagi savollarni berish orqali o’quvchining darsda olgan bilimlarini sinovdan o’tkazish mumkin.
-Darsda eng muhim ma’lumot siz uchun nima bo’ldi?
Nima tushunarsizligicha qoldi? (Qaysi savollarga javob topilmadi?)
Darsni qaysi bosqichi sizda qiyinchilik tug’dirdi?
Dars mavzusi qaysi jihatiga ko’ra murakkab yoki oson?
Bu usul ham o’quvchini mantiqiy va chuqur fikrlashga o’rgatadi. Zamonaviy ta’limda bu kabi innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanish o’quvchilarning bilim darajasi va pedagogik mahoratning oshishiga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
To’xliyev B., Oxunjonova O., Jumashev D. O’zbek tili o‘qitish metodikasi. -T. “Bayoz” MCHJ . 2011.
Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova N. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –T. 2011.
Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik –T.: “Tasvir” nashriyot uyi.2017.
WWW.Google.com
Do'stlaringiz bilan baham: |