292
ФИО автора:
Hakimov Utkir Ilhomjon o'g'li
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti
o’zbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi
Название публикации:
«TILNING TUG’ULISHI»
Annotatsiya:
Mazkur maqolada bugungi kunda butun insoniyat o’zaro muloqot
vostitasi sifatida foydalanayotgan tilning qay tarzda vujudga kelganligi to’g’risida fikr
yuritiladi. Mazkur hodisa haqidagi dunyo tilshunosligidagi qarashlar talqin qilinadi va
takliflar keltiriladi.
Kalit so’zlar
: Tilshunoslik, jamiyat va til, til tarixi, tillarning vujudga kelishi, tovushga
taqlid nazariyasi, undovlar nazariyasi, mehnat hayqiriqlari nazariyasi, ijtimoy kelishuv
nazariyasi, umumlashma nazariya.
Ma’lumki, insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilishda tildan foydalanishadi.
Tillarning qachon, qayerda va qanday paydo bo’lganligi bugungi kun tilshunosligi
uchun hali o’z yechimini topmagan bir jumboq. Biz tilning qachon yoki qayerda paydo
bo’lganligi haqida emas, uning qanday vujudga kelganligi to’g’risida
fikr yuritishni
lozim topdik.
Til ijtimoy hodisa bo’lgani holda jamiyatning ajralmas bo’lagidir. Jamiyat bor
joydagina til bo’la oladi. Ammo, xuddi shu o’rinda hali ibtidoiy odamlar qanday qilib
jamiyatga birlashdilar, axir, jamiyat bo’lishi uchun o’zaro aloqa bo’lishi kerak degan
savol yuzaga keladi. Bu aloqa vositasi bo’lgan tilning vujudga kelishi haqida
tilshunoslikda ko’plab nazariyalar mavjud. Bulardan asosiylari atrofdagi narsa va
hodisalarning chiqargan tovushlariga taqlid qilish orqali til paydo bo’lgan deb
hisoblovchi
tovushga taqlid nazariyasi, tildagi barcha so’zlar insonlarning his-
hayajonlari, tuyg’ulari, qahr-g’azablari natijasida shuursiz ravishda baqirishlari
hisobida paydo bo’lgan degan qarashdagi undovlar nazariyasi,
til insonlarni mehnat
jarayonida harakatga undaydigan ixtiyorsiz qichqirishlar natijasi deb hisoblovchi
293
mehnat hayqiriqlari nazariyasi hamda XIX asr ikkinchi yarmida vujudga kelgan,
odamlar bir birlari bilan kelishgan holda narsalarga nom qo’yib olishgan deb
qaraydigan ijtimoiy kelishuv nazariyalaridir. Biroq bu
nazariyalarning birortasi
haligacha o’zini to’la oqlolgan emas. Bu nazariyalar ulardan hech biri tilning
shakllanishini to’lig’icha ochib bera olmaganligi sababli bir-biriga qarama-qarshi
qo’yiladi. Masalan, tovush chiqarmaydigan narsa va hodisalarga qanday nom
berilganligini ochib bera olmagan tovushga taqlid nazariyasi
tarafdorlariga bu kabi
narsalar va holatlarga jamiyat bilan kelishgan holda nom berilgan degan konsepsiya
bilan ijtimoiy kelishuv nazariyasi tarafdorlari qarshi chiqishadi va hokazo. Biz ham bu
borada o’z fikrimizga egamiz. Bizningcha, tilning vujudga kelishini yuqoridagi
nazariyalarning aynan bittasi bilan asoslab qo’ysak,
til sistemasining vujudga
kelishidek murakkab jarayonni soddalashtirib qo’ygan bo’lamiz. Vaholanki, til
vujudga kelishida ushbu nazariya va qarashlarning barchasining o’z o’rni va ahamiyati
bor. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, tilning ma’lum bir qismi narsa va hodisalarning
chiqargan tovushlari asosida nom qo’yish orqali, ma’lum bur qismi his-hayajon
undovlari yoki mehnat jarayonidagi qichqiriqlar natijasida,
boshqa bir qismi esa,
insonlarning o’zaro kelishuvi asosida vujudga kelgan deb hisoblash haqiqatga
yaqinroq. Masalan: o’zbek tilidagi ,,sharshara” so’zini suvning yuqoridan pastga
tushishi natijasida chiqargan tovushi hisobida
yuzaga kelgan deb hisoblasak, ,,tosh”
so’zida bu qarash uning nomlanishini yoritib bera olmasligini ko’ramiz. ,,tosh” so’zi
insonlar orasidagi kelishuv natijasidir. Ingliz tilida ,,sharshara” bu so’z ,,waterfall” deb
nomlanadi. Bu ham insonlar tomonidan ,,water – suv”, ,,fall – tushmoq” so’zlarining
o’zaro kelishgan holda nomlanishiga misol bo’la oladi.
Bu umumlashma nazariya bizga nima beradi? Bu qarash tilning kelib chiqishini
barcha nazariyalarni umumlashtirgan holda yoritadi. Istalgan aynan bir nazariyadan
ko’ra aniqroq dalillaydi va hech bir nazariyani inkor qilmaydi. Aksincha,
ularni
birlashtiradi. Ma’lum bir nazariya yoki qarashning ojiz tomonini boshqa bir qarash
bilan to’ldiradi. Bu nuqtai nazardan borish tilning tug’ulishini bir mucha aniqlashtiradi.