Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

Yirik panelli binolar
     Yirik  panelli  binolarni  yuqori  darajada  industrlashtirish  imkoniyatlari 
katta bo‘lganligidan binokorlikning bu uslubi seysmik va noseysmik tumanlarda 
keng  qo‘llaniladi.  Bino  vaznining  engilligi  (g‘isht 
     
devorli  binolarga  nisbatan 
1.2  -  2  baravar  engil)  devor  materialining  mustahkamligi  yuk  ko‘taruvchi 
konstuksiyalarning  soddaligi  va  ularni  planda  bir  me’yorda  tarqalganligi  yirik 
panelli  uylarning  afzalliklaridan  bo‘lib  seysmik  zonalarga  jadal  sur’atlar  bilan 
kirib kelishiga keng yo‘l ochib berdi. 
   Poydevorning  chuqurligi  noseysmik  tumanlardagi  kabi  olinadi.  YUk 
ko‘taruvchi  devorlar  ostiga  lenta  poydevor  ishlash  maqsadga  muvofiqdir. 
Poydevorlar monolit yoki yig‘ma betondan ishlanishi mumkin. 
   Binoning ostki devorlari poydevor yoki yerto’ladevorlaridan chiqib turgan 
armaturalarga  mahkamlanadi.  Agar  poydevor  yig‘ma  bo‘lsa  devor  ostiga 
monolit  temir-betondan  yostiq  ishlanadi.  Agar  yerto’labo‘lmasa  yig‘ma  beton 
bloklari ustiga 100 mm qalinlikda yotqizilgan temir-beton kamar yordamida bir-
biriga  bog‘lanadi.  Kamar  ustiga  tashqi  va  ichki  devorlar  o‘rnatiladi.  CHiqarib 
qoldirilgan  armaturalar  kavsharlanadi,  so‘ng  200  markali  beton  bilan 
yaxlitlanadi.  Yerto’la  devorlari  qalinligi  140  mm,  beton  markasi  200  bo‘lgan 
panellardan tiklanadi; Panel chetlaridan chiqib turgan armaturalar ularni vertikal 
va  gorizontal  choklar  bo‘yicha  qo‘shni  elementlarga  mustahkam  bog‘lanish 
imkonini beradi. 


 264 
 
 
   Seysmik 
tumanlarda 
qo‘llaniladigan  tashqi  devor  panellarining 
konstruksiyasi  bir  va  uch  qatlamli  bo‘lishi  mumkin.  Bir  qatlamli  panellar, 
odatda,  keramzit  beton  yoki  engil  betonlarning  boshqa  turlaridan  tayyorlanadi. 
Uch  qatlamli  panellarning  ikkita  chetki  qatlami  temir  -  betondan  ishlanib  o‘rta 
qatlami  mineral  paxta,  ko‘pik  beton  singari  issiq  sovuqni  o‘tkazmaydigan 
materiallardan tayyorlanadi. Uch qavatli panellar ichkariga qaragan temir-beton 
qatlami  yuk  ko‘taruvchi  qatlam  hisoblanadi.  Uning  qalinligi  hisoblab 
belgilanadi, bu qalinlik 7-8 balli rayonlar uchun 8 sm va 9 balli rayonlar uchun 
10 smdan kam bo‘lmasligi lozim. Ichki va tashqi qatlamlar temir-beton qovurg‘a 
yordamida  bog‘lanadi.  Ichki devorlar  bir qatlamli qilib ishlanib,  panel qalinligi 
12 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
    Seysmik  tumanlarda  qo‘llaniladigan  devor  panellari  fazoviy  karkas 
ko‘rinishida  ishlangan  qo‘sh  armatura  bilan  kuchaytiriladi.  7  balli  zonalarga 
quriladigan,  balandligi  5  qavatgacha  bo‘lgan  binolarda  armaturani  bir  qavat 
qo‘ysa ham bo‘ladi. 
   Armaturalarning  ma’lum  bir  qismi  devor  panellaridan  tashqariga  chiqib 
turishi  kerak;  bu  qo‘shni  panellar  va  yopma  panellari  bilan  bog‘lanish  uchun 
zarurdir. Armaturalar o‘zaro kavsharlangach, choklar beton bilan to‘ldiriladi. 
   Seysmo mustahkam binolarning yopma panellari xona o‘lchamida yasalib, 
to‘rtala  qirrasi  bilan  devorga  tiralishi  lozim.  YOpma  panellari  yaxlit  yoki 
bo‘shliqli  plitalardan  tayyorlanadi.  YOndosh
 
yopmalar  va  devorlar  bilan 
bog‘lanishi  oson  bo‘lganidan  yaxlit  plitalar  eng  yaxshi  konstruksiyalar 
hisoblanadi.  Agarda  yopma  alohida  elementlardan  tashkil  topgan  bo‘lsa, 
elementlar  mustahkam  birikib  seysmik  kuchlarni  taqsim  qila  oladigan  bikr 
gorizontal  disk  hosil  qilishi  kerak.  Buning  uchun  panel  chekkalaridan  o‘yiqlar 
va ochiq armaturalar qoldiriladi. Armaturalar qo‘shni element armaturalari bilan 
kavsharlanadi,  so‘ng  o‘yiqlarga  beton  quyiladi.  Natijada  hosil  bo‘lgan  shponka 
tutash panellarning o‘zaro siljishiga va uzilishiga qarshilik ko‘rsatadi. 
   YAxlit  yopma  plitalarning  tiralish  yuzasi  devor  panellarining  qalinligiga 
bog‘liq. Panel qalinligi 12, 14 va 16 sm bo‘lsa tiralish masofasi kamida 5, 6 va 7 


 265 
 
 
sm olinadi. YOpma panellari devor panellari ustiga to‘shalgan, markasi 100 dan 
ortiq  bo‘lganssement  qorishmasi  qatlamiga  o‘rnatiladi.  Bu  yuqori  qavat 
elementlarning  og‘irligini  ostki  qavat  devorlariga  barcha  tiralish  yuzalari 
bo‘yicha bir me’yorda uzatilishini ta’minlaydi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish