Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. –
B.60.
2.
Xudoyor Mamatov O’zbekiston “Adolat” SDP fraktsiyasi a’zosi. Adolat, 3-
fevral 2012-yil
3.
Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. T.: Fan va
texnologiyalar, 2007
4.
Abduqudusov O. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’limtarbiya
jarayonini samaradorligini oshirish muammolari. Metodik qo‘llanma. –
Toshkent, 2002
66
ФИО автора:
Ismatullayeva Madinabonu
Andijon davlat universiteti, Maktabgacha ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi
Название публикации:
«MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA
MASHG'ULOTLAR
JARAYONIDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»
Maktabgacha ta'limning asosiy maqsadi bola shaxsini sog'lom va yetuk,
maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni
amalga oshirishda hozirgi asr axborat-texnaligiyalari asri ekanligini inobatga olgan
holda maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayoniga axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish davr taqazosidir. Shuningdek, YUNICEF
tashkilotining "Bolaga yo'naltirilgan ta'lim dasturi"da MTTlarning ta'lim-tarbiya
jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni dolzarb masala ekanligini
ta'kidlangan. Bugungi kun tarbiyachisiga barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga
yetkazishdek
mas'uliyatli
vazifa
yuklangan
bo'lib,
ta'lim
mazmunini
takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, zamon bilan hamnafas bo'lib,
ta'limning zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda bolalarda o'z faniga qiziqish
uyg'otishlari, hurmat-ehtirom tuyg'ularini shakllantirib borishni talab etiladi.Ta'limda
ijobiy natijalarga erishish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta
o'rgatish, ularni dunyoqarashni hamda tafakkur ko'lamini kengaytirish, ma'naviy-
axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta'limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil
etish bilan belgilanadi[1:91].
Maktabgacha pedagogikaning predmeti sifatida ham ta'lim-tarbiya jarayonida
qo'llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish haqida
e'tirof etilgan[ 2:10].
Ta'lim-tarbiya jarayoniga ko'plab o'zgartirishlar kiritilmoqda, yangicha
yondashuvlar tadbiq etilmoqda. Ulardan biri bo‘lgan axborat-kommunikatsion
texnologiyaladan foydalanib dars o'tish mashg'ulotlar samaradorligini oshirishga katta
yordam beradi. Ushbu zamonaviy usul bolajonlarda mustaqillikni oshirishga, har bir
bolani mashg'ulotga jalb qilishga, turli xildagi rangli, harakatli va ovozli tasvirdagi
ko'rgazmalardan foydalanishni orqali ularni dars mashg'ulotiga qiziqishiga yuqori
turtki bo'la oladi. Shuningdek, zamonaviy ruhda rivojlanib borishiga va ta'lim sifatini
yanada yaxshilashga yordam beradi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida axborat-texnaligiya vositalardan foydalanish
tarbiyachiga quyidagi vazilarni ado etishda yordam beradi:
67
1. Tarbiyalanuvchilarni mashg'ulotga jalb qilish va bolada axborot
madaniyatni shakllantirishda;
2. Yangi dars mashg'uloti uchun qo'shimcha ta'limiy-tarbiyaviy multimedia va
viderolikni tashkil etishda;
Har bir bola rangli, harakatli, ovozli hamda ko'rgazmali mashg'ulotlarga diqqatini
qaratadi va bolajonlar mashg'ulotga qatnashishga harakat qiladi. Shu bilan birgalikda,
ibratli hamda tarbiyaviy multimediyalardan foydalanish bolada axloq sifatlarni, yaxshi
yoki yomon odatlarni, kattalarga va Vatangga bo'lgan hurmatini shakillantirishda katta
yordamchi hisoblanadi.
3. Xorijiy tillarni ko'rgazmali o'rgatishda;
Bu orqali tarbiyachisi turli hikoya va ertaklarni, she'rlarni hamda inglizcha
qo'shiqlarni o'rgatishda, bundan tashqari ularda so'zlarni ravon nutqda gapirishida o'z
yordamini beradi. Bolajonlarda tinglash va bilish jarayonini yanada rivojlantiradi.
4. Tarbiyachining o'z ustida ishlashi va tajriba almashishida;
Bugungi kunda bo'layotgan yangiliklarni, Maktabgacha ta'limda olib
borilayotgan tadqiqotlarni va ta'lim to'g'risidagi ma’lumotlarni, hamda tarbiyachilar
o'rtasida o'za fikr va tajriba almashishda yordamchi hisoblanadi.
5. Shuningdek, tarbiyachi va ota-onalar o'rtasida hamkorliklarida o'z yordamini
beradi.
Dars mashg'ulotlarida hamda turli tadbirlarda olingan video lavhalarni ota-
onalarga jo'natish orqali bolalarida qobilyatlarini va qiziqishlarini ularga namoyish
etishda, bola shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlarni bilishda, tarbiyachilar bilan ota-onalar
o'rtasidagi aloqa vositasi sifatida o'rni beqiyosdir. Shu tufayli tarbiyachi
mashg'ulotlarda turli o'quv pedagogik dasturlardan, elektron qo'llanmalardan,
pedagogik o'yinlardan foydalansa, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari o'rtasida to'siq
yo'qoladi, bolaning xarakteri ko'proq ochiladi. Bolajonlarda kuzatuvchanlik, xotira,
diqqat kabi faoliyatlar kuchayadi, chunki mashg'ulotlarda majburiy bilim berish emas,
bilimni ixtiyoriy qabul qilish orqali ijobiy natijalarga erishish muhim [3:442]. Qadimgi
Xitoy donoligi "Menga ayting - va men unutaman. Menga ko'rsating - va men
eslayman. Meni jalb qiling - va men tushunaman" degan ta'limotni ilgari surgan. Shu
bois bolajonlarning qiziqishiga qarab turli o'yinlar, mashg'ulotlar, rangli tasvirdagi
harakatli obrazlarni ko'rsatish orqali dunyoqarashini, axloqiy-madaniyatini, Vatanga
va atrofidagi insonlarga bo'lgan mehrini oshirishda va tabiatni kuzatishda hamda
ehtiyotkorona muomala qilishga o'z hissasini qo'shadi.
Shuni aytish joyizki, maktabgacha ta'limda axborot texnologiyalardan
foydalanish bolajonlarni bilimga qiziqishini oshiradi, shuningdek tarbiyachisi uchun
ham yangi bilimlarni va imkoniyatlarni ochadi.
Bugungi texnik taraqqiyot asrida kompyuterlashtirish texnologiyaladan va turli
vositalardan to'g'ri foydalana olish, interfaol metodlardan qo'llash hamda ta'lim
68
jarayoniga innovatsiyalar joriy etish har bir pedagodan yuqori darajadagi malaka va
tayyorgarlik talab etadi. Chunki bugungi yosh avlod vakillari zamon bilan hamnafas
holda rivojlanib voyaga yetmoqda. Bolajonlarni savollariga javob berish, ularni
diqqatini jalb qilish, qiziqishini rivojlantirish va faolligini oshirishda mana shunday
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o'rni beqiyosdir.
Tarbiyachi-pedagog turli ko'rgazmali va tarqatma materiallardan, tabiiy va
texnik vositalardan, rolli o'yinlar va boshqa turli interfaol metodlardan o'z o'rnida
foydalanishni bilsagina ta'lim jarayonida kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |