ФИО автора: TXT-AU-20 Abduvaliyeva Mohinur Ismoiljon qizi
Название публикации: «TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O’QUVCHILARNI QOBILIYATINI XALQ HUNARMANDCHILIGI ELLEMENTLARI VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH»
Annotasiya:Texnologiya darslarida xalq hunarmandchiligi elementlari asosida o’quvchilarni qobilyatini rivojlantirish .
Kalit so’zlar:qobilyat,hunar,iqtidor,iste’dod.
Xalq hunarmandchiligi har bir xalqning, jumladan, o`zbek halqining paydo bo`lishi, shakllanishi, tarixiy rivojlanishi, milliy qadriyatlarini ifodalaydigan soha bo`lib hizmat qila oladigan ma`naviy, moddiy, madaniy merosi hisoblanadi. Shuning uchun yoshlarga, maktab o`quvchilariga xalq hunarmandchiligiga oid ishlarni o`rgatish ularni ma`naviy tomondan tarbiyalashda, o`z halqining hunarmandchiligi, urfodatlari, asriy milliy qadriyatlari bilan tanishtirish va kasb-hunarga yo`naltirishda katta ahamiyatga egadir.
Barchamiga ma’lumki har bir xalq millat tarbiyasi sohasida o’zining chuqur tarixiga ega.Har bir jamiyat yuksak orzularni amalga oshirishga tarbiyaviy tamoyillardan oqilona foydalanishga harakat qiladi.Ta’lim va tarbiya shaxsni shakllantirishni nazarda tutuvchi maxsus tashkil etilgan maqsadga yo’naltirilgan jarayon.Ta’lim va tarbiya jarayoni nafaqat biz yoshlarga balki kattalarga ham qaratilgan bo’ladi.Shunday ekan ta’lim va tarbiya omildir.Ko’pincha ta’lim tarbiya haqida gap ketganda birinchi navbatda farzandlar tarbiyasi tushuniladi.Davlat-jamiyat har bir ota-ona farzandini ilmlik-bilimlik va vatansevar,mehnatsevar qilib tarbiyalaydi.Ta’lim tarbiyaning negizida albatta qobilyatli yoshlar turadi.Har bir shaxs dunyoga qaysidur qobilyat bilan dunyoga keladi.Chunki bu qobiliyatni rivojlantira olmasak,o’sib kelayotgan yosh avlodni kelajagiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. U qobilyatni ko’ra olish va rivojlantirish mas’uliyati juda muhimdir.Qobilyat ham turli xil bo’ladi.Pedagogik qobilyat-bu qobilyat turlaridan biri bo’lib kishining pedogogik faoliyatiga yaroqligii va shu faoliyat bilan muaffaqiyatli shug’ullanishni
aniqlab beradi.Inson dunyoga kelibdiki har bir shaxsni individni nimagadir qiziqishi,qandaydir narsalarga bo’lgan iqtidori bo’ladi.Albatta iste’dod yohud qobilyat mehnat va mashaqqatsiz bo’lmaydi.Buyuklarning fikricha insonlardagi har qanday iqtidorning yoki qobilyatning 99% mehnat ,qolgani 1 % tug’ma yani genetik meros bo’ladi deb ta’kidlashadi.Qobilyat turlicha bo’ladi,didaktik qobilyat,akademik qobilyat,nutqiy qobilyat,tashkilotchilik qobilyati,pedagogik qobilyat,liderlik qobilyati,muloqat qobilyati va hakozalar,bir so’z bilan aytadigan bo’lsak qobilyat turli xilma-hil va ko’pdir.Miol uchun:Muloqat qilish qobilyati-bu o’qituvchi va o’quvchilar bilan dars va darsdan bo’sh vaqtlarida sinfda yaxshi muhit uyg’ota olish qobilyatidir.Qobilyatning rivojlanishi umuman har qanday rivojlanish ham bir tekisda kechmaydi.Har bir insonda ham qandaydir bir qobilyat bo’ladi,ba’I insolar buni o’ vaqtida rivojlantira oladi,ba’ilari esa rivojlantira olmaydilar.Imkoni cheklangan bolalarda qobilya nisbatan yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Iqtidor-har bir insonda har-xil boladi.Masalan b’zi inlonlar rasm chizishga qiziqadi,rasm chizish orqali o’z ihki dunyosini yoritib beradi.Ba’ilari esa hunarmandchilikka qiziqadi,bu ota-onasi tomonidan yoki o’qituvchilar tomonidan bo’lishi mumkin.Hunarmandlar yasagan buyumlari orqali o’z qobilyatin yaratuvchanlik yo’li bilan ko’rsatadi.
Iste’dod bu- iqtidorni o’zida rivojlantira olishdir.Misol uchun o’qituvchilik kasbini o’quvchilar ko’plari o’qituvchisiga qiziqish orqali o’rganadi.O’quvchi shu bilan birga bo’sh vaqtini o’zi sevgan kasb bilan unumli o’tkazadi.
Mehnatning asosiy turlaridan biri hunarmandchilik hisoblanadi.Insonlar ibtidoiy jamoa davridan toki bugunga qadar ma’lum etnik,ijtimoi,iqtisodiy ,milliy omillarga ko’ra hunarmandchilikning turli xil shakllari bilan shug’ullanib kelishgan.Avval hunarning har qanday turidan hayot kechirish uchun,o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanishgan.Bizning ajdodlarimiz ham hunarmandchilikning zardo’zlik,kashtachilik,do’ppido’zlik,tikuvchilik,zargarlik,kulolchilik,quroqchilik,gila mdo’zlik,to’qimachilik,cho’qimachilik,pazandachilik,pichoqchilik,ganchkorlik,beshi kchilik,temirchilik,kosibchilik va shunga o’xshash hunarlarning 150dan ortiq turi
bilan to bugungi kunga qadar shug’illanishadi.Hunarlar hayotimizning har bir jabhalarida o’z aksini topib kelgan,xalqimizda ham:’’Hunarli kishi xor bo’lmas’’,degan maqol keng tarqalgan,bu maqol zamirida chuqur ma’no bor.
Hozirda pedogogikada xalq an’anaviy hunarmandchiligidan keng foydalaniladi.Hunar o’rganish jarayonida bolalarda psixologik,estetik,etik,axloqiy,gigienik,fiziologik jarayonlar rivojlanadi. Naqqoshlik san`ati ancha rivojlantirilib, turli xil zamonaviy binolarga , zeb berish ishlarida keng qo`llanilmoqda, Naqqoshlik namunalarini, ayniqsa, choyxona, oshxona, hammom va madaniyat saroylarida ko`rish mumkin. Bunday yangi binolarni ko`rib ko`zimiz quvonchga, dilimiz zavq-shavqga to`ladi.Texnologiya darslari maktablarda o’quvchilarga qobilyatlarini rivojlantirish maqsadida qo’yiladi.Texnologiya darslari asosan amaliy shaklda olib borilgani sababli o’quvchilarning darslar mobaynida xotirasi mustahkamlanadi,taffakuri va tasavvuri rivojlaninb ,dunyo qarashi kengayadi,irodasi va sabri ortadi,yaratuvchanlikqobilyati,har narsaga qiziqishi va kreativ qarashlari o’sadi,bundan tashqari jismoniy va fiziologik tomondan ham rivojlanadi.
Xalq hunarmanchiligida naqshsozlik san’ati barcha sohalarda keng qo’llaniladi.Bu inson taffakurini,tasavvurini,dunyoqarashini,qo’l matorikalarini, xotirani mustahkamlash diqqatni jamlash va qobilyatni rivojlantiradi.Do’ppido’zlik
,gilamdo’zlik,kashtachilik, zardo’zlik,kulolchilik,duradgorlik,chilangarlik kabi sohalarda ham keng foydalaniladi.Bunda tayyorlanadigan mahsulotga yanada joziba qo’shadi va sifatini oshiradi.
Xulosa o’rnida , Milliy urf-odatlar, an`analar xalqlarningyashash sharoiti milliy xususiyatlarni o`zida jamlab, ming yillar davomida hayot deb atalmish murakkab sinovlardan o`tib, xalqning o`ziga xos tuzugi – qonuni darajasiga ko`tarilgan.
Mustaqillik sharofati bilan bugunga kelib ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosni o`rganish, amaliyotga tadbiq etishga shart - sharoit yaratildi. Hozirgi davrda ta`lim- tarbiya ishini takomillashtirish, milliylashtish, jahon andozalariga mos keladigan pog`onaga ko`tarishda boy milliy-madaniy merosimizga, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga, yangi davrning yangi talablariga alohida ahamiyat berish kerak. Bu esa eng avvalo: zamonaviy ta`lim –tarbiya shakllari, vositalari va usullaridan keng ko`lamda foydalana oluvchi yuqori malakali o`qituvchilar tayyorlashni taqozo etadi. Ta`kidlash kerakki, ta`lim-tarbiyani bir-biridan ajratish mumkin emas.
Ta`limtarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishni ma`lum kasb-hunarga yo`naltirilganligi, tabiiyki, o`quvchilarda mehnatga muhabbat hissi o`z-o`zidan tarkib topgan bo`lmaydi. U oilada ota-onaning yoki boshqa katta yoshdagi kishilarning shaxsiy namuna ko`rsatishi, keyinchalik ta`lim-tarbiya maskanlarida o`tkaziladigan mehnat ta`limiga oid mashg`ulotlarda insoniyat jamiyati to`plagan mehnatsevarlik an`analarini o`rganish orqali tarkib topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Arabova M, Berdieva F. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning nazariy asoslari. Zamonaviy ta’lim. 2014 y.
Xodjieva F.O. O’quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish. Monografiya. – T.:
«Fan», 2008 y.
Safibullayevna A. O., Abdurasulovna K. G. Methodology for Organizing Online Learning as a Component of IT Technologies for Masters of Technical Higher Educational Institutions //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. – 2021. – С. 9032-9041.
Tokhtakhojaevich U. I., Abdurasulovna K. G., Kadyrovich U. S. Pedagogical technologies in the formation of creative competence in the educational process
//Journal of Pedagogical Inventions and Practices. – 2022. – Т. 4. – С. 13-19.
https://hozir.org/pars_docs/refs/32/31741/31741.pdf
Do'stlaringiz bilan baham: |