ФИО автора: Norjongul Raximova, magistrant, Urganch davlat universiteti Название публикации: «O‘ZBEK TILI TEONIMLARINING QO‘LLANISHI XUSUSIDA»
Annatotsiya: Maqolada o‘zbek tili teonimlarining qo‘llanilish ko‘lami haqida fikr yuritildi.
Kalit so‘zlar: teonim, teonimiya, teonimika, mifonim, mifozoonim
O‘zbek onomastikasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. Soha bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar amalga oshirildi. Xususan, maqola, monografiya, risola, ilmiy adabiyotlar, nomzodlik va doktorlik ishlari bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Onomastika o‘z ichiga bir nechta bo‘limlarni qamrab oladi: antroponimiya, toponimiya, teonimiya, zoonimiya, kosmonimiya, reolionimiya, astronimiya va boshqalar. Biz ushbu maqolamizda, o‘zbek tili teonimlaring qo‘llanishi masalasiga to‘xtalib o‘tdik.
“Teonim” (yunoncha teog – xudo (Olloh) + onoma – atoqli ot) – Ollohning nomi va atributlarining atoqli oti degan ma’noni bildiradi. “Teonimiya” esa shunday atoqli otlarning to‘plami, yig‘indisi, “teonimika” shunday onomastik ko‘lamga mansub atoqli otlarni o‘rganuvchi soha ma’nosini bildiradi36.
O‘zbek tilshunosligida teologik tushunchalar Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ham uchraydi. Asarda o‘ttizga yaqin telogik tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar bor. Bundan ko‘rinadiki, teologik tushunchalarni tadqiq qilish islom davridan ham oldingi davrlarga borib taqaladi.
Keyingi yillarda O‘zbek tilshunosligida diniy leksika va teonimiya masalalari Z.Do‘simov va M.Tillayevaning “Xorazm onomastikasining shakllanishi va “Avesto”
, N. Uluqov “O‘zbekcha diniy matnlar ekzotik leksikasi”, A. O‘rozboyev “Ogahiyning “Riyoz-ud davla” asarida ijtimoiy-siyosiy leksika” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi, Yusupova Shahzoda “Diniy matnlarning lingvopragmatik tadqiqi”,
Galieva Margarita “Dunyoning lisoniy tasvirida diniy-mifologik tafakkurning aks etishi” mavzularida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyalari, Mahmudov Raufjon “O‘zbek tilida Avestizmlar” monografiyalarida va bir qator maqolalarda o‘rganilgan, biroq bu teonimlarning boshqa onomastik va leksik birliklar bilan chegarasi, teonimlarning tasnifi masalalarida hozirgacha bir to‘xtamga kelinmaganligini ko‘rishimiz mumkin.
B.Yo‘ldashevning “O‘zbek onomastikasi masalalari” uslubiy qo‘llanmasida, Alloh (Xudo // Xudoy, Tangri, Yaratgan, Yazdon, iloh, ilohalar va bu tushunchalar bilan bog‘liq atributlar haqida tarixiy, badiiy, etnografik, folklorshunoslik, mifologik, qisman tilshunoslik fanlarida kuzatish olib borilsa-da, teonim, teonimiya tushunchasi uning doirasiga kiradigan aniq lug‘aviy onomastik birliklar, ularning chegarasi va ko‘lami yuzasidan hozirgacha izchil fikrlar bildirilganicha yo‘q37, - degan fikrlar mavjud.
O‘zbek onomastikasi bo‘yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlarda bir tushunchani ifoda qiluvchi Olloh, Xudo, Tangri leksemalari, Ollohning sifatini bildiruvchi atamalar va ularning o‘zbek ismlarida zuhur bo‘lishi, islomgacha mavjud bo‘lgan xudolarning nomlari, afsonaviy mahluqotlar – ajdarho, dev, pari, shayton, jin, ot, bo‘ri va boshqa mavjudotlar nomlari, payg‘ambar, pir va turli ilohiy tushuncha va tasavvurlarning nomlari teonimlar tizimiga kirib, o‘zbek nomlarining o‘ziga xos bir tarmog‘ini tashkil etishi xususida so‘z yuritiladi38. Biroq E.Begmatov va N. Uluqov tomonidan nashr etilgan “O‘zbek onomastika terminlarining izohli lug‘atida” bu masalaga oydinlik kiritilgan. Mifonim (yun. mudog – afsona, ertak + onoma – atoqli ot) – afsonalar, epopeyalar, ertaklarda uchraydigan atoqli otlar, Mifozoonim – moddiy olamda mavjud emas, ammo afsonalar, rivoyatlarda uchraydigan, odamlar rostdan mavjud deb tasavvur qiladigan hayvonlarning atoqli oti39. Ba’zi tadqiqotlarda teonimlardan payg‘ambar nomlari ya’ni agionimlarning farqlanmagan holatlarga ham duch kelamiz.
37 B. Yo‘ldashev O‘zbek onomastikasi masalalari. – Samarqand, 2011. – B.64
38 Begmatov E., Do‘simov Z., Nafasov T., Qoraev S. O‘zbek nomshunosligi : tadqiq yo‘nalishi va usullari. Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan nomshunoslikka bag‘ishlangan sobiq ittifoq miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi ma’ruzalar tezislar// Xiva, 1991. – B. 12.
Xizr, Luqmon kabi avliyolar va Azroil, Jabroil, Isrofil, Mekoil, Munkar, Nakir singari farishtalarning nomlari ham teonimlar qatoriga kiradi40. Agionim (yun. Agio – muqaddas + onoma – atoqli ot) – muqaddas deb hisoblanuvchi narsalar, obektlar, shaxslar atoqli oti41, Teonim (yunoncha teog – xudo (Olloh) + onoma – atoqli ot) – Ollohning nomi va atributlarining atoqli oti42 , Ollohning nomi – olamda butun mavjudotni bor qilgan (yaratgan), ularning taqdirini o‘z qo‘lida tutib turuvchi ilohiy kuch (Alloh, Xudo, Tangri, O‘g‘on) ning atoqli oti43 deb izohlangan. Demak, teonim deganda faqat Olloh nomlari va uning sifatlari, ya’ni Ollohning ismlarini, Olloh tushunchasini ifodalovchi (yaratgan, parvardigor, robbi, iloh kabi) so‘zlarni tushunishimiz kerak.
Tillayeva Muyassar Botirovnaning “Xorazm onomastikasi tizimining tarixiy- lisoniy tadqiqi” (“Avesto” onomastikasiga qiyoslash asosida) mavzusidagi filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ikkinchi bobining uchinchi bo‘limi “Tangri nomlari” deb nomlanadi. Dissertatsiyada Obon, Ozar, Otar, Armaytiy, Anaxito, Voyu, Izad, Xurshid, Xurdod, Ahura Mazda Bahrom Odo kabi tangri nomlarining lisoniy-ma’noviy xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Afsonaviy mavjudotlar nomi (mifonimlar)” deb nomlanadi44. Unda “Avesto”da uchraydigan mifologik jonivorlar Oziy, Ajdahoyi shohdor, Aji dahoka, Ashmug‘, Duruj kabi mifologik obrazlar tahlil qilingan.
Raufjon Mahmudovning “O‘zbek tilida avestizmlar” monografiyasining ikkinchi bobida “Ishonch-e’tiqodga oid avestizmlar” tahlil qilingan. Dissertatsiyaning ikkinchi bob birinchi fasli “O‘zbek tilida ilohiyot bilan bog‘liq avestizmlar”ga bag‘ishlanib, ushbu faslda Xudo va tangri so‘zlarining etimologiyasi izohlangan. Ikkinchi bobning ikkinchi faslida “O‘zbek tilida mifologik tasavvurlar bilan bog‘liq avestoviy so‘zlar” tahlil qilinib, Erhubbi, Obon, Pari, Dev kabi bir qancha mifonimlarga to‘xtalib o‘tilgan.
40 Nurmonov F.I. Xizr obrazining genezisi va o‘zbek folkloridagi talqini. – Toshkent, 2007. – B.24
41 Begmatov E., Uluqov N. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati. – Namangan, 2006. – B.11 42 Begmatov E., Uluqov N. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati. – Namangan, 2006. – B.75 43 Begmatov E., Uluqov N. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati. – Namangan, 2006. – B.58 44 M.Tillayevaning “Xorazm onomastikasining shakllanishi va “Avesto” – Toshkent , 2010. – B.67
Ushbu tadqiqotlarda tadqiqotchilarning mifonimlar va teonimlarni tasniflashda to‘g‘ri yo‘l tutganini ko‘rishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, bugungi o‘zbek tilshunosligida teonim va teonimika ko‘lami, teonimlarning tasnifi masalasi o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzulardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |