Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

Kalit so`zlar: 
Uzluksiz ta’lim tizimi, dolzarb vazifa, og‘zaki va yozma nutq, 
konsentrik dastur, psixo-fiziologik xususiyatlar, “Zanjir” o‘yini, didaktik o‘yinlar. 
Аннотация.
В этой статье представлены методы и рекомендации, которые 
могут быть использованы учащимся начальной школы для улучшения 
восприятия слов, обозначающих названия личных предметов.Эту статью могут 
использовать учителья и учащиеся начальной школы. 
Ключевые слова
: Система непрорывного образования, текущая задача, 
устная и письменная речь, концентрическое приложение, 
психофизиологические особенностиб игра «Цеп», дидактические игры. 
Boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, 
bu bosqichda bolalarning dunyoqarashi, didi, olamni anglashga bo‘lgan bilish 
imkoniyatlari taraqqiy etib, nutq ko‘nikmasi shakllanadi. Kichik yoshdagi maktab 
o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish boshlang‘ich ta’lim oldida 
turgan eng muhim dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Keyingi yillarda ta’lim sohasida 
olib borilayotgan islohotlar o‘qitish jarayoniga bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan 
vazifalarni qo‘ymoqda. Bunday vazifalar sirasiga o‘quvchilarda mustaqillikni shaxsiy 
sifat shaklida shakllantirish, o‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatish kabilar kiradi. 


206 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili o‘qitishdan asosiy maqsad tilga oid 
dastlabki tushunchalar bilan tanishtirish hamda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma 
nutqini o‘stirishdir. Negaki, o‘quvchilarga til hodisalari yaxshi tushuntirilmasa, 
kelajakda ularning nutqiga, dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bola maktabga kelgunga qadar barcha nutq tovushlarini talaffuz etishni o‘rganib 
olgan, uning nutqi asosiy so‘z turkumlariga oid so‘zlar bilan boyitilgan, so‘zdan nutq 
tuzish amaliyotini egallagan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limi bola maktabga 
kelguncha hosil qilgan nutq tayyorgarligi ustiga quriladi.
Boshlang‘ich sinf ona tili dasturlari konsentrik tuzilgan. Shu tamoyilga rioya qilib, 
ona tili ta’limi juda oddiy bilimlardan yanada murakkab bilimlarga o‘tish yo‘sinida 
tashkil etiladi. Masalan, 1-2-sinflarda otga oid bilimlar “Shaxs va narsalarning nomini 
bildirgan so‘zlar” rukni bilan o‘rganilsa, keyingi sinflarda “ot” atamasi qo‘llanib, otga 
oid bilimlar mazmun va hajmiga ko‘ra yanada kengaytiriladi.
Darsliklarda u yoki bu sinf o`quvchilarining tayyorgarlik jarayoni psixo-
fiziolologik xususiyatlari inobatga olinadi. Har bir darslik aynan olingan sinf (masalan, 
1-sinf yoki 4-sinf) o‘quvchilarining yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasiga 
mo‘ljallab tuziladi.
T. G‘afforova, E.Shodmonov, X.G‘ulomovalarning umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 1-sinfi uchun tayyorlangan darsligida “Shaxs va narsalarning nomini 
bildirgan so‘zlar” mavzusi “So‘z” bo‘limida o‘rgatiladi. Avval so‘zlar shaxs, narsa, 
harakat, belgi, miqdor ma’nolarini bildirishi haqida va kim? nima? nima qildi? qanday? 
necha? So‘roqlariga javob bo`lishi haqidagi tasavvurlarlar paydo bo‘ladi. Mashqlar 
orqali esa tasavvurlar bilimga aylanadi. O‘quvchilar so‘zlar haqida bilimga ega 
bo‘lganlaridan so‘ng, endi shaxsning nomini va narsalarning nomini birdirgan 
so‘zlarni ajratish va farqlashni o‘rganadilar. Shu kitobning 49- betida 91-mashqda 
she’r berilgan va kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga to‘g‘ri chiziq 
chizish topshirig‘i berilgan.
Bu mavzuni boshlashdan oldin ular bilan “Zanjir” o‘yinini o‘ynashni taklif qilamiz. 
Bu o‘yinda sinfdagi barcha o‘quvchilar qatnashadi. Qatorlarga bo‘linib bajarish ham 


207 
mumkin. O‘qituvchi o‘zi ismini aytib o‘yinni boshlab beradi, o‘quvchilar ham bir 
boshdan o‘sha ismga o‘z ismlarini qo‘shib aytadilar. Masalan: 
O‘qituvchi: Shahnoza… 
1-o‘quvchi:Shahnoza, Temur… 
2-o‘quvchi:Shahnoza, Temur, Barchinoy… 
Qolgan barcha o‘quvchilar o‘zlaridan oldingi o‘quvchilarning ismlariga o‘z 
ismlarini qo‘shib aytib, o‘yinni davom ettiradilar. Xuddi shu o‘yinni kasblar nomini 
topish uchun qo‘llash samarali, kasblar ham kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi (oshpaz, 
o‘qituvchi-kim?) Buni 1-sinflar uchun qo‘llash mumkin, 2-3-4-sinflarda topshiriq 
murakkablashtiriladi.
Bunday didaktik o‘yinlar ta’limda o‘quvchilarning nutqini va xotirasini 
yaxshilashni o‘z ichiga oladi, bular natijasida idrokda (ko‘rish, eshitish, teri sezgisi 
belgilarida) birlik tug‘iladi. “…Didaktik o‘yinlar bolalar his-tuyg‘usiga ta’sir etib,unga 
o‘qishga ijobiy munosabat, qiziqish hislatlarini tarkib toptiradi…”[1,59]. Bu o‘yin 
davomida ularda ismlar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lishi va bosh harf bilan yozilishi, 
kasblar ham kim? so‘rog‘iga javob bo`lishi, lekin kichik harf bilan yozilishi haqidagi 
bilimlar mustahkamlanadi.
O‘quvchilar ismlar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lishini va bosh harf bilan yozilishini 
bilib oldilar, endi mashqni qiyinchiliksiz bajarishlari mumkin. 
Ulug‘ Temur bobomiz 
Sevgan, sig‘ingan Vatan! 
Bobur Mirzo doimo 
Qo‘msab sog‘ingan Vatan! [2,49] 
Mashqda kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan Temur va Bobur Mirzo so‘zlari bor va 
ular bosh harf bilan yoziladi.
Shaxsni birdirgan so‘zlarga – insonlarga nisbatan ishlatiladigan so‘zlar, ism va 
familiya, kasblar kirishini, sodda tilda, 1-sinf o‘quvchilariga tushuntirish juda muhim. 
Eng tushunarli usuli o‘zining ismi, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisining ismlarini va 
kasbini bolaga ayttirish va ularga so‘roq berishni taklif qilish kerak; oilasi haqidagi 
ma’lumotlar uning esidan chiqmaydi, tez yodida saqlanib qoladi.


208 
Narsalarning nomini birdirgan so‘zlar esa nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishini, ular 
kichik harf bilan yozilishini bola bilishi va farqlashi juda muhim. Dars jarayonida 
yoki darsdan tashqari ekskursiyalarda oziq-ovqat do‘koni, kiyim do‘koni, gul 
do‘koni, hayvonot bog‘lariga sayohat qilish va ko‘rgan, ushlagan narsalari (masalan, 
sut, kofe, go‘sht, kofta, yubka, paypoq, kaktus, geran, ayiq, kaklik…) nima? 
so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar ekanligini tez bilib oladilar. Bu ular tasavvurining 
boyishiga, mavzuni yaxshi o‘zlashtirishiga yordam beradi.
“… Nemis faylasufi va tilshunos olimi V. Gumboldning obrazli tarzda 
ifodalaganidek, ‘‘til –xalq ruhidir, unda millatning barcha hislatlari muhrlangan 
bo‘ladi”.Fikr ifodasining quroli hamda kishilar orasida muloqot vositasi vazifasini 
ado etish tilning eng muhim xususiyatidir. Xuddi shuning uchun ham til ham ona tili, 
ham horijiy til sifatida o‘rganiladi”[3,10]. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxs va 
narsalarning nomini bildirgan so‘zlar haqidagi tasavvurlarini boyitish uchun turli 
usullardan va o‘yinlardan foydalanish juda samarali hisoblanadi.

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish