Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/248
Sana06.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#110577
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   248
Bog'liq
ABw9KJIO6mmD3xRs2QpJyCrMmSGNqx07VZpbfi7a

%  Binolarning  yuk  ko‘taruvchi 
konstruksiyalari 
Uzunligi m 
Balandligi,  
m (qavatlar soni) 
Hisobiy seysmiklik, ballarda 



7  8 

1  Metall  yoki  temir-beton  karkas, 
monolit temir-beton devorlar 
Noseysmik 
tumanlar 
talab-
lariga 
muvofiq, 
biroq  150  m  dan 
oshmasligi lozim. 
Noseysmik  
tumanlar  
talablariga 
2  Yirik panelli devorlar  
80 
80 
60 
45(14) 
39(12) 
30(9) 
3  Kompleks 
konstruksiyali 
devorlar: 
a)temir-beton  qo‘shimchalari  va 
poyaslari  to‘liq  karkas  hosil 
qiladi. 
1 kategoriyali qo‘l ishi 
2  
 
 
 
 
 
80 
 
 
 
 
 
80 
 
 
 
 
 
60 
 
 
 
 
 
30(9) 
 
 
 
 
 
23(7) 
 
 
 
 
 
17(5) 
 
 
       CHunki  normada  ortiqcha  uzunlikdagi  binoning  ayrim  bo‘laklari 
tebranishning  turli  fazalariga  tushib  qolsa  seysmik  ta’sir  kuchayib  ketadi.  SHu 
sababli  uzun  binolar  antiseysimk  choklar  yoradmida  kichik  qismlarga 
(otseklarga) ajratiladi. Tejamkorlik nuqtai nazaridan antiseysmik choklar harorat 
va  cho‘kma  choklar  bilan  qo‘shib  yuboriladi,  ya’ni  harorat  choki  bir  vantning 
o‘zida  ham  antiseysmik,  ham  cho‘kma  chok  vazifasini  o‘taydi.  CHo‘kma 
choklardan  farqli  o‘laroq  antiseysmik  choklarni  binoning  butun  balandligi 
bo‘ylab  ajratish  shart  emas;  poydevorlarni  uzmay  yaxlit  qoldirish  mumkin. 
Binoning  konstruktiv  echimiga  qarab,  antiseysmik  choklarni  qo‘sh  devor  yoki 
qo‘sh ustun (kolonna) ko‘rinishida olinadi. 


 257 
 
 
   Antiseysmik  choklarning  kengligi  (eni)  binoning  balandligi  va  bikrligiga 
bog‘liq.  Balandigi  5  m  gacha  bo‘lgan  binolarda  chokning  eni  3  sm  dan  kam 
bo‘lmasligi kerak. Baland binoda chokning eni har 5 m da 2 sm dan kengaytirib 
boriladi.  Bundan  tashqari  chokning  bino  maksimal  siljishlarining  ikkilangan 
qiymatidan kichikroq bo‘lishi kerak. Antiseysmik choklar ajratilgan qismlarning 
bemalol  siljishiga  (tebranishiga)  imkon  bermog‘i  lozim.  Aks  holda  qo‘shni 
qismlar  o‘zaro  urilib,  qattiq  shikastlanishi  mumkin.  Antiseysmik  choklar 
orasidagi masofa hamda binolarning balandligi qurilish normalarida belgilangan. 
   Bir  otsek  chegarasida  binoning  balandligini  birday  olish  maqsadga 
muvofiqdir.  Ayrim  qismning  balandligini  kattaroq  olish,  shu  qism  massasining 
ortishiga  va  o‘z  navbatida  seysmik  kuch  miqdorining  ortishiga  olib  keladi;  Bu 
esa o‘sha qism elementlarining ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini kattalashtirishni 
talab etadi. 
  Umuman 
seysmik 
kuchlar 
miqdorini 
kamaytirish 
uchun 
bino 
konstruksiyalarining  vaznini  kamaytirish  lozim.  Buning  uchun  konstruksiya 
elementlarining  ko‘ndalang  kesimini  kichikroq  (mustahkamlikka  putur 
etkazmagan  holda)  olib  engil  qurilish  materiallaridan  foydalaniladi.  Binoning 
asosida  hosil  bo‘ladigan  maksimal  ichki  kuchlar  (ko‘ndalang  kuch,  eguvchi 
moment)  miqdorini  kichraytirish  maqsadida  seysmik  kuchlar  teng  ta’sir 
etuvchisini  mumkin  qadar  pastroqdan  o‘tishiga  erishish  zarur.  Bunga  binoning 
yuqori qismlarini engil materiallardan ishlash, og‘ir jihozlarni pastki qavatlarga 
ko‘chirish yo‘li bilan erishsa bo‘ladi. 
   Keyingi  yillarda  yig‘ma  temir-beton  konstruksiyalar  binokorlikda  keng 
ko‘lamda  qo‘llanilmoqda.  Zilzila  kuchlariga  qarshilik  ko‘rsatishda  yig‘ma 
elementlarning  tutashgan  choklari  nozik  joy  hisoblanadi.  SHu  boisdan  uzel  va 
choklar  puxta  ishlanishi  lozim.  CHoklar  sonini  kamaytirish  maqsadida,  yig‘ma 
elementlar o‘lchamlarini kattaroq olish tavsiya etiladi. 
   Seysmik  tumanlarda  barpo  etiladigan  binolar  asosiy  yuk  ko‘taruvchi 
konstruksiyalarning  xiliga  qarab  quyidagi  gruppalarga  ajratiladi:                1) 
devorlari  yuk  ko‘taruvchi  binolar  (g‘isht  yoki  tosh  devorli;  yirik  blokli,  yirik 


 258 
 
 
panelli,  monolit  beton  yoki  temir-betonli,  yog‘ochli  binolar);  hajmiy  temir-
betonli elementlardan tashkil topgan yig‘ma binolar ham shu gruppaga kiradi. 2) 
Bikr  diafragmali  va  sinch  oralig‘idagi  to‘ldirgichlari  seysmik  kuchlarni  qabul 
qilishda  ishtirok etadigan karkasli  (sinchli)  binolar;  3)  seysmik  kuchlarni  qabul 
qilishda  karkas  ishida  kam  ishtirok  etadigan  osma  panelli  karkasli  binolar; 
devorlari o‘z og‘irligini o‘zi ko‘tarib turadigan karaksli binolar ham shu toifaga 
kiradi.  Birinchi  gruppani  tashkil  etgan  binolarning  bikrligi  katta  va  oxirgi 
gruppadagilarniki aksincha, kichik ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. 
   Mazkur  paragrafda  bayon  etilgan  umumiy  talab  va  loyihalash  qoidalari 
barcha  tipdagi  binolar  uchun  taalluklidir.  Vazifa-iqtisodiy  jihatdan  asoslangan, 
er  qimirlaganda  odamlar  va  qimmatbaho  jihozlarning  xavfsizligini  ta’minlay 
oladigan konstruktiv echimni tanlashdan iborat. 
   Tabiiyki, turli konstruktiv sistemalar har qaysisi o‘ziga xos tomonlari bilan 
bir-biridan  farq  qiladi.  SHuning  uchun  navbatdagi  paragrflarda  konkret 
konstruksiyali binolarga qo‘yiladigan harakterli talablar bilan tanishib o‘tamiz. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish