Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet3/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
ФИО автора: Radjabov Komronbek. Ulug’bek o’g’li
Jahon iqtisodiyoti va diplamatiya universiteti xalqaro huquq fakulteti magistranti Название публикации: «TASHQI SIYOSIY PROPAGANDA TURLARINING XUSUSIYATLARI»


Annatatsiya:
Mazkur maqolada XXI asrning o’ta ahamiyatli quroli bo’lgan, propaganda masalalari o’rganiladi. Propaganda sohasida qo’llaniladigan maxsus nazariy va amaliy usullarning xususiyatlari hamda ishlash qonunlari va mexanizmlari konseptual ko’rinishda yoritildi.
Аннататция:
В данной статье рассматривается пропаганда, одно из важнейших орудий 21 века. Концептуально описаны особенности специальных теоретических и практических методов, используемых в сфере пропаганды, а также законы и механизмы их действия.
Annatation:
This article examines propaganda, one of the most important weapons of the 21st century. The features of special theoretical and practical methods used in the field of propaganda, as well as the laws and mechanisms of operation are conceptually described.
Kalit so’zlar:
Propaganda, propagandist, omma, OAV, intelektual, korrespandensiya, reportaj, aks ta’sir Ключевые слова:
Пропаганда, пропагандист, общественность, СМИ, интеллектуал, корреспонденция, репортаж, обратная связь
Keywords:
Propaganda, propagandist, public, media, intellectual, correspondence, reportage, feedback
Tashqi siyosiy propaganda amaliy jihatdan qo’llanilganda, jurnalistikaning barcha janrlaridan foydalaniladi: informatsion eslatma, maqolalar va korrespondensiya, (yozishma) reportajlar, insho,
kommentariyalar, obzorlar, fele’tonlar, pamfletlar va h.k. Mamlakatning ichki sharoitida qo’llaniladigan turlicha propaganda usullari kabi, xalqaro muloqot miqyosida olib boriladigan OAV faoliyati ham shu kabi turli-tuman usullarni talab qiladi. Aktual muammolarga bag'ishlangan, jurnalistika va ommaviy chiqishlarning u yoki bu mamlakatdagi yaxshi materiallari chet elda ham o’zining auditoriyasini topa oladi. Axborotni chet el jamiyatiga yetkazish vazifasi, tashqi siyosiy propaganda fuksiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
SHuningdek bu vazifani amalga oshirish, faqatgina kompleks usul-vositalarni qo’llagandagina amalga oshadi. Bu borada ham yozma ham illyustrativ materiallar ishlatilishi lozim bo’ladi. Ularning ba’zilari, auditoriya ruhidan kelib chiqqan holda maxsus yondashuvni talab etadi. Propagandist omma uchun uzluksiz ravishda ham gnosologik-informatsion hamda madaniy hordiq chiqaruvchi programmalar bilan ta’minlab turishi shart. Propagandist cho’ntagida jurnalistikaning barcha turli-tuman janrlari bo’lmog’i darkor.
Propagandist bir narsani nazardan chetda qoldirmasligi keraki, uning yetkazgan yoki yetkazmoqchi bo’lgan ma’lumoti, OAV orqali namoyon qilingan hodisani to’ldirishi yoki aksincha omma nazariga birlamchi
(birinchi qo’l) faktlarga asoslangan hodisa bilan tanishtirishi mumkin. Bunday hollarda propagandist ommani ishonchini qozonishda yoki o’zining informatsiyasi orqali kuzatuvchilarning ongiga kirish uchun ularga taqdim qilingan ma’lumotlarni mazmun-mohiyatini yetkazishda illyustratsion vositalardan hamda auditoriyada mavjud bo’lgan ustanovkalar orqali ularning miyasiga quyishi kerak bo’ladi.
Propagandistning asosiy vazifasi shundaki – hodisalarni aniq interpritatsiya qilish (sotsiol mohiyatni sinflar nazarida baholash) va omma uchun o’g’ir bo’lgan analitik-gnosologik xabarlar berish. Masalan, Rassiyada kosmik kema uchirilishi to’g’risidagi informatsiyon eslatma tariqasida taqdim etilgan materiallarga nazar solsak. G’arb mamlakatlariga qaratilgan informatsiyada voqeaning ilmiy-texnik sensatsiya jihatidan
yoritilganligiga guvoh bo’lamiz. Ya'ni uchish pragrammasining asosiy vazifalari bayon etiladi. Rossiya
kanallaridan kutilayotgan qo’shimcha informatsiyon yuk sifatida, Rossiyaning bu boradagi inovatsiyon yutuqlari, progressiv faoliyati bo’rttiruvchi faktlar bilan omma diqqatiga taqdim etiladi. SHu bilan birgalikda chet el auditoriyasi uchun, uchuvchi shaxs mardonavor hamda vatanparvar yorqin hammaga o’rnak bo’la oladigan persona sifatida ilgari suriladi.
Umuman olganda birorta davlatni energetika sohasi yoritilganda, bir qancha tashviqot omillariga duch
kelamiz. Masalan,mashina qurilish sohasidagi mahsuldorlikni sun'iy tarzda ko’paytirish, qiymati aholining statistik ehtiyojiga mos tushishi kerakligi lozim. Bu o’z navbatida davlatning obro’-e’tiborini va qudratini yanada oshiradi. SHuni ham nazardan chetta qoldirish kerak emaski, propaganda qilayotgan taraf voqea- hodisani mutloq yolg’on materialdan konstruksiya qila olmaydi. Unda har doim yolg’on va chin arashmalari mavjud bo’lmog’i lozim. Aks holda natija bermaydi. Yana shuni ham eslatib o’tishimiz kerak-ki, informatsiya ko’lami oz ham ko’p ham bo’lishi kerak emas. CHunki oz bo’sa-da tomoshabin voqea-hodisa haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lmaydi, ko’payib ketsa uning kognitiv funksiyalari ma’lumotlarni yaxshi singdira olmaydi.
SHu sababdan mutaxassisi auditoriya xarakterini hisobga olgan holda yetarli normal miqdordagi informatsiya bera olish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.
Tepada aytib o’tilgan gnosalagik-analitik bosim usullari, korrespandensiya kabi informatsion turda ham keng qo’llaniladi. Agar OAV ning turli vositalari orqali yoritilishi kerak bo’lgan dolzarb yoki yirik hodisa, tabiyki korrespondensiyasiz amalga oshmaydi. Bunday hollarda korrespondensiyaga katta talab bo’ladi, chunki informatsiya orqali ommani qamrab olish uchun, informatsiya voqea joyidan yetkazilishi shart.
Omma informatsiyani faqatgina ichki ya'ni rodio va telivizor studiyasidan emas balki, tashqi informatordan eshitgisi keladi. Bu nuqtada yana bir nozik jihatga e’tibor berishimiz kerak-ki, omma informatordan
to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot olishni emas ko’proq uning nuqtai-nazariga va sharhlab berishiga qiziqadi, chunki ommada mustaqil fikrlar yoki hodisaga aqliy jihatdan rotsional individual baho berish sifati juda past bo’ladi. SHu sabab ular korrespondent tomonidan izohlangan hodisa qanchalik to’g’ri yoki noto’g’ri ekanliga emas, ko’proq uning yuzaki jozibasiga e’tibor qaratadi. Ommaning bunday intellektual past fikrlash sababini sotsiolog G.Tard va G.Lebon asarlarida berilgan to’liq izohini ko’rishimiz mumkin.
Korrespondensiya va repartaj usullari tashqi siyosiy propaganda maqsadiga qaratilgan bo’lsa, ular o’rtasida o’ziga hos tafovvut mavjuddir. Reportaj janri korrespondensiyadan farqli o’laroq, voqea-hodisalar rivojini ommaga taqdim qilish, va uning asosiy vazifasi hodisaning muhim belgilarini, ijtimoiy-siyosiy mazmunda ochib berilishi bosh maqsad sifatida maydonga chiqadi. Bu borada muallif chet el jamiyatiga tushunarsiz bo’ladigan holatlardan qochib, voqealar rivoji yoritilishiga aniq tus berishi lozim bo’ladi. Albatta, bunday material uchun muallifdan katta mahorat talab qilinadi.
Propaganda olamida keng qo’llaniladigan yana bir muhim usul haqida ham to’xtalib o’tishni lozim topdik. Bu usulda bir shaxsning hayot taqdiri ocherk sifatida yoritilib omma diqqatiga taqdim qilinadi. To’g’ri, siz :" bunday ahamiyatsiz bir insonning hayoti nahotki, propaganda bo’la oladi!?" - dersiz. Lekin bu bir inson taqdiri orqali xuddi shu insonning achinarli taqdiri jamiyatni analogiya sifatida inson miyasiga obroz sifatida singdirishi mumkin. Misol tariqasida O’zbekiston telekanallari orqali yoritilgan bir insonning hayot yo’lini olaylik. U hayoti davomida juda og’ir qiyinchiliklarga uchragan hech kim unga yordam berishni xohlamagan, keyin u foizga qarz olib chet elga ishlagani ketadi. Afsuski, uni aldab pulini berishmagandan keyin u och- nochor ahvolda o’z vataniga qaytib kelib, oilasi bilan ko’chada och qoladi. Bu voqealarni shunday
professional darajada yorqin qilib yoritishadiki, inson ruhiga qattiq ta’sir qiladi. Bu teleprogrammani kuzatayotgan chet el auditoriyasi ongida go’yo butun jamiyat shunday iqtisodiy qiyinchilikda, O'zbek jamiyati bir-biriga yordam bermaydi, butunlay befarq degan xarakteristika berishi tabiy hol. Lekin bunday ayanchli taqdir egalari o’sha eng rivojlangan g’arb mamlakatida ham qalashib yotganligi hammaga ayyon.
Propagandaning “Aks ta’sir” nomi bilan yuritiluvchi yana bir usuli mavjud bo’lib, hozirgi kunga qadar juda keng qo’llanilib kelmoqda. Bu usul orqali ko’plab insonlar ongiga kuchli ta’sir qilsa bo’ladi. “Aks
ta’sir”usulining ishlash mexanizmi shundan iboratki, qo’llanilgan vaqtda teskari valentlik kelib chiqadi. (1) Masalan, sizga “qo’lida banan ushlagan maymun haqida o’ylama”deydigan bo’lsak sizning ongingizda xuddi ana shu tasvir uyg’onishi aniq.XXI asr boshlarida AQSH mamlakatida o’z joniga suiqasd qilish holatlari
ko’paya boshladi. Hukumat bu holat bilan kurashish uchun barcha OAV orqali mutaxassis psixolog va psixiatrlar yordamida to’xtovsiz tushuntirish ishlari olib borildi. Xattoki, din peshvolari ham bu borada tinmay gapirishardi. Din peshvolari bu holat qanday yomon gunohlarga olib kelishi tushuntirsa, psixologlar bundan qanday qutilish yo’llarini o’rgatishardi. Afsuski, bu loyiha boshlangandan ko’p o’tmay o’zini
o’ldiruvchilar soni keskin ko’payib ketdi. Olimlarni bu holat taajjubga soldi. Qo’llanilgan usul aks ta’sir berdi.
Olimlar suidsid haqidagi informatsiya oqimini zudlik bilan to’xtatish kerakligini aytdilar, so’ng darhol
hukumat bu jarayonni to’xtatdi. Bunday paradoksal holat olimlar orasida katta bahs-munozaraga olib keldi. CHunki informatsiya oqimi to’xtagandan so’ng suidsid qiluvchilar miqdori tobora kamaya boshladi. Buning sababi shundaki insonga birorta narsa haqida axborot berilsa, uning salbiy yoki ijobiy bo’lishidan qa’tiy nazar inson ongida ilyustratsiya jarayoniga olib keladi. Agarda individ kayfiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi holatlar yuzaga kelsa, ilyustratsiyta holatidan frustratsiya jarayoniga o’tadi. Yani fikran hayolda suidsid jarayonini bir necha marotaba takrorlagan kishiga buni real voqelikda bajarish ancha onsonroq kechadi.
Lekin bu degani “aks ta’sir”usuli faqat bunday mexanizm orqali ishlaydi degani emas. Masalan, g’arb mamlakatlari Rossiya federatsiyasini propaganda qilganlarida, yani Rossiya o’lkasiga nisbatan salbiy obraz paydo qilishga uringanlarida, umuman teskari natijaga olib kelgan. G’arb mamlakatlaridan Rossiyaga
keluvchi turistlar soni aksincha ko’paya boshlagan. Albatta bu xatoga yo’l qo’yilgan, anglanmagan holatdagi propaganda edi. Lekin hozirda bu usul anglangan, aniq bir maqsadga yo’naltirilgan, juda mohirona tarzda qo’llanilmoqda. Yana bir misol tariqasida ‘’jadid’’ jurnalida chop etilgan bir maqolaga diqqatingizni qaratishingizni so’rayman! Maqolada yozilishicha, hozida jamiyatning muammosiga aylanib ulgurgan foxishabozlik degan yomon illat tobora kuchayib borayotgani, zudlik bilan bu salbiy illatga chora ko’rib, ildiziga bolta urish kerakligi hamda yosh-yosh qizlarni jalb qilinayotganliklari va ana shu hodisa yuz
berayotgan hudud yani Qo’yliq maskani ko’rsatib o’tilgan edi. Afsuski yana o’sha salbiy, balki kimlar uchundir kutilgan natija berdi. O’z o’rnida bu maqola ajoyib reklama o’rnini o’tab berdi. O’zingiz o’ylab ko’ring 16-22 gacha yoshda bo'lganlarni jamiyat muammosi qiziqtiradimi ? Albatta yo’q. Ularning ko’zi aynan dislokatsiya belgilangan joyiga tushishi tabiiy hol edi. Bu holat ular bu joyni bemalol topib borishi uchun sharoit yaratib berdi. Natija aks ta’sir berdi.
Propaganda olamida “diqqatni tortish”usuli ham katta shuhrat qozongan. Bu propaganda sohasida klassik metod hisoblanib, uning qo’llanish ko’lami juda keng. Bugungi kunda deyarli barcha televideniye yangiliklari bir-biriga bog’liq bo’lmagan voqealar haqida jozibali vizual va axborot xabarlarining kaleydoskopik to’plamidir. Buning o’ziga xos mantiqi mavjud. I.Kalinauskas "juda ko’p xilma-xil ma’lumotlar mavjud bo’lganda, odam uni mazmunli qayta ishlay olmaydi" - deb hisoblaydi. SHuning uchun ma’lumotlarni u bir butunlikda o’z ongiga kiritishga majbur, ya'ni uni tanqidsiz qabul qiladi. Ba’zan, aksincha, qattiq kodlangan
(a’nanaviy) voqealar e’tiborni siyosiy harakatdan chalg’itish uchun ishlatilishi mumkin, gohida esa jamoatchilik faolligini oshiradi.
SHunday qilib, Yeltsin 1999-yil 31-dekabrda juda mohirona nafaqaga chiqdi, o’sha vaqtda hamma odamlar yangi yilni nishonlab, to 4-yanvargacha kayfda bo’lishardi.(S.Kara-Murzaning ‘’Ongni manipulyatsiyasi’’ ga ko’ra) (2)
Misli ko’rilmagan g’ayrioddiy hodisalar (qotillik, falokatlar, terroristik harakatlar, shov-shuvli janjallar) juda kuchli chalg’ituvchi ta’sirga ega. Ularning ostida siyosatchilar ko’pincha o’zlarining yovuz ishlarini amalga oshirishga shoshiladilar. CHalg’itish texnikasi shuningdek, saylov oldi tadbirlar va barcha turdagi bayramlarni o’z ichiga oladi, shu vaqtda Estrada yulduzlari bizga sahnadan ‘’ovoz bering’’ yoki ‘’mag’lublik’’ ‘’vatan himoyasi bizning burchimiz’’ degan so’zlar bilan olgan pullarini oqlashga harakat qiladilar.
Kuchli emotsianal rezonans yaratish uchun ishlatiladigan chalg’itish usullaridan biri, duch kelgan odamdan (ular faqatgina sahna uchun duch kelgan odam bo’lib xizmat qiladi, aslida ular maxsus tayyorlangan
aktorlardir) intervyu olish. Masalan, qariyalardan yoki bolalarning qay’g’uli iztiroblarini ko’rsatish yo’li bilan tomoshabinni ishontirish va h.k.
Bunga kllasik misollardan biri 1990-yil oktabr oyida fosr ko’rfazida bo’ib o’tgan urush hisoblanadi. OAV dan mashhur o’rin olgan, yosh qizaloqning gapirib bergan voqeasi barchaning diqqatini tortgan. Bu voqeada
Iroq askarlari vaxshiylik bilan tug’riqxonadan 15 dan ortiq chaqaloqlarni olib ketib, ularni o’lishi uchun sovuq polga yotqizib qo’yganligi aytiladi. Bu voqea butun dunyo matbuotida tarqaldi. Qizning oilasiga zarar yetmasligi uchun uning ismi demonstrativ barchadan yashirilgandi. Amerika Iroqqa bostirib kirishidan avval, qirq kun mobaynida ushbu hikoya AQSH prezidenti Dj.Bursh tomonidan har kuni aytilgandi. Xatto, urush aksiyasi bo’yicha senatda muhokama bo’lganda bu voqea dalil sifatida bir-necha marotaba keltirilgandi.
Keyinchalik aniqlanishicha bu qizaloq Quvaytning Amerikadagi Elchisining qizi bo’lib chiqdi, va yana birozdan keyin boshqa guvohlar ham yollanma ekanligi aniq faktlar asosida keltirib berildi. Lekin bu dalillar endi hech kimni qiziqtirmadi. Ana sizga propagandaning siyosiy qurol sifatidagi beqiyos o’rni.
Bu maqolani yozishimizdan maqsad, bu kabi propagandaning jirkanch usullarini o’rgatish, yoki qorong’u maqsad yo’lida qo’llanishi uchun instruktsiya sifatida ommalashtirish emas balki, oddiy xalq bunday yolg’onlardan ogoh bo’lishi, o’zida oz bo’lsada himoya imunnitetini hosil qilishini ko’zlagan edik. Xalqda siyosiy-madaniy ongning rivojlanishi, intellektual salohiyatining oshishi ma’lumotga ega bo’lganda paydo bo’ladi. Har bir inson axborotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilmasdan uning mantiq chig’irig’idan o’tkazib
ko’rishi lozim. Agarda, insonlar o’zlarida empirizmni odat qilsalar, ya'ni bir ma’lumotni tekshirib, qayta ishlash jarayonidan o’tkazsalar, aldanib qolish, noto’g’ri baho berish xavfi tobora kamaygan bo’lar edi.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish