Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №27 (том 6)



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/92
Sana23.07.2022
Hajmi3,36 Mb.
#844959
TuriСборник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Июнь 2022. Том 6

Foydalanilgan adabiyotlar
:
1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 21.12.1995 yildagi 167-I-son 
2. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 25.12.1998 yildagi 723-I-son 


51 
ФИО авторов: 
Abdukarimov Tolibxon Tohirxon o‘g‘li 
Namangan muhandislik texnologiya instuti 
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi yo‘nalishi talabasi
SHamshidinov Ibrohimxon Muminxon o’g’li 
Namangan muhandislik texnologiya instuti 
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi yo‘nalishi talabasi
 
Raximov Fayzullo Xusanboy o’g’li 
Namangan muhandislik texnologiya instuti
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi yo‘nalishi tayanch doktoranti 
Mutalov Muxammadodil Olimjon o'g'li 
Namangan muhandislik texnologiya instuti
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi yo‘nalishi tayanch doktoranti 
Название публикации:
«PАXTА TАRKIBIDАN OG‘IR VА BEGONА 
АRАLАSHMАLАRNI АJRАTIB OLUVCHI ‘S’ SIMON TOSHTUTGICH» 
Annotatsiya
– 
ushbu maqolada paxta tarkibidan og‘ir va begona 
aralashmalarni ajratib oluvchi ikki kamerali toshtutgichlar haqida ilmiy ma’lumotlar 
berilib, jahon to‘qimachilik mahsuloti bo‘lmish paxta xomashyosi ishlab chiqilishiga 
texnologik e’tibor qaratiladi. Toshtutgichlarning samaradorligi aytib o‘tiladi. 
Kalit so‘zlar
– paxta, tosh, xomashyo, tola, tonna, intensive, sifat, talab, 
ishlabchiqarish, samara, resurs, texnologiya, iste’mol, bozor, Tovar, jarayon, tajriba, 
o‘sish, rivojlanish, jihoz. 
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanish dasturining eng muhim yo'nalishlaridan 
biri deb – iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik 
jixatdan 
qayta 
jihozlantirishni 
jadallashtirish 
va 
ko'lamlarini 
kengaytirishdek ustuvor vazifalar belgilangan. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek: 
“Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohatlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan 
davom ettirishdir”. “Paxtani qayta ishlash korxonalarini modernizatsiyalash va yangi 
texnik ishlanmalar bilan jihozlash – o’zbek paxtasi sifatini yanada oshirish omilidir”. 


52 
Eng asosiysi shuki, sohani yangilash bo’yicha ko’rilgan choralar ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotda o’z aksini topdi. Paxtani qaytaishlash mobaynida yil sayin tolaning 
chiqishi o’sib borib 33 foizdan oshib bormoqda. Ayniqsa tolaning sifat ko’rsatkichi 
ortib, xozirda ishlab chiqarilgan yuqori navli paxta tolasining umumiy xajmi 96 foizni 
va yuqori sinfga mansub bolgan “Oliy” va “Yaxshi” sinflar o’rtacha 98 foizni, shundan 
“Oliy” sinf xajmi 65 foizni tashkil qilmoqda.Shu o’rinda bu ko’rsatkichlarni avvalgi 
mustaqillik davrining ilk boshlarida ishlab chiqarilgan tolaning sifat ko’rsatkichlari 
bilan solishtirganda paxta tolasining yuqori nav va sinflardagi xajmi atigi 20-30 foizni 
tashkil qilar edi. 
Amalga oshirilgan choralar natijasida sohada ishlab chiqarish optimallashdi, 
ya’ni paxta mahsulotlarining assortimenti va sifat ko’rsatkichlari hamda korxonaning 
ishlab chiqarish unumdorligi oshdi. Xususan, modernizatsiyalashtirilgan korxonalarda 
15-17 foizga yonilg’i sarfi pasaydi, 15 tonna tola ishlab chiqarish uchun elektr energiya 
sarfi 25 foizga qisqardi. Shu bilan birga uskunalarni oqilona va ixcham joylashtirish 
hisobiga korxonalarning ishlab chiqarish maydonlari salkam ikki baravarga kamaydi, 
shu vaqtning o’zida korxonalarning ishlab chiqarish quvvati oshdi va ulardagi ishlab 
chiqarish unumdorligi ko’tarildi. Bugungi kunda modernizatsiya va rekonstruktsiya 
qilingan paxta tozalash korxonalarida birgina yuqori sinfda ishlab chiqarilgan paxta 
tolalariga ustama narxlar belgilanishini xisobga oladigan bo’lsak, unda o’rtacha 10 
ming tonna paxta tolasini ishlab chiqaradigan korxonada o’rtacha 700 ming AQSH 
dollari yoki 1,7 mlrd.so’m qo’shimcha foyda olish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Xom ashyoni tozalash texnika va texnologiyasini kompleks o'rganishni avvalgi 
yillarda bu ishlar bilan shug'ullangan B.A.Levkovich, S.D.Boltaboev, A.N.Nuraliev, 
S.A.Samandarov kabi olimlarning tadqiqotlarida kuzatish mumkin. Tozalash texnika 
va texnologiyasini rivojlantirishda Ye.F.Budin, Yu.S.Sosnovskiy, R.Z.Burnashev, 
G.I.Miroshnichenko, A.Jo'raev, A.E.Lugachev, A.Agzamovlarning ishlari ham muhim 
o'rin tutadi. Paxta tozalash korxonalaridagi texnologik jarayonlarga o'rnatilgan 
jihozlarning samaradorligini oshirishda, ularning uzluksiz ishlashini ta'minlovchi xom 
ashyoning tarkibi sezilarli ta'sir ko'rsatadi. 


53 
Paxtani terish, saqlash va bir joyda ikkinchi joyga tashish paytida uning orasiga 
turli yot jismlar qo‘shilib qolishi kuzatilmoqda. U paxta massasining 0,2-0,3 foizini 
tashkil qiladi. Bu holat paxtani qayta ishlash jarayonida, paxtani ogʼir aralashmalardan 
ajratib oluvchi moslamalar tadbiq etilishini talab etadi.
Paxtani terish transport yordamida tashish va paxta tozalash korxonalarida 
gʼaramlardan paxtani ishlab chiqarishga uzatishda quritish, tozalash va jinlash 
sexlariga havo yordamida quvurlardan foydalaniladi. Paxtani tashish vaqtida uning 
tarkibidagi ogʼir aralashmalarni ajratib olish imkoniyatini beradigan toshtutgich 
qurilmalari ishlatiladi. Bu qurilmalar asosan paxtaning gorizontal yo‘nalishda vertikal 
yo‘nalishga o‘tish qismiga o‘rnatiladi. Bu qurilma ishchi kamerasida paxta o‘z 
yo‘nalishini gorizontaldan vertikalga o‘zgartirish bilan birga tezligi ham pasayadi. 
Tezligini pasaytirishi ogʼir aralashmalarni paxtadan ajratib olishga imkoniyat yaratadi. 
Ishchi kamerada paxta vertikal yo‘nalishda havo taʼsirida tepaga ko‘tarilishi vaqtida 
ogʼir aralashmalardan ajraladi. Pnevmotransport qurilmasida paxtani quvurlarda havo 
yordamida tashish jarayonida paxtaning tarkibidagi ogʼir aralashmalarni ajratib olishda 
quyidagi muammolarni hal qilish kerak bo‘ladi: 
1.
Paxta xomashyosi tarkibidan mayda ogʼir aralashmalarni ajratish
jarayonining samaradorligini oshirish. 
2.
Tola va chigitning shikastlanishini kamaytirish. 
3.
Cho‘ntakdan ogʼir aralashmalarni uzluksiz ravishda chiqarib yuborish. 
4.
Paxta homashyosini toshtutgichning ishchi kamerasiga bir tekisda titilgan holda 
kirib kelishini taʼminlash. 
5.
Toshtutgich ishchi kamerasida kirish quvurining qarshisiga urilish devorlariga 
elastik element o‘rnatish yordamida chigit shikastlanishini kamaytirish. 
6.
Toshtutgich ishchi kamerasida ushlab qolingan ogʼir aralashmalarni uzluksiz 
tashqariga chiqarib yuborishni taʼminlash. Havo bilan birga qo‘shilib kelayotgan 
paxtaning toshtutgich ishchi kamerasida bir meʼyorda taqsimlanishi.
7.
Paxta va ogʼir jism orasidagi fizik-mexanik bogʼlanishlarni, hamda tolaning uzilish 
kuchlarini tajriba, nazariy usullarda aniqlash va tahlil qilish. Ogʼir aralashmalarni 


54 
paxta qobigʼidan ajralish mexanizmlarini mexanika nuqtai nazaridan tahlil etish va 
unga mos matematik model tavsiya etish.
8. Tarkibida ogʼir aralashma bo‘lgan paxtaning tezligiga bogʼliq ravishda paxtani 
pnevmotransportda tashish jarayoni samaradorligini oshirish. 
9. Paxta xom ashyosi tarkibidan ogʼir aralashmalarni ajratish jarayoni samaradorligini 
taʼminlovchi optimal paramerlarni aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiya etish. 
Paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosi tarkibidan mayda ogʼir aralashmalarni 
ajratish jarayonining samaradorligini oshirish, tola va chigitning shikastlanishini 
kamaytirish hamda cho‘ntakdan ogʼir aralashmalarni uzluksiz ravishda chiqarib 
yuborish maqsadida toshtutgich qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan 
tadqiqotlar natijasida fikrimizni quyidagicha xulosalaymiz: 
1. Respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqotchilari tomonidan toshtutgich va 
uning asosiy elementlarini takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili 
mavjud toshtutgichlarning bir qatorkamchiliklarni aniqlash va toshtutgichda mayda va 
ogʼir aralashmalardan samarali tozalash va tola va chigitga ko‘rsatiladigan zarba 
kuchlarini kamaytirish bo‘yicha tadqiqot olib borish zarurligini ko‘rsatdi. 
2. Toshtutgich qurilmasining ishchi kamerasida paxtaning harakatini nazariy yo‘l bilan 
o‘rganish natijasida olingan differentsial tenglama paxta bo‘lakchasining harakat 
traektoriyasini aniqlash imkonini berdi. 
3. Paxta bo‘lakchasini titish maqsadida toshtutgich ishchi kamerasiga o‘rnatilgan 
baraban sirtidagi harakati natijasida paxtani mayda va ogʼir aralashmalardan tozalash 
samaradorligini oshirishga erishildi. 
4. Toshtutgichning kirish quvuri qarshisiga o‘rnatilgan to‘rli yuzada paxta 
bo‘lakchasining harakatini o‘rganish natijasida paxta mayda iflosliklardan 
qo‘shimcha tozalash imkonini mavjudligi aniqlandi. 


55 
5. Nazariy va amaliy tadqiqot natijalari asosida toshtutgichning kirish quvuri 
qarshisiga o‘rnatilgan to‘rli yuzaga borib urilishda hosil bo‘ladigan zarba kuchi 
aniqlandi va kamaytirish yo‘li ishlab chiqildi. 
6. Toshtutgich cho‘ntagida to‘plangan ogʼir aralashmalarni uzluksiz ravishda 
tashqariga chiqarib yuborishni taʼminlaydigan moslama yaratildi. 
7. Tadqiqot natijalari asosida paxtani tarkibidan mayda va ogʼir aralashmalarni 
tozalash imkonini beradigan qurilma konstruktsiyasi ishlab chiqildi va ratsional 
parametrlari aniqlandi 
8. Nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida paxta va mayda ogʼir jismlar 
toshtutgich qurilmasi ishchi kamerasi devoriga borib urilishi va metal sirtni 
shikastlashi asoslab berildi va urilish zonasi, zarba kuchi aniqlandi hamda shu 
zonaga mayda aralashmalarni tutib qoluvchi cho‘ntak joylashtirishga asoslangan 
texnikaviy yechim ishlab chiqildi. 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish