Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)


  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

 


114 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: 
1. Norqulov N., Nizomiddinov N., Miniatyura tarixidan lavhalar, T., 1970; Alisher 
Navoiy asarlariga ishlangan rasmlar, T., 1982; 
2. "Sharq miniatyura maktablari," T., 1989; Oriental miniatures 14th—17th centuries, 
Tashkent, 2001. 
3. Bekmuratova Aytgul. 2005-y «Tasviriy san'at darslarida o'quvchilarning bilish 
qobiliyatini rivojlantirish» 28-29-betlar 


115 
ФИО автора: 
Sa’diyeva Rohat Bahritdinovna,
Tarix fani o’qituvchisi

Название 
публикации:
«MINIATYURA 
SAN'ATI 
ORQALI 
O'QUVCHILARNING BADIIY IJODIY FIKRLASHINI SHAKLLANTIRISH» 
Annotansiya- 
maqolada ulug’ adib Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”asari 
haqida qiziqarli ma’lumotlar hamda xorijlik olimlarning ushbu asar haqidagi 
maqolalari, fikr- mulohazalari, didertatsiyalaridan namunalar va o’zbek romanchiligi 
to’g’risida qimmatli ma’lumotlari keltirilgan.
 
Kalit so’zlar:
Abdulla Qodiriy, “Otkan kunlar”, “Chol va dengiz”, “Amerika 
fojiasi”, B.Hayit, Eden Nabi, Xristafor Maykel Murfi I. Baldauf, Zigrid Klaynmixel, 
Zarif Bashir, ”Nobel mukofoti sovrindorlari” 
Har gal biror asarni o’qimoqchi bo’lganimda birinchi navbatta asarning tarixiy 
yoki hayotiy ekanligiga e’tibor qarataman.Ko’proq tarixiy dalillar asasida yozilgan 
asarlarni sevib o’qiyman. Bir kuni qo’limga “Nobel mukofoti sovrindorlari” deb 
atalgan kitob tushib qoldi. Kitobni o’qir ekanman unda adabiyot sohasida nobel 
mukofotini olgan asarlar e’tiborimni tortdi. U yerda Ernest Hemengueyning “Chol va 
dengiz” va Teodor Drayzerning “Amerika fojeasi”asarlari ham bor edi. Men bu
asarlarni bir emas bir necha marta o’qib chiqqanman. Har gal o’qiganimda asarning 
yangi qirralarini kashf etib boraveraman.
"Chol va dengiz" qissasida insonning 
ulug‘ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azmu qaroridan og‘ishmaslik shunday 
o‘zgacha bir talqinda aks etganki insonni hayotga boshqacha ko’z bilan qarashga 
undaydi, “Amerika fojiasi”da esa asarning bosh qahramoni Klayd Grifits kambag’al 
oilada tug’ilib o’sgan yigit.Uning boylik orttirish yo’lida qilgan nojo’ya xatti-
harakatlari, bu yo’lda hech qanday qing’ir ishlardan qaytmasligi va uni shunday 
ishlarni qilishga qo’yib bergan tabiati – yuzsizligi, shafqatsizligi kabilar bir qahramon 
timsoli orqali o’sha davr Amerika muhiti haqida kitobxonda yaxlit tasavvur paydo 
qiladi.Yozuvchi mamlakatda Klaydga o’xshagan kimsalarning borligini Amerikaning 
fojiasi deb biladi. Aslida har ikkala adib ham bu asarlari orqali o’sha paytdagi 
Amerikaning ijtimoiy tuzumi, illatlarini mahorat bilan tasvirlay olgan.O’ylanib qoldim


116 
Xo’sh, bizdachi bizda nobelga munosib asarlar bormi? O’zbekning dardini,o’zbekning 
fojeasini, o’zbek millatning sabr-toqati, matonatini dunyoga boricha ko’rsata oladigan 
asarlar bormi? 
Ha albatta men bu borada ulug’ adib Abdulla Qodiriyning “O’takan kunlar” 
asarini ayta olaman.
Abdulla Qodiriy xalq uchun ilm-ma’rifat havodek zarur bo‘lgan, 
yurt tepasida johil shaxslar egalik qilayotgan bir zamonda yashab o‘tdi. Yaratgan 
qahramonlari orqali xalqni o‘tgan kunlardan saboq olishga, o‘z oramizdagi mehrobdan 
chiqayotgan chayonlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Millatning har bir xonadoniga 
Otabek, Kumush, Anvar, Ra’nolar qiyofasida kirib bordi, ular taqdiri orqali xalqni 
o‘ylatdi, yig‘latdi, yupatdi. Hayoti tazyiqlar, xavf-xatarlar ostida qolsa ham millati 
uchun yozishdan to‘xtamadi…

Milliy adabiyotimizni Abdulla Qodiriy kabi zabardast 
ijodkorlarimizni tanitish bilan dunyoga olib chiqish mumkin. Mumtoz adabiyotimizda 
Alisher Navoiy benazir bo‘lsa, XX asr nasrida Abdulla Qodiriyga tenglashadigan 
ijodkor yo‘q. Bugungi davrgacha qilingan tadqiqotlar qimmatini pasaytirmagan holda 
aytmoqchimanki, ulug‘ adib ijodini yangicha qarashda o‘rganish payti keldi
.
“O’tkan kunlar” asarining yozilganiga ham 95 yil bo’ldi.Yozuvchi bilan birga 
asarga ham kishan urildi.

O'tkan kunlar"ni mutolaa qilganlar u yoqda tursin, bu haqda 
so‘zlaganlar omonsiz jazolangan mash'um davrlarda ham asar haqiqiy adabiyot 
muxlislari orasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qilaverdi. Kitobxon asarning har bir satrini 
diliga jo qildi.
Haq yo’lidagi asarni hech qanday hukumdor hech bir zamonda mahv 
etolgan emas.Abdulla Qodiriy ham, u zotning asarlari ham tirik qolaveradi
.
O’tkan 
kunlarning poydevori-Otabek bilan Kumushning
muxabbati.Adib qo’llariga qalam 
olganlarida ikki yoshning muxabbatini bayon qilmoqchi bo’lganmikinlar? Agar 
maqsad shugina bo’lsa asar bu qadar ulug’vorlik kasb eta olarmidi. Axir tariximizda 
ishqiy qissalar kam edimi? Yozuvchi adabiyot maydoniga xalq g’amida kuyib-yonib 
kirib kelganlar.O’tkan kunlarni yozishda ham shu millat qayg’usi undagan deb 
o’ylayman. 
Bir mulohaza qilib ko’raylikchi asarda nima uchun Otabekning onasiga “O’zbek 
oyim” deb ism qo’yilgan?Axir ayollarda O’zbek degan ismni deyarli uchratmaymiz-
ku?Nazarimda yozuvchi shu so’ngi jumla uchun ham “O’zbek oyim”,deb qo’yganga 


117 
o’xshaydilar…..”O’zbek oyim qora kiydi…Yurt xavfdan ogoh etuvchi chaqriqqa 
e’tibor bermadi, hidoyatdan chekindi va oqibatda qora kiydi, aza ochdi. Qorong’u 
tunlarga kirib keldi.Yurtning qora kiyishiga sabab nima?Yo’q! Xalq orasida totuvlik 
yo’qligi asosiy sabab bo’ldi.Yozuvchi tarixni to’g’ri anglab,to’g’ri tahlil qilib, o’z 
xulosalarini dam ochiq tarzda, dam ramzlar orqali ifoda qilganlar.Adib asar 
boshlanishida biz hozir “ijtimoiy muammo”deb aytayotgan muhim masalaga e’tiborni 
qaratadilar.Qora tunlar qayerdan boshlanishini ko’rsatadilar. So’ng bu muammo go’yo 
unitilganday tuyulib, ishqiy mojarolarga berilganday bo’ladilar.Ishqiy mojaralor hal 
etilganday tuyulgach esa yana o’sha ijtimoiy muammoga endi Yusufbek hoji 
ishtirokida qaytadilar.Yozuvchi endi dardlarini Yusufbek hoji tilidan qog’ozga 
to’kadilar: 
“…Birodarlar! O’rus ichimizdan chiqadirg’on fitna-fasodni kutib darbozamiz 
tegida qo’r to’lib yotibdi. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovga beradigan 
kuchimizni o’z qo’limiz bilan o’ldirsak, sen falonsan deb qirilishsak, holimiz nima 
bo’ladir… 
…Siz o’z qipchog’ingiz uchun qabr qazigan fursatda, sizga ikkinchi tobut 
chopadilar. Biz qipchoqqa qilich ko’targanda, o’rus bizga to’p o’qlaydur… 
Bunda qipchoqqa qabr qazildi, unda esa tobut tayorlandi.Bunda birodarga qarshi 
qilich ko’tarildi, unda millatga qarshi to’plardan o’q uzildi….Bu endi tarixiy 
haqiqat.Dastlabki noahillik bosqin bilan tugadi. Keyingisi esa o’ttiz yettinchi yil 
qirg’ini bilan….Yozuvchi va ul zotning safdoshlari shu nohaqlikning qurboni bo’ldilar. 
Kumush…Abdulla Qodiriy uni suyib-suyib yozganlar. Yozuvchi Kumushda faqat 
go’zal malakni ko’rganmilar? Yo’q, adib Kumush timsolida go’zal vatanni ko’rganlar. 
Kumushga bo’lgan sevgilari vatanga bo’lgan sevgilari edi aslida. Asar so’ngida 
“Kumushni o’ldirib qo’ydim” deb yig’lagan ekanlar.Yozuvchi bir go’zal malakning 
o’limidan emas, vatan kelajagining zaharlanganidan qayg’uga botganlar deb 
o’ylayman. Kumush o’ldi.Ammo uning o’g’li tirik. Demak, Vatan kelajagiga umid bor. 
Asarda “o’zbeklar turmushidan tarixiy ro’mon” deb izoh berilgan. “sevishgan 
qalblar haqida” yoki “muhabbat fojialari”….emas, aynan o’zbeklar turmushidan, 
aynan shom azoni chaqirilgan damdagi turmushidan. 


118 
Va nihoyat qatag’onning umri tugadi. Yozuvchining nomi oqlandi, asarlari 
hibsdan ozod bo’ldi. Qariyib yigirma yil Abdulla Qodiriyning asarlarini qo’lga olish 
man etildi. Savol tug’iladi nega? Axir bu asar ikki sevishganning o’tli muhabbati 
haqidaku! Yo’q aslida bu asar Vatan kelajagiga umid bilan boqqan ezilgan, xo’rlangan 
xalqning vataniga bo’lgan cheksiz, otashin muhabbati haqida edi.

Ma’lumki, Qodiriy 1926-yilda «Yig‘indi gaplar» hajviyasi uchun respublika 


rahbarlari obro‘sini to‘kishda ayblanib, bir necha oy qamoqda yotib chiqqan. Shu 
jarayon bilan bog‘liq materiallar NKVD tergovchilari ixtiyorida bo‘lgani uchun ular 
tergovni shu masalaga «oydinlik kiritish»dan boshlamoqchi bo‘ladi.Adib tergovchilar 
tomonidan berilgan savollarga ikkilanmasdan, qo’rqmasdan javob beradilar. 
«Savol: Ma’lumki, siz burjua millatchisi sifatida adabiyot sohasida faollik 
ko‘rsatgansiz. Shu to‘g‘rida mukammal ko‘rsatma bering. 
Javob: Men tergovdan o‘zimning burjua millatchilik e’tiqodimni yashirmoqchi 
emasman. Zero, mening bir necha yil davomida olib borganim sovetlarga qarshi 
millatchilik ishi shu qadar ma’lumki, uni qanchalik istasam ham yashira olmayman. 
Shuning uchun ham men adabiyot olamida sovetlarga qarshi olib borganim amaliy 
millatchilik ishi haqida vijdonan, haqqoniy so‘zlab berishga harakat qilaman.Men 
jadidizm burjua-millatchilik partiyasi mafkurasi ruhida tarbiyalanganman, shuning 
uchun Oktyabr inqilobining dastlabki kunlaridanoq Sovet hokimiyatiga qarshi burjua-
millatchilik kurashi yo‘liga o‘tganman. Sovet hokimiyati burjua millatchiligi bilan 
chiqishmagani, aksincha, uning manfaatlariga qarshi bo‘lgani uchun Sovet hokimiyati 
g‘oyalarini qabul qilmaganman. Shunga asoslangan holda burjua yozuvchisi sifatida 
butun kuchim va imkoniyatim bilan sovetlarga qarshi faol millatchilik ishini olib 
borganman. Men 1919-yili «O‘tkan kunlar» tarixiy romanini yozishga kirishib, uni 
uzil-kesil tugatib, 1925-yili nashrdan chiqardim. Sovet hokimiyatining Turkistondagi 
besh yillik hayoti mening siyosiy e’tiqodimda hech bir o‘zgarishni yuzaga keltirmadi, 
shuning uchun «O‘tkan kunlar» romani chop etilgan vaqtda men imoni komil burjua 
millatchisi edim. 
«O‘tkan kunlar» romani sovet voqeligini ochiqdan-ochiq inkor etuvchi, oshkora 
sovetlarga qarshi, millatchilik ruhidagi asar edi. Men shu asarda inqilobga qadar 


119 
bo‘lgan ijtimoiy davlat tuzumini va o‘zbek millatchiligini butun kuchim bilan 
ideallashtirdim. Agar romanda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Yo‘qolsin sovet hukumati!» 
deyilgan bo‘lmasa-da, kamida ichki mazmuni shunga chaqirgan…» 
Qodiriyning tergov paytida aytgan bu so‘zlari shu vaqtgacha biror kitob yoki 
maqoladan o‘rin olmagan. Bugun oddiy kitobxonlar ham, adabiyotshunoslar ham ulug‘ 
adibning bu so‘zlarini o‘qib hayratlanishlari tabiiy. Nega mahbuslik kursisida, 
jallodlari ro‘parasida o‘tirgan adib ular qo‘yayotgan tuzoqqa chap berish o‘rniga, ular 
aytayotgan tuhmatni rad etish o‘rniga, aksincha, o‘zini o‘zi dor sari eltmoqda?! Bu ham 
adibning qanchalik vijdonli, vatanparvar, xalq dardini o’z dardi deb bilishi, xalqning 
kelajagiga shunchaki ko’z yumib keta olmaganligini anglatar edi. 
Asar nashrdan chiqqan dastlabki kunlardayoq mashhurlikka erishdi.
Roman rus, 
ozarbayjon, latish, litva, tatar, turkman, uyg‘ur, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq, arab, 
italyan, ingliz, nemis, turk va boshqa tillarga tarjima qilingan, qayta-qayta nashr 
etilgan.

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish