ФИО автора: Karomatov Akbar Abramat oʻgʻli
CHDPI Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti, 2-kurs
ФИО научного руководителя: f.f.n,dotsent T.Sabitova
Название публикации: «MAXTUMQULI IJODIDA AYTISHUVLARNING AHAMIYATI VA O’ZIGA XOSLIK XUSUSIYATLARI TAHLILI»
Anotatsiya: Turkman xalqining buyuk shoiri Maxtumquli ijodining ba’zi janrlari tahlili. Turkman shoiri Maxtumquli ijodida uchrovchi o’zaro ikki shoirning aytishuvlariga asoslangan she’rlari haqida.
Tayanch so’zlar: Tasavvufiy mazmun, Qof tog’i, Qaqnus qushi, Ta’lamun tog’i, Barot, Buroq oti,
Turkman adabiyotining buyuk shoiri Maxtumquli ijodi tasavvufiy mazmun kasb etgan holda, ijtimoiy mavzularda bitiladi. Ularning ko’p qismi diniy mazmundadir. Ularning barchasida diniy-falsafiy g’oyalar olg’a surilib, hayotiy voqealarga ulangan holda bitilgan. Tasavvufiy mazmunda nafsning bayon etilishi ba’zi holatlarda Ahmad Yassaviy ijodini esga soladi. Chunki Maxtumquli ijodi ham xalqonaligi, bayon uslubining ravonigi va soddaligi bilan insonni o’ziga tortadi.
“ Bu yo’llarni uqbasi ko’p boshim qotti, Yig’lamaymu g’ariblikni o’qi o’tti.
Mandin burun borcha tolib haqqa yetti, Gunohimdin sanga yig’lab keldim mano”
(1, 13-bet Foydalanilgan adabiyotlarga qaralsin).
Yuqorida keltirilgan Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” asarlaridan parcha bo’lib, uni Maxtumqulining “Chin erlar iblisning yo‘liga ketmas” nomli she’rning parchasi bilan solishtirsak, mazmunning yaqinliligi bayon uslubining ooddiyligi ilk o’xshash jihatlar ekanligini sezamiz.
“Chin erlar iblisning yo‘liga ketmas, Munofiqlar Haqning amrini tutmas, Iymon bilan shayton bir uyda yotmas,
Nechuk mador topar, qo‘ylar gurg bilan!” (2,136-bet).
Maxtumquli ijodining ko’pgina mavzulari yaxshilik va yomonlik, insonning nafsi va uning tarbiyasi, e’tiqod, ajdodlar hayotidan ibrat olish, inson sha’ni, umumbashariy tuyg’ular bilan bog’liq. Maxtumquli she’rlarining tarjimoni Mirzo Kenjabek shoirning ijodidagi mavzular ko’lamiga quyidagicha fikr bildirgan edi: “Hamisha el-yurt dardu armoni bilan yashagan Maxtumqulining yoniq she’riyatida shafqat va zulm, yaxshilik va yomonlik, mardlik va nomardlik, jo‘mardlik va tubanlik kabi xususlar bir-biriga qarama-qarshi holda tavsiflanadi, yaxshi xislatlar ulug‘lanib, yomon xislatlar qoralanadi. Maxtumqulining ijodi Qur’oni karim, hadisi shariflarga, tasavvuf ta’limoti, valiylar hikmatiga hamda Alloh O’z huzuridan ato etgan ilmi laduniyga asoslangan. Uning siyosiy qarashlari ham sog‘lom e’tiqod tamoyillariga tayangan bo‘lib, bu mo‘jaz bir ilmiy tadqiqotga asos bo‘ladigan mavzudir”(3,5-bet). Tarjimon Mirzo Kenjabekning yuqoridagi fikrlari ham Maxtumquli mavzularida umumbashariy tuyg’ularni ulug’laganini takidlaydi. Maxtumquli ijodida yana bir o’zgacha insonni o’ziga tortuvchi jihat she’rlarning tizimida bo’lib, ular ikki shoirning aytishuv(savol-javob)iga asoslangan holda yozilgan. Bunday she’rlar turkumiga quyidagi she’rlarni kiritish mumkin: “Ota-o’g’il dardlashuvi”, “Ozodiy bilan aytishuv”, “Maxtumquli va Zunubiy ytishuvi”, “Xabar ber”, “Bizdan salom bo’lsin ul O’roz xonga”, “Kel, Ma’rufiy, javob ber”. Aytishuv ya’ni she’riy savol berish va she’riy javob qaytarishga asoslanuvchi bu ko’rinishdagi she’rlar shoirlarning mahorati, bilim darajalari, hayot haqidagi qarash va xulosalarini bilib olish uchun kerakli manbadir. Maxtumquli ijodida bu ko’rinishdagi she’rlar qatorida shoirning padari buzrukvori Ozodiy bilan ham savol-javob tarzidagi she’rlari mavjud. Ular sirasiga “Ota-o’g’il dardlashuvi”, “Ozodiy bilan aytishuv” nomli savol-javob shaklidagi she’rlar kiradi. Ularda bir qadar shaxsiy masalalar bilan birga ota-o’gil munosabati yuzaga chiqgadi. Maxtumqulining aytishuv(savol-javob) shaklida bitilgan she’rlari ichida Turdi Farog’iy bilan aytishuv she’ri mashhurdir. Unda ko’tarilgan
mavzular ikki shoirning badiiy tafakkur qarashlari bilan hayotiy-falsafiy mazmun va e’tiqod masalalari haqidagi bilimlarining ko’lamini yuzaga chiqaradi.
1.Turdi shoir:
Bizdan salom Maxtumquli ustoda, Otamiz Odamning to‘nin kim bichdi? Tumanli boshingga qurbon bo‘layin, Taqdirdur, bas, hiyla mayin kim ichdi?
Maxtumquli:
Bizdan javob bo‘lsin Turdi shoirga, Jabroil keltirdi, rizvonlar bichdi. Qudrat bilan, ul shaytonning sharbatin Odam Ato, Havvo Onamiz ichdi.
|
4.Turdi Farog’iy:
Behishtda Tuboning butog‘i necha, Yuzining mashqining varog‘i necha, Behishtning kaliti, ayt, kimga tushdi?
Maxtumquli:
Yetti iqlim bordir, yettidir tog‘i, Yetmish mingdir ul Tuboning butog‘i, "La ilaha" bo‘lar mashqin varog‘i, Behisht kaliti Rasulullohga tushdi.
|
2.Turdi shoir:
Olamning tegrasi ne rangli tog‘dir?
Ul ne qushdir, doim anda tuzoqdir? Oshiqlar sevguvchi bu ne buloqdir, Haftayil abvobin borib, kim ochdi?
Maxtumquli:
Qof tog‘i zabarjad, rang-barang tog‘dir,
Qaqnus bir qush, doim unda tuzoqdir, Muqosot deydilar, ajab buloqdir, Haftayil abvobin oshiqlar ochdi.
|
5.Turdi Farog’iy:
Bil, qayda yaratdi sakkiz jannati, Necha binosi bor, necha gumbadi, Necha arig‘i bor, nimadir oti, "Toyron abobil"lar kimga qovushdi?
Maxtumquli:
Osmonda yaratdi sakkiz jannati, Olti ming binodir, birdir gumbadi, Ichinda to‘rt ariq, Musavvar oti, "Abobil" "Ashobil" bilan qovushdi.
|
3. Turdi Farog’iy:
Ta’lamun tog‘ida kimlar kezdilar, Mo‘‘min munda, Barot unda yozdilar, Shomixotda Buroq oti tuzdilar, Necha yilda yerdan ko‘kka yetishdi?
Maxtumquli:
Ta’lamun tog‘inda zohid kezdilar, Mo‘min munda, Barot unda yozdilar, Shamixotda Buroq oti tuzdilar, Har qirq yilda Zuhro ko‘kka yetishdi. -
Tangrining jahonda, bil, tog‘i necha,
|
6.Turdi Farog’iy:
Bil, qayda yaratdi Saqar do‘zaxi, Necha qudug‘i bor, necha bulog‘i, Ichinda bir ilon, nedir so‘rog‘i, Qudrat bilan ul mor kimga do‘lashdi?
Maxtumquli:
Yetti qat yerdadir Saqar do‘zaxi, "Vayl"dir qudug‘i, "Sijjiyn" bulog‘i, Qarich ilon, g‘iybatchidir so‘rog‘i, Yolg‘onchi, zinokor, o‘g‘ri do‘lashdi.
|
Yuqoridagi aytishuvda Turdi Farog’iy Maxtumquliga savol bilan murojat qiladi va diniy mazmundagi quyidagi savollarni beradi. Savol asnosida Turdi Farog’iyning qarashlari inikosi gavdalanadi. Savol-javob tarzidagi she’rda ALLOH taolo yaratgan ilk odam— Odam Ato va Qur’oni karim kitibining “Baqara” surasida keltirilgan shayton Havvoni hiyla bilan aldashi voqeasi haqida so’z ketadi. Keying savollarda esa arsh va jannat asosiy mavzuga aylanadi. Ularga qadar esa Turdi Farog’iy Maxtumqulidan Qof tog’i, Qaqnus qushi, Ta’lamun tog’i, Barot, Buroq oti haqida savol bilan so’rab o’tadi. Ketma-ketlik bilan arshga ulanadi. Turdi bu jabhada Jannnatning vasfini va arsh tavsifini so’raydi.
Maxtumquli ijodidagi aytishuvlarning ko’pi mazmunan din bilan bo’langan qarashlardan iborat. Ularda topqirlik, badiiy tasvir kuchi, shoir iqtidori kabi xususiyatlar namoyon bo’ladi. Bu kabi aytishuvlar Maxtumqulining ijodida shoir qarashlari, hayoti, adabiy muhiti kabi masalalarda material yig’ish uchun juda kerakli manbadir. Shoir aytishuvlari Turdi Farog’iy, Zunubiy, Ma’rufiy kabi shoirlar bilan adabiy muhiti avjudligini ya’ni ularning ijodi bilan tanish ekanligi haqida faraz beradi. Maxtumqulining aytishuvlari faqat bu jabhada emas, badiiy tafakkuri, fikriy teranligi, e’tiqodiy masalalari bilan ham ahamiyatlidir. Shoir ijodi bilan tanishar ekansiz bu kabi aytishuvlarning Maxtumquli ijodida yuzaga kelmasligi mumkin emas edi degan xulosaga kelasiz. Chunki valiy shoirning tasavvufiy qarashlari, qalb ko’zining kechmishlari o’z atrofidagilarning Maxtumqulini ustoz sifatida yoki donishmand deb bilishlariga to’siq bo’lolmas edi, albatta.
Foydalanlgan adabiyotlar:
“Devoni hikmat”(Yangi topilgan hikmatlar).“Movarounnahr” Toshkent – 2004.
www.ziyouz.com internet sayitidan.
“MAXTUMQULI, SAYLANMA”. 2007.www.ziyouz.com.
Do'stlaringiz bilan baham: |