Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №27 (том 6)



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/92
Sana23.07.2022
Hajmi3,36 Mb.
#844959
TuriСборник
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Июнь 2022. Том 6

 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.U.M.Matmusaev va boshqalar. To'qimachilik materialshunosligi. Toshkent. 
«O'zbekiston», 2005 y. 
2.Ю. В. Павлов и др. «Получение пряжи большой линейной плот¬ности». 
- Иваново, 2004 г. 
3.А.Г.Севостянов и др. Механическая технология текстильных 
материалов. — М.: «Легпромбитиздат», 1989 г. 
4. Q.J.Jumaniyazov, Yu.M.Polvonov. «Paxta yigirish texnologik jarayonlarini 
loyihalash». TTESI, 2007 y. 
5. X.Ibragimov va boshqalar. «Yigirish mashinalari» Toshkent. «O'qituvchi», 
1985 y. 
6. Ю.В.Павлов и др. «Теория процессов технология и оборудование 
прядения хлопка и химических волокон». — Иваново, 2000 г. 
7. Q.G.G'ofurov, S.L.Matismailov, M.Sh.Xoliyarov. Yigiruv korxonalari 
jihozlari, Toshkent, «Sharq», 2007 y. 


61 
ФИО авторов: 
Abdukarimov Tolibxon Tohirxon o‘g‘li 
Namangan muhandislik texnologiya instuti
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi yo‘nalishi talabasi 
Shamshidinov Ibrohimxon Muminxon o‘g‘li, 
Namangan muhandislik texnologiya instuti 
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi yo‘nalishi talabasi 
Raximov Fayzullo Xusanboy o’g’li 
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi yo‘nalishi tayanch doktoranti 
Название публикации:
«SILINDRLI TOSHTUTGICH MASHINASI ISHLASH 
PRINSIPINING TEXNIK TAVSIFI» 
Annotatsiya 
– 
Ushbu 
maqolada 
 
toshtutgich 
mashinasida 
paxta 
bo’lakchalarining holatini va qurilmaning ayrim konstruktiv va texnologik 
parametrlarini texnik tavsifi nazariy asoslar ko’rsatilgan. 
Kalit so’zlar:
Paxta, havo, og’ir aralashmalar, tozalash, tola, nuqson, quvur, 
tezlik, impuls, kritik nuqta, traektoriya, massa, zarba, kuch, silindr. 
Paxta terish mashinalarining dastlab 1850-yil AQSH da yaratildi. Oʻzbekistonda 
birinchi pnevmatik Paxta terish mashinalarining 1929-yil ixtiro etilgan. Lekin u 
amalda uncha ish bermadi. 1933-yil STZ traktoriga oʻrnatiladigan ejektorshlangli 
mashina ixtiro qilindi. Bu mashinada 15 ta havo soʻruvchi shlang boʻlib, har qaysi 
shlangni bir terimchi ushlab, ochilgan paxtani unga roʻpara qilardi. Paxta havo 
yordamida soʻrilib, maxsus idishga toʻplanardi. Uning ish unumdorligi juda past edi. 
Shuning uchun bu mashina amalda qoʻllanmadi. Oʻsha yili birinchi gorizontal 
shpindelli mashina yaratildi. U 2 barabanli (1 katorli), kertik shpindelli boʻlib, traktorga 
tirkab ishlatilgan. Uning ham ish unumdorligi past boʻlgan. 1935-yil "Universal-1" 
traktoriga oʻrnatiladigan1 barabanli, gorizontal shpindelli mashina yaratildi. Bu 
mashina paxtaning 40% ini terib, 15% ini toʻkar, ish unumdorligi past edi. 1936-yil 2 
qatorli, gorizontal shpindelli mashina ishlab chikarildi. Uning ish apparati 4 ta 
barabandan iborat boʻlib, har bir ba-rabanga 352 ta konus shpindel oʻrna-tilgan; 


62 
mashina paxtani gʻoʻza tupining Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida 
1937-yil birinchi pnevmatik mashina ishlab chiqarilgan. Mashinada bir necha soʻrish 
tuynuklari boʻlib, paxtani havo yordamida soʻrib terardi. 1938-yil ixtirochi L. M. 
Rozenblyum vertikal shpindelli Paxta terish mashinalarining ixtiro etdi. Uning ish 
apparati oʻziyurar shassiga oʻrnatilib, har biri 32 shpindelli ikkita baraban va toʻrtta 
choʻtkali ajratkichdan iborat edi. Mashina paxtaning 54—65% ini terib, 8—15% ini 
toʻkardi. Mashina birmuncha takomillashtirilgach, terilgan paxta 80, 8%, toʻkilgani 
16,5% boʻldi. Asosiy nuqsoni terilgan paxtaning shpin-deldan qiyin ajralishi hamda 
choʻtkali barabanga oʻralib qolishi edi. 
1941-yilda XVSH-4B markali 4 barabanli Paxta terish mashinalarining
yaratildi. Mashina bir yurishda har tup gʻoʻzadagi paxtani 2-marta terardi; bunda 
terilgan paxta 75%, toʻkilgani 8% edi. 1945-yilda XVSHU markali oʻziyurar mashina 
yaratildi. Bu mashina 2 barabanli apparat va oʻziyurar shassidan iborat boʻlib, uning 
shpindellari fakat bir tomonga aylanardi. 1946 i. da diametri 16 mm li 42 shpindelli, 
Paxta terish mashinalarining xoʻjalik sinovidan oʻtkazildi. 1947-yil konstruktor M. N. 
Markov boshchiligida SXM-47 va 1948-yil SXM-48 rusumli Paxta terish 
mashinalarining ishlab chiqarildi. SXM48 rusumli Paxta terish mashinalarining , 
asosan, ish apparati, rama, 2 ventilyator, harakat uzatish mexanizmi, apparatni 
koʻtarish-tushirish mexanizmi, tup koʻtargich, obtekatel, bunker va traktordan iborat 
edi.
Mashinaning barcha mexanizmlari traktorning quvvat olish validan harakatla-
nardi. 1958—68 yillarda 2 qatorli XT-1,2 rusumli, 1966-yildan 2 qatorli 17XV-1,8 
rusumli keng (90 sm) qatorli, 1968-yildan T-28X-4 traktoriga oʻrnatiladigan 4 qatorli 
14XV-2,4 A ("Uzbekistan") rusumli va 1972-yildan MTZ-50X traktoriga 
oʻrnatiladigan 4 qatorli XN-3,6 markali, 1974-yildan 6 qatorli XV-5,4 rusumli Paxta 
terish mashinalari m. ishlab chiqarila boshladi. 
Bu mashinalar, asosan, terish apparati, harakat uzatuvchi reduktor, ventilyator, 
suv nasosi, bunker, havo trubalari, boshkarish tizimi va ramadan, terish apparata esa 
rama, shpindelli ba-rabanlar, ajratkich barabanlar, shpindellarni aylantiruvchi uzatma, 


63 
qabul kamerasi, ish tirqishini sozlovchi mexanizm, tup koʻtargich, reduktor, 
qoʻshuvchi mufta, saklovchi moslamalardan iborat edi. 1976-yildan boshlab ishlab 
chiqarilgan barcha turdagi Paxta terish mashinalarining ish unumdorligini 18—20% 
ga oshiruvchi, yangi vintli garkibiy shpindellar (kvadrat kesimli mustahkam oʻzakka 
biriktirilgan vintli prujinasimon ilashtaruvchi elementdan tuzilgan) bilan jihozlana 
boshladi. "Oʻzbekiston" rusumli 4 katorli mashina T-28X-4 rusumli traktorga 
urnatilgan. Bu mashinaning 2 varianta: 12 shpindelli va 15 shpindelli barabanlar 
urnatilgan terish apparatli xillari ishlab chikarildi. Mashinada 4 ta terish apparata ikki 
yon tomonga 2 tadan oʻrna-tilgan. Uni 60 sm va 90 sm kagor oralarida yurishga 
rostlash mumkin. Har bir qatorning paxtasi ikki qayta terilardi. Mashina, asosan, rama, 
terish apparatlari, harakatni taqsimlash reduktori, bunker, ventilyatorlar va boshkarish 
ti-zimidan iborat edi. Shuningdek, shpindellarni yuvish va bakka suv kuyish, 
mashinani moylash tizimi bilan uskunalangan. Barcha markadagi Paxta terish 
mashinalarining bir-biridan terish apparatlari va barabanlari, asosan, ayrim 
qismlarining tuzilishi, shpindellarining soni bilan farqlanadi. 
Oʻzbekistonda Paxta terish mashinalarini yaratish va ularni takomillashtirishga 
doyr na-zariy va amaliy ishlar, asosan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va 
inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida olib boriladi. Paxta terish 
mashinalarim. yaratish va ularni takomillashtirish ishlari Oʻzbekistonda H. H. 
Usmonxoʻjayev, O. V. Lebedev, A. D. Glushchenko, M. V. Sablikov, D. M. 
Shpolyanskiy, O. A. Karimov, A. S. Sadriddinov, R. D. Matchonov, M. T. 
Toshboltayev va boshqa olimlar, G. I. Volkov, L. M. Rozenblyum, M. N. Markov va 
boshqa konstruktorlar nomlari bilan bogʻliq. 
Hozirgi kunda paxta tozalash korxonalarida paxta xom-ashyosini dastlabki 
ishlash texnologik jarayonlarida mashinalarning ishchi organlari ta’sirida ma’lum bir 
miqdorda chigitlarni sinishi va tolalarni shikastlanishi ro‘y beradi. Bu esa o‘z navbatida 
keyingi jarayonlarda mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Avval olib borilgan 
tadqiqotlarga ko‘ra, paxtani tolali chiqindilari asosan to‘qimachilik sanoatida muhim 
xom-ashyo hisoblanadi. Paxtani dastlabki davrida singan chigitlar va shikastlangan 


64 
tolalar paxta chiqindilarni ajratish va undan samarali foydalanish imkoniyatlari 
o‘rganilgan va kam miqdorda tolalarni shikastlanishini oldini olish chora-tadbirlari 
ko‘rilgan.
Chigitli paxtani tayyor mahsulotga aylantirish uchun bajariladigan hamma ishlar 
yig‘indisi paxtani dastlabki ishlash texnologik protsessi deb atalib bu protsess 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Paxta tayyorlash punktining quritish tozalash chigitli 
paxtani quritish vatozalash; paxta tozalash zavodining sexida chigitli paxtani quritish 
va uni xas cho‘plardan tozalash; paxta tozalash zavodining bosh korpusida chigitli 
paxtani jinlash va tolani tozalash, chigitni linterlash va lintni, tolali chiqindilarni 
tozalash, tola, lint, va tolali chiqindilarni presslab toylash. Bu davrda chigitli paxtani 
dastlabki ishlash texnologik protsessini bajarishda paxta tolasi va chigitining tabiiy 
fizik mexanikaviy xususiyatlarini saqlash va ularni bu vazifani bajarishda chigitli paxta 
tolasini shikastlanishini oldini olish uchun paxtani dastlabki ishlashni to‘g‘ri tuzish 
muhim ahamiyatga ega, bularning ichida eng ahamiyatlisi bu albatta tosh tutgich 
qurilmalaridir.
Chiziqli 
toshtutgichlar 
tashilayotgan 
paxtaning 
texnologik 
va 
sifat 
ko’rsatkichlariga ta’sir qiladigan birinchi qurilma bo’lib, paxtani havo yordamida 
tashish jarayonida yot jismlardan, shuningdek og’ir aralashmalardan tozalash uchun 
xizmat qiladi. Bizning tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, paxta xomashyosi chiziqli 
toshtutgichlar devorlariga ma’lum bir kuch bilan uriladi. Bu urilishlar tolada nuqsonlar 
xosil bo’lishiga va chigit sifatining pasayishiga olib keladi. Bugungi kunda bir qator 
paxta tozalash korxonalarida tsilindrik turdagi toshtutgichlar keng qo’llaniladi. 
Ularning boshqalardan farqi konstruktsiyaning soddaligi va montaj qilishning 
osonligida. Biroq, tsilindrik toshtutgichlar past tutish unumdorligiga ega (60%) va 
ularning ishlashida ishchi kamera devorlariga paxtaning urilishidan chigitlar sinishi 
sodir bo’ladi. 
Toshtutgich kamerasida bo’lakchalarning xolatini o’rganish va qurilmaning 
ayrim konstruktiv va texnologik parametrlarini aniqlash orqali nazariy asoslar 
yaratildi. Paxta bo’lakchasining urilish jarayonini ikki bosqichga bo’lamiz. Birinchi 


65 
bosqich urilayotgan jismlar tezligi tenglashguncha davom etadi. Ikkala jism bir xil U 
tezlikka ega. Keyin jarayon ikkinchi bosqichga o’tadi, bu bosqich zarba tugashidan 
dalolat beradi. 
Paxta bo’lakchalari toshtutgich kamerasida harakatlanishi, chigitli paxta 
tarkibidagi og’ir aralshmalardan ajratish jarayonini o’rganish bilan birgalikda paxta 
bo’lakchalarining zarba kuchini kamaytirish usullarini ham nazariy va amaliy 
tadqiqotlar yordamida aniqlashning zarurligini ko’rsatadi.

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish