Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Asranov SH.M.Formirovaniye innovatsionnix metodov modelirovaniya v 
prognozirovanii ekstremal’nix gidrologicheskix situatsiy. Sbornik nauchnix stat’yey 
Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii «Vnedreniye rezul’tatov nauchnix 
issledovaniy v prakticheskuyu deyatel’nost’ operativnix slujb MCHSi GSCHS dlya 
opredeleniya veroyatnosti vozniknoveniya CHS, ustanovleniye kriteriyev riskov CHS 


53 
i opredeleniye stepeni riska ix vozniknoveniya». Tashkent, IGZ RU. 2018 g. str. 59-
61. 
2. Askarxodjayev T.I., Asranov SH.M. Vnedreniye innovatsionnix metodov 
otsenki ekstremal’nix gidrologicheskix situatsiy. Sbornik statey mejdunarodnoy 
nauchno-prakticheskoy konferensii «Povisheniye effektivnosti, nadejnosti i 
bezopasnosti gidrotexnicheskix soorujeniy». Tom II. Tashkent. TIIIMSX. 2018 g. 
str.518-521. 
3. Asranov SH.M. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza 
qilishda innovatsion modellashtirish texnologiyalari. “YOng’in xavfsizligi, favqulodda 
vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishning dolzarb muammolari” masofaviy I 
respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. O’zbekiston Respublikasi FVV 
Akademiyasi, Toshkent sh., 2020 yil 22 dekabr’. 
4.http://aiportal.ru – Портал искусственного интеллекта. 


54 
ФИО авторов: 
Yuldasheva Mashxura Moʻminjonovna
Bagʻdod tumani 35-IDUM matematika fani oʻqituvchisi 
Ibroximov Akmaldin Abdumalik oʻgʻli
Bagʻdod tumani 35-IDUM BTY yetakchisi
No’monov Otabek O’rmonjon o’g’li
Namangan muhandislik texnologiya instituti talabasi 
Название публикации:
«YOSHLAR DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIDA 
MILLIY TARBIYANING AHAMIYATI» 
Ta'lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. Ta'lim, tarbiyaning bir juz'idir. 
Tarbiya esa ta'limni o‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‘z-o‘zidan 
ta'limga nisbatan komil va keng qamrovlidir. Islomiy tarbiyaning ma'nosi esa 
jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish va albatta, bu tarbiya 
ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‘z ichiga oladi. Bu Ummat.uz yozmoqda. 
Zotan, Alloh taolo insoniyatni yer yuzini obod qilish uchun yaratgan. Demak, u 
o‘zining vazifalarini ado etishi uchun har taraflama komil va yetuk bo‘lishi kerak. 
Buning uchun esa bizning dinimiz Islomda barcha ko‘rsatma va imkoniyatlar mavjud. 
Eng asosiysi, inson o‘zining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish asnosida doimiy 
holda Allohga yuzlanib turishi tarbiyadir. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ta'lim komil tarbiyaning bir juz'idir. U esa aqlni 
rivojlantiradi va sayqallashtiradi. Natijada u o‘z hayotida kerak bo‘ladigan ilmu 
ma'rifatni ashyolar to‘g‘risidagi turli ma'lumotlarni, kasbiy mahoratini yoki kasb va 
hunarlarga tegishli bo‘lgan fanlarni o‘rganadi. Lekin tarbiyaga o‘xshab keng qamrovli 
bo‘la olmaydi. Chunki ta'lim insonni ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qamrab 
ololmaydi. Shuning uchun ham ta'lim va tarbiya doimo birga bo‘lishi talab etiladi. Bu 
haqiqatni esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari 
orqali ham bilib olishimiz mumkin. 


55 
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Alloh taolo Men orqali yuborgan hidoyat va ilmning misoli yerga yoqqan 
yomg‘ir kabidir. Yerning ba'zi joyi yaxshi ekan, suvni qabul qilib, ko‘plab nabotot va 
o‘simliklarni o‘stiribdi. Uning ba'zi joylari qattiq ekan, suvni tutib qolibdi. Bas, u bilan 
Alloh odamlarga manfaat beribdi. Ular undan ichibdilar, sug‘oribdilar va ekin 
ekibdilar. Yerning ba'zi joylari silliq ekan. Suv tutmas va ekin ham o‘stirmas ekan. Ana 
o‘sha xuddi Allohning dinida faqih bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Alloh men ila yuborgan 
narsa unga manfaat beribdi. O‘zgalarga o‘rgatibdi. Boshqasi o‘sha narsaga e'tibor 
bermagan kishiga o‘xshaydi. Yana biri esa, men ila yuborilgan Allohning hidoyatini 
qabul qilmagan odamga o‘xshaydi», dedilar». Ikki Shayx rivoyat qilishgan. 
Imom Qurtubiy (r.a) «Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zlari orqali yuborilgan 
hidoyat va ilmni insonlar bir qo‘ltim suvga muhtoj bo‘lib turgan holatlarida yuborilgan 
yomg‘irga o‘xshatdilar.» Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuborilishlaridan 
avval insonlar ana shunday muhtoj va nochor holda edilar. Osmondan yoqqan yomg‘ir 
o‘lik yerlarni tiriltirganidek diniy ilm va ko‘rsatmalar o‘lik qalblarni tiriltirdi. So‘ngra 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eshituvchilarni yomg‘ir yoqqan har xil yerlarga 
o‘xshatdilar. Ularning ba'zilarini ilmga amal qiladigan olim hamda muallim, xuddi 
unumdor yer o‘rnida ko‘rdilar. Suvni ichadi, o‘zi foydalanadi va o‘simliklar o‘stirib 
boshqalarga ham foyda keltiradi. Ba'zilari esa zamonasidagi barcha ilmlarni egallaydi, 
lekin unga amal qilmaydi yoki unga muvofiq hayot kechirmaydi. Boshqalarga esa 
yetkazadi. Bu kishilar suvni o‘zida saqlab qolib odamlar undagi suvdan 
foydalanayotgan yerga o‘xshaydi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday kishilar to‘g‘risida: «Mening so‘zimni 
eshitib boshqalarga xuddi shunday holatda yetkazgan kishini Alloh yorlaqasin», 
deganlar.Yana ba'zilari esa ilmni eshitadi lekin uni yodda saqlab qolmaydi, tafakkur va 
tadabbur ham qilmaydi. Boshqalarga ham yetkazmaydi. Bularning misoli qattiq silliq, 
o‘ziga hech narsani yuqtirmaydigan, suvni ham qabul qilmaydigan yer kabidir. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida ta'lim va tarbiyani 
jamlab keltirdilar va bunda ilmga amal qiluvchi olim va muallimni eng oliy darajaga 


56 
ko‘tardilar. So‘ngra, eshitgan narsasini ilm va yaxshilikni qanday eshitgan bo‘lsa xuddi 
shunday holatda boshqalarga yetkazgan olim va muallimni keltirdilar. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam bu ikki toifani ta'lim va tarbiyada ishtirok etganlari uchun 
madh etdilar. Uchinchi toifani esa mazkur ishlarda ishtirok etmagani uchun qoraladilar. 
Agar ta'limni tarbiyadan ajratib qo‘ysa, ta'lim cho‘loq bo‘ladi. U holda ta'lim guyoki 
ma'lumotlar saqlanadigan quticha, idish va yana qandaydir narsaga aylanib qoladi. 
Natijada esa bu ma'lumotlar jamiyat uchun kerak bo‘ladigan komil insonni shaxsiyatini 
yetishtira olmaydi. Mana shuning uchun barcha ta'lim muassasalarida ma'lum bir 
yo‘nalish bo‘yicha ta'lim berish bilan birga tarbiyani ham berib ketish kerak, aks holda 
qanotsiz qush kabi parvoz qila olmaydi. Qush esa pavoziga qarab turib baholanadi. Bu 
borada diniy ta'lim berilayotgan muassasalarni alohida zikr qilib o‘tish kerak. Zotan, 
bu ilm ikki dunyoning obodliligiga tegishliir. Qolaversa, bu ilm bandani o‘z Robbiga 
ibodat qilib, bandachiligini izhor qilishni yo‘l-yo‘riqlarini qonunlarini o‘rgatadi. 
Albatta bu borada ta'lim bilan birgalikda xossatan ruhiy va aqliy tarbiya ishtirok etishi 
kerak. 
Bundan ming yil muqaddam buyuk mutafakkir Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit 
turk” asarida tarbiya, axloq masalalariga to‘xtalib, “Zamon butunlay ozdi. Ilm, hikmat, 
poklik kamaydi. Tuban, yomonlar ko‘paydi, fazilat egalari yo‘qolayotir”, deya yozgan 
ekan. Turli davrlarda yashagan donishmandlarning bu singari qarashlarini dunyodagi 
ko‘plab xalqlar tarixida kuzatish mumkin. Ammo zamon, jamiyat taraqqiyotiga ko‘ra 
yoshlar tarbiyasi masalasida yangi muammolar tug‘ilgan hamda tarbiyachilar, 
ustozlarning oldida vazifalar ko‘payib borgan. Odamlar yaxlit, bir butun holda yaxshi 
yoki yomonga bo‘linmaydi. Agar shunday bo‘lganda edi, tarbiya masalasi osonlikcha 
hal bo‘lardi. Yaxshi fazilatlar va yomon odatlarning, turli g‘oyalarning bir odamning 
qalbi va ongini egallash uchun kurashi — tarbiya masalasining naqadar murakkab 
ekanini anglatadi. 
“Tarbiya” so‘zining ma’nolari ko‘p bo‘lsa-da, milliy an’analardan kelib chiqsak, 
tasavvurda avvalo uning “axloqiy” sifati uyg‘onadi. Boisi, ota-bobolarimiz bola axloq-
odobini tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan ustun qo‘yishgan. 


57 
“Binobarin, bolaning aqliy va jismoniy tarbiyasi samarasiz qolmasligi uchun, — deb 
yozadi birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitrat “Oila” risolasida, — farzandning 
axloqiy tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanib ko‘p harakat qilish lozim. Axloqiy tarbiya 
— odam axloqini kamolga yetkazish demakdir, ya’ni odamni shunday tarbiya qilish 
kerakki, fe’li va amali o‘ziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan 
bo‘lsin”. 
Fitrat ta’lim olishni ham tarbiya sirasiga qo‘shib, uni “aqliy tarbiya” deb ataydi. Shu-
ningdek, farzandni sog‘lom voyaga yetkazish, ya’ni “jismoniy tarbiya”siga ham jiddiy 
e’tibor qaratib, tarbiyaning ushbu uch turiga xulosa berar ekan, zamonaviy til bilan 
aytganda, “shaxsning ijtimoiylashuvi”ni sodda ifodalaydi: 
“...bolalarning tarbiyasi bu farzandni jismonan, fikran va axloqan tarbiya qilib, 
kamolga yetishtirish demakdir. Ya’ni ularni urinish va tirishish sahrosiga, ya’ni hayot-
mamot maydoniga kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirib 
yuborish demakdir”. 
Abdulla Avloniy ham “Turkiy guliston yoxud axloq” risolasida bola tarbiyasiga 
yondashganda, uni jismoniy, fikriy va axloqiy turlarga ajratib, axloqiy tarbiyaga 
alohida e’tibor qaratadi. 
Ammo hozirgi zamon ta’lim tizimida “tarbiya” so‘zidan chekinish holatlari seziladi, 
hatto qonun ham “Ta’lim to‘g‘risida” deb atalgan. Bolalar bog‘chasini “Maktabgacha 
ta’lim muassasasi” (maktabgacha ta’lim tashkiloti) deyishga ham asta-sekin ko‘nikdik, 
ammo MTM desa, ko‘z oldimizga baribir bolalar bog‘chasi keladi. Masalaga 
chuqurroq qarasak, bolalar uchun ilk yoshdan boshlab tarbiyaning jismoniy va axloqiy 
turlari muhim hisoblanadi. Aqliy yoki fikriy tarbiya — ta’lim bolalar maktabga borishi 
arafasida amalga kiradi. 
Shu o‘rinda “ta’lim” va “tarbiya” so‘zlarining lug‘aviy ma’nosiga to‘xtalib o‘tish 
maqsadga muvofiq. Milliy tarbiya tarixining atoqli namoyandalari Fitrat va Abdulla 
Avloniy qarashlarida “tarbiya” so‘zining ma’no qamrovi “ta’lim”ga qaraganda 


58 
birmuncha kengligini ta’kidladik, hatto “ta’lim” mazmun-mohiyati jihatidan “fikr 
tarbiyasi” yoki “aql tarbiyasi” sifatida tarbiyaning tarkibiy qismi sanaladi. Umuman, 
tarbiya so‘zida yoshlarni (ham jismonan, ham axloqan, ham aqlan) barkamol avlod 
sifatida tarbiyalash tushuniladi. Ya’ni sodda qilib aytganda, “tarbiyali bola” barkamol 
avlod demakdir. 
O‘zbek tilining izohli lug‘atida tarbiya so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “rivojlantirish, 
parvarish qilish, o‘stirish; o‘rgatish; ilm berish” singari bir qator ma’nolarni anglatishi 
yozilgan. Izohli lug‘atni sinchiklab o‘rganganimizda “ta’lim” so‘zidan ko‘ra “tahsil” 
so‘zi ham kengroq ma’noni ifodalaydi. 
Aqliy va axloqiy tarbiya mushtarakligiga xalqimiz azaldan o‘ta zukkolik bilan 
yondashgan. Abu Nasr Forobiy “Baxt-saodatga erishuv” asarida bu masalani o‘ziga 
xos tarzda izohlaydi: “Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy 
fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-
hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir”. Mutafakkir kasb-hunar egallashni ham, 
tarbiyani ham amaliy faoliyat orqali yuzaga chiqarishni nazarda tutadi, ta’lim esa faqat 
so‘z va nazariy tomondan o‘rganish bilan cheklanadi. 
“Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, — deb yozadi Forobiy “Aql to‘g‘risida” 
risolasida, – ular fazilatli, o‘tkir muhokamali, yaxshi, foydali ishlarga berilgan, zarur 
narsalarni kashf va ixtiro etishda zo‘r iste’dodga ega; yomon ishlardan o‘zini chetga 
olib yuradilar. Shunday kishilarni “oqil” deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topishda 
zehn-idrokka ega bo‘lganlarni “aqlli” deb bo‘lmaydi, ularni “ayyor”, “aldoqchi” degan 
nomlar bilan aytmoq lozim”. 
Anglashiladiki, Sharqda tarbiya ta’limdan bir qadar keng tushuncha ekan, uning 
zamirida shaxs fazilatlari, bilimliligi, kasb-hunar egallagani, odob-axloqi, umuman, 
jamiyatda odamlarga qay darajada foyda keltira olishi asosiy mezon hisoblangan. 
Tarbiyaviy ruhdagi (“Qobusnoma”, “Mahbub ul-qulub”, “Futuvvatnomayi sultoniy”, 
“Turkiy guliston yoxud axloq” singari) asarlarda shaxs fazilatlarining 


59 
tasavvurimizdagi eng kichik, oddiy ko‘rinishlari ham batafsil tavsiflanganki, bu 
shaxsning tarbiyalanganlik darajasini aniqlashda o‘lchov bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs 
fazilatlarini batafsil izohlash, dars jarayonida o‘rganishning yaqqol namunasi Abdulla 
Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridir. Asarda insonga xos bo‘lgan 
fazilatlar, yaxshi va yomon xulq va illatlarga birma-bir izoh berilgan. 
Turli tarixiy davrlarda tarbiya oldida turgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 
o‘ziga xos usullar, an’analar shakllangan. Bitiktoshlardagi mardlik va ezgulikka 
da’vat, xalq og‘zaki ijodidagi donishmandlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi 
fazilatlar, odil podshohlar, komil farzandlar, fozil odamlar; o‘rta asrlar 
mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari, “ustoz va shogird”, “pir va murid” an’analari; 
jadid tarbiyashunosligi singari boy tarixiy manbalar ko‘pligiga guvoh bo‘lamiz. 
Sho‘ro davridagi “kommunistik tarbiya” esa yuzaki va yolg‘onligi, milliy, tarixiy 
asosga qurilmagani bilan qisqa vaqt ichida unutildi. 
Hozirgi zamon jahon pedagogikasida tarbiyaga turlicha ta’rif berilayotgan bo‘lsa-da, 
biz uchun sharq mutafakkirlari qoldirgan meros o‘zining hayotiyligi va mazmunan 
keng qamrovliligi bilan qimmatlidir. Ayrim hollarda ta’lim muassasalarida ta’limni 
tarbiyadan ustun qo‘yish, tarbiyani e’tibordan chetda qoldirish holati yoki tarbiyani 
ta’lim orqali amalga oshirish haqidagi fikrlar ilgari surildi. Ammo jahon 
pedagogikasidagi bu tajribalar o‘zini oqlamaganligini hayot ko‘rsatib turibdi. Rus 
olimi G.K.Selevko e’tirof etganidek, “tarbiyalovchi ta’lim” rus ta’lim tizimiga katta 
zarar keltirdi — bu ta’limni tarbiyadan ustun qo‘ydi, jamoa tarbiyasini yetarli baholay 
olmadi, maktabni amaliy hayotdan ajratib qo‘ydi” (Ta’kid bizniki — H. A.). 
Maktab amaliy hayotdan ajralib qolishining asosiy sabablaridan biri, shubhasiz (xuddi 
shuni sharq mutafakkirlari ta’kidlagan edilar), yosh avlod tarbiyasiga faqat nazariy 
(ta’limiy) tomondan yondashuv bo‘lib, axloqiy faoliyat e’tibordan chetda 
qoldirilganidir. Haqiqatan, ta’lim olish (o‘quv-biluv faoliyati) — aqliy tarbiyani 
amalga oshirishi, ya’ni mustaqil o‘qish, fikrlashni rivojlantirishi mumkin. Ammo 
ta’lim zamiridagi tarbiya nazariy bilimligicha qolaveradi, bu faoliyat emas. 


60 
Rus pedagog olimi I.P.Podlasiy (axloqiy) tarbiyani umumiy falsafiy nuqtayi nazardan 
insonning hayotiy shart-sharoitlarga moslashuvi, ijtimoiy tomondan katta avlod 
hayotiy va axloqiy tajribalarini yosh avlodga o‘tkazishi, pedagogik jihatdan keng 
ma’noda insonga barcha ta’sirlar jarayoni va uning natijasi, tor ma’noda o‘quv-tarbiya 
muassasalarida amalga oshiriluvchi tarbiyachilar tomonidan maxsus tashkil etilgan, 
aniq maqsadga yo‘naltirilgan va tarbiyalanuvchilarda belgilangan sifat-fazilatlarni 
shakllantiradigan boshqariluvchi jamoaviy o‘zaro harakat, amaliy nuqtayi nazardan 
aniq tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan tarbiyaviy faoliyat 
(tarbiyachilar, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, yetakchilar hamkorligida) jarayoni va 
natijasi deb izohlaydi. Shuningdek, taniqli rus pedagogi G.M.Kodjasparova tarbiya 
kategoriyasiga ikki yo‘nalishda yondashadi. Birinchidan, tarbiya ijtimoiy hodisa 
sifatida “yangi avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida ularga ijtimoiy-tarixiy 
tajribalarni o‘tkazish jarayoni bo‘lsa, ikkinchidan, pedagogik hodisa sifatida insonga 
mavjud madaniyatni o‘zlashtirishi uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan va 
rejalashtirilgan (uzluksiz) sharoit yaratish”, deb izohlaydi. Bu tarbiya maxsus tarbiya 
muassasalarida, oila, maktab, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida, bolalar va 
o‘smirlar birlashmalarida, turar joylardagi klublar singari muassasalarda amalga 
oshiriladi. Tasavvur qiling, mana shu vazifalarni ta’lim zamirida amalga oshirish 
mumkinmi? 
Tarbiyaning maqsad-mohiyati davrlar o‘tishi bilan o‘zgarmaydi, barcha millat uchun 
ham bir darajada ahamiyatli. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an’analar tarbiya 
mazmun-mohiyatini belgilaydi. Bugun nemis, rus yoki ingliz maktabida ham, o‘zbek 
maktabida ham ta’lim muassasasining tarbiyaviy vazifalarini kuchaytirish, ta’limning 
“tarbiyalovchi” faoliyatidan qoniqmaslik holatlari olimlar tomonidan e’tirof 
etilmoqda. Tarbiyaga asoslangan maktablar, o‘quvchini hayotga tayyorlashni, 
ijtimoiylashuvini asosiy maqsad bilayotgan ta’lim muassasalari tajribalarini 
o‘rganishga ehtiyoj tug‘ilayotganini ta’kidlash joiz. 
Ta’lim berish yuksak darajada tashkil qilingan yapon yoki koreys maktablari 
bitiruvchilari o‘z xalqining milliy qadriyatlari asosida tarbiya topganini bir qarashda, 


61 
ularning oddiygina salomidan sezamiz. Demak, ta’lim sohasida dunyo 
mamlakatlarining ilm-fan yutuqlarini o‘qib o‘rganish mumkin, ammo tarbiyada milliy 
qadriyatlar, urf-odatlardan chekinish yoki ularni ikkinchi darajaga tushirib qo‘yish 
mumkin emas. 
Tarbiyaning ibratga, namunali amaliy faoliyatga asoslanganini ham unutmaslik joiz. 
Ya’ni aqliy tarbiya (ta’lim) aniq dastur va rejalar asosida oddiydan murakkabga tomon 
rivojlanib borsa, tarbiyada (axloqiy tarbiya) jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-
hodisalarga nisbatan yoshlarda o‘z vaqtida tegishli munosabat uyg‘otish, aniq maqsad 
va natijaga yo‘naltirilgan reja va dasturlar ijrosiga qo‘shimcha ravishda ijodiy 
yondashuv, ijtimoiy muhitni sinchiklab o‘rganish taqozo etiladi. Aqliy tarbiyaga 
nisbatan axloqiy tarbiyaning faoliyat qamrovi, oldiga qo‘yilgan vazifalar katta bo‘lib, 
buning samarali ijrosi uchun maktab imkoniyati torlik qiladi. Shunday bo‘lsa-da, ta’lim 
muassasasi tarbiya jarayonining tashkilotchisi, muvofiqlashtiruvchisi bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. Chunki oilalar bolalarni nafaqat ta’limiy (fikriy), balki axloqiy va 
jismoniy tarbiyalash borasida turli darajada, hatto farzandiga odob qoidalarini 
o‘rgatishga qobil bo‘lmagan ota-onalar ham oz emas. 
Pedagogik jarayonda axloqiy tarbiyani ham, ta’lim tizimidagidek (davlat ta’lim 
standartlari singari) uzluksizlik talablaridan kelib chiqib shakllantirish qanchalik katta 
va murakkab masala bo‘lsa-da, amalga oshirish lozim. Albatta, ma’naviy-axloqiy 
tarbiya tushunchalarini qolipga solib bo‘lmaydi, ammo talablar shaklida hayotdan 
ajralmagan holda ifodalash mumkin. Bu boradagi samarali vositalardan biri, shubhasiz, 
milliy adabiyot o‘qitishni yanada takomillashtirishdir. Chunki milliy adabiyotimiz 
azaldan 
odobga 
asoslanganligini 
yodda 
tutishimiz 
lozim. 
Tarbiya umr bo‘yi davom etadigan jarayon. Hayotdagi har bir kishi tarbiyaviy ta’sirga 
ega. U hayot maktabida tarbiyalanar ekan, tarbiyachi sifatida, tarbiya vositasi sifatida 
o‘zi 
ham 
ijtimoiy 
muhit 
yaratishga 
xizmat 
qiladi. 
Yana Abdulla Avloniyga murojaat qilamiz: ma’rifatparvar bobomiz “Turkiy guliston 


62 
yoxud axloq” asarida “o‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar” deya ota-
onalardan, “usuli ta’lim” ko‘rmagan” deya muallimlardan noliydi. Demak, axloqiy 
tarbiyada oila, mahalla, jamoat, maktab hamkorligi hamda bu boradagi muammolar 
bugun paydo bo‘lgan emas. Bu hamkorlik asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘nlab 
tarbiya konsepsiyalarini, texnologiyalarini yaratish kun tartibida turgan dolzarb vazifa 
bo‘lib qolaveradi. Davrimizning muammolari ham, tarbiyaviy imkoniyatlari ham 
barcha davrlardagiga qaraganda murakkab va ulkandir. 
Yoshlar ongiga milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni singdirish uchun biz juda katta boy 
merosga egamiz. Jumladan, zardo‘shtiylik dinining muqaddas diniy asari hisoblanmish 
“Avesto” dan unumli foydalanish samarali hisoblanadi. Chunki, ajdodlarimizning eng 
mo‘‘tabar qo‘lyozma asarining mo‘‘tabarligi, qimmati shundan iboratki, bu asar diniy, 
falsafiy, siyosiy, ijtimoiy – tarixiy ma’lumotga ega bo‘lish bilan bir qatorda ta’limiy – 
tarbiyaviy ahamiyatga egalidir. Shuning uchun ham bu asar bizning ma’naviy 
boyligimiz hisoblanadi. Talaba – yoshlarimizni milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan 
boyitishda “Avesto” bilan birga “Qur’oni Karim” va “Hadisi Sharif” kabi muqaddas 
manbalarning ahamiyati beqiyos. 
Har bir shaxsning, jamiyatning ravnaq topishida ahloqning asosiy roli tasvirlanadi. 
Zero, jamiyat a’zosi bo‘lgan har bir kishining axloqsizligi jamiyatga qay darajada zarar 
etkazsa, yaxshi axloqli kishilar uning ravnaqiga shuncha hissa qo‘shadilar. 
Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar milliy tarbiya tufayli, 
ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi. Milliy tarbiya atamasi keng 
va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda, u inson shaxsini shakllantirishga, uning 
ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga 
qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini 
anglatadi.Bunday tushunishda milliy tarbiya. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar 
tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, 
uning etakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, TV, OAV va boshqalarni ham 


63 
o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi milliy tarbiya tarkibiga bu sohada ta’lim 
va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’noda, milliy tarbiya muayyan shaxsning 
ma’naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga 
yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar 
hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradilar. 
Bizga ma’lumki, har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina 
mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi 
ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. 
Ana shu sababdan ham ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu 
ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va 
garovi deb bilganlar. 
Prezident I.Karimov ta’kidlagani kabi, “Ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda 
ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini 
shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini 
va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu 
bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo 
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida 
bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. 
Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-
quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir… Bu haqda fikr yuritganda, men 
Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo 
saodat-yo falokat masalasidir» degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk 
ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar 
muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki 
undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi”[1]. 
Istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy tarbiyani amalga oshiradigan o‘quv 
muassasalari vaumumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga 
e’tiborni kuchaytirish eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Shu maqsadda 


64 
yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilmoqda, uning uzviy va 
mantiqiy davomi bo‘lmish Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi 
qabul qilindi. Unga muvofiq, yurtimizda mavjud bo‘lgan o‘n mingga yaqin 
umumta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayonining 
mazmunini tubdan takomillashtirish, o‘qituvchilarning mehnatini moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. 
Muxtasar qilib aytganda, oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, 
ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga 
erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun 
xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech 
qanday xato bo‘lmaydi[2]. 
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, milliy tarbiya har qanday jamiyat va 
mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning o‘sishi va 
taraqqiyoti uchunmoddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda 
yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o‘z 
ajdodlaridan yuqoriroq darajaga ko‘tarilmog‘i darkor. Yoshlarni ham jismoniy, ham 
ma’naviy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashda zamonaviy meditsina, pedagogika, psixologiya 
fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada joriy qilish ayniqsa zarur. Har bir oila, ota-ona, 
eng avvalo, bola timsolida shaxsni ko‘rishi, uning uchun shaxsga tegishli barcha huquq 
va erkinliklar ta’minlashi borasida o‘zining mas’ul ekanligini doimo his etib turishi 
nihoyatda muhim. 
Milliy tarbiyada milliy g‘oyaga, milliy g‘ururni yuksaltirishga xizmat qiladigan
timsollar, ramzlarning har biri – katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi. 
Bundan tashqari, buyuk ajdodlar tavallud sanalarini nishonlash ham ma’naviy va 
tarixiy ahamiyatga ega. Bunday marosimlarni o‘tkazish orqali yoshlar yangi 
qadriyatlar asosida tarbiyalanadilar, ular qalbiga tarixni anglash va qadrlash, o‘tmishga 
hurmat bilan yondashish, ularni asrab-avaylash, shu xalqqa mansubligi bilan 
g‘ururlanish tuyg‘ulari singdiriladi. 


65 
Umuman olganda, yoshlarning etnik qiyofasi millatning bugungi milliy tarbiyasi, 
mentaliteti, madaniyatining o‘zaro dialektik munosabati vositasida shakllanadi. 
Ma’naviy jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati, o‘z 
mas’uliyati bilan ongli ravishda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib yashaydi. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish