Kalit so`zlar:
Uzluksiz ta’lim tizimi, dolzarb vazifa, og‘zaki va yozma nutq,
konsentrik dastur, psixo-fiziologik xususiyatlar, “Zanjir” o‘yini, didaktik o‘yinlar.
Аннотация.
В этой статье представлены методы и рекомендации, которые
могут быть использованы учащимся начальной школы для улучшения
восприятия слов, обозначающих названия личных предметов.Эту статью могут
использовать учителья и учащиеся начальной школы.
Ключевые слова
: Система непрорывного образования, текущая задача,
устная и письменная речь, концентрическое приложение,
психофизиологические особенностиб игра «Цеп», дидактические игры.
Boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib,
bu bosqichda bolalarning dunyoqarashi, didi, olamni anglashga bo‘lgan bilish
imkoniyatlari taraqqiy etib, nutq ko‘nikmasi shakllanadi. Kichik yoshdagi maktab
o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish boshlang‘ich ta’lim oldida
turgan eng muhim dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Keyingi yillarda ta’lim sohasida
olib borilayotgan islohotlar o‘qitish jarayoniga bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan
vazifalarni qo‘ymoqda. Bunday vazifalar sirasiga o‘quvchilarda mustaqillikni shaxsiy
sifat shaklida shakllantirish, o‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatish kabilar kiradi.
206
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili o‘qitishdan asosiy maqsad tilga oid
dastlabki tushunchalar bilan tanishtirish hamda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutqini o‘stirishdir. Negaki, o‘quvchilarga til hodisalari yaxshi tushuntirilmasa,
kelajakda ularning nutqiga, dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bola maktabga kelgunga qadar barcha nutq tovushlarini talaffuz etishni o‘rganib
olgan, uning nutqi asosiy so‘z turkumlariga oid so‘zlar bilan boyitilgan, so‘zdan nutq
tuzish amaliyotini egallagan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limi bola maktabga
kelguncha hosil qilgan nutq tayyorgarligi ustiga quriladi.
Boshlang‘ich sinf ona tili dasturlari konsentrik tuzilgan. Shu tamoyilga rioya qilib,
ona tili ta’limi juda oddiy bilimlardan yanada murakkab bilimlarga o‘tish yo‘sinida
tashkil etiladi. Masalan, 1-2-sinflarda otga oid bilimlar “Shaxs va narsalarning nomini
bildirgan so‘zlar” rukni bilan o‘rganilsa, keyingi sinflarda “ot” atamasi qo‘llanib, otga
oid bilimlar mazmun va hajmiga ko‘ra yanada kengaytiriladi.
Darsliklarda u yoki bu sinf o`quvchilarining tayyorgarlik jarayoni psixo-
fiziolologik xususiyatlari inobatga olinadi. Har bir darslik aynan olingan sinf (masalan,
1-sinf yoki 4-sinf) o‘quvchilarining yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasiga
mo‘ljallab tuziladi.
T. G‘afforova, E.Shodmonov, X.G‘ulomovalarning umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining 1-sinfi uchun tayyorlangan darsligida “Shaxs va narsalarning nomini
bildirgan so‘zlar” mavzusi “So‘z” bo‘limida o‘rgatiladi. Avval so‘zlar shaxs, narsa,
harakat, belgi, miqdor ma’nolarini bildirishi haqida va kim? nima? nima qildi? qanday?
necha? So‘roqlariga javob bo`lishi haqidagi tasavvurlarlar paydo bo‘ladi. Mashqlar
orqali esa tasavvurlar bilimga aylanadi. O‘quvchilar so‘zlar haqida bilimga ega
bo‘lganlaridan so‘ng, endi shaxsning nomini va narsalarning nomini birdirgan
so‘zlarni ajratish va farqlashni o‘rganadilar. Shu kitobning 49- betida 91-mashqda
she’r berilgan va kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga to‘g‘ri chiziq
chizish topshirig‘i berilgan.
Bu mavzuni boshlashdan oldin ular bilan “Zanjir” o‘yinini o‘ynashni taklif qilamiz.
Bu o‘yinda sinfdagi barcha o‘quvchilar qatnashadi. Qatorlarga bo‘linib bajarish ham
207
mumkin. O‘qituvchi o‘zi ismini aytib o‘yinni boshlab beradi, o‘quvchilar ham bir
boshdan o‘sha ismga o‘z ismlarini qo‘shib aytadilar. Masalan:
O‘qituvchi: Shahnoza…
1-o‘quvchi:Shahnoza, Temur…
2-o‘quvchi:Shahnoza, Temur, Barchinoy…
Qolgan barcha o‘quvchilar o‘zlaridan oldingi o‘quvchilarning ismlariga o‘z
ismlarini qo‘shib aytib, o‘yinni davom ettiradilar. Xuddi shu o‘yinni kasblar nomini
topish uchun qo‘llash samarali, kasblar ham kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi (oshpaz,
o‘qituvchi-kim?) Buni 1-sinflar uchun qo‘llash mumkin, 2-3-4-sinflarda topshiriq
murakkablashtiriladi.
Bunday didaktik o‘yinlar ta’limda o‘quvchilarning nutqini va xotirasini
yaxshilashni o‘z ichiga oladi, bular natijasida idrokda (ko‘rish, eshitish, teri sezgisi
belgilarida) birlik tug‘iladi. “…Didaktik o‘yinlar bolalar his-tuyg‘usiga ta’sir etib,unga
o‘qishga ijobiy munosabat, qiziqish hislatlarini tarkib toptiradi…”[1,59]. Bu o‘yin
davomida ularda ismlar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lishi va bosh harf bilan yozilishi,
kasblar ham kim? so‘rog‘iga javob bo`lishi, lekin kichik harf bilan yozilishi haqidagi
bilimlar mustahkamlanadi.
O‘quvchilar ismlar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lishini va bosh harf bilan yozilishini
bilib oldilar, endi mashqni qiyinchiliksiz bajarishlari mumkin.
Ulug‘ Temur bobomiz
Sevgan, sig‘ingan Vatan!
Bobur Mirzo doimo
Qo‘msab sog‘ingan Vatan! [2,49]
Mashqda kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan Temur va Bobur Mirzo so‘zlari bor va
ular bosh harf bilan yoziladi.
Shaxsni birdirgan so‘zlarga – insonlarga nisbatan ishlatiladigan so‘zlar, ism va
familiya, kasblar kirishini, sodda tilda, 1-sinf o‘quvchilariga tushuntirish juda muhim.
Eng tushunarli usuli o‘zining ismi, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisining ismlarini va
kasbini bolaga ayttirish va ularga so‘roq berishni taklif qilish kerak; oilasi haqidagi
ma’lumotlar uning esidan chiqmaydi, tez yodida saqlanib qoladi.
208
Narsalarning nomini birdirgan so‘zlar esa nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishini, ular
kichik harf bilan yozilishini bola bilishi va farqlashi juda muhim. Dars jarayonida
yoki darsdan tashqari ekskursiyalarda oziq-ovqat do‘koni, kiyim do‘koni, gul
do‘koni, hayvonot bog‘lariga sayohat qilish va ko‘rgan, ushlagan narsalari (masalan,
sut, kofe, go‘sht, kofta, yubka, paypoq, kaktus, geran, ayiq, kaklik…) nima?
so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar ekanligini tez bilib oladilar. Bu ular tasavvurining
boyishiga, mavzuni yaxshi o‘zlashtirishiga yordam beradi.
“… Nemis faylasufi va tilshunos olimi V. Gumboldning obrazli tarzda
ifodalaganidek, ‘‘til –xalq ruhidir, unda millatning barcha hislatlari muhrlangan
bo‘ladi”.Fikr ifodasining quroli hamda kishilar orasida muloqot vositasi vazifasini
ado etish tilning eng muhim xususiyatidir. Xuddi shuning uchun ham til ham ona tili,
ham horijiy til sifatida o‘rganiladi”[3,10].
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxs va
narsalarning nomini bildirgan so‘zlar haqidagi tasavvurlarini boyitish uchun turli
usullardan va o‘yinlardan foydalanish juda samarali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |