MEHRIBON USTOZ
Mehribon ustoz, bag‘rikeng inson, farishtamonand ayol...” Bu so‘zlarni tilga
olganimda, ko‘z o‘ngimda birinchi ustozimning samimiy chehrasi gavdalanadi.
O‘ylab ko‘rsam, birinchi o‘qituvchim haqida juda oz narsa bilar ekanman.
Bilganlarim ham mana shu soddagina tavsif-u, unga nisbatan qalbimda yillar osha
ulg‘aygan, o‘z shaklini, rangini o‘zgartirib borgan tuyg‘ular, xolos.
Ilk qadam
Yetti yoshga to‘lmay maktabga chiqdim. “Maktab”, “o‘qituvchi” degan
so‘zlarning mohiyatini hali to‘la anglamagan, ruchka ushlashni ham eplolmaydigan
bola edim. Ko‘nglimda ishonchning murg‘ak tomirlarini uyg‘otgan va uni kelajak
orzulariga payvand aylagan birinchi ustozim Bobomirzayeva Latofat ustozim
edi.Esimda maktabga qatnay boshlaganimda hali bir hafta bòlmay
topshiriqlaringizdan charchadim ,soatlab partada òtirishdan zerikdim degan
onlarim .Uyda ukamlar bilan òynashni .òyinchoqlar talashishni qimadim degan
onlarim.Mendagi loqaydlik,dangasalikni koʻrib qolimga rasmli kitob tutqazdingiz
va ertak qahramonlarini ranglarga ajratib boʻyash ,ular haqida bilganlarini gapirib
berishni vazifa qilib berdingiz . Sinfdoshlarim harf tanib, yozishni
o‘rganayotganda, men topshirig‘ingizni bajarishga harakat qildim-u, uddalay
olmadim. Sababi, yozishni ham eplolmaydigan, tengdoshiga umid bilan tikilgan
qorako‘zlarga kitobdagi suratlarga qarab ertak aytish, voqealarni qiziqarliroq qilib
yetkazish oson emasligini tushundim. Harf tanimasligim menga pand berganini
angladim. Sinfdoshlarimdan ortda qolmaslik uchun hijjalab o‘qishni, harflarni
chiroyli va bexato yozishni o‘rgandim. Dilga dalda bo‘lguvchi mehrli nigoh-la
bergan saboqlaringiz bois, ko‘p o‘tmay, sinfning eng a’lochi o‘quvchilari safidan
joy oldim. Nutqimning ravon bo‘lishida beminnat dastyor – kitob bilan do‘st
bo‘ldim. Bu do‘stim yillar mobaynida yo‘limni ziyo nurlari bilan yoritdi. Osmon
kabi yuksak orzularim tomon yetaklaydi
Ustoz, muallim, o'qituvchim! Sening boshqalarga qilayotgan ezgu ishingni,
oq ko'nglingni, sabr toqatingni ta'riflash uchun bu dunyodagi so'zlar yetmaydi
go'yo. Sen tufayli biz komillik sari ilk qadamlarni qo'yamiz, oq qorani ajratishni
o'rganamiz, bu hayotning o'nqir cho'nqirlarida yurishni o'rganamiz. Sen bizning
sirdoshimiz, suyab turadigan ustunimiz bo'lib, bizni ilm cho'qqilari sari
yetaklaysan. Bizning yutuqlarimizdan bizdan-da quvonasan, kamchiliklarimizni
xolisona tuzatasan, agar qiynalib qolsak, kuyunchagimizga aylanasan. Ba'zida sen
biz uchun qilgan yaxshiliklaringni unutib qo'yib, hatto holingdan xabar olishga, bir
og'iz yaxshi so'z aytishga vaqt topa olmaymiz. Hech nimaga qaramay, sen bizning
kamolimizni ko'rishni istaysan, bizni duo qilasan.Sening oldingdagi qarzimizni
uzishga bu umrimiz yetmagay, lekin shunday bo'lsada mana shu gaplar bilan seni
eslashni lozim topdim, mening birinchi muallimim.Balog‘at onlari
Boshlang‘ich sinfni tamomlab, o‘rta ta’lim davriga qadam qo‘ydik. Hayot
o‘sha-o‘sha edi: o‘sha maktab, o‘sha sinf xonasi, tanish chehralar... Ammo, bunda
sizning o‘rningizni hech kim, hech narsa bosolmadi. Keyinchalik esa uni qalbdagi
shirin xotira va mislsiz sog‘inch to‘ldirdi. Bu sog‘inch shunday sog‘inchki, diydor
bilan taskin topmaydi. Diydor damlarida ham diydorga ichikadigan sog‘inch. Bu
sog‘inch xotira kitobida “Mening birinchi o‘qituvchim” degan sarlavha bilan
muhrlanib qoldi. Yodimda, maktabni bitirish arafasida ustozimiz “Kim bo‘lsam
ekan?” mavzusida insho yozib kelishimizni aytdi. Shunda hech ikkilanmay
“Ustozim kabi o‘qituvchi bo‘laman” degan fikr xayolimdan o‘tdi. Qo‘limga qalam
oldim-u, ammo, sizdek fidoyi, jonkuyar ustoz ta’rifiga munosib so‘z topolmadim.
Men talabaman
Uyqudan voz kechib kechasi bilan kitobga tikilganlarim foyda berib nufuzli
oliygoh talabasi bo‘ldim. Talabalikning eng baxtiyor, shirin lahzalari og‘ushida
yurardim.Shu oylarda yurar ekanman Ustoz! Shu birgina so’z zamirida olam-olam
ma'no va hurmat mujassam. Uqituvchi-sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, ahloqan pok
insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib,
ardoklasak arziydi.
Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb
qo’riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir.Ular bizlarga oq-
qorani, yaxshiyu-yomonni tanitib, "qo’llarimizga ilk bor qalam tutqazib, "Ota",
"Ona", "Vatan", "Ezgulik", "Baxt", "Saodat" kabi so’zlarni yozishga o’rgatgan
buyuk zotlardir.Donolarning aytishicha, elni ma'rifat asraydi. U elni taraqqiy
ettirib, ezgu niyati, orzu-umidiga yetkazadi. Demak, ustozlarning zimmasida
kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama barkamol, ma'naviy va axloqiy
pok vatanparvar, mehnatsevar insonlarni, yetkazib berishdek, yuksak vazifa
turibdi.
O’qituvchi zimmasiga hayot talablariga to’la javob beradigan va o’z
zamoniga munosib kishilarni tarbiyalashdek ma'suliyatli vazifa yuklatilgan. quyosh
o’z nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, o’qituvchi, murabbiy ham
bor mahorati, ilmi bilan o’quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to’ldirishga axd
qilgan buyuk kasb egasidir.Istiqlol egalari bo’lmish yosh avlodni bilimli,
savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog’lom qilib voyaga yetkazishda
o’qituvchi-murabbiylarning qissasi benixoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim
va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o’g’il-qizlarning vatanparvar hamda
hayotda chin inson bo’lishlari, Vatanimizga, halqimizga fidoyi va halol hizmat
qiladigan insonlar bo’lib yetishishiga zamin bo’lib hizmat qiladi.
O’qituvchilik-ma'suliyatli va mashaqqatli kasb, og’ir va davomli mеhnatni,
sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi,
iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham
kishilar hurmatlab, o’zlarini esa e'zozlab kеlishgan.
Ustozimga she'rQadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?...
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa—
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
Do'stlaringiz bilan baham: |