Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet39/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   208
ФИО автора: Oxunov Bahodir O‘ktamjon o‘g‘li
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani
35-IDUM tarix va tarbiya fani o‘qituvchisi
Название публикации: «QUDDUS FATHI SOHIBI, BUYUK SARKARDA, MISR SULTONI, AYYUBIYLAR DAVLATI ASOSCHISI SALOHIDDIN AYYUBIY TARIXI»


Annotatsiya: Salohiddin Ayyubiy buyuk hukmdor, salibchilarning shuncha asoratlariga chek qo’ygan, Quddus shahrini ozod qilgan. Buyuk Ayyubiylar davlatini tuzgan. Salibchilar shuncha xalqlarni qatl qilgan bo’lsa ham, ularga adolat qilib juda ko’plarini ozod qilgan va marhamat ko’rsatgan. Masjidul Aqsoni ozod qilgan.
Tayanch so’zlar: Salib yurishlari, Quddusning ozod qilinishi, Salohiddin Ayyubiy, Misr, Nuriddin Zangiy, Quddus qirolligi.
XII asrning o‘rtalari Yevropa xalqi istibdod va qashshoqlik asoratida kun kechirmoqda edi. Baronlar ham faqirlar ham najot istab muqaddas yer (Quddus)ga borishni umid qilishardi. Imperatorlar va qirollar ustidan mutlaq hokim bo‘lgan Rim Papasi Urban II xristian olamini musulmonlarga qarshi salib yurishiga chaqirdi. Shundan so‘ng Yevropa davlatlari ritsarlaridan tuzilgan qo‘shin Sharqqa yo‘l oldi. Oradan uch yil o‘tib salibchilar Quddusni egallab, shahardagi barcha musulmonlarni qilichdan o‘tkazdi. Muqaddas shaharning ko‘chalari hech qanday sababsiz to‘kilgan qon bilan yuvildi.
Salibchilar qo‘shini Quddus shahrini egallaganiga deyarli yuz yil o‘tib, Sharqda ularni to‘xtatishga qodir yangi kuch paydo bo‘ldi. Musulmonlar Salohiddin al-Ayyubiy bayrog‘i ostida birlashib, nasroniylarga qarshi kurash boshladi. Bugungi maqolamizda Salohiddin Ayyubiyning Quddusni nasroniylardan qaytarib olishi haqida so‘z yuritamiz.

Salohiddin al-Ayyubiy hijriy 532 yil, milodiy 1137 yilda Mesopotamiyaning Tikrit shahrida tug‘ilgan. Yevropada u “Saladin” nomi bilan mashhur. Uning haqiqiy ismi al-Malik an-Nosir Saloh Abul-Muzaffar Yusuf ibn Ayyub bo‘lgan. Salohiddin unga berilgan laqab bo‘lib, “dinning saodoatli iqboli” degan ma’noni anglatadi. Salohiddin al-Ayyubiy asli kurd bo‘lgan. Lekin, bir guruh tarixchilar uni arab bo‘lganligini ta’kidlashadi.


Salohiddin yoshligidan diniy va dunyoviy ilmlarga juda qiziqqan. U hofiz bo‘lgan, ya’ni Qur’oni Karimni yod olgan. Salohiddin yoshligida falsafaga o‘zgacha qiziqgan. Bundan tashqari u riyoziyot (matematika) ilmiga oshno bo‘lgan. Salohiddinning bolaligi haqida ma’lumot kam.
XII asrga kelib, Abbosiylar xalifaligi uch qisimga bo‘linib ketdi. Misrda shia oqimidagi Fotimiylar sulolasi hukmronlik qilib, ular Bag‘doddagi xalifa hokimiyatini tan olmas edi. Kichik Osiyo salibchilarning, Mesopotamiya va Suriya esa saljuqiy sulton Nuriddin Zangiyning qo‘l ostida bo‘lgan.
Salohiddin al-Ayyubiy harbiy faoliyatini amakisi Asad ad-Din Shirkux qo‘l ostida kichik zobit unvoni bilan boshlagan. U 1171 yilda amakisi bilan Misrga yurish qiladi. Shirkux Misrdagi Fotimiylar sulolasining hukmronligiga barham berdi. 1174 yilda Asad ad-Din Shirkux vafot etgach, Salohiddin Misr mustaqilligini e’lon qilib, Ayyubiylar davlatini qurdi.
Men uchun barchasi amakim bilan bo‘lgan yurishlardan boshlandi. U Misrni qo‘lga kiritgach, vafot etdi. Shundan so‘ng, Alloh menga o‘zim kutmagan hokimiyatni berdi”, deb yozadi mashhur sarkarda Salohiddin Ayyubiy o‘z qaydnomalarida.
Salohiddin Misrda mustaqil davlat tuzgach, 1170 yilda salibchilar ustiga yurish qiladi. Remle yaqinida Quddus qiroli Balduin IV bilan bo‘lib o‘tgan jangda sulton kutilmaganda mag‘lubiyatga uchraydi. Shundan so‘ng, Ayyubiylar sultoni Qohiraga qaytishga majbur bo‘ladi. Salohiddin Quddusni qaytarib olishga qasam ichgan edi. Shu sababli navbatdagi yurishga har tomonlama tayyorgarlik ko‘radi. U 1182 yilda Mosul amirligiga hujum qilib, ularni o‘ziga bo‘ysundiradi. Keyinchalik, Salohiddin salibchilar bilan ittifoqda bo‘lgan Aleppo (xozirgi Halab) qal’asini egallaydi. Sulton salibchilarning barcha ittifoqchilarni birma-bir yo‘q qilgach, nasroniylar ustiga yurish qilish uchun qulay fursat kutdi.
1185 yilning aprel oyida Quddus qiroli Balduin IV moxov kasalligidan vafot etdi. Qirolning olti yoshli o‘g‘li Balduin V taxtga o‘tirdi. Ammo, qirolning yoshligidan foydalangan Gi de Luzinyan va Reno de Shatilon hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishdi. Luzinyan Quddus qiroli etib saylandi. Shunda so‘ng, yangi qirol Salohiddinga qarshi urush ochish uchun Hajga ketayotgan karvonni talatib, karvondagi barcha musulmonlarni qilichdan o‘tkazadi. Bundan xabar topgan Salohiddin salibchilarga qarshi yurish boshladi.
Qirol Gi de Luzinyan va Reno de Shatilon Salohiddin ustiga yurish qilish uchun qo‘shin to‘pladi. 1185 yilning yozida salibchilar qo‘shini Quddusdan yo‘lga chiqdi. Salohiddin esa salibchilarni Falastinning Xettin qishlog‘i yaqinida kutib turdi. Xavoning issiqligi, yo‘lning uzoqligi va suvsizlik nasroniylar qo‘shiniga katta talafot
keltirdi. Sulton salibchilarni suvsiz qoldirish maqsadida yo‘ldagi barcha quduqlarni ko‘mdirib tashladi. Shu sababli, ko‘plab ritsarlar suvsizlikdan yo‘lda o‘lib ketdi. Salibchilar holdan toyib Xettin yaqiniga yetib kelishdi.
1187 yil 4 iyul kuni Xettin yaqinida Quddus qiroli Gi de Luzinyan va Salohiddin o‘rtasida shiddatli jang boshlandi. Salibchilar bu jangga o‘zlari bilan hazrati Iso osilgan deb ishongan “Muqaddas xoch”ni olib kelishdi. Ikki qo‘shin bir-biri bilan jang qilishni boshladi. Salohiddin Xettin jangida Quddus qiroli Gi de Luzinyan va Reno de Shatilon boshchiligidagi salibchilarni mag‘lub etdi. Bu g‘alaba musulmonlarning yaqin yuz yillikdagi eng muhim g‘alabasi bo‘ldi. Sulton hojilar karvoniga hujum qilgan Reno de Shatilonni o‘z qilichi bilan chopib tashladi. Salohiddin al-Ayyubiy salibchilar egallab turgan qal’alarni zabt etish uchun Quddus qiroli Gi de Luzinyanni tirik qoldiradi.
1187 yilda Salohiddin al-Ayyubiy Quddus tomon qo‘shin tortdi. 20 sentyabr kuni sulton qo‘shini shaharga yetib kelib, qamalni boshladi. Qal’ada 60 minglik salibchilar qo‘shini bor edi. 27 sentyabr kuni qal’a devori manjaniqlar orqali teshildi.
Quddus uchun ayovsiz jang boshlandi. Ikki tomon ham juda katta yo‘qotishlarga uchradi. Salibchilar bir kun taslim bo‘lish uchun sultonga elchi jo‘natishdi.
Salibchilarning yarim yovvoyi lashkari sarhadlari Falastindan Antioxiya
(hozirgi Turkiyaning janubiy-sharqiy qismidagi Antiokiya shahri)gacha cho‘zilib ketgan Quddus podshohligini tashkil etib, Quddusni o‘z poytaxtlariga aylantirdi. Biroq muqaddas Falastin yerlariga dahshat va qayg‘u-alam olib kelgan bebosh Salibchilarning hukmronligi uzoq davom etishi mumkin emas edi. Taniqli sarkarda va siyosiy arbob, Qohira sultoni Salohiddin Ayyubiy Yaqin Sharqdagi barcha musulmon amirliklarini birlashtirib, 1187 yil 3 iyulda Jalila (Genisaret) ko‘lidan g‘arbroqdagi Xittin qishlog‘i yaqinida bo‘lgan jangda salibchilarning qo‘shinlariga qaqshatqich zarba berdi. Jangdan so‘ng Salibchilar qo‘shinlarining ikki bosh qo‘mondoni Reno Shatilonskiy va qirol Gi Salohiddin Ayyubiyning huzuriga olib kelindi. Shundan keyin musulmonlarni qiynoqqa solish va qirg‘in qilish bilan yomon nom chiqargan Reno Shatilonskiyni qatl qilishga qaror qilindi. Qirol Gini esa, aybi bo‘lmaganligi uchun ozod qilib yubordilar. Falastin odamlar orasidagi chinakam adolatli munosabatga yana bir karra guvoh bo‘ldi.
Xittindagi jangdan so‘ng Salohiddin Ayyubiy Quddus shahrini salibchilar hukmronligidan batamom ozod qildi, aynan Me’roj kechasi arafasida Falastinning 88 yillik istilosiga nuqta qo‘yildi. Salibchilarning 88 yillik hukmronligi davrida shaharda qachonlardan buyon yashab kelgan barcha musulmonlar yo‘q qilingan edi.
Salohiddin qo‘shinlari shaharga kirib kelgandan so‘ng, unda qolgan Salibchilar o‘zlari ham ana shunday qismatga duchor bo‘lishlarini qo‘rquv bilan kutdilar. Biroq Salohiddin shahardagi bironta ham nasroniyga zarar yetkazmadi. Bundan tashqari, u
faqat o‘zlarini Salibchilar qo‘shiniga mansub hisoblagan katolik nasroniylarga shaharni tark etishni buyurdi. Pravoslav nasroniylar esa shaharda qolib, hech qanday jabr-zulm va kamsitish ko‘rmay, odatdagiday hayot kechirdilar va diniy ibodatlarini ado etdilar. Angliyalik tarixchi Karen Armstrong musulmonlarning Quddusdagi ikkinchi g‘alabasini shunday ta’riflaydi: 1187 yilning 2 oktyabrida Salohiddin va uning qo‘shinlari Quddusga g‘olibona kirib kelishdi va endi shahar 800 yil musulmonlarniki bo‘lishi kerak edi. Salohiddin pravoslav nasroniylarga va’da berganiday, shaharda Islom adolatining yuksak tamoyillarini o‘rnatdi. Qur’onga itoatan u hech kimga zulm o‘tkazmadi, 1099 yildan buyon Salibchilar tomonidan shaharda qirib tashlangan dindoshlarining begunoh o‘limi uchun qasos olmadi.
Bironta ham nasroniy qatl etilmadi, ulardan biron kishiga ham zulm qilinmadi. Asir tushgan Salibchilar uchun tovon puli eng kam miqdorda belgilandi. Qur’on oyatlari orqali buyurilganiga ko‘ra, og‘ir aybi bo‘lmagan ko‘plab Salibchilar tovon pulisiz ozod qilib yuborildi. Salohiddinning inisi Odil ishlatish uchun o‘ziga 100 yaqin asirni so‘rab olgan edi, ammo keyinchalik ularning og‘ir ruhiy holatdaligini ko‘rgach, hech qanday tovonsiz barcha harbiy asirlarga javob berib yubordi. Ayrim boy nasroniylar shahardan ketishga qaror qildilar. Ular barcha boyliklarini o‘zlari bilan olib, shaharni hech qanday to‘siqsiz tark etdilar. Vaholanki, ana shu boyliklar barcha asirlarni sotib olib, ozod qilishga yetarli edi. Yepiskop Geraklius o‘zi uchun 10 dinor to‘plab, to‘plagan hamma mol-mulkini aravaga yuklab, shaharni xotirjam tark etdi.
Sulton Salohiddin va uning qo‘l ostidagi musulmon qo‘shinlari nasroniylarga chinakam adolat va rahm-shafqat bilan munosabatda bo‘ldilar, mag‘lubiyatga uchragan jangchilarga ularning Salibchi sarkardalariga qaraganda ham ko‘proq adolat ko‘rsatdilar.Sulton Salohiddin Quddusdagi barcha nasroniylarni to‘lov evaziga shaharni tark etishlari uchun ruxsat beradi. Qal’a qo‘mondoni bu taklifga rozi bo‘ldi.

Salohiddin al-Ayyubiy Quddusga juma kuni kirib keldi. O‘sha kuni shaharda azon aytilib juma namozi o‘qildi. Salohiddin Quddusni yegallagach Askalon, Akra, Tiveriada va Trablus grafligining bir qismini egalladi. Musulonlar kuchga to‘lganidan qo‘rquvga tushgan Rim Papasi Kilment III yangi salib yurishini tashkillashtirdi. Bu yurishda Angliya qiroli Richerd I Sheryurak, Fransiya qiroli Filipp II va Germaniya imperatori Fridrix I Barbarossa ishtirok etdi.




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Nadejda Chekasina “Buyuk o’tmish sahifalari”

  2. Ahmad Muhammad Tursun “Salohiddin Ayyubiy”

  3. Azizbek Ashurov “Salohiddin Ayyubiyning adolati”

  4. Hamidulloh Beruniy “Salohiddin Ayyubiy haqida hozirgi fikrlar”

  5. Sardor Ali Nurmatov “Quddusning fath etilishi”

  6. www.Ziyonet.uz


Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish