Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet189/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   208
ФИО автора: Axunov G’ulomjon Latif o’g’li
Namdu tarix yo’nalishi magistranti
Название публикации: «USMONIYLAR IMPERIYASINING BOLQONDAGI MAMURIY-HUQUQIY BOSHQARUV TIZIMI (XV-XVIII ASRLAR)»


Annotatsiya: Ushbu maqolada Usmoniylar tomonidan Bolqon mulklarini nazorat qilish uchun yaratilgan ma’muriy-huquqiy tizimning ishlashi va bu tizimning Bolqon xalqlari tarixiy rivojlanishiga qanday ko’rsatgani haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: mojarolar, Bolqon, mahalliy hukumat, diniy kamsitish. Mojarolar, Bolqon, mahalliy hukumat, diniy kamsitish.

  1. asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birinchi yarmida Bolqonda o’z hukmronligini o’rnatgan Usmonli hukmdorlari jiddiy tarixiy sinovga duch keldi. Bolqon xalqlarining etnik va diniy xilma-xilligi doimiy nizolar va qarama- qarshiliklarni keltirib chiqardi. Tinchlik va moliyaviy holatni ta’minlash uchun markaziy hukumat, bir tomondan, vakolatlarni mahalliy darajadagi noiblarga o’tkazish orqali ortiqcha markazlashtirishdan voz kechishga, ikkinchi tomondan separatizmni oldini olish uchun mahalliy boshqaruvchilar ustidan nazorat tizimini o’rnatishga majbur bo’ldi. Bu vazifalar Usmonli davlatini o’sha davr uchun yangi ma’muriy- huquqiy tizim tamoyillarini shakllantirish va amaliyotga joriy etishga, huquqiy sohaning birligini turli boshqaruv shakllari bilan uyg’unlashtirishga majbur qildi.

  2. asrning o’rtalariga kelib ichki vaziyatning ma’lum darajada barqarorlashuvi yuz berdi: harbiy mamuriy tartib o’rnatildi va shariatga asoslangan yagona huquqiy tizim yaratildi.

Fath qilingan Bolqon hududlarining aksariyati tegishli beylarbey tomonidan Edirna va Sofiyadan boshqariladigan Rumeli viloyati (beylarbey) tarkibiga kirdi. Viloyatni boshqarishda beylarbey qoshidagi kengash – devon muhim rol o’ynagan, u boshqa masalalar qatori mahalliy aholidan shikoyatlarni ham qabul qilgan. Ma’muriy jihatdan Bolqonda egallangan yerlar sanjaklarga, viloyatlarga (velayeti), ma’muriy
birliklarga (nohiya) va qoziliklar (sud okrugliklari)647urke’lingan. Ko’p jihatdan
yangi ma’muriy bo’linish Usmonlilar tomonidan qo’shib olingan davlat tuzilmalarining chegaralarini aks ettirdi. Shu bilan birga, ma’muriy birliklar alohida hududlarning etnik va iqtisodiy o’ziga xosligini e’tiborsiz qoldirdilar.
Sanjak ijroiya hokimiyatining boshlig’i sanjakbey (keyinchalik Vali- “gubernator”) bo’lib, u harbiy-ma’muriy boshqaruv apparatiga tayangan. Sanjakbeylarning asosiy vakolatlari harbiy va ma’muriy nazoratni amalga oshirish, yer egalari va savdo-sanoat vakillaridan olingan daromadlarni markazga to’lash va ma’muriyat faoliyatini muvofiqlashtirishni o’z ichiga olgan. Sanjakning muvaqqat boshqaruvchisi “mutesellim” unvoniga ega bo’lib, tez-tez harbiy yurishlarda qatnashgan sanjakbeylar yo’qligida sanjakka rahbarlik qilgan. Viloyatlar va naxiyalarni sanjakbey yordamchilari – “subashiy”lar boshqargan, ularning ham o’z navbatida yordamchilari – “serasker” va “cheribashi”lar bo’lgan[1.54].
Soliq solinadigan aholi ustidan hokimiyatni “ayon”lar (qishloq jamoalari oqsoqollari) va “kathudo”lar (shahar mahallalari oqsoqollari), obro’li va badavlat kishilar amalga oshirgan. Musulmon bo’lmaganlar uchun ma’muriy hokimiyatni saylangan oqsoqollar (kodjabashi va chorbadji), shuningdek, ruhoniylar vakillari amalga oshirgan. Qishloqlarda bevosita tartibni saqlash ham yirik yer egalari tomonidan amalga oshirilgan.
Ma’muriy imtiyozlardan ikki toifadagi shaxslar: tuzilgan xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijliklar, shuningdek, Muhammad payg’ambarning bevosita avlodlari (seyidlar va shariflar) foydalanar edi. Musulmonlar ustidan diniy hokimiyatni Shayx ul-islom va Rumeli qoziaskariga bo’ysunuvchi muftiylar va mudarislar (madrasa boshliqlari) amalga oshirgan[2.108].
Usmonli imperiyasi islom, 648turkiy, vizantiya va mahalliy an’analarga asoslangan murakkab va ko’p bosqichli huquq tizimini yaratdi. Usmonli davlat hokimiyati musulmonlar tarixida birinchi marta diniy huquq (shariat) va “odat huquqi”ni birlashtirishga harakat qildi. Usmonlilar mahalliy hokimiyatlarning irodasiga qarshi kurashish uchun qonunnoma nashr qila boshladilar, ya’ni dunyoviy
huquqni joriy qildilar. “Odat huquqi” va shariat o’rtasidagi asosiy farq qo’llanish sohasida edi: shariat – bu “shaxsiy huquq” bo’lib, u ma’lum bir guruhning joylashuvi va yashash sharoitlaridan qat’I nazar, barcha musulmonlarga (ummatga) tegishli, bo’lsa, “odat huquqi” – esa, hududiy qonun ya’ni, ma’lum bir hudud va zich joylashgan etnik guruhlarning an’analari bilan bevosita bog’liq masalalardi. Huquqiy tizimning moslashuvchanligi Usmonli huquq tizimining umumiy tamoyillarini mahalliy sud ishlarining xilma-xilligiga tatbiq etish va ijtimoiy keskinlikni yumshatish imkonini berdi[3.75].
Xristian xalqlari imperiyaning Yevropa mulklarining iqtisodiy tayanchini tashkil etdilar va diniy bag’rikenglik bosib olingan yerlarni saqlab qolishning yagona yo’li edi. Usmonli amaldorlar musulmon bo’lmaganlarga haddan tashqari zulm qilishning joiz emasligini tushundilar. Bu Yevropaning ta’qib qilingan diniy jamoalari: Bosniyadagi Bogomillar, Ispaniyaning Sefardimlari yoki Germaniyaning lyuteranlarida imperiyaga xayrixohlik uyg’otdi. Shunday qilib, musulmon bo’lmaganlarning islomdan tashqari hududiy diniy-huquqiy normalari Usmonli huquq tizimiga kiritildi. Aniq davlat tomonidan tartibga solish tufayli jamiyatdagi kundalik nizolar minimallashtirildi, ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan ichki barqarorlikka erishildi[4.13].
Biroq, ma’muriy tizimning kamchiliklari va ijtimoiy keskinlik sabablarini tizimning o’zi bartaraf eta olmadi, bu esa tarixiy nuqtai nazardan mahalliy boshqaruvning yo’qolishiga va Bolqon atrofida yarim mustaqil musulmon davlat tuzilmalarining shakllanishiga olib keldi.
Foydalanilgan adabiyotlar




  1. Шопова Д. Македониjа во XVI и XVII век. Документи од цариградските архиви (1557—1645). Скопjе, 1955. С. 54. № 38 (приказ бегу Ускюба, 1578 г.)

  2. Inalcik H. Suleiman the Lawgiver and Ottoman Law // Inalcik H. The Ottoman Empire: Conquest, Organization and Economy. London, 1978 [Archivum ottomanicum. 1969. Vol. I. P. 105—138]. P. 108—109

  3. Gerber H. State, Society, and Law in Islam: Ottoman Law in Comparative Perspective. – SUNY Press, 1994.

  4. Сафонов А.А. Османская административно-правовая система на Балканах (XV-XVII века) сyberleninka.ru C.13.

  5. Internet materiallari.


Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish