Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet36/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   208
ФИО автора: Farg'ona viloyati Quva tumani 33 maktab ona tili adabiyoti fani o'qituvchisi Nurmatova Umidaxon Mirzaxamdamovna
Название публикации: «ADABIYOT DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA TA'LIM TEXNOLOGIYALARNING O'RNI»


Annotatsiya. Ushbu maqola adabiyot darslarini samarali tashkil etishda o'qituvchidan dars o'tish jarayonida yangi talim texnologiyalarini tatbiq etish, ta`lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli tuman metodlar bilan boyitishda nimalar qilish kerakligi haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: dars, samarali, adabiyot, texnologiya, metod, bahs- munozara, bilim

Hozirgi kunda dars o'tish jarayonida yangi talim texnologiyalarini tatbiq etish ayniqsa, chuqur nazariy bilimlar berish, nazariy bilimlar asosida amaliy faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Hozirda boshqa fan sohalari qatori adabiyot fanida ham o'qitishning zamonaviy texnologiyalaridan unumli foydalanilmoqda. Har bir o'qituvchi darsini samarali tashkil qilish uchun turli metod va texnologiyalarga murojaat qilib o'quvchilarga imkon qadar tushunarli tilda dars o'tishga, ularni mavzuni chuqur o'rganishiga va xotirasida uzoq vaqt eslab qolishiga harakat qiladi. Adabiyot darslarida dars metodini tanlash masalasiga bir tomonlama yondashish yaramaydi.Ya'ni an'anaviy hamda zamonaviy metodlar uyg`unlashmagan dars mashg`ulotidan yetarlicha samara kutib bo`lmaydi. Har bir dars qanday mazmun va ko'rinishda bo'lishidan qat'iy nazar, ta'lim mazmunining joriy etilishini ta'minlovchi barcha turdagi o'qitish texnologiyalarini o'zida mujassamlashuvini talab etadi. Darsni tashkil etish imkoniyatini beruvchi alohida jihatni ifodalaydi hamda o'qitishning tegishli metodlaridan foydalanishni talab etadi. Shu bilan birga har bir zamonaviy dars qaysi o'quv predmetiga taalluqli bo'lishidan qat'iy nazar, ma'lum yoshdagi, bilim va malaka darajalari yaqin bo'lgan o'quvchilar guruhining o'quv-bilish faoliyatlarining faol va rejali bo'lishini ta'minlovchi tashkiliy jarayon hisoblanadi. O'qituvchi dars jarayonida boshqa ma'lumotlarni berish bilan bir qatorda Internet ma'lumotlari, multimedia orqali suratlar, jadvallar va shunga o'xshash mavzuga oid qo'shimcha ma'lumotlarni ko'rsatib o'tsa, bu o'quvchilarning nafaqat darsga bo'lgan qiziqishi oshiradi, balki o'quvchini mustaqil o'qishini talab darajasida shakllantirishga, mavzuni imkon darajasida to'la o'zlashtirishiga ham yordam beradi.Adabiyot dars jarayonlarida zamonaviy


ta'lim texnologiyalaridan foydalanish yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda o'z samarasini berayotganliginng bevosita guvohi bo'lib turibmiz. Shunday metodlardan biri "muammoli vaziyatlar yaratish" metodi bo'lib, unda darsning boshida muammoli vaziyat yaratish va dars davomida hal qilish, uni hal qilishda faol ishtirok etgan o'quvchilarni rag'batlantirish bo'lib,bu metod orqali tarbiyalashda o'z samarasini beradi. O'quvchining fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani ob'ektiv ravishda izlanishga va mantiqan to'g'ri ilmiy xulosalar chiqarishni o'rganishga da'vat etadi. O'rganiladigan material o'quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. U esa vujudga keladigan muammoni hal qilish uchun o'rganilayotgan qoidalarni to'g'ri tushunishga tirishadi. O'quvchilarning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlarning shakllanishi ularning shaxsida qiziquvchanlik, o'tkir zehnlilik, mustaqillik, o'qishga qiziqish va ijodga intilish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Bunda albatta o'qituvchi o'quvchining yoshi, aqliy qobiliyati, individual xususiyatlari, bilimi,iqtidorini hisobga olgan ravishda ma'lum mavzu asosida dastur talabidan kelib chiqib tashkil etilishi lozim. Qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsak, har bir sinfda sinfdan tashqari o'qilgan barcha asarlardan ayrim voqealarni o'quvchilarga mos ravishda sahnalashtirish mumkin. Bu o'quvchidagi nutqni rivojlantirishga, lug'at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o'quvchilarning diqqat xususiyatlari faollashib, xotiralarida saqlash qobiliyati o'sadi. Sahnalashtirish o'quvchini har tomonlama yo'naltiradi, ya'ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissyorlik kabi kasblarda ilk tasavvurlarni o'rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o'qituvchi rahbarlik qiladi. O'quvchilar ifodali o'qishlari o'quvchilarda zavq-shavq uyg'otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o'qib o'rganishga intilish uyg'otadi. Har bir darsda yangi kitoblar tavsiya qilinadi. Tavsiya formalari turlicha bo'lib, ular fikr almashuv, kitobni ko'rsatib, to'g'ridan - to'g'ri tavsiya qilish, sinfda kichik tematik yoki avtorga tegishli ko'rgazma tashkil etish, o'quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o'qib berish, rasm ko'rsatish, diapozitiv yoki parchasini namoyish qilishdan iborat. Har bir darsda o'quvchilar hikoya, ertak, she'r o'qiydilar; hajmi kichik asarni yaxlit, hajmi katta bo'lsa, ikki - uch dars davomida o'qiydilar, sinfdagi barda o'quvchilar o'qigan kitobidan biror parchani o'qib beradilar. Ko'proq ovoz chiqarib o'qiydilar, bundan tashqari, darsda ichda o'qishdan ham, she'r yodlashdan ham, rollarga bo'lib o'qishdan ham foydalaniladi. Bunday darslarda adabiy viktorina (bir mavzu ustida savol- javob o'yini), eng yaxshi insholar, illyustratsiyalar, topishmoq topish, konkurslar o'tkazish, topishmoqlar albomini tuzish, tayyorgarliksiz jamoaviy yoki individual ravishda ertak to'qib aytish, o'quvchilar hayoti haqida,
yozuvchilarning chuqur ma'noli gap (hikmatli so'z)lari va maqollar, latifalar aytish mumkin. Ba'zan o'qituvchilar bunday darslarda innovatsion texnologiyalaridan "Hazil minuti", "5 sekund o'ylash uchun", "Topishmoqlarni top", "Bilimdonlar klubi" kabi qiziqarli mashg'ulotlarni doimo o'tkazib turadilar.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, innovatsion texnologiyalar dars jarayonida qo'llash ta'limning an'anaviy tizimidan farqli ravishda innovatsion texnologiyalar asosida o'qish darslarining har bir jarayonida o'quvchining faolligiga asoslangan, mustaqil faoliyati, o'zlashtirish qobiliyatini hisobga olgan holda, ta'lim jarayoniga to'liq jalb etilishi yotadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

  1. Zunnunov A., Esonov J. Maktabda adabiyot o'qitish metodikasi. T., "O'qituvchi"1985.

  2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qo'llanma.- Qarshi, "Nasaf", 2000

  3. Yo'ldoshev Q., Madayev O. Adabiyot o'qitish metodikasi.T., "Universitet", 1994.


Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish